XUDOYBERDI TO'XTABOYEVNING "SARIQ DEVNING O'LIMI" ASARI ASOSIDA SKETCH ENGINE DASTURIDA O'ZBEK–RUS PARALLEL KORPUSI YARATISH VA UNI O'QITISHDA QO'LLASHNING METODIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” asari asosida Sketch Engine dasturida rus–o‘zbek parallel korpusi yaratish jarayoni va uning maxsus fanlarni o‘qitishda qo‘llanish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda parallel korpusning lingvistik va didaktik imkoniyatlari, o‘quv jarayonida so‘z va iboralarni kontekstda tahlil qilish, tarjima ekvivalentlarini aniqlash, kollokatsiyalar va tez-tez ishlatiladigan so‘zlarni aniqlash kabi funksiyalari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, korpus yordamida ta’lim jarayonini raqamlashtirish, interaktivlashtirish va kompetensiyaga oid yondashuv asosida o‘qitishni modernizatsiya qilishning metodik asoslari taqdim etilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 825 XUDOYBERDI TO‘XTABOYEVNING “SARIQ DEVNING O‘LIMI” ASARI ASOSIDA SKETCH ENGINE DASTURIDA O‘ZBEK–RUS PARALLEL KORPUSI YARATISH VA UNI O‘QITISHDA QO‘LLASHNING METODIK ASOSLARI 1Abdullayeva Oqila,2Yangibayeva Surayyo 1f.f.f.d., PhD, ToshDO‘TAU doktoranti, 2ToshDO‘TAU, Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi II bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17836665 Annotatsiya. Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” asari asosida Sketch Engine dasturida rus–o‘zbek parallel korpusi yaratish jarayoni va uning maxsus fanlarni o‘qitishda qo‘llanish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda parallel korpusning lingvistik va didaktik imkoniyatlari, o‘quv jarayonida so‘z va iboralarni kontekstda tahlil qilish, tarjima ekvivalentlarini aniqlash, kollokatsiyalar va tez-tez ishlatiladigan so‘zlarni aniqlash kabi funksiyalari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, korpus yordamida ta’lim jarayonini raqamlashtirish, interaktivlashtirish va kompetensiyaga oid yondashuv asosida o‘qitishni modernizatsiya qilishning metodik asoslari taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: Parallel korpus, Sketch Engine, lingvistik tahlil, tarjima kompetensiyasi, raqamli ta’lim. Abstract. This article examines the process of creating a Russian–Uzbek parallel corpus in Sketch Engine based on Xudoyberdi To‘xtaboyev’s novel The Death of the Yellow Giant (“Sariq devning o‘limi”), as well as its methodological applications in teaching specialized subjects. The study explores the linguistic and didactic potential of the parallel corpus, including its functions for analyzing words and phrases in context, identifying translation equivalents, and detecting collocations and high-frequency lexical items in the learning process. In addition, the article presents methodological foundations for digitalizing and enhancing the educational process through the use of corpus tools, making instruction more interactive and competenceoriented. Keywords: parallel corpus, Sketch Engine, linguistic analysis, translation competence, digital education. KIRISH XXI asrda ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida sifat, tezkorlik, raqamli savodxonlik va innovatsion pedagogik yondashuvlarni talab etmoqda. Maxsus fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash – o‘quv jarayonini interaktivlashtirish, individuallashtirish va o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim omildir. Shu nuqtai nazardan, korpus lingvistikasiga asoslangan o‘quv metodlari oxirgi yillarda til o‘rganish va o‘qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Korpus lingvistikasining ijtimoiy va pedagogik ahamiyati shundaki, u o‘quvchilarga real til materiallari bilan ishlash imkonini yaratadi, o‘qituvchiga esa dars jarayonini ilmiy asoslangan til faktlariga tayangan holda tashkil etish imkonini beradi. Bu esa ta’limni modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – raqamli ta’lim muhiti yaratish va uni amalda qo‘llashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyevning mashhur
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 826 “Sariq devning o‘limi” asari asosida Sketch Engine dasturida yaratilgan rus–o‘zbek parallel korpusining o‘quv jarayonidagi o‘rni, uning maxsus fanlarni o‘qitish metodikasiga tatbiqi, raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. ASOSIY QISM Maxsus fanlarni o‘qitishni modernizatsiya qilishning nazariy asoslari Ta’limni modernizatsiya qilish bugungi kunda quyidagi uch yo‘nalishda namoyon bo‘lmoqda: 1. Raqamlashtirish (digitallashtirish): o‘quv jarayonida elektron resurslardan foydalanish; 2. Innovatsion metodlardan foydalanish: korpus lingvistikasi, interaktiv platformalar, sun’iy intellekt asosidagi vositalar; 3. Kompetensiyaviy yondashuv: o‘quvchida amaliy, analitik, texnologik kompetensiyalarni shakllantirish. Til o‘qitishning zamonaviy modeli ta’lim jarayonini faqat grammatik vositalar bilan emas, balki real matnlar, korpuslar, parallel tarjimalar, statistik tahlillarga tayangan holda tashkil etishni talab qiladi. Bu esa maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Shu boisdan Sketch Engine dasturi orqali yaratilgan parallel korpus o‘quv jarayonining amaliy-tadqiqot komponentini mustahkamlaydi. Parallel korpus – bu ikki yoki undan ortiq tilning matnlarini bir-biriga moslab joylashtirilgan lingvistik resurs bo‘lib, har bir segment (gap, paragraf yoki leksik birlik) boshqa til segmentiga tarjima yoki ekvivalent sifatida bog‘langan bo‘ladi. Bilingval parallel korpuslar, xususan o‘zbek–rus korpuslari, til o‘qitishda, tarjima amaliyotida va lingvistik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi. Mana shu jihatlarni ham inobatga olgan holda parallel korpuslarning bir necha afzalliklari mavjud. 1. Talabalar va tadqiqotchilar real til materiallari bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. 2. So‘z va iboralarni tarjima variantlari bilan qiyosiy tahlil qilish mumkin bo‘ladi. 3. Leksik va stilistik elementlarni aniqlash orqali muallif uslubini o‘rganish mumkin. 4. Pedagogik jarayonda interaktiv mashqlar va topshiriqlar yaratish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, parallel korpus yaratish jarayoni nafaqat ilmiy tadqiqot, balki maxsus fanlarni o‘qitishda pedagogik vosita sifatida ham ahamiyatlidir. Sketch Engine: lingvistik platformaning nazariy tavsifi Sketch Engine – dunyoning eng katta va eng funksional korpus lingvistika platformalaridan biri bo‘lib, u: bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli korpuslar yaratish, konkordans qidiruv, kollokatsiya tahlili, tarjima variantlarini qiyoslash, Word Sketch orqali grammatik munosabatlarni ko‘rsatish, leksik birliklarning qo‘llanish chastotasini aniqlash hamda o‘qitish uchun mashq yaratish imkonlarini beradi. Ushbu platforma yordamida foydalanuvchilar mavjud parallel, mualliflik, diaxron va boshqa korpuslarni o‘rganishi, qolaversa o‘zlari ham bu kabi korpuslarni yaratish imkoniyatlariga ega. “Sariq devning o‘limi” asari asosida rus–o‘zbek parallel korpusining yaratilish jarayoni Sketch Engine dasturi orqali Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” asari asosida rus–o‘zbek parallel korpusi yaratish jarayoni bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 827 Korpus yaratish jarayonining asosiy maqsadi – har bir o‘zbekcha matn segmentini ruscha ekvivalenti bilan moslashtirish va ularni lingvistik tahlil uchun tayyorlashdir. Foydalanuvchilar uchun har jihatdan qulay, mukammal va zamonaviy parallel korpus yaratish uchun parallel korpus algoritmi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga olishi lozim: matnlarni yig‘ish, “tozalash”, ekstralingvistik annotatsiya, gap darajasida moslashtirish, validatsiya, tokenizatsiya, lemmatizatsiya, morfologik teglash (POS tagging), so‘z darajasida moslashtirish [Elov B.B., Amirkulov M. 2023]. Sketch Engine platformasi yordamida parallel korpus yaratadigan bo‘lsak asosiy ishni platformaning o‘zi bajaradi. Ya’ni korpus yaratuvchi tozalangan ikki tildagi matnni tayyorlashi hamda platformaga kirib uni kerakli shaklda joylashtirishi lozim. Korpusni esa platformaning o‘zi avtomatik shaklda yaratadi. Sketch Engine platformasida parallel korpus yaratish jarayoni ilmiy jihatdan quyidagi bosqichlardan iborat (1-rasm). 1-rasm. Sketch Engine’da parallel korpusni yaratish jarayoni sxemasi Ushbu bosqichlar nafaqat texnik ishlarni, balki lingvistik va metodik yondashuvlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, u o‘quv jarayonini interaktiv, kompetensiyaga oid va modernizatsiyalash shaklda tashkil etishga xizmat qiladi. Sketch Engine’da parallel korpus yaratish jarayonida dastlab, asarning o‘zbek tilidagi toza matni hamda rus tilidagi tarjima matni tayyorlanadi. Har ikkala matnda ortiqcha belgilar, kodlash xatolari tuzatiladi. Undan keyin har ikki matn Sketch Engine tomonidan qo‘llabquvvatlanadigan UTF-8 formatida saqlanadi. Tayyor holatga kelgan ikki tilli matn tayyorlangandan keyin fayllar Sketch Engine dasturiga joylanadi. Yuklashda har ikki tilning taglashi belgilanadi: O‘zbek (uz) Rus (ru) Shundan so‘ng Sketch Engine segmentlarni avtomatik bog‘laydi va parallel korpus shakllanadi (2-rasm).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 828 2-rasm. Korpusga parallel matnlarni yuklash oynasi Parallel korpusning lingvistik imkoniyatlari Sketch Engine – bu lingvistik tadqiqot va til o‘qitish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan ilg‘or korpus dasturi bo‘lib, yaratilgan parallel korpuslar yordamida quyidagi lingvistik imkoniyatlar taqdim etiladi (1-jadval). 1-jadval. Parallel korpusning lingvistik imkoniyatlari 1 Parallel concordance (so‘z va iboralarni kontekstda qiyoslash): Dastur har bir o‘zbekcha so‘z yoki iborani ruscha ekvivalenti bilan yonma-yon ko‘rsatadi. Bu tarjima va leksik variantlarni real kontekstda tahlil qilish imkonini beradi. Misol uchun, “Sariq dev” iborasi turli kontekstlarda ruschada qanday tarjima qilinishi kuzatiladi. 2 Translation equivalents (tarjima ekvivalentlarini aniqlash): Sketch Engine avtomatik tarzda o‘zbekcha so‘z va iboralarni ruscha ekvivalentlari bilan bog‘laydi. Tadqiqotchi yoki o‘qituvchi har bir birlikning turli tarjima variantlarini solishtirib, lingvistik xususiyatlarni o‘rganishi mumkin. 3 Collocation comparison (so‘z birikmalari va kollokatsiyalarni taqqoslash): Dastur yordamida o‘zbekcha va ruscha matndagi kollokatsiyalar (so‘z birikmalari) qiyoslanadi. Bu muallif uslubini, frazeologik xususiyatlarni va tarjima jarayonidagi stilistik o‘zgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi. 4 Frequency analysis (so‘zlar va iboralarning tez-tez ishlatilishini tahlil qilish): Parallel korpusdagi so‘z va iboralar chastotasi hisoblanadi. Bu o‘quvchilarga asardagi asosiy leksik birliklarni ajratib olish va tilni samarali o‘rganish imkonini beradi. 5 Concordance plots va statistical tools (vizual tahlil va statistik imkoniyatlar): Sketch Engine so‘zlar va iboralarni grafigi, diagramma va statistik ko‘rinishda tahlil qilish imkonini beradi. Bu til o‘qitish jarayonida talabalarga vizual va analitik yondashuv orqali o‘rganishni ta’minlaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 829 Shu imkoniyatlar yordamida parallel korpus nafaqat tarjima va lingvistik tahlil vositasi sifatida ishlatiladi, balki maxsus fanlarni o‘qitishda pedagogik resurs sifatida ham samarali qo‘llaniladi. Talabalar real matnlar bilan ishlash, tarjima variantlarini solishtirish va grammatiksintaktik farqlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi [Zanettin F. 2001]. Biz yaratgan parallel korpusda dastlab qo‘llangan so‘zlar miqdori bilan tanishamiz. Parallel korpus asosiy afzallik – bir til elementining boshqa til tarjima variantini real kontekstda ko‘rsatadi (2-jadval). 2-jadval. Korpusda qo‘llangan so‘zlar miqdori O‘zbek tilida Rus tilida Tokens 74845 80,212 Words 53388 60142 Sentences 6138 4,512 Documents 1 1 Bu bosqichda biz dastlabki farqni ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni so‘zlarning qo‘llanishida rus tiliga tarjima qilinganda yetti mingdan ortiq ko‘p so‘zlardan foydalanilgan (3-rasm). 3-rasm. Sketch Engine’da yaratilgan parallel korpus Keyingi bosqichda so‘zlarni parallel shaklda qo‘llanishini o‘rganib chiqamiz. “Sariq devning o‘limi” asarida biz kalit so‘z sifatida qo‘llanilgan sartarosh, qalpoq kabi so‘zlarni o‘rganib chiqish uchun tanlab oldik. Masalan asar qahramoni Hoshimjon sehrli qalpoqchasi orqali har xil kasblarni orzu qiladi ulardan biri sartaroshlik kasbi. Rus tiliga tarjimada o‘zbek tilidan kelasi zamon fe’li bilan ifodalangan sartarosh bo‘lmoqchiman jumlasini ifodalashda ты сказал jumlasini takror qo‘llash orqali ifodalagan (4-rasm). Bu kabi farqlarni ilmiy ishimiz davomida bir qancha usullarda kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari asarda kalit so‘z sifatida qo‘llanilgan qalpoq leksemasi ham matnda aynan qalpo shaklida qo‘llanilmasdan Hoshimjon tilidan “qalpoqcham” shaklida qo‘lanilgan tarjima matnida ham bu so‘z o‘z man’sidan chetga chiqmagan holda шапочка моя shaklida qo‘llanilgan. Bu orqali biz rus tilida predmetning shaxsga nisbatan egalikni ifodalovchi qo‘shimchalar mavjud emasligi va mavjud qo‘shimchalar ham faol qo‘llanilmasligining yana bir bor guvohi bo‘lamiz. 4-rasm. “Sartarosh” so‘zining Concordance bo‘yicha tahlili Qolaversa ruscha tarjima qilingan matnda kitobxonga aynan aniq voqealar tushunilishi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 830 uchun ma’noni so‘zlar bilan kengaytirga holda izohlagan (3-jadval). Bu bilan rus tilidagi tarjimada so‘zma-so‘z tajima qilinmagan ammo, gapning mazmuni saqlab qolingan. 3-jadval. Gaplarning ma’no jihatidan farqlari Asl matndagi gap Tarjimadagi gap Rus tilidagi gapning tarjima nusxasi Oh, qalpoqcham , yana yordamingga muhtojman, – dedim bir kuni ishdan qaytayotganimda. – Ох, шапочка моя, опять я нуждаюсь в твоей помощи, – молвил я, вспомнив свою давнюю подругу. – Oh, qalpoqcham, yana sening yordamingga muhtojman, – dedim men eski do‘stimni eslab. Sketch Enginening KWIC funksiyasi orqali mavjud so‘zlarni qanchalik va qaysi usullarda qo‘llanilganini diagramma orqali kuzatishimiz mumkin. Masalan o‘zbek tilida “qalpoqcham” so‘zi ko‘proq matnning o‘rtasida va oxirida qo‘llanilgan (6-rasm). Ruscha matnda esa “qalpoqcham” so‘zi nisbatan ancha ko‘p o‘rinlarda qo‘llanilgan bu ham tarjimon tomonidan asarni kengroq ifodalar bilan yoritib tarjima qiliganligini ko‘rsatadi (7-rasm). 5-rasm. “Qalpoqcham” so‘zining o‘zbekcha matnda qo‘llanilishi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 831 6-rasm. “Шапочка” so‘zining ruscha matnda qo‘llanilishi Tarjimalarda so‘zlar chastotasi orqali ham har ikkala matnda keng qo‘llanilgan so‘zlarni aliqlashimiz mumkin. Bu jarayonni o‘rganishimizda ham bir qancha muammolarga duch keldik. Masalan krill yozuvidan lotin yozuviga o‘girilgan o‘zbek tilidagi matnda matn yaxshi tozalanmagani bois bir qancha xato yozilgan so‘zlarni ko‘rishimiz mumkin (8-rasm). Bu esa asarda kam qo‘llangan so‘zlarni aliqlashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqardi. 7-rasm. Parallel korpusning so‘z darajadagi mosliklari N-garm orqali matnlarda so‘zlarning bog‘lanish shakllarini farqlashimiz mumkin. Xususan 3-4-gramlarda o‘zbek tilidagi matnda u yoq bu yoq, Xoja Ahror Valiy birikmalari ko‘p qo‘llanilgan birikmalardir. Rus tili matnida esa “до сих пор” (hali ham, hanuzgacha), Rus tilida eng ko’p qollanilgan so’zlar O’zbek tilida eng ko’p qollanilgan so’zlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 832 “вскочил с места” (joyidan sapchib turdi), “друг на друга” (bir-biriga qarab), “в самом деле” (haqiqatan ham) (9-rasm). 8-rasm. Parallel korpusdagi n-gramlar tahlili Parallel korpusdan maxsus fanlarni o‘qitishda foydalanish metodikasi Parallel korpusdan foydalanish orqali o‘quvchilarda quyidagi tilshunoslik (leksik, grammatik birliklarning qo‘llanishi), tarjima (tarjima variantlarini qiyosiy tahlil qilish), raqamli (korpus texnologiyalaridan foydalanish) va tahliliy (kontekstual ma’noni tahlil qilish) kompetensiyalar shakllanadi. Dars jarayonida parallel korpusdan foydalanish esa bir necha bosqichlardan tashkil topadi. 1. Kirish bosqichi: matn mazmunini umumiy tushuntirish. 2. Tadqiqot bosqichi: talabalar korpusda so‘z qidiradi, tarjima variantlarini solishtiradi. 3. Amaliy bosqich: tahlil asosida grammatik yoki leksik xulosa chiqaradi. 4. Yakuniy bosqich: mashqlar bajariladi. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” asari asosida yaratilgan o‘zbekrus parallel korpusiga asoslanib bir necha mashq namunasini keltirishimiz mumkin. Mashq namunasi: Korpusdan “dev” so‘zining ruscha tarjima variantlarini toping va quyidagilarni aniqlang: 1. Qaysi kontekstda “чудовище”, qaysi kontekstda “дух” shaklida tarjima qilingan? 2. Tarjima farqlanishining sabablarini izohlang. O‘qitish jarayonini modernizatsiya qilishda parallel korpusning o‘rni Parallel korpuslar yordamida ta’limni raqamlashtirish, o‘quv jarayonini interaktivlashtirish, o‘qitishni individuallashtirish, o‘quvchilarda tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim sifatini ilmiy asoslangan manbalar bilan mustahkamlash imkoniyati
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 833 yaratiladi. Bu jarayon ta’limni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi. XULOSA Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” asari asosida Sketch Engine dasturida rus–o‘zbek parallel korpusi yaratish jarayoni, uning lingvistik va didaktik imkoniyatlari, maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llash metodikasi ilmiy nuqtai nazardan yoritildi. Tadqiqot natijalaridan ko‘rinadiki: 1. Parallel korpus maxsus fanlarni o‘qitish jarayonini modernizatsiya qilish uchun kuchli metodik vositadir. 2. O‘quvchilar real til materiali bilan ishlaydi, bu esa ularning tahliliy va tarjima kompetensiyalarini rivojlantiradi. 3. O‘qituvchi korpus asosida interaktiv darslar, mashqlar, tahliliy topshiriqlar tayyorlashi mumkin. 4. Raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Elov B.B., Amirkulov M. Uzbeki-English Parallel Corpus Algorithm and Alignment Problem. Central Asian Studies. 2023. 2. Zanettin F. Training translators using parallel corpora. Meta, 46(3), 606–614. 2001. 3. To‘xtaboyev X. “Sariq devning o‘limi”. Toshkent. 2017. 4. Тухтабаев X. Конец желтого дива. 5. Azimova I., Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi(Til ta’limiga oid fanlar moduli), uslubiy qo‘llanma. – T :. Hilol –Nashr. – 2020. 6. Sketch Engine rasmiy hujjatlari: https://www.sketchengine.eu