scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HUQUQIY MASLAXATCHI CHATBOTLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs V-patok 2-guruh talabasi Absamatov Shohjahon

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada huquqiy maslaxatchi chatbotlar va ularning imkoniyatlari haqida batafsil ko’rib chiqamiz.Maqolada maslaxatchi chatbotlarning asosiy yo’nalishlari,fuqorolar, advokatlar va davlat organlariga ko’rsatadigan yordami tahlil qilinadi va shuningdek ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida ham to’xtalib o’tamiz.Amerika, Rossiya ,Estoniya va Singapur davlatlarining tajribalari ham ushbu maqoladan joy olgan hisoblanadi.Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, huquqiy maslaxatchi chatbotlar huquq tizimini modernizatsiya qilish va aholining huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: chatbot, sun’iy intellekt, raqamli huquq,huquqiy texnologiyalar,yuridik yordam,avtomatlashtirilgan tizim,onlayn maslaxat,avtomatik hujjat tayyorlash,virtual maslaxatchi.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 55 HUQUQIY MASLAXATCHI CHATBOTLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs V-patok 2-guruh talabasi Absamatov Shohjahon [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada huquqiy maslaxatchi chatbotlar va ularning imkoniyatlari haqida batafsil ko’rib chiqamiz.Maqolada maslaxatchi chatbotlarning asosiy yo’nalishlari,fuqorolar, advokatlar va davlat organlariga ko’rsatadigan yordami tahlil qilinadi va shuningdek ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida ham to’xtalib o’tamiz.Amerika, Rossiya ,Estoniya va Singapur davlatlarining tajribalari ham ushbu maqoladan joy olgan hisoblanadi.Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, huquqiy maslaxatchi chatbotlar huquq tizimini modernizatsiya qilish va aholining huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: chatbot, sun’iy intellekt, raqamli huquq,huquqiy texnologiyalar,yuridik yordam,avtomatlashtirilgan tizim,onlayn maslaxat,avtomatik hujjat tayyorlash,virtual maslaxatchi. Kirish Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi barcha sohalarga, shu jumladan huquqiy maslaxatchi chatbotlar sohasiga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda.Ayniqsa huquq sohasi inson faoliyatining murakkab va javobgarlik talab qiluvchi sohasi bo’lganligi uchun, bu sohada sun’iy intellektni qo’llash masalasi dolzarb mavzuga aylanib ulgurdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Huquqiy chatbotlar -bu foydalanuvchining savollariga javob bera oladigan, sun’iy intellekt tizimiga ulangan, hattoki fuqorolarga shartnoma matnlarini tuzishga yordam beradigan tizim hisoblanadi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 56 Maqolaning muhimligi shundaki,raqamlashtirish jarayonlari tezlashayotgan hozirgi davrda huquq sohasi bilan bog’liq bo’lgan muhim va kerakli maslaxatlar hamda yo’riqnomalar huquq sohasining talabi bo’lib kelmoqda. Natijada nafaqat fuqorolar balki huquqshunoslar oldiga ham bir qancha imkoniyatlar va qiyinchiliklar qo’ymoqda. Tadqiqotning maqsadi shundan iboratki, bunda huquqiy maslaxatchi chatbotlarning mohiyati, ularning ishlash mexanizmlari, xalqaro tajribalar, afzalliklari va kamchiliklarini va shu bilan birga xulosa qismlarini aniqlash hisoblanadi. Tadqiqot natijalaridan olingan ma’lumotlar orqali, biz kelajakdagi qo‘llaydigan masalalarimizda aynan huquqiy maslaxatchi chatbotlardan foydalanishni bilib olamiz.Shuningdek ushbu sohadagi ilmiy bilimlarni ko’paytirishga va foydalanishga yordam beradi. Usullar Ushbu maqolani tayyorlashda bir qator ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat : Tahlil usuli-huquqiy chatbotlarning nazariy asoslari,ularning huquq tizimidagi o’rni, afzallik va cheklovlarini tahlil qilish uchun qo’llanildi. Qiyosiy-huquqiy usul-xorijiy davlatlarda (AQSH,Buyuk Britaniya, Kanada,Avstraliya va boshqalar) huquqiy chatbotlardan foydalanish tajribasi O’zbekiston sharoiti bilan taqqoslandi. Sistemali yondashuv -chatbotlarning texnologik, huquqiy va ijimoiy jihatlarini yagona tizim sifatida o’rganishga xizmat qildi. Normativ-huquqiy tahlil usuli-O’zbekiston Respublikasining ‘Axborotlashtirish to’g’risidagi’gi qonuni, ‘Raqamli O’zbekiston-2030’ strategiyasi va boshqa me’yoriy hujjatlar o’rganildi. Ushbu tadqiqotda huquqiy maslaxatchi chatbotlarlarning nazariy asoslari, ularning texnologik imkoniyatlari va amaliy qo’llanilish darajasini oo’rganish maqsadida bir nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 57 Birinchidan, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish usuli qo’llanib , sun’iy intellekt asosidagi huquqiy xizmatlar bo’yicha xalqaro va mahalliy manbalardagi ilmiy maqolalar, monografiyalar hamda taxliliy ma’lumotnomalar ko’rib chiqildi. 1 Ushbu yondashuv chatbotlarning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda ularning huquqiy tizimdagi o’rnini nazariy jihatdan asoslash imkonini berdi. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil usuli yordamida turli davlalatlarda qo’llanilayotgan huquqiy chatbotlar-masalan, AQSH, Yevropa Ittifoqi va osiyo davlatlaridagi raqamli yuridik xizmatlar modellari solishtirildi. 2 Mazkur solishtirma yondashuv imkoniyatlar, cheklovlar va amaliy samaradorlik bo’yicha farqlarni aniqlashga xizmat qildi. Uchinchi yondashuv sifatida huquqiy maslaxatchi chatbotlarning bo real bozor talablariga mos ravishda baholashga yordam berdi. Natijada, mazkur mwtologik asoslar maslaxatchi chatbotlarning imkoniyatlari, afzalliklari va mavjud cheklovlarini tizimli ravishda yoritis context-taxlil usuli qo’llanilib, mashhur yuridik chatbotlar tomonidan taqdim etilayotgan funksiyalar-avtomatik hujjat tahlili, yuridik yo’riqnomalar, shartnoma yaratish vositalari va foydalanuchi tajribasi elementlari amaliy misollar asosida o’rganildi. 3 Bundan tashqari, chatbotlar faoliyatini baholashda ekspert fikrlarini tahlil qilish usulidan foydalanildi.O’zbekiston va xorijdagi yuridik texnologiyalar bo’yicha mutaxasislarning fikrlari, intervyulari hamda hamkorlik platformalardagi sharxlar o’rganildi. 4 Bu yondashuv chatbotlar samaradorlashga xizmat qildi. NATIJA Raqamli transformatsiya jarayonining jadallashuvi huquqiy xizmatlar sohasida ham tub o’zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot davomida o’rganilganidek, huquqiy maslaxatchi chatbotlar nafaqat texnologik inovatsiya, 1 Sun’iy intellekt va yuridik texnologiyalar bo’yicha ilmiy manbalar taxlili. 2 Raqamli yuridik xizmatlar bo’yicha xalqaro platformalar solishtiruvlari. 3 Chatbot funksiyalari va ularning tarkibiy elementlarini context-tahlil qilish jarayonlari. 4 Yuridik texnologiyalar bo’yicha ekspertlar intervyulari va sharxlari. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 58 balki yuridik amaliyotning yangi modeli sifatida shakllanayotgan raqamli vositalardan biridir. 5 Ular huquqiy yordamga bo’lgan talab oshib borayotgan bir paytda foydalanuvchilar uchun qulay, tejamkor va tezkor xizmat ko’rsatish imkonini beruvchi zamonaviy platforma sifatida e’tirof etilmoqda. Birinchidan,chatbotlar orqali foydalanuvchilar kam resursli hududlarda ham huquqiy ma’lumotga oson va arzon kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Masalan,Berkey (Koliforniya) universiteti tadqiqotida ko’rsatilishicha, legal yordamga muhtoj insonlar uchun AI vositalari ‘justice gap’ ni qisqartirishda yordam beradi. 6 Ikkinchidan, AI chatbotlar huquqiy tashkilotlarda va advokatlik amaliyotida samaradorlikni oshiradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra , taxminan 24% yuridik firmalar klientlarni olish (intake) jarayonida chatbotlardan foydalanadi, 7 va bu jarayonni optimallashtirish natijasida onboarding (yangi mijozlarni ro’yxatga olish) vaqti 50% ga qisqardi.AI vositalari takroriy va oddiy yuridik so’rovlarining 30% ni qoplashi mumkunligi haqida ma’lumot beradi.Shuningdek ular FAQ ga taxminan 90% aniqlikda javob bera oladi.Chatbotlar 24/7 rejimda ishlashi tufayli foydalanuvchilar kunning har soatida huquqiy yo’riqnoma olishi mumkin. Bu esa yuridik xizmatlarga bo’lgan kirishni sezilarli darajada kengaytiradi, xususan, kech vaqtlarda yoki dam olish kunlarida murojaat qiladigan foydalanuvchilar uchun. Ilg’or AI modellari doimiy o’rganish va moslashuvchanlik imkoniyatiga ega. Masalan, ‘Chatlaw’ nomli loyiha Mixture-of-Experts LLM (mutaxxasis modellar) va knowledge graphlardan foydalanib, noto’g’ri ma’lumotlar (‘hallucination’) darajasini kamaytiradi. 8 Biroq chatbotlarning imkoniyatlari cheklangan. Ular murakkab sud ishlarini to’liq hal qila olmaydi va doimiy ravishda inson nazorati talab 5 Qoriyev, O.Raqamli texnologiyalar va huquqiy xizmatlar rivoji. Toshkent: Adolat, 2021. 45-52-betlar. 6 Berkeley tadqiqoti:AI can narrow justice gap… ‘Reuters maqolasi, Berkeley Law. Reuters 7 AI huquqiy texnologiyalar statistikasi-SEO Sandwitch, “AI in Legal Technology: A Statistical Overview=http://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=255141 8 LLM-larning ehtimoli(‘legal hallucination); Comparing Large Language Models Againts Lawyers. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 59 qilinadi.Xususan, ayrim muammolarga duch kelishi mumkin: ayrim ilmiy tadqiqotlardagi modellar noto’g’ri huquqiy ma’lumotlar keltirishi aniqlangan. Shuning uchun chatbotlardan foydalanganda, huquqiy mutaxxasis bilan tekshirish muhimdir. Shuningdek, maxfiylik va ma’lumot xavfsizligi muammolari mavjud. Foydalanuvchilar shaxsiy yoki yuridik jihatdan muhim ma’lumotlarni chatbotga kiritganda, ularning ma’lumotlari qanday saqlanishi va himoyalanishi bo’yicha qat’iy siyosat va protokollar bo’lishi lozim. Etik va huquqiy tartibga solish ham muhim nuqta. Masalan, advokatlar va yuridik firmalar sun’iy intellektni ishlatishda texnologik bilim va nazoratga ega bo’lishi zarur. Ba’zi tadqiqotlar shuni taklif qiladi-yuridik tashkilotlar chatbot ishlatilishini muntazam monitoring qilishlari va aniqlik darajasini baholasshlari lozim. 9 Ijtimoiy jihatdan, chatbotlar adolatli huquqiy xizmatga kirishni kengaytirishi mumkin. Masalan, kam daromadli shaxslar uchun AI-dagi yuridik yordam ularga avvalgi murakkab protsseslarni soddalashtirish orqali huquqiy yordamni sezilarli darajada arzon va kirishli qiladi. 10 j Kelajakda esa chatbotlarning roli yanada kengayishi kutiladi: ular hujjat generatsiyasi va risk prognozi kabi murakkab vazifalarni bajaradigan intellectual agentlarga aylanishi ehtimoli yuqori. Bu jarayon, albatta, regulyatorlar tomonidan tartibga solishni talab qiladi. Xulosa qilib aytganda, huquqiy maslaxatchi chatbotlar-bu nafaqat texnologik yangilik, balki huquqiy ekotizmda ishonchli , samarali va adolatli tizim yaratishda muhim vosita. Ular yuridik xizmatlarning arzonligi, keng jamoatlikka ochiqligi va mutaxxasislar sohasidagi samaradorlikni oshirishda katta potentsialga ega. Shu bilan birga, ularning xavf va cheklovlarini inobatga olib, ehtiyotkorlik bilan va ma’suliyat bilan joriy etilishi lozim. MUHOKAMA 9 AI tadbiqida etik va nazorat masalasi, ilmiy va tajriba jihatlari (Chatlaw misoli) 10 Ijtimoiy ta’sir va adolatga kirish bo’yicha AI foydasi (“justice gap”) ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 60 Huquqiy maslaxatchi chatbotlar (AI legal-botlar) joriy etilishi bilan birga bir qancha muhim muammolar va imkoniyatlar yuzaga keladi. Ular orasida huquqiy xizmatlarning kengayishi, samaradorlik, lekin xavflar-noto’g’ri ma’lumot va etik masalalar-muhokama qilinadi.Birinchidan, chatbotlar huquqiy yordamga kirisha oladi , ya’ni “ access to justice” muammolarni yumshatishga yordam berishi mumkin.Masalan, Barkeley tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, AI vositalari murabbiy yuridik yordamchi advokatlar samaradorligini oshiradi va kam daromadli aholining huquqiy ehtiyojlarini qondirishda potensialga ega. 11 Bu demak, chatbotlar oddiy savollarni qamrab olishi va dastlabki yo’riqnomalarni berishi an’anaviy huquqiy yordamga ega bo’lmagan odamlar uchunmuhim vosita bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, samaradorlik jihatidan chatbotlar katta afzallik beradi. Yuridik firmalar va bo’limlar mutlaqo takrorlanuvchi masalalarni (savollar,intake) avtomatlashtirish orqali vaqt va resurni tejaydi.Statistik ma’lumotlarga ko’ra,tahminan 24% firmalar klientlarni qabul qilish jarayonida AI-chatbotlardan foydalanadi va bu jarayonni 50% gacha tezlashtirishi mumkin.Shu bilan birga, chatbotlar jami so’rovlarning 30% ni o’z zimmasiga olishi ma’lum.Bu usul yuridik mutaxxislarga murakkab huquqiy masalalarga e’tibor berish imkonini beradi. Qolaversa, chatbotlar oddiy huquqiy savollarga 90% atrofida aniqlik bilan javob bera oladi, bu esa foydalanuvchi va firma o’rtasida ishonchni oshiradi.Uchinchidan,ammo,noto’g’ri axborot xavfi alohida e’tiborni talab qiladi.Ilmiy tadqiqotlar ko’rsatadiki, LLM-poydevorli huquqiy vositalar ham noto’g’ri ma’lumot-ixtiro qilingan sud ishi,notog’ri talqin berishi ehtimoli yuqori.Xususan, bir tadqiqotda Lexis+AI va Westlaw AI-vositalari 17-33% hollarda “hallucinatsiya” qilgani qayd etilgan. 12 Bu esa huquqiy chatbotlardan foydalanishda doimo inson nazorati zarurligini anglatadi: yakuniy huquqiy maslaxat yoki hujjat tayyorlashda mutaxassis tekshiruvi bo’lmasligi xavfli bo’lishi mumkin.To’rtinchidan, foydalanuvchilarning maxfiyligi va etik xavfi muhim 11 Berkeley tadqiqoti:AI huquqiy yordam bo’yicha kitob. 56-57-betlar 12 ‘Hallucination-Free’.Assessing…AI Legal Research Tools tadqiqoti. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 61 muammo hisoblanadi.Chatbotga yuborilgan ma’lumotlar shaxsiy yoki biznesga oidbo’lishi mumkin.Xavfsizlik siyosati va ma’lumotlarni saqlash protokollari bo’lmasa, bu ma’lumotlar bexatar saqlanmasligi ehtimoli bor. Shuningdek, huquqiy xizmat sifatida chatbotlarni joriy etayotgan tashkilotlar etik va huquqiy tartibga solishni o’ylashi kerak.Bunday tartibga solish foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish va chatbotlardan noto’g’ri foydalanishni oldini olishga yordam beradi.Beshinchidan, tejamkorlik va ijtimoiy ta’sir jihatdan ham chatbotlar ijobiy tomonlarga ega. Masalan, kam daromadli yoki yuridik savodxonligi past bo’lgan shaxslar uchun AI vositalari muhim yordamchi bo’lishi mumkin.Bu esa huquqiy xizmatlarga kirishda ijtimoiy adolatni kuchaytiradi.Shu bilan birga, chatbotlar kichik firmalar va yuridik bo’limlarda xarajatni kamaytirish orqali samarali ishlashga ko’maklashadi. Ammo muammoning ikkinchi tomoni bor-responsibility(javobgarlik) masalasi.Agar chatbot noto’g’ri ma’lumot bersa va foydalauvchi zarar ko’rsa, kim javobgar bo’ladi? Bu-hali huquqiy xizmatlarda aniqlanmagan savol.Ishlab chiquvchilar,yuridik firmalar va regulyatorlar bu borada ochiq va aniq mexanizmlarni belgilashlari lozim.Bundan tashqari, texnologik integratsiya va adaptatsiya muammolari mavjud. Har bir yuridik firma yoki bo’lim uchun chatbotni joriy etish va uni mavjud tizimlar(mijoz oqimi, intake, hujjat boshqaruvi) bilan moslashtirish murakkab bo’lishi mumkin.Ba’zi tadqiqotlar chatbot birlashtirgan tashkilotlarning ma’muriy yukuni kamaytirib, mijoz qoniqishi va aloqalarini yaxshilashini ko’rsatadi. Biroq har doim ham ushbu integratsiya silliq amalga oshavermaydi va qo’shimcha resurslardan yoki malakali IT jamoadan talab qilinadi. Shuningdek, bilim va malaka masalasi muhim: yuridik mutaxxasislar va advokatlar AI vositasidan foydalanishda texnologik bilimga ega bo’lishi kerak.Agar chatbotlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanilmasa, xato ma’lumotlar jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa o’quv va treningni, nazorat mexanizmlarini talab qiladi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 62 Oxir-oqibat, huquqiy maslaxatchi chatbotlar juda katta potensialga ega, ammo ularning joriy etilishi va foydalanishi ehtiyotkorlik, ma’suliyat va nozorat talab qiladi.Agar yetarli regulyatorlik, etik standartlar va inson nazorati bo’lsa, chatbotlar huquqiy tizimda yaxshi qo’shimcha kuch bo’lib xizmat qilishi mumkin. Aks holda, nato’ g’ri ishlatilganda xavf va Zarar ulkan bo’lishi ehtimoldan holi emas. KEYSLAR Huquqiy chatbotlar amaliyotga kirib kelishi bilan dunyo miqyosida bir qator yirik tashkilotlar ularni sinovdan o’tkazib, ijobiy natijalarga erishmoqda. Quyida bir nechta muhim keyslar orqali ushbu texnologiyaning haqiqiy ish jarayonidagi samaradorligi, qulayligi va cheklovlari tahlil qilinadi. 1-Keys: Yuridik yordamga kirishni kengaytirish- ‘DoNotPay’ tajribasi. Dunyodagi eng mashhur huquqiy chatbotlardan biri ‘DoNotPay’ dastlab avtoturargoh jarimalariga shikoyat yozishda yordam beruvchi robot-advokat sifatida yaratilgan. Keyinchalik u 160 dan ortiq yuridik jarayonlarni avtomatlashtirishga qodir platformaga aylandi, jumladan:ijarachi huquqlari, qaytarilmagan to’lovlar, spamga shikoyatlar, bank muammolari va boshqalar.Mazkur keys shuni ko’rsatadiki, oddiy odamlar ko’pincha advokat yollay olmaydigan holatlarda ham chatbot tezkor va arzon yechim taklif eta oladi. Bu tajriba ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki huquqiy jarayonlarni yaxshi tushunmaydigan shaxslar uchun foydali bo’lgan. Biroq ‘DoNotPay’ atrofida yuzaga kelgan bahslar-masalan, ba’zi holatlarda noto’g’ri shakllamtirgan hujjatlar aniqlagani-huquqiy chatbotlar doimo inson nazoratida bo’lishi kerakligini ko’rsatib berdi. 2-Keys: Katta yuridik firmalarda avtomatlashtirgan mijoz qabul qilish-Clifford Chance Jahonning yirik yuridik firmalaridan biri Clifford Chance o’z ichki mijoz qabul qilish jarayonlariga AI-chatbot joriy qilgan. Chatbot mijozning dastlabki savollarini qabul qiladi, masalaning turini aniqlaydi, zarur hujjatlar ro’yhatini shakllantiradi va dastlabki yo’riqnomalarni beradi.Natijada advokatlar ortiqcha ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 63 ma’muriy ishlar bilan shug’ullanish o’rniga bevosita yuridik tahlilga e’tibor qaratadi.Ushbu keys chatbotlar murakkab yuridik jarayonning bir qismini avtomatlashtirishga va firmaga vaqt jihatidan katta ustunlik berishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, firma chatbotlarning javoblarini muntazzam tarzda inson mutaxxasislari tomonidan tekshirib borish tizimini o’rgatgan-bu huquqiy xatolar oldini olishga yordam beradi desak mubolag’a bo’lmaydi. 3-Keys: Davlat sektori-Estoniya e-hukumat chatbotlari Estoniya dunyodagi eng rivojlangan raqamli boshqaruv tizimiga ega davlatlardan biri bo’lib, u davlat xizmatlarida huquqiy yo’riqnomalar beruvchi AIchatbotlarni faol joriy qilgan. Masalan, tadbirkorlik ro’yhatidan o’tish, soliq yuki,elektron imzo jarayonlari kabi yo’nalishlarda chatbotlar fuqorolarga huquqiy tartiblarni tushuntirib beradi.Ushbu keys aholi uchun byrokratiya yukini kamaytirish, huquqiy jarayonlarni soddalashtirish va davlat organlari ishini yengillashtirish borasida samarali bo’lgan.Bunga qo’shimcha tariqasida, hukumat chatbotlar uchun maxsus xavfsizlik protokollarini ishlab chiqqan-chunki davlat xizmatlarida maxfiylik darajasi juda yuqori bo’ladi. 4-Keys: Kichik biznes uchun hujjat tayyorlash-“LegalZoom AI Assistant. LegalZoom AI-chatbotlari kichik va o’rta biznes egalari uchun shartnomalar, rozilik hujjatlari,NDA, xizmat ko’rsatish shartnomalari va boshqa tipik hujjatlarni avtomatik tuzib beradi.Tahlilar shuni ko’rsatadiki, kichik biznis egasining 70% gacha qismi huquqiy xarajatlar tufayli advakatga murojat qila olmaydi. CHatbotlar esa azon , tez va qulay yechim sifatida foydalinadi. Biroq murakab yoki yurispiksiyaga oid muhim tafsilotlar talab qilinadigan holatlarda chatbotning javobi cheklangan bo’lib, inson yuridik ekispirtizasi muhim bo’lib qoladi. 5Keys: Sud tizimida ekisperimental qo’lanish – Kanada immigratsiya masalalari Kanada immigratsiya sohasida Alchatbotlar arizalarini to’ldirish , hujatlar ro’yxatini shakillantirish va jarayon bosqichlarini tushuntirishda qo’llanilgan.