XALQARO MOLIYAVIY TASHKILOTLARNING MIGRATSIYA BILAN BOG'LIQ IJTIMOIY-IQTISODIY LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH TAJRIBASI
Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan migratsiyaga oid bo‘lgan ijtimoiy hamda iqtisodiy loyihalarning bir nechtasi tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun mos amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Xalqaro moliyaviy tashkilotlar, migratsiya, integrasiya, pul o‘tkazmalari.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 103 XALQARO MOLIYAVIY TASHKILOTLARNING MIGRATSIYA BILAN BOG‘LIQ IJTIMOIY-IQTISODIY LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH TAJRIBASI Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti Allabergenova Nargiza Abdullayevna [email protected] Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti Abdullaxonova Dinora Xursanbek qizi [email protected] Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan migratsiyaga oid bo‘lgan ijtimoiy hamda iqtisodiy loyihalarning bir nechtasi tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun mos amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Xalqaro moliyaviy tashkilotlar, migratsiya, integrasiya, pul o‘tkazmalari. Аннотация: В данном исследовании проанализированы некоторые социальные и экономические проекты, связанные с миграцией и поддерживаемые международными финансовыми организациями, а также разработаны практические рекомендации, адаптированные для Узбекистана. Ключевые слова: Международные финансовые организации, миграция, интеграция, денежные переводы. Annotation: This research analyzes several social and economic migrationrelated projects supported by international financial organizations and develops practical recommendations suitable for Uzbekistan. Keywords: International financial institutions, migration, integration, remittances.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 104 Bugungi global iqtisodiyot sharoitida migratsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishda xalqaro moliyaviy tashkilotlarning o‘rni tobora ortib borayotgani hech kimga sir emas. Xususan, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda BMT va uning agentliklari migratsiya boshqaruvi, mehnat migrantlarini huquqlarini himoya qilish, ularning qayta integratsiyasini qo‘llabquvvatlash, shuningdek migratsiya oqimlaridan iqtisodiy o‘sish uchun foydalanish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab loyihalarni kredit va subsidiya berish orqali moliyashtirib kelmoqda. Ushbu tadqiqot ishida shunday loyihalarning bir nechtasi tahlil qilinadi. 1-jadval Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan migratsiya loyihalari 1 Loyiha/ Tashkilot Maqsad Davr Moliyalashtirish KNOMAD Global migratsiya tahlili, siyosiy tavsiyalar, mehnat migratsiyasi va migrant huquqlari 2013hozirgacha Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Jahon banki Somali loyihasi (Jahon banki) Migrantlarning pul o‘tkazmalari oqimini barqarorashtirish, Markaziy bank nazoratini kuchaytirish 2015hozirgacha 185 mln USD AMIF (YI) Boshpana, qonuniy migratsiya, qaytarish va 2021-2027 yillar 10,94 mlrd yevro 1 Mualliflar tomonidan tuzilgan
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 105 integratsiya dasturlarini rivojlantirish Belize loyihalari (Yevropa Ittifoqi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti) Mahalliy iqtisodiy rivojlanish va chegaraviy boshqaruvni yaxshilash 2022-2026 yillar 4,2 + 3,3 mln yevro O‘zbekiston MRC (Migrantlar uchun resurs markazi) Xavfsiz va qonuniy migratsiya xizmatlari, migrantlar huquqlarini himoya qilish 2025hozirgacha YI+ ICMPD Jadvalni tahlil qiladigan bo‘lsak, KNOMAD (Global Knowledge Partnership on Migration and Development) global migratsiya va taraqqiyot bo‘yicha bilim markazi hisoblanib, migratsiya jarayonlarini chuqur tahlil qilish bilan birgalikda dalillarga asoslangan siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuningdek, ushbu loyiha ko‘p tarmoqli va inklyuziv yondashuvga asoslanadi hamda Global Migratsiya shartnomasi doirasida ma’lumotlarni yig‘ish va siyosiy qarorlar qabul qilishni qo‘llab quvvatlaydi. 2013–2018 yillardagi birinchi bosqichida KNOMAD migratsiya masalalarini Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga integratsiya qilishga erishdi, G7 muzokaralari va Global Migratsiya Shartnomasi bo‘yicha xalqaro jarayonlarga ilmiy asoslar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynadi. Tashkilot BMTning aholiga oid prognozlarini takomillashtirish, “Mayoral Forum on Human Mobility, Migration and Development” platformasini yaratish va 500 dan ortiq ekspertlarni birlashtirgan global tarmoqni shakllantirishga hissa qo‘shdi. Hozirda KNOMAD migratsiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 9 ta tematik ishchi guruh orqali mehnat migratsiyasi, pul o‘tkazmalari va diaspora, majburiy va
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 106 qaytish migratsiyasi, ichki migratsiya va urbanizatsiya, atrof-muhit o‘zgarishi ta’siri, migrantlar huquqlari va integratsiyasi hamda boshqa maxsus masalalar bo‘yicha faoliyat yuritadi. KNOMAD faoliyati Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Jahon bankining ko‘p donorli ishonch jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi. Somali loyihasi. Jahon banki Somali Federal hukumati bilan hamkorlikda remittanslar oqimini barqarorlashtirishga qaratilgan kompleks islohotlarni amalga oshirmoqda. 2015-yilda Somaliga yuborilgan pul o‘tkazmalari 1,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, YAIMning 23 foiziga teng bo‘lgan. So‘nggi yillarda bir qator G‘arb banklarining somalilik pul o‘tkazma operatorlari hisoblarini yopishi xorijdagi ishchilarning pul o‘tkazmalari kamayish xavfini kuchaytirdi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Jahon banki Somali Markaziy banki bilan birgalikda litsenziyalash, nazorat va AML/CTF talablariga muvofiqlikni takomillashtirish bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda. “Abyrint AS” kompaniyasi Markaziy bank uchun “ishonchli agent” sifatida jalb etilib, institutning nazorat salohiyati oshirilmoqda. Shuningdek, Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda migrantlar yuboradigan pul mablag‘lari izdan chiqish xavfini kamaytirish, jarayonlarni rasmiylashtirish, shaffoflikni kuchaytirish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu tashabbuslarni moliyalashtirish uchun Somaliga Ko‘p tarmoqli hamkorlik jamg‘armasi orqali 185 mln AQSH dollari jalb qilingan. Yevropa Ittifoqining 2021–2027 yillarga mo‘ljallangan Asylum, Migration and Integration Fund (AMIF) faoliyati. AMIF jamg‘armasi 10,94 milliard yevro miqdorida moliyaviy resursga ega bo‘lib, Yevropa Ittifoqi davlatlarida migratsiya boshqaruvi salohiyatini kuchaytirish, protseduralarni takomillashtirish hamda a’zo davlatlar o‘rtasida birdamlik va mas’uliyatni taqsimlashni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. AMIF doirasida moliyalashtiriladigan faoliyatlar asosan Yevropa Ittifoqining boshpana, qonuniy migratsiya va qaytarish bo‘yicha yagona normalarini qo‘llashni
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 107 kuchaytirishga qaratilgan. Jamg‘arma zaif guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘chirib joylashtirish va gumanitar qabul mexanizmlarini rivojlantirish, shuningdek uchinchi davlat fuqarolarining integratsiya jarayonini ta’lim, til o‘rgatish va kasbiy tayyorgarlik orqali yanada samarali tashkil etishni moliyalashtiradi. Bundan tashqari, AMIF qaytarish jarayonlarini muvofiqlashtirish, ixtiyoriy qaytish va reintegratsiya dasturlarini rivojlantirish hamda migratsiya sohasida uchinchi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Belize loyihalari. Yevropa Ittifoqi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti hamkorligida Belize janubida inklyuziv ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda chegaralarni integratsiyalashgan boshqaruv salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan ikki yangi loyiha ishga tushirildi. Ushbu tashabbuslar BMT tizimi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikning hududiy barqaror rivojlanish va teng imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. PROSPER loyihasi 4 yil muddatga 4,2 mln yevro miqdorida moliyalashtirilib, Belizening Toledo hududida mahalliy iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini oshirish orqali qishloq va mahalliy aholi iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan. Ikkinchi loyiha Belizening janubiy va g‘arbiy chegaralarida integratsiyalashgan chegaraviy boshqaruvni kuchaytirish tashabbusiga 3,3 mln yevro mablag‘ ajratilgan bo‘lib, u chegarada xavfsizlik, savdo o‘tish jarayonlari va hamkorlikni yaxshilash, shuningdek, chegara va tabiatni muhofaza qilish agentliklarining institutsional salohiyatini oshirishni nazarda tutadi. Har ikki loyiha Belizening 2022–2026 yillardagi o‘rta muddatli rivojlanish strategiyasini qo‘llabquvvatlab, inklyuziv iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ham migrantlarni qonuniy tarzda chet elga ishga yollash va ularni huquqlarini himoya qilish uchun Yevropa Ittifoqi bilan birga hamkorlik amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 108 Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi (ICMPD) hamkorligida “PROTECT” loyihasi doirasida O‘zbekistonda birinchi Migrantlar uchun resurs markazi (MRC) tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi potensial migrantlar uchun xavfsiz va qonuniy migratsiya bo‘yicha xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, noqonuniy migratsiya va odam savdosi xavflari haqida xabardorlikni oshirishdir. Ushbu tashabbus Markaziy Osiyo va Ipak yo‘li mintaqasida migratsiya boshqaruvi, institutsional salohiyat va migrantlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan. 2025-yilda imzolangan memorandumga muvofiq, MRCning ochilishi O‘zbekiston va xalqaro hamkorlar oʻrtasidagi migratsiya sohasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini ifodalaydi. Markaz mamlakat fuqarolarining ongli, xavfsiz va huquqiy migratsiya qarorlarini qabul qilishiga ko‘maklashuvchi muhim infratuzilma sifatida baholanmoqda. Tahlil qilingan loyihalar xalqaro moliyalashtirish migratsiya jarayonlarini samarali boshqarishda kompleks yondashuvni talab qilishini ko‘rsatdi. Ushbu tajribalar asosida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: - Migratsiya bo‘yicha ma’lumotlar bazasini kengaytirish va raqamlashtirish; - Migrantlar uchun huquqiy maslahat va reabilitatsiya xizmatlarini kuchaytirish; - Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan barqaror hamkorlik mexanizmini shakllantirish; - Qonuniy migratsiya kanallarini kengaytirish va kasbiy tayyorlov dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish; - Migrantlar bilan ishlovchi davlat institutsiyalarining salohiyatini oshirish. Yakunda aytish mumkinki, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning migratsiya sohasidagi dasturlari O‘zbekiston uchun xavfsiz, tartibli va inson huquqlariga asoslangan migratsiya siyosatini shakllantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Taklif etilgan chora-tadbirlar esa mavjud hamkorlikni yanada
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 109 chuqurlashtirish hamda migratsiya boshqaruvining zamonaviy va barqaror modelini yaratishga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. World Bank. Remittances (KNOMAD). 2. World Bank. World Bank Makes Progress to Support Remittance Flows to Somalia. Press-reliz, 10 iyun 2016. 3. European Commission. Asylum, Migration and Integration Fund (2021-2027). EU Migration and Home Affairs. 4. European External Action Service. EU-Belize Partnership: EU-Belize Partnership Document. (EU-Belize hamkorlik hujjati) 5. ICMPD. European Union launches first ever Migrant Resource Centre in Uzbekistan. ICMPD yangiliklari, 26 avgust 2025.