SUN'IY INTELLEKT VOSITALARI YORDAMIDA XORIJIY TIL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, xususan, talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Sun’iy intellekt asosidagi interaktiv platformalar (ChatGPT, Duolingo Max, Grammarly va boshqalar) yordamida o‘quvchilarning muloqotga kirishish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifodalash, hamda real hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llash ko‘nikmalari mustahkamlanishi ilmiy tahlil etilgan. Maqolada AI vositalarining afzalliklari bilan bir qatorda, ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishdagi metodik va axloqiy muammolar hamda ushbu jarayonda til o‘qituvchisining o‘rni va vazifalari ham ko‘rib chiqiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 839 SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI YORDAMIDA XORIJIY TIL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH 1Aliyeva Mashhura Tog‘aymurodovna, 2Aliyev Farhod Ziyodillayevich 1Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti 2Navoiy davlat universiteti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17836713 Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, xususan, talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Sun’iy intellekt asosidagi interaktiv platformalar (ChatGPT, Duolingo Max, Grammarly va boshqalar) yordamida o‘quvchilarning muloqotga kirishish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifodalash, hamda real hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llash ko‘nikmalari mustahkamlanishi ilmiy tahlil etilgan. Maqolada AI vositalarining afzalliklari bilan bir qatorda, ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishdagi metodik va axloqiy muammolar hamda ushbu jarayonda til o‘qituvchisining o‘rni va vazifalari ham ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, kommunikativ kompetensiya, ingliz tili ta’limi, ChatGPT, Duolingo, interaktiv o‘qitish, metodikasi, autentik til muhiti, Communicative Language Teaching(real muloqotga yo‘naltirilgan ta’lim), Task-Based Learning (topshiriqlar asosida amaliy nutqni rivojlantirish), Project-Based Learning( jamoaviy loyihalar orqali til o‘rganish), Blended Learning (raqamli va an’anaviy ta’limni uyg’unlashtirish), Collaborative Learning (hamkorlikda o‘qitish) metodlari. Abstract. This article explores the significance of using Artificial Intelligence (AI) tools in English language education, focusing on their role in developing students’ communicative competence. The study analyzes how AI-powered platforms such as ChatGPT, Duolingo Max, and Grammarly enhance learners’ ability to communicate effectively, express thoughts in spoken and written forms, and use the language in real-life contexts. In addition to highlighting the advantages of AI integration, the paper discusses the role and duties of foreign language teachers, methodological and ethical challenges associated with implementing AI tools in the teaching process. Keywords: artificial intelligence, communicative competence, English language teaching, ChatGPT, Duolingo, interactive learning, methodology, authentic environment, Communicative Language Teaching, Task-Based Learning, Project-Based Learning, Blended Learning, Collaborative Learning. Hozirda globallashuv jarayoni barcha sohalar, xususan ta’lim tizimiga ham o‘ziga xos yangilanish va rivojlanish tamoyilini kiritmoqda. Sifatli ta’lim berish, o‘quvchi va talabalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk kadrlar qilib yetishtirish bugungi ta’lim tizimidagi asosiy maqsad hisoblanadi. Bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida davlatimiz tomonidan bir qator qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda va ta’lim jarayonida keng tadbiq etilmoqda. Ta’lim sohalari, xususan xorijiy tillarni o‘rgatish va o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor bu islohatlarning eng yaqqol ifodalaridan biri deyish mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 840 Global raqobat kuchayib borayotgan XXI asr ta’limida talabalarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi asosiy zamonaviy talablardan biri hisoblansa, ularda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish oliy ta’limning ustuvor strategik vazifalaridan biridir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralganda, xorijiy tilni o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarda samarali muloqot qilish kompetensiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Kommunikativ kompetensiya – bu tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish, hamkorlikda muloqot qilish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oluvchi integrativ tushunchadir. Kommunikativ kompetensiyada talabalarning nafaqat bilimga ega bo‘lishi, balki egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi asosiy maqsad sifatida ko‘riladi. Ilk bor 1970-yillarda Chomskiy 1 tomonidan "lingvistik kompetensiya" doirasida qo‘llanilgan kommunikativ kompetensiya tushunchasi o‘tgan davrlar mobaynida ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan o‘rganildi va tadqiqotlar natijasida ushbu tushuncha kengroq ma’noga ega bo‘lib bormoqda. Tilshunoslikda samarali qo‘llanib kelinayotgan Communicative Language Teaching(real muloqotga yo‘naltirilgan ta’lim), Task-Based Learning (topshiriqlar asosida amaliy nutqni rivojlantirish), Project-Based Learning( jamoaviy loyihalar orqali til o‘rganish), Blended Learning (raqamli va an’anaviy ta’limni uyg’unlashtirish), Collaborative Learning (hamkorlikda o‘qitish) kabi metodlar sirasiga so‘nggi yillarda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish tushunchasi ham qo‘shildi. Shubhasiz, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda raqamli platformalarning keng joriy etilishi til ta’limida kommunikativ yondashuvni yanada samarali amalga oshirish imkonini bermoqda.Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim haqida so‘z ketganda ta’kidlash joizki, bugunning eng zamonaviy va faol tushunchalaridan biri shubhasiz sun’iy intellektdir. Sun’iy intellekt va ta’lim sohasidagi tahliliy tadqiqotlar bo‘yicha professor W.Holmesning keltishicha, sun’iy intellekt vositalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlangan. 2 O‘tgan davr mobaynida bu yo‘nalishda qator yangiliklar yaratildi va yaratilib kelmoqda.har bir sohada bo‘lganidek, shubhasiz sun’iy intellektning ta’lim va tillarni o‘qitish jarayonidagi integratsiyasida ham qator yutuqlar bilan birgalikda muayyan muammo va kamchiliklar ham mavjud. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ta’lim tizimiga chuqur kirib kelar ekan, til o‘qitish sohasida ham ularning imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Dastlab AI vositalari ko‘proq avtomatik tarjima va talaffuzni tuzatish kabi vazifalarni bajargan bo‘lsa, hozirda ular to‘liq muloqot, tahlil va taqriz (feedback) berish qobiliyatiga ega interaktiv yordamchilarga aylangan.Til o‘rganish jarayonida AI vositalari — ChatGPT, Duolingo Max, Grammarly, ELSA Speak kabi dasturlar o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan mashg‘ulotlarni taklif etadi. . Masalan, ChatGPT real muloqot holatlarini simulyatsiya qilib, talabani interaktiv suhbatga jalb etadi; Grammarly yozma nutqda grammatik xatolarni aniqlaydi; ELSA Speak talaffuzni tahlil qilib, zarur ko‘rsatma va yo‘nalishlar ko‘rsatadi; Duolingo Max esa o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar orqali kommunikativ vazifalarni bajarish imkonini yaratadi. Bu esa til o‘rganishda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyilini yanada aniqroq amalga oshirish imkonini beradi. Har bir talaba o‘zining til bilish darajasi, ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolari va o‘rganish tezligiga qarab, individual tarzda o‘quv materiallari va mashqlarini tanlash va ular asosida o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Xorijiy tilni o‘rganish jarayonida har doim ham imkoni bo‘lavermaydigan autentik til muhitining sun’iy intellekt vositalari orqali yaratilishi ushbu texnologiyaning asosiy afzalliklaridan biri sifatida qaraladi. Ya’ni talaba amaliy til 1 Chomsky, N. Aspects of the theory of syntax. 1965. MIT Press. 2 Bu haqida qarang. Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. Artificial intelligence in education promises and implications for teaching and learning. 2019. Center for Curriculum Redesign
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 841 mashg’ulotlari davomida til egalari talaffuziga ega bo‘lgan sherik yordamida shug’ullanishi mumkin. Buning natijasida esa talabaning xorijiy til talaffuzi va ifodasiga nisbatan tezroq va ishonchliroq bilimlarga ega bo‘lishi kafolatlanadi. SI platformalari taklif etayotgan baholash, taqriz (feedback) berish va erishilgan natijalar uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatlari o‘rganuvchilarning ortiqcha uyalishlarsiz erkin va samarali mashg’ulotlarga kirishishini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘rganuvchilarga vaqt, resurslar, baholanish va motivatsiya borasida qator qulaylik va imkoniyatlar paydo qiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari til o‘rgatish xodimlari uchun ham yangi metodik imkoniyatlar yaratmoqda. O‘rgatuvchi sifatida interaktiv muhit yaratish, har bir o‘rganuvchi uchun xususiylashtirilgan til o‘rgatish dasturiga ega bo‘lish va tezkor baholash vazifalarida yengillik va qulayliklarni qo‘lga kiritmoqda. Lekin ushbu holat til o‘rgatuvchi pedagoglar zimmasiga tegishli malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish majburiyatini ham yuklaydi. Holmes, Bialik va Fadel (2019) 3 sun‘iy intellekt vositalarining ta’limga integratsiyasi jarayonida o‘qituvchilarning texnologik, metodik va etik kompetensiyalari shakllanishi zarur ekanligini ta’kidlaydilar. Ya’ni til o‘rgatuvchining zamonaviy texnologiyalardan to‘g’ri va samarali foydalanish usullari hamda akademik halollik kabi tushunchalardan qanchalik batafsil xabardorligi hamda ularni talabalarga yetkaza olish darajasi xorijiy til ta’limining samaradorligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. SI vositalarining joriy etilishi afzallik va imkoniyatlar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklarni ham yuzaga keltirmoqda. Xususan, pedagogik nazoratning kamayishi, axloqiy va akademik halollik masalalari hamda ma’lumot xavfsizligi va ishonchliligi muhim omillar sifatida yuzaga kelmoqda. Shu sababli, SI vositalarini til ta’limida qo‘llashda pedagogik muvozanatni saqlash zarur. Boshqa so‘z bilan aytganda texnologiya o‘qituvchi o‘rnini bosmasligiga, balki unga yordamchi sifatida ishlatilishiga erishish lozim. Xulosa sifatida aytish mumkinki, sun’iy intellekt vositalari ingliz tili ta’limida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun kuchli innovatsion resurs sifatida til ta’limiga kirib bormoqda. Ular ta’limni shaxsiylashtirish, interaktivlikni kuchaytirish va o‘quvchilarga real muloqot muhiti yaratish imkonini beradi. Biroq, ularni ta’lim jarayoniga to‘liq integratsiya qilishda metodik yondashuv, o‘qituvchining rahbarlik roli, hamda axloqiy me’yorlarni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson Education. 2. Chomsky, N. Aspects of the theory of syntax. 1965. MIT Press 3. Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. Artificial intelligence in education promises and implications for teaching and learning. 2019. Center for Curriculum Redesign 4. OpenAI. (2023). ChatGPT in Education: Teacher Guide. Retrieved from https://openai.com/education 5. Duolingo. (2024). AI-powered Language Learning Insights. Retrieved from https://research.duolingo.com 3 Bu haqida qarang. Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. Artificial intelligence in education promises and implications for teaching and learning. 2019. Center for Curriculum Redesign