scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARI METALLURGIYA TERMINOLOGIYASIDA NOMINATSIYA TUSHUNCHASINING AHAMIYATI

O'tkirova Shahlo Asqar qizi

Abstract

Ushbu maqolada termin tushunchasining kelib chiqishi, o`ziga xos xususiyatlari, uning leksik birlik sifatida nomlash funksiyasi bir qator tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari asosida bayon etilgan. Ingliz va o`zbek tillari metallurgiya terminologiyasining rivojlanish tarixi, terminlarni muqobil tarjima qilinishi, ulardan foydalanishda internatsionalizatsiya tendensiyalari va baynalmilal tushunchalari hamda o`zbek tili terminologiyasida o`zlashmalar va ularning terminotizimni shakllantirishdagi o`rni haqida yoritilgan. Semantik, leksik-grammatik va kommunikativ funksiyalarning metallurgiya terminologiyasida qo`llanishi va terminlar ma`nosiga ta`sir etishiga oid nazariy ma`lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada nominatsiya tushunchasi, uning mazmun - mohiyati, turlari hamda metallurgiya terminologiyasida nominativ atash ma`nosining kommunikativ va kognitiv funksiyalari haqida so`z yuritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 903 INGLIZ VA O`ZBEK TILLARI METALLURGIYA TERMINOLOGIYASIDA NOMINATSIYA TUSHUNCHASINING AHAMIYATI O‘tkirova Shahlo Asqar qizi doktorant, Navoiy davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17837105 Annotatsiya. Ushbu maqolada termin tushunchasining kelib chiqishi, o`ziga xos xususiyatlari, uning leksik birlik sifatida nomlash funksiyasi bir qator tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari asosida bayon etilgan. Ingliz va o`zbek tillari metallurgiya terminologiyasining rivojlanish tarixi, terminlarni muqobil tarjima qilinishi, ulardan foydalanishda internatsionalizatsiya tendensiyalari va baynalmilal tushunchalari hamda o`zbek tili terminologiyasida o`zlashmalar va ularning terminotizimni shakllantirishdagi o`rni haqida yoritilgan. Semantik, leksik-grammatik va kommunikativ funksiyalarning metallurgiya terminologiyasida qo`llanishi va terminlar ma`nosiga ta`sir etishiga oid nazariy ma`lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada nominatsiya tushunchasi, uning mazmun - mohiyati, turlari hamda metallurgiya terminologiyasida nominativ atash ma`nosining kommunikativ va kognitiv funksiyalari haqida so`z yuritilgan. Kalit so`zlar: metallurgiya, terminlar, nominatsiya, internatsionalizatsiya, o`zlashmalar, definitiv funksiya, nomlash, jargon, semantik, kommunikativ, funksional xususiyatlar, leksikgrammatik vositalar, tub va yasama, terminotizim. Abstract. this article describes the origin of the concept of term, its specific features, its nominating function as a lexical unit based on the scientific views of a number of linguists. The history of the development of metallurgical terminology in English and Uzbek, alternative translations of terms, internationalization trends and international concepts in their use, as well as borrowings in Uzbek terminology and their role in the formation of the terminological system are discussed. Theoretical information is provided on the use of semantic, lexical-grammatical and communicative functions in metallurgical terminology and their influence on the meaning of terms. The article also discusses the concept of nomination, its content - essence, types, and the communicative and cognitive functions of the meaning of the nominative term in metallurgical terminology. Keywords: metallurgy, terms, nomination, internationalization, appropriations, definitive function, naming, jargon, semantic, communicative, functional properties, lexical-grammatical means, root and derivative, terminosystem. Hozirgi o`zbek adabiy tili rivojining eng muhim davrlaridan biri XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari hisoblanadi. Bu davrda o‘zbek tili terminologiyasi asosan rus tili va G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalar tufayli taraqqiy topib, natijada o`zbek tilidagi ilmiy va texnik yo`nalishlarda yangi terminlarning paydo bo`lishi hamda xalqaro doirada faol ishtirok etish imkoniyatlariga ega bo`ldi. Bugungi kunda ham o‘zlashtirilgan so‘zlarning va terminlarning xususiyatlari, tahlili, qo`llanilish jarayonlari va chet tillar bilan qiyosiy hamda chog`ishtirma tadqiqi ilg‘or lingvistik tadqiqotlar uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 904 Zero, har bir tilning taraqqiy etishida, chet tillar bilan hamkorlikda yanada boyitilishida o`zlashmalar, boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarterminlarning ahamiyati beqiyos bo`lib, rus olimi V. Vinogradov ta`kidlaganidek, terminning keng ishlatiladigan so`zlardan asosiy farqi terminda definitiv funksiyaning mavjudligidir. Olimning fikricha: “termin ortida predmet yoki nrsa emas, balki logik ta`rif mujassam bo`ladi”. Rus mustamlakasi davrida o‘zbek tili terminologiyasi jadal ravishda yangi ilmiy va texnik tushunchalar bilan boyib bordi. Bu jarayondagi eng muhim xususiyatlardan biri, yangi tushunchalarni ifodalovchi o‘zlashmalar va terminlar keng ko`lamda o‘zbek tiliga kirib keldi. Natijada rus tili va boshqa tillardan olingan ilmiy va texnik atamalar asosida o`zbek tili boyitilib, o‘zining terminologik tizimini rivojlantirdi. Bu jarayonning samarasi ayniqsa, tabiiy fanlar va ilmiy-texnik sohalar terminologiyasida aniq sezildi. Bundan tashqari o‘zbek tiliga baynalmilal ilmiy atamalarning kirib kelishi o‘zbek tilining ilmiy imkoniyatlarini oshirgan holda ilmiy jarayonlarda universal til imkoniyatlarini yaratdi. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, rus tili va boshqa baynalmilal tillardan kirib kelgan o‘zlashmalar o‘zbek tili terminologiyasining rivojiga xizmat qildi. Boshqa tillardan olingan o‘zlashmalar ilmiy, texnik va ijtimoiy jabhalarda qo`llaniladigan o‘zbek tilidagi terminlar tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi. O`zbek tilining ilmiy va texnik yo`nalishlarda global hamkorliklarda ishtirok etish imkoniyatlarini yuksaltirdi. O‘zlashtirilgan terminlar yordamida, o‘zbek tili global ilmiy va texnik hamkorlikda ishtirok etish imkoniyatlarini oshirdi. Bu jarayon, nafaqat o‘zbek tili leksikasini boyitish, balki uning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi, natijada o‘zbek tili ilm-fan va texnologiyalarni ifodalovchi yangi atamalarni qabul qilishga qodir bo‘ldi. O‘zlashgan so‘zlar tillar orasidagi muloqotni soddallashtiradi, yangi ilmiy va texnologik yutuqlardan xabardor bo`lishga yordam beradi. Metallurgiya sohasiga oid o‘zlashgan so‘zlar ko‘pincha texnik va ilmiy sohalarga tegishli terminlarni o‘z ichiga oladi. Shu bois, metallurgiya sohasida o‘zlashgan so‘zlar muhim ahamiyatga ega. Termin leksik birlik sifatida muayyan bilim sohasining ilmiy va texnikaviy tushunchalarini nomlash funksiyasini hamda kommunikativ va kognitiv funksiyani bajaradi, ya’ni terminologiyaning xususiyati konkret bilishni namoyon etish xususiyati bilan oldindan belgilanadi. Terminotizimlar alohida olingan bir tilda o‘zining strukturasini semantik, kommunikativfunksional va boshqa xususiyatlarini chuqur o‘rganishga imkon beradi. Tilshunos A.D. Saidova ta`kidalaganidek, tilda texnik vositalarning joriy etilish jarayonida keng iste’mol qilinadigan so‘zlar faol ravishda metaforiklashadi (majoziy ma’no kasb etadi). Terminotizimda terminlar nominativ atash vazifasini bajaradi. Bu vazifani ko‘pchilik terminlar bajara olsa-da, ba’zilar bu vazifani bilvosita bajaradi, boshqalari esa umuman bajara olmaydi. Tillardagi barcha terminlar uch xil munosabatga kirisha oladi: 1) terminning o‘zi anglatgan predmet va hodisaga; 2) terminning inson fikriga, hissiyotiga, xohish-istaklariga; 3) terminning boshqa terminlarga nisbatan. Terminning o‘zi anglatgan narsa va hodisalarga munosabati tushuncha bilan uzviy bog‘langan. Termin o‘zining ma’nosi tufayli narsa va hodisalarni atay oladi, tushunchani anglatadi, vaholanki, predmet ham, tushuncha ham o‘z o‘zicha terminning ma’nosini tashkil etmaydi. G.O.Vinokur esa terminning atash ma’nosi xususida shunday yozadi: “terminlar – bu maxsus so‘zlar emas, faqatgina maxsus funksiya bajaradigan so‘zlardir”. Akademik INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 905 V.V.Vinogradov fikricha: bu funksiya definitiv funksiya deb ataladi, ya’ni “terminning umumqo‘llanishdagi so‘zdan farqi unda definitiv funksiyaning mavjudligidir, chunki termin ortida predmet, narsa, hodisaning emas, balki faqatgina “mantiqiy ta’rif” turadi. A.I.Moiseyeva esa quyidagicha ta’kidlaydi: definitiv funksiyani terminning xususiyati sifatida tan olish mumkin emas: “termin tushunchani aniqlamaydi va aniqlay olmaydi. Bu mantiqiy definitsiyaning vazifasidir. Termin – ot va uning asosida yuzaga kelgan so‘z hamda birikmalardan tashkil topgan, nominativ funksiya bajaradigan muayyan tip”. V.M.Leychikning fikrlariga ko`ra terminga so‘zning quyidagi asosiy funksiyalari xos: nominativlik, signifikativlik, kommunikativlik, pragmatiklik. Nominativlik – (lot. nominatio–atash, nom qo‘yish) tilda nomlash vazifasini bajaruvchi birliklarni (so‘z, so‘z birikmasi kabilarni) hosil qilish. Signifikativlik – (log. significativus – ishora etuvchi, ayon etuvchi) – til birligini ifodalash va farqlash vazifasi. Kommunikativlik – tilning aloqa-aralashuv vositasi sifatidagi asosiy vazifasi. Pragmatiklik – so‘zlovchining voqyelikka, axborot mazmuniga va adresatga (tinglovchi, o‘quvchi) bo‘lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan ta’sirchanlik kuchini aniqlash vazifasi. Demak, ma’no borliqdagi predmetni aks ettiradi, terminning moddiy tomoni esa predmetning ishorasi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’no asosida tushuncha shakllanadi, terminning moddiy qobig‘i orqali tushuncha aks ettiriladi, ifodalanadi va u tushunchaning ishorasi deb qaraladi. Terminning moddiy qobig‘i tushunchaning ishorasi, so‘zning ma’nosi esa tushunchaning shakllanish asosidir: so‘z yordamida va uning asosida paydo bo‘ladi. Ko‘pgina terminlar ular ifodalaydigan tushuncha va jismning nomi bilan butunlay bog‘lanmaydi. Mas., gagarinit, iravdit Tilshunos olimlarimizdan Abduvahob Madvaliyev metallurgiya termini va faniga quyidagicha izohlar bergan: “Metall(o) “lotincha metallum < yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman < metallon - kon” - muayyan o'zlashma so'zlarning birinchi tarkibiy qismi bo'lib, shu so'zlarning metallga aloqadorligini ko'rsatadi. Masalan: metallidlar, metallofizika, metallofoniar, metallogeniya, metallokeramika, metallooptika, metalloproteidlar, metallurg, metallshunoslik; metall “lot. metallum <yun. metallon - kon, shaxta” - o'ziga xos jiloga ega bo'lgan, issiqlik va elektrni yaxshi o'tkazadigan, bolg'alanuvchan sodda kimyoviy element yoki qotishma; metallizatsiya [metall.izatsiya] - biror buyumning yuzini kukunlatib sochilgan metall bilan qoplash; metal-lash; metallofobiya [metallo + fobiya] - metall va metall anjomlaridan qo'rqish vasvasasi; metallografiya [metallo + grafiya] - metallar va qotishmalarning strukturasini tadqiq qilish usuli; metalloidlar [metall(o] + oid] - xossalariga ko'ra, metallar va metallmaslar orasidagi holatni egallagan elementlar (bor, kremniy, margimush, surma kabilar); metallotermiya [metallo...+ yun. therme - issiqlik, harorat] - issiqlik ajralishi bilan yuz beradigan metallotermik jarayon; metallurgiya [metall...+ urgiya] - 1) og'ir sanoatning rudadan metall olib, unga dastlabki ishlov berish bilan shug'ullanadigan tarmog'i; 2) sanoat yo'li bilan metall ishlab chiqarish va unga dastlabki ishlov berish usullari haqidagi fan”. Metallurgiya terminologiyasi — qazib olingan xomashyoni qayta ishlash jarayoniga tegishli terminlar. Metallurgiya terminologiyasining shakllanishida umumiy internatsionalizatsiya tendensiyasini kuzatish mumkin. Boshqa tillardan olingan terminlar boshlang‘ich nominatsiyaviy bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi. Terminologiya rivojiga ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar esa quyidagilardan iborat: - Ishlab chiqarishning rivojlanishi; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 906 - Ilmiy bilimlar hajmining oshishi; - Xorijiy texnologiyalardan foydalanish; - Tarjimonlik faoliyati va boshqa omillar. O‘zbekistonda metallurgiya sohasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda rivojlangani sababli, turli ishlab chiqarish jarayonlari va xususiyatlarini tavsiflashda xorijiy tillardan olingan terminlar keng qo‘llaniladi. Masalan, rudani boyitish va qayta ishlashga oid atamalar quyidagilardir: gerd, vashgerd, gidrovashgerd, plangerd — ushbu terminlarda nemis tilidan kelib chiqqan gerd (nem.Geraet – qurilma, uskunа) asosiy tarkibiy qism sifatida ishlatiladi. Metallurgiya ishlab chiqarish jarayonida nemis va fransuz tillaridan olingan bir qator atamalar ham mavjud.Masalan: shikhta (nem. Schicht) – metall qotishmalar uchun rudali aralashma. shlak (frans. mâchefer) – eritilgan qotishmalar yuzasida hosil bo‘ladigan qoplama. Bundan tashqari, nemis va fransuz tillaridan olingan bir qator terminlar metallurgiya jarayonlari va mahsulotlar nominatsiyasida ham uchraydi: shteyn (frans. Matte) – rangli metallar va temir sulfid qotishmasi. Metallurgiya terminologiyasida nemis tilidan olingan terminlar umumiy hajm jihatidan ko‘p bo‘lmasa-da, ular muhim o‘rin tutadi. Ushbu terminlar o‘zbek tiliga xalqaro ilmiy va ishlab chiqarish aloqalari orqali kirib kelgan va O‘zbekiston metallurgiya sohasining rivojiga xorijiy mutaxassislarning katta hissa qo‘shganligini tasdiqlaydi. Ushbu terminlar metallurgiya, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish tizimlarini tavsiflashda asosiy va muhim rol o‘ynaydi, Metallurgiya terminologiyasida nominatsiya tushunchasining ahamiyati haqida bayon etadigan bo`lsak, avvalo tushunchaning mazmun-mohiyatini tahlil qilib ko`rish lozim. Nominatsiya tushunchasi haqida O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasida quyidagi ma`lumotlar keltirilgan: “Nominatsiya - lotincha “nominatio — nomlash, nom qoʻyish, atash” ma`nolarini anglatib, tilshunoslikda nomlash xususiyatiga ega boʻlgan, yaʼni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib koʻrsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari — soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni hosil qilishdir. Nominatsiya jarayonining natijasi hisoblangan maʼnoli til birligi ham ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim olimlar ushbu termindan tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini oʻrga-nuvchi boʻlimini ataash uchun ham foydalanadilar. Nominatsiya jarayonida 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi obyekt, nomlovchi subʼyekt, tanlab olinadigan til unsurlari. Alohida tushuncha, predmet, belgi ("goʻzallik", "kitob", "aytmoq", "yashil"), muayyan belgilari boʻlgan predmet ("yashil daraxt") yoki butun bir voqeahodisa ("Bahor!", "Qushlar uchdi") kabilar nominatsiyaning obyekti boʻlishi mumkin. Shu jihatdan nominatsiya jarayoni lugʻaviy va propozitiv (soʻz birikmasi) larga boʻlinadi. Bu jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgi(lar) nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir obyekt oʻzining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin (Mas, "bolalar stulchasi" — moʻljallanganlik; "katta stul" — hajm, shakl belgisi). Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jixatidan bir xil boʻlgan nomlar oʻzlarining tashqi shakli bilan farqlanadilar ("nuroniy" — "keksa odam" — "chol"). Nominatsiya tushunchasini vazifa va kelib chiqish jihatidan avvaldan mavjud boʻlgan (yoki hozirgi tilda tub deb qaraladigan) va yasama (maʼno va soʻz yasalishiga koʻra) ikkiga ajratish mumkin. Avvaldan mavjud boʻlgan yoki birlamchi nominatsiya jarayonlari — hozirgi tillarda juda kam uchraydigan hodisa: tilning nominativ boyligi, asosan, oʻzlashmalar yoki ikkilamchi nominatsiya hisobiga oldindan mavjud boʻlgan birliklarning fonetik shaklidan yangi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 907 ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoqda. Birlamchi nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzida idrok qilinadi (Masalan, suv, togʻ, ichmoq, qora kabi). Ularning yasama ekanligi faqat etimologik yoki tarixiy tahlil orqaligina aniqlanishi mumkin. Ikkilamchi nominatsiya natijalari esa morfologik tarkibi yoki maʼnosiga koʻra, yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy vositalar, perifraza va idiomalarning hosil boʻlishi ikkilamchi nominatsiyaning alohida holatidir. Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan nominatsiyalar, odatda, umumisteʼmoldagi lugʻat tarkibidan oʻrin oladi. Lekin maxsus terminologik tushunchalar uchun yaratiladigan yoki tor ijtimoiy guruhlar doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida muallif tomonidan soʻz qoʻllashda paydo boʻladigan nominatsiyalar haqida bunday deb boʻlmaydi”. Termin jamiyat a’zolari o‘rtasida bir xil tushuniladi yoki umumiy tushunchaga ega bo‘ladi. Tushuncha ayrim predmet va uning xossalarini umumlashtiradi, predmetning umumiy belgi va xususiyatlarini ko‘zda tutadi. Biz fikriy (ideal) dunyo va moddiy borliqdagi hodisa va mohiyatlarning turli olimlar tomonidan turlicha nomlanishining guvohi bo‘lamiz. Terminlarning turliligi esa qarash va yondashuvning ko‘lami va chuqur – sayozligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Buning oqibatida fikriy borliqni ifodalovchi: ma’no-intensionalsignifikat uchligini tashkil qiluvchi terminlarning bir xil tushunilishi yoki barchalar tomonidan bir xil qabul qilinadi. Lekin umumiy tamoyil va yo‘nalishlarning yaqinligi bu hodisani o‘rganishini yengillashtiradi. Bularning barchasi nomlash (nominatsiya) hodisasi tomonidan birlashtirib turiladi. Nomlashning uch ko‘rinishi bor: 1) So‘z va so‘z birikmalari yordamida nomlash – leksik nominatsiya. 2) Gap yordamida nomlash (propozitiv nominatsiya). 3) Matn yordamida (orqali) nomlash (diskursiv nominatsiya). Metallurgiya atamalari metallar fani doirasidagi o'ziga xos, ko'pincha texnik tushunchalar va materiallarni belgilovchi nominativ xususiyatlardir. Asosiy nominativ xususiyatlarga atamaning ma'lum bir ilmiy fanga aloqasi (masalan, metallurgiya, fizik metallurgiya), uning funktsiyasi yoki jarayoni (masalan, ekstraktiv metallurgiya, sirpanish, tuzlash), qo'llanilishi (masalan, zanglamaydigan po'lat, tomchilatib zarb qilish) yoki metallning o'ziga xos xususiyati yoki xususiyati (masalan, egiluvchanlik, korroziyaga chidamlilik, oqim kuchi) kiradi. Fan yoki o'rganish sohasiga asoslangan metallurgiya: metalllarning tabiati va ishlatilishi bilan shug'ullanadigan fan. Fizik metallurgiya: metallar va qotishmalarning fizik va kimyoviy xatti-harakatlariga, shu jumladan ularning tuzilishi va xususiyatlariga e'tibor qaratadi. Ekstraksiya metallurgiyasi: metalllarni ularning rudalaridan ajratib olish jarayoni. Jarayon yoki harakatga asoslangan: Sirpanish: bosim ostida materialning vaqtga bog'liq plastik deformatsiyasi. Tuzlash: metalldan oksid plyonkalarini kislotaga botirish orqali olib tashlash. Tomchilab zarb qilish: metallni tomchilatib bolg'a bilan issiq ishlov berish orqali ishlab chiqariladigan zarb qilish. Qayta tiklash: metallurgiyada rudadan xom metallni ajratib olishni o'z ichiga olgan bosqich. Qayta kristallanish: metalldagi eski kristall donalarini yangilari bilan almashtirish. Xususiyatlari yoki xususiyatlariga asoslanib: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 908 Egiluvchanlik: materialning sinishdan oldin plastik deformatsiyaga uchrash qobiliyati. Plastik deformatsiya: yuk olib tashlangandan keyin material shaklining doimiy o'zgarishi. Proof stress: materialning ma'lum miqdorda doimiy deformatsiyani namoyon qiladigan kuchlanishi, bu oqim kuchi bilan sinonimdir. Korroziyaga chidamlilik: materialning atrof-muhitning kimyoviy yoki elektrokimyoviy hujumiga bardosh berish qobiliyati. Dupleks struktura: dupleks zanglamaydigan po'latlarda ostenit va ferrit kabi ikkita alohida fazani o'z ichiga olgan mikrostruktura. Metallurgiya atamalarining nominativ jihati po'lat, alyuminiy, ruda, tavlash va qattiqlik kabi sohadagi materiallar, jarayonlar va xususiyatlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan otlarni anglatadi. Bular ruda kabi xom ashyolardan tortib tayyor mahsulotlargacha va ularni o'zgartirish uchun ishlatiladigan usullar, masalan, ekstraksiya va tozalash jarayonlarigacha bo'lgan tadqiqot mavzulari va ob'ektlarini nomlaydigan asosiy atamalardir. Metallurgiya atamalariga misollar: - Materiallar: Metallar: oltin, mis, alyuminiy Qotishmalar: jez, bronza, po'lat, duralumin Rudalar: Metalllarni o'z ichiga olgan minerallar - Jarayonlar: Ekstraksiya: Rudalaridan metallarni olish Tozalash: Metalllarni sof holatga keltirish Yumshatish: Materialni yumshatish uchun issiqlik bilan ishlov berish jarayoni Shakl berish: Metall shaklini o'zgartirish - Xususiyatlari: Qattiqlik: Cho'kishga yoki tirnalishga chidamlilik Mustahkamlik: Materialning yukga bardosh berish qobiliyati Egiluvchanlik: Materialning simga cho'zilish qobiliyati - Asboblar va uskunalar: Pech: Yuqori haroratli jarayonlar uchun ishlatiladigan qurilma Tig': Moddalarni yuqori haroratgacha eritish yoki qizdirish uchun ishlatiladigan idish Ingliz va o‘zbek tillarida metallurgiya terminologiyasining nominatsiya jarayonlari o‘ziga xos lingvistik qonuniyatlar asosida shakllanadi. Bunda terminlarning paydo bo‘lish mexanizmlari, ularning semantik va struktur xususiyatlari, shuningdek, ikki tilning terminologik tizimidagi umumiylik va farqlarga alohida e’tibor qaratiladi. Ingliz tilidagi metallurgiya terminlari xalqaro ilmiy-texnik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning ko‘pchiligi global terminologiya standartlari asosida shakllangan. O‘zbek tilida esa ko‘plab terminlar aynan ingliz tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki moslashtirish yo‘li bilan o`zlashtirilgan. Shu bois nominatsiya jarayoni ikki tilda turlicha kechadi: ingliz tilida yangi terminlar asosan innovatsion texnologiyalar asosida yaratilsa, o‘zbek tilida ularga ekvivalent yaratish, moslashtirish yoki kalkalash jarayoni ustunlik qiladi. Bundan tashqari, metallurgiya terminlari har ikki tilda ham qat’iy tizim va ierarxiyaga ega bo‘lib, ular texnologik jarayonlar, kimyoviy xususiyatlari, metall turlari, qurilma nomlari, jarayon bosqichlari kabi yirik semantik guruhlarga ajratiladi. Tizimlilik nominatsiyaning uzluksizligi va barqarorligini ta’minlaydi. Lekin, ingliz va o‘zbek tillarida metallurgiya terminlarining bir-biriga mos kelishi doimo to‘liq ekvivalentlikni bildirmaydi. Ba’zi terminlarning ma`nosi to‘liq mos tushsa, ayrimlari qisman ekvivalent bo‘ladi yoki umuman muvofiq tarjima qilina olmaydi. Bu esa tarjima jarayonida termin tanlash, semantik moslikni INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 909 ta’minlash va ilmiy aniqlikni saqlash kabi masalalarni dolzarb ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, o‘zbek tilida metalurgiya terminlarini milliy til me’yorlari asosida standartlashtirish va tizimlashtirish jarayoni dolzarbdir. Xalqaro terminlar oqimining kuchayishi mahalliy tilning ilmiy-texnik salohiyatini yangilashni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek tilidagi nominatsiya jarayonini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Yuqoridagi mulohazalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek metallurgiya terminologiyasida nominatsiya masalalari umumiy va farqli jihatlarga ega bo‘lib, ular ikki tilning tarixiy shakllanishi, lingvistik tabiati, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi va global ilmiy hamkorlik bilan belgilanadi. Xulosa qilib aytganda, nominatsiya masalasini chuqur o‘rganish terminologiyaning nazariy asoslarini boyitish bilan birga, amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, terminologik uyg‘unlikni ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 2000-yil, 1-jild 2. Madvaliyev A, Mahkamov N, Mirahmedova Z, Saidno'monov A. Xalqaro termin elementlarning izohli-illyustrativ lug`ati. “Kamalak-PRESS” Toshkent 2023. 3. Xoliyorov B. Texnik terminlarning qiyosiy tahlili. “Fan”, Toshkent 2020. 4. Винокур Г. О. О некоторых явлениях в словообразовании в русской технической терминологии. М.: Труды МИФЛИ, 1939. 420 с. 5. Виноградов C.H. Лексико-семантическая парадигматика. - Нижний Новгород: Изд-во Нижегородского унта, 1999.-С. 76. 6. Виноградов В.В. Русский язык. Грамматическое учение о слове. – М., 1972. – С. 87. 7. Кухно И.Ю. Терминология – семиотическая система «второго порядка» / Language. Philology. Culture. 2014. №4. –С.48. 8. Лейчик В.М., Шелов С. Д. Российское терминоведение: опыт синтеза «старой» и «новой» парадигмы / Научно-техническая терминология. – М., 2004. – Вып. 1. – С. 4548. 9. Лотте Д. С. Основы построения научно-технической терминологии. Вопросы теории и методики. М.: Изд-во АН СССР, 1961. 158 с. 10. Моисеев А.И. О системе термина / Лингвистические проблемы научно-технической терминологии. – М., 1970.- С.168. 11. Саидова А.Д. Терминология системасининг дефиниция талқини (инглиз тили мисолида). Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. –Самарқанд, - 2019.24 б.