scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AAOIFI STANDARTLARINING ISLOM BANKLARIDA RISKLARNI BOSHQARISHDAGI ROLI

Ubaydullayeva Go'zalxon Murodqosim qizi; Ishmuradov Bahodir Sunnatovich

Abstract

Ushbu maqolada AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) standartining islom banklarida risklarni boshqarishdagi ahamiyati, uni qo‘llash bilan bog‘liq muammolari va uning takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo'llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Islom banklarida foiz (ribo) olish orqali faoliyat olib borish taqiqlanganligi tufayli, an'anaviy banklarga qaraganda risk darajasi yuqori bo'lishi mumkin, shuning uchun islom banklarida maxsus AAOIFI standarti ishlab chiqilgan. Maqolada Islom banklaridagi asosiy risk turlari - likvidlik, operatsion, kredit va Shariatga muvofiqlik risklari, shu bilan birga AAOIFI standartining islom banklarida yuqoridagi risklarni boshqarishda amaliy va nazariy ahamiyati o'rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, AAOIFI standartidan foydalanadigan islom banklarida risk darajasi past va moliyaviy barqarorlik yuqoridir.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 115 AAOIFI STANDARTLARINING ISLOM BANKLARIDA RISKLARNI BOSHQARISHDAGI ROLI Ubaydullayeva Go‘zalxon Murodqosim qizi JIDU, XIM fakulteti, Tashqi iqtisodiy faoliyat yo’nalishi magistranti. +998943279137 [email protected] Ishmuradov Bahodir Sunnatovich JIDU, Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi o`qituvchisi. +998909863538 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17840863 Annotatsiya. Ushbu maqolada AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) standartining islom banklarida risklarni boshqarishdagi ahamiyati, uni qo‘llash bilan bog‘liq muammolari va uning takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo'llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Islom banklarida foiz (ribo) olish orqali faoliyat olib borish taqiqlanganligi tufayli, an'anaviy banklarga qaraganda risk darajasi yuqori bo'lishi mumkin, shuning uchun islom banklarida maxsus AAOIFI standarti ishlab chiqilgan. Maqolada Islom banklaridagi asosiy risk turlari - likvidlik, operatsion, kredit va Shariatga muvofiqlik risklari, shu bilan birga AAOIFI standartining islom banklarida yuqoridagi risklarni boshqarishda amaliy va nazariy ahamiyati o'rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, AAOIFI standartidan foydalanadigan islom banklarida risk darajasi past va moliyaviy barqarorlik yuqoridir. Аннотация. В данной статье проводится научный анализ значения, проблем и путей совершенствования стандарта AAOIFI (Организация по бухгалтерскому учёту и аудиту исламских финансовых институтов) в управлении рисками исламских банков. Поскольку в исламских банках запрещено осуществлять деятельность на основе получения процентов (риба), уровень риска в них может быть выше по сравнению с традиционными банками. В связи с этим для исламских банков был разработан специальный стандарт AAOIFI. В статье рассматриваются основные виды рисков в исламских банках — ликвидности, операционный, кредитный и риск соответствия Шариату. Также изучается теоретическое и практическое значение стандарта AAOIFI в управлении указанными рисками. Результаты исследования показывают, что в исламских банках, использующих стандарт AAOIFI, уровень риска ниже, а финансовая стабильность выше. Abstract. This article provides a scientific analysis of the significance, challenges, and ways to improve the AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) standard in managing risks within Islamic banks. Since Islamic banks are prohibited from conducting activities based on interest (riba), their level of risk may be higher compared to conventional banks. Therefore, a special AAOIFI standard has been developed for Islamic banks. The article examines the main types of risks in Islamic banks — liquidity, operational, credit, and Shariah compliance risks. It also explores the theoretical and practical importance of the AAOIFI standard in managing these risks. The research results show that Islamic banks applying the AAOIFI standard have lower risk levels and greater financial stability. Kalit so'zlar: AAOIFI, islom banklari, risklarni boshqarish, shariat standartlari, moliyaviy operatsiyalar, barqarorlik, shaffoflikni ta’minlash. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 116 Kirish. Islom Moliya Institutlari uchun Buxgalteriya va Audit Standartlari Tashkiloti (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions, keying o‘rinlarda AAOIFI) bu xalqaro standart islom banklarida yuzaga kelayotgan risklarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standart islom institutlari yoki islom banklarini islom qonunlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, AAOIFI xalqaro standarti hali to'liq islom banklariga tadbiq etilmagan. Shuningdek, islom banklarida risklarni kamaytirish muammosi yuqoriligicha qolmoqda. Bu muammolarni bartaraf etish investorlarni ishonchi va bank barqarorligini ta'minlaydi. Mazkur ilmiy maqolaning maqsadi - AAOIFI standartini islom banklaridagi risk boshqaruvini ahamiyatini o'rganishda, uning dolzarbligi, samaradorlik darajasi, amaliy muammolari va takomillashtirish istiqbollarini tahlil qilishdan iborat. Maqolaning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. AAOIFI tashkiloti va uning standartlarini rivojlanish tarixini o'rganish; 2. Islom banklarida risk turlarini o'rganish va tahlil qilish; 3. AAOIFI standartini islom banklaridagi riskni kamaytirishdagi nazariy va amaliy o'rnini o'rganish; 4. AAOIFI standartini o'rganishda yuzaga keladigan muammo va to'siqlarni aniqlash; Shu sababli, mazkur maqola AAOIFI standartini islom banklaridagi riskni kamaytirishdagi o'rnining dolzarbligi, mavjud muammolari va ushbu muammolarni hal qilish yo‘llarini tahlil qilishga qaratilgan. AAOIFI tashkiloti va uning standartlarini rivojlanish tarixi. AAOIFI — ya’ni Islomiy moliya muassasalari buxgalteriya va audit tashkiloti — 1991-yilda tashkil etilgan, u Bahrayn davlatida joylashgan xalqaro notijorat tashkiloti. Uning vazifasi global islom moliya tizimi uchun xalqaro standartlarni ishlab chiqish va joriy etishdir. Hozirda AAOIFI shariat, buxgalteriya hisobi, audit, axloq va korporativ boshqaruv yo‘nalishlarida 100 dan ortiq xalqaro standartlarni ishlab chiqgan. Tashkilot faoliyatini 45 dan ortiq mamlakatdagi turli moliya institutlari, markaziy banklar, nazorat organlari hamda auditorlik va yuridik firmalar qo‘llab-quvvatlaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 117 1-rasm. AAOIFI standartlaridan qisman va to‘liq foydalanuvchi mamlakatlar (AAOIFI yillik hisoboti 2024). Afg’oniston, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Qozog’izson, Qirg’iziston, Liviya, Nigeria, Ummon, Falastin, Qatar, Sudan, Suriya, Tunis, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlaridagi islom institutlari va banklarida AAOIFI standarlaridan to‘liq foydalaniladi. Bangladesh, Bruney, Qozog’iston, Quvayt, Mavritaniya, Nigeria, Ummon, Pokiston, Qatar, Sudan, Tojikiston, Turkiya va BAA da AAOIFI standartlaridan qisman va ba’zilarida to‘liq foydalaniladi. Indoneziya, Maldiv orollari va BAA da audit va buxgalteriya hisoblarida qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Undan tashqari, Chad, Kamerrun, Markaziy Afrika Respublikasi, Gabon va Jazoir kabi davlatlar ushbu standartdan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar sifatida foydalanadi 1 . AAOIFI standartlari hozirda dunyoning yetakchi islom moliya institutlari tomonidan keng qo‘llaniladi. Bu esa islomiy moliyalashtirish amaliyotlarining yagona va barqaror tizimda olib borilishini ta’minlash, shuningdek, xalqaro miqyosda moliyaviy hisobotlar va risklarni boshqarishning muvofiqligini kuchaytirishga yordam beradi 2 . Shuningdek, AAOIFI standartining 5 asosiy turlari mavjud: 1) Shar’iy me’yorlar 2) Buxgalteriya hisobi standartlari 3) Audit standartlari 4) Boshqaruv standartlari 5) Axloqiy me'yorlar kodeksi 3 . Bu standart turlari orqali islom moliya institutlarida faoliyatni shariatga muvofiq, shaffof va tartibli olib borish, shu bilan birga moliyaviy hisobot, nazorat va boshqaruv jarayonlarida yagona me’yoriy asos yaratish mumkin. AAOIFI standartida ba’zi islom banklarida foydalanish majburiy hisoblanadi. Ular: Bahrayn, Iordaniya, Qirg‘iziston, Myanma, Nigeriya, Qatar (shu jumladan QFC), Ummon, Pokiston, Sudan, Suriya, BAA va Yaman kabi davlatlardir. Bu davlatlar islom moliya banklarida AAOIFI ning buxgalteriya standartlariga rioya qilish majburiy tarzda talab etiladi. Islom banklarida risk turlarini o'rganish va tahlil qilish. Islom banklarida ham an’anaviy banklar singari turli xil moliyaviy risklar mavjud. Ularning farqi islom banklarida barcha operatsiyalar shariat qoidalari asosida amalga oshiriladi. Bu esa ularni turli xil yondashuvlar bilan boshqarish zarurligini ko‘rsatadi. Islom banklarida operatsiyalar foiz (ribo) asosida olib borilmaydi, shuning uchun ularda daromad stavkasi emas, foyda ulushi tushunchasi ishlatiladi. Shuningdek, bu operatsiyalar bajarilishi natijasida quyidagi risk turlari sodir bo‘lishi mumkin. 1 Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions (AAOIFI). (2024). AAOIFI Annual Report 2024. https://aaoifi.com/wp-content/uploads/2025/09/AAOIFI-Annual-Report-2024.pdf 2 https://aaoifi.com/about-aaoifi/?lang=en 3 Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions (AAOIFI). Shari'ah Standards. Accessed May 1, 2025. https://aaoifi.com/shariaa-standards/?lang=en. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 118 Kredit riski – bu qarzdor yoki hamkor shartnoma shartlarini bajarmagan holatda, bankning zarar ko‘rish xavfini nazarda tutadi. Islom banklarida bu kabi risk turi mudoraba (foyda ulashish) yoki mushokara (sheriklik) asosidagi shartnomalarda ko‘p uchraydi. Likvidlik riski – bunday risk bank o‘z mijozlariga vaqtida to‘lov qila olmaganda yoki majburiyatlarini bajara olmaganda yuzaga kelishi mumkin. Ular foiz asosidagi qisqa muddatli bozor vositalaridan foydalana olmaganliklari tufayli, bu holat islom banklariga muammoga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda ular sukuk (islomiy obligatsiyalardan) foydalanadi. Aktiv yoki investitsiyaning bozor qiymati o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf bozor riski hisoblanadi 4 . Islom banklarida bu risk, ayniqsa, tovar savdosi, sukuk, yoki aktivga asoslangan operatsiyalarda dolzarb muommolardan biridir. Ularning vazifasi foiz stavkalarini nazorat qilish emas, balki “foyda ulushi stavkalari” ni nazorat qilishdir. Bozor riskini kamaytirish uchun islom banklari investitsiyalarni diversifikatsiya qiladi, ya’ni turli sohalarga taqsimlaydi (IFSB – Risk management principles). Ba’zi hollarda inson xatolari, texnik nosozliklar yoki ichki boshqaruvdagi muammolar ham yuz beradi va yo‘qotish yuzaga keladi, bu kabi risk operatsion risk hisoblanadi 5 . Islom banklarida operatsion risk bilan birga shariatga mos kelmaslik (Shariah non-compliance) riski ham mavjud. Bu shariat talablariga rioya etilmagan holatlarda yuzaga keladi. Bundan tashqari reputatsion risk turi ham mavjud. Bu risk bankning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarda yuzaga keladi (IFSB va SSC risk tahlillari) 6 . Islom banklarida yuzaga keladigan risklar ba’zi hollarda boshqa bir risk turiga o‘tib ketishi mumkin. Chunki, har bir risk o‘zaro bir-biriga bog’liq hisoblanadi. Bankning biror mijozi to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamasa (kredit riski), bu likvidlik muammosiga ya’ni likvidlik riski paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, shariat qoidalarining buzilishi bank obro‘siga putur yetkazishi mumkin 7 . 4 https://mpra.ub.uni-muenchen.de/38771/ 5 https://www.mdpi.com/1911-8074/13/1/2# 6 https://documents1.worldbank.org/curated/en/688471468143973824/pdf/424810PUB00ISB101OFFICIAL0USE0ON LY1.pdf 7 https://www.sbp.org.pk/ibd/2008/annex-c1.pdf ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 119 2-rasm. Islom banklarida sohalar bo‘yicha ajratilgan moliyaviy operatsiyalar (Prudential and structural Islamic Financial indicators 2022) 8 . Ushbu rasmdan xulosa qilish mumkinki, Bahrayn, Bangladesh, Indoneziya, Quvayt, Malayziya, Ummon, Pokiston, Qatar, va Saudiya Arabistoni mamlakatlari kesimida islom banklarida sohalarga ajratiladigan mablag‘lar ulushi aks etgan. Deyarli barcha mamlakatlarda ko‘chmas mulk va qurilish sohasi uchun ajratilgan islom banklari moliyasi yuqori o‘rinda turadi. Ya’ni, mamlakatlar kesimida islom banklari ajratadigan mablag’larning 60%igacha ko‘chmas mulk uchun, eng kam bo‘lgan qismi esa qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan. AAOIFI standartini islom banklaridagi riskni kamaytirishdagi nazariy va amaliy o'rni. Islom banklarida risklarni kamaytirishning nazariy asosida ham AAOIFI standartlari muhim hisoblanadi. Ular orqali, shariatga mos moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, bank faoliyatida xavfni baholashning yagona metodologiyasini yaratish orqali risklarni oldindan aniqlash mumkin bo‘ladi. Islom banklarida har bir bitimdagi bosqichlarning barchasida foyda va zarar mexanizmlari AAOIFI standartlari orqali belgilanadi. Buning natijasida foiz (ribo), noaniqlik (gharar), va qimor (maysir) kabi elementlarning bekor qilinishi nazariy jihatdan moliyaviy xavflarni kamaytiruvchi asosdir. 1-jadval. Mamlakatlar kesimida islom banklari va AAOIFI standartlarini qabul qilgan tashkilotlar soni 9 . Mamlakat Banklar soni % Mamlakatlar Banklar soni % Malayziya 19 15,6 Bangladesh 3 2,5 Sudan 18 14,7 Iordaniya 3 2,5 Bahrayn 15 12,3 Ummon 2 1,6 Eron 14 11,5 Mavritaniya 2 1,6 BAA 8 6,6 Yeman 2 1,6 Qatar 6 5 Turkiya 2 1,6 Misr 5 4 Falastin 2 1,6 Jazoir 4 3,3 Suriya 2 1,6 Pokiston 4 3,3 Gambiya 1 0,8 Quvayt 4 3,3 Tunis 1 0,8 Saudiya Arabistoni 4 3,3 Bruney 1 0,8 Ushbu jadvalga ko‘ra, 22 ta mamlakatda islom banklari soni va AAOIFI standartlarini qabul qilgan mamlakatlar ro‘yxati keltirilgan. Islom banklari faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning ko‘pchilik qismi islomiy davlat yoki aholisining ko‘p qismi musulmonlar bo‘lgan mamlakatlar hisoblanadi. Bundan tashqari bu jadvalda har bir mamlakatdagi islom banklari kamida 5 yil faoliyat yuritgan hisoblanadi. Eng ko‘p islom banklariga ega mamlakatlar Malayziya (15,6%), Sudan (14,7%), Bahrayn (12,3%) va boshqa Eron (11,5%), BAA (6,6%), 8 https://www.ifsb.org/wp-content/uploads/2023/10/Islamic-Financial-Services-Industry-Stability-Report2023_En.pdf 9 Elhalaby, S. (2023). “The Adoption of AAOIFI Standards by Islamic Banks.” MDPI Economics 11(2): 39https://www.mdpi.com/2227-7099/11/2/39. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 120 Qatar (5%), Misr (4%) kabi davlatlardir, ularning barchasida AAOIFI standartlari orqali risklar boshqaruvi amalga oshiriladi (AAOIFI rasmiy veb-sayti). Shuningdek, eng ko‘p islom bankiga ega mamlakatlarda 19 va 18 ta, bular Malayziya va Sudan kabi, Gambiya Tunis va Bruneyda esa faqatgina 1 ta islom banki faoliyat yuritadi. AAOIFI standartini o'rganishda yuzaga keladigan muammo va to'siqlar. AAOIFI standarlari shariat qonunlariga mos tamoyillariga amal qiladi va islom mamlakatlari uchun buxgalteriya prinsipllarini ishlab chiqadi. Ammo an’anaviy moliya institutlari bilan islomiy moliya institutlari o‘rtasidagi farqlar tufayli, IFI larda (Islomiy moliyaviy institutlar) audit jarayonida turli muammolar yuzaga keladi. AAOIFI quyidagi to‘rtta masalani aniqlagan (Abdullah, 2010) 10 :  Shariat qonunlarini noto‘g‘ri tushunish;  Moliyaviy imkoniyatlarni chuqur anglashdagi bilim yetishmasligi;  Buxgalteriya va islomiy moliya mutaxassislari yetishmasligi;  Islomiy buxgalteriya va bank sohasida tadqiqotlar hamda adabiyotlarning yetarli emasligi. Islom banklari tashkil etila boshlagandan buyon, islomiy moliyaviy institutlar buxgalteriya hisoblaridagi xatoliklar, tegishli risk-menejmentni yo‘lga qo‘yish va investor huquqlarini yetarli himoya qila olmay turib, yangi buxgalteriya standartlari tizimini joriy etish zarurati sezilgan (Nor et al. 2018). Buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi foydalanuvchilarga muhim investitsiya qarorlarini qabul qilishda yordam berishdir. Buxgalteriya jarayoni diniy burch sifatida ham ko‘riladi bu burchni bajarish uchun qat’iy buxgalteriya usullaridan foydalanish talab etiladi. Shuningdek, shariat islomiy buxgalteriya tizimida nihoyatda muhim omil sifatida qaraladi (Nor va boshq., 2018). Islomiy moliyaviy operatsiyalar to‘g’ri, shaffof va samarali amalga oshirilishi uchun zaruriy startegiyalarni ishlab chiqilishi shariat nazorat kengashining asosiy vazifasidan biridir. Shuningdek, ular shariat qonunlariga rioya qilishga majburdir. Islom moliya institutlarining mahsulot va xizmatlarini kuzatib borish, balki shu jarayonda Shariatga muvofiqlik auditini ham bir vaqtning o‘zida amalga oshirish shariat nazorat kengashining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Bu ularga mustaqil faoliyat yuritish imkonini beradi, lekin shu bilan birga ayrim muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bunda vazifalarning to‘liq ajratilmagani asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ya’ni nazorat qilish, audit o‘tkazish va maslahat berish kabi funksiyalar bir joyga jamlangan, bu boshqaruv tizimida chalkashliklar tug‘diradi. Bunday holat, Shariat auditorlari yoki Shariat kengashi a’zolari faoliyati noto‘g‘ri talqin qilinishiga, ba'zida ularning qarorlari mustaqilligiga shubha tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, Islom moliya institutlari boshqaruv mustaqilligini qayta ko‘rib chiqishi va uni kuchaytirishi kerak. Aks holda, noto‘g‘ri tushunchalar va ichki manfaatlar to‘qnashuvi Shariat tamoyillariga to‘liq rioya qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi 11 . 10 Abdullah, D. (2010). The effect of Shari’ah principles on accounting methods for Islamic banks. Paper presented at the World Congress of Accountants, Kuala Lumpur, 10. 11 Abdullah, D. V. (2010). The Effect of Shariah Principles on Accounting Methods for Islamic Banks. IAS Plus.https://www.iasplus.com/en/binary/islamicfinance/islamicaccounting.pdf ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 121 Bugungi kunda AAOIFI standartlari 36 ta mamlakatda turli darajalarda qo‘llaniladi va uning 43 ta yurisdiksiyasi mavjud. Eng ko‘p qo‘llaniladigan yo‘nalish buxgalteriya standartlaridir, ulardan 24 ta yurisdiksiya to‘liq, ba’zilari qisman va yo‘riqnoma shaklida qo‘llaniladi. Ba’zi mamlakatlarda AAOIFI standartlari to‘liq joriy qilinmagan bo‘lsa ham, u asosida mahalliy standartlar va hisobot shakllari ishlab chiqilgan (State bank of Pakistan) 12 . Umuman olganda, AAOIFI standartlari islomiy moliya tizimida muhim o‘rin egallayotganini va davlatlar o‘rtasida yagona me’yorlarga yaqinlashuv jarayoni davom etayotganini tasdiqlaydi. XULOSA Maqolada AAOIFI standartlarining islom banklarida risklarni boshqarishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar o‘rganilgan bo‘lib, olib borilgan tahlillar natijasida xulosa qilish mumkinki, mazkur standartlar shariatga muvofiqlikni ta’minlash bilan birga, bank faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy va operatsion xavflarni kamaytirishda muhim mexanizm vazifasini bajaradi. AAOIFI tomonidan ishlab chiqilgan shariat, buxgalteriya, audit va boshqaruv bo‘yicha me’yorlar islom banklarida faoliyatning yagona uslubga asoslanishini, tranzaksiyalarning shaffofligini va foydazarar mexanizmlarining aniq ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu standartlardan foydalangan banklarda risk darajasi pastroq, moliyaviy barqarorlik esa yuqoriroq bo‘ladi. Shu bilan birga, maqolada AAOIFI standartlarini amaliyotga joriy etishda duch kelinadigan muammolar ya’ni, mutaxassislar yetishmasligi, shariat talqinidagi farqlar, audit jarayonlarining murakkabligi va mahalliy qonunchilik bilan uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklar kabi holatlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish islom banklari faoliyatida xavflarni yanada samarali nazorat qilishga, investorlar ishonchini mustahkamlashga va islomiy moliya infratuzilmasini yanada takomillashtirishda muhim hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://aaoifi.com/about-aaoifi/?lang=en 2. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions (AAOIFI). Shari'ah Standards. Accessed May 1, 2025. https://aaoifi.com/shariaa-standards/?lang=en 3. https://documents1.worldbank.org/curated/en/688471468143973824/pdf/424810PUB00ISB 101OFFICIAL0USE0ONLY1.pdf 4. https://www.sbp.org.pk/ibd/2008/annex-c1.pdf 5. https://www.ifsb.org/wp-content/uploads/2023/10/Islamic-Financial-Services-IndustryStability-Report-2023_En.pdf 6. Elhalaby, S. (2023). “The Adoption of AAOIFI Standards by Islamic Banks.” MDPI Economics 11(2): 39https://www.mdpi.com/2227-7099/11/2/39 7. Abdullah, D. (2010). The effect of Shari’ah principles on accounting methods for Islamic banks. Paper presented at the World Congress of Accountants, Kuala Lumpur, 10. 8. https://aaoifi.com/announcement/state-bank-of-pakistan-adopts-additional-four-new-aaoifishariah-standards/ 9. https://mpra.ub.uni-muenchen.de/38771/ 12 https://aaoifi.com/announcement/state-bank-of-pakistan-adopts-additional-four-new-aaoifi-shariah-standards/ ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 122 10. https://www.mdpi.com/1911-8074/13/1/2# 11. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions (AAOIFI). (2024). AAOIFI Annual Report 2024. https://aaoifi.com/wp-content/uploads/2025/09/AAOIFIAnnual-Report-2024.pdf