scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIMDA YUZ BERAYOTGAN PEDAGOGIK ISLOHOTLAR

Sattorova Nozima Ilhom qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimidaamalga oshirilayotgan pedagogik islohotlar tahlil qilinadi. Mavzuda Prezidentqarorlari va normativ-huquqiy hujjatlar asosida sohada amalga oshirilayotgan tubo‘zgarishlar, innovatsion metodlar, tarbiyachilarning kasbiy salohiyati vabolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlaryoritiladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagogikjarayonlarni modernizatsiya qilishdagi amaliy muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatadi

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 134 MAKTABGACHA TA’LIMDA YUZ BERAYOTGAN PEDAGOGIK ISLOHOTLAR. Sattorova Nozima Ilhom qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan pedagogik islohotlar tahlil qilinadi. Mavzuda Prezident qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlar asosida sohada amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, innovatsion metodlar, tarbiyachilarning kasbiy salohiyati va bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagogik jarayonlarni modernizatsiya qilishdagi amaliy muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, pedagogik islohotlar, innovatsion metodlar, Prezident qarorlari, bolalar rivojlanishi, maqom, J. Piaget, L. S. Vigotskiy. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ РЕФОРМЫ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация: B статье анализируются педагогические реформы, проводимые в системе дошкольного образования Узбекистана. Рассматриваются кардинальные изменения в сфере дошкольного образования на основе указов Президента и нормативно-правовых документов, внедрение инновационных методов, повышение профессиональной компетенции воспитателей и меры, направленные на социально-эмоциональное развитие детей. Результаты исследования показывают важные практические направления для повышения качества дошкольного образования и модернизации педагогического процесса. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 135 Ключевые слова: дошкольное образование, педагогические реформы, инновационные методы, указы Президента, развитие ребенка, статус, Ж. Пиаже, Л.С. Выготский. PEDAGOGICAL REFORMS IN PRESCHOOL EDUCATION Abstract: This article analyzes pedagogical reforms taking place in the preschool education system of Uzbekistan. It highlights major changes based on Presidential decrees and regulatory documents, the implementation of innovative methods, the professional development of educators, and measures aimed at the socio-emotional development of children. The findings demonstrate key practical directions for improving preschool education quality and modernizing pedagogical processes. Keywords: preschool education, pedagogical reforms, innovative methods, Presidential decrees, child development, status, J. Piaget, L. S. Vygotsky. Kirish: So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Zero, maktabgacha ta’lim bolaning shaxs sifatida shakllanishi, bilish faoliyatining rivojlanishi va kelgusida muvaffaqiyatli o‘qishining poydevori hisoblanadi. Pedagogik adabiyotlarda bu davr inson hayotidagi eng muhim rivojlanish bosqichi sifatida e’tirof etiladi. J. Piaget, L.S. Vygotskiy, M. Montessori, A.V. Zaporojets, Sh.A. Amonashvili kabi olimlarning ilmiy qarashlarida bolalik davri mustaqil o‘rganish, tafakkur va ijodiy qobiliyatlarning shakllanishida alohida o‘rin tutishi ta’kidlanadi.Maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlarning huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ– 3305-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi qarori hamda 2019-yil 8 -maydagi PF–5712-sonli farmoni asosiy dasturiy hujjatlar hisoblanadi. Ushbu hujjatlar orqali maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini modernizatsiya qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 136 tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini oshirish, bolalar qamrovini kengaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash belgilab berilgan. Shuningdek, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham maktabgacha ta’limni raqamlashtirish, mazmunini boyitish va tarbiyachilarning zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish muhim ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatilgan. Zamonaviy pedagogika fanida ta’lim-tarbiyani shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etish, o‘yin texnologiyalari, interfaol metodlar va innovatsion dasturlarni qo‘llash orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etish tamoyillari ilgari surilmoqda. J.Piagetning “kognitiv rivojlanish nazariyasi”, L.S. Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” goyasi hamda M. Montessori metodikasi — bolada mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta’limdagi bugungi islohotlar faqat ta’lim mazmunini emas, balki tarbiyachilarning kasbiy madaniyatini, oilaviy hamkorlik tizimini, pedagogik jarayonni boshqarish mexanizmlarini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Bu islohotlar natijasida bola shaxsiga e’tibor kuchayib, uning har tomonlama rivojlanishiga sharoit yaratilmoqda. Yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun go‘daklar, bolalar uyi, maktabgacha ta’lim bolalar uyi, maktab intematlari va aralash tipdagi bolalar uylari huzurida «Maktabgacha ta’lim guruhlari» tashkil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining iqtisodiy-huquqiy maqom quyidagilarga bo‘linadi: 1. Davlat muassasalari xalq deputatlari mahalliy kengashlari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar qaroriga ko‘ra tashkil etiladi. Budjetdan, tegishli korxonalar mablagi hisobidan pul bilan ta’minlanadi. 2. Shirkat muassasalari shirkatchilik to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan tartibda tashkil qilinadi. 3. Aksionerlik muassasalari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tashkil qilinadi va faoliyat ko‘rsatadi. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 137 4. Jamoat muassasalari yotoqxonalar, turarjoylardan foydalanish idoralari madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rinishlarda tashkil etiladi. 5. Oilaviy muassasalar shirkatchilik va xususiy mehnat faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bir yoki bir necha oila tomonidan tashkil qilinadi va faoliyat ko‘rsatadi. 6. Aralash muassasalar shirkat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, uyushmalar asosida va oilalaming shartnomalari asosida tashkil etiladi hamda faoliyat ko‘rsatadi. 7. Uy muassasalari asosiy maktabgacha ta’lim muassasalarining filiallari sifatida tashkil etiladi. Shaharda bo‘lgani kabi qishloq joylarda ham ehtiyojga qarab, boshqa shu tizimlarda birlashgan o‘quv-tarbiya muassasalari va umumiy hamda maxsus ahamiyatga molik (yo‘nalishdagi) turli tipdagi guruhlar tashkil qilinadi. Maxsus ahamiyatga molik yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalar nuqsonlarining oldini barvaqt olish, bolalardagi ikkilamchi va keyin uchraydigan nuqsonlarga barham berish maqsadida tashkil qilinadi. Bu yo‘nalishdagi muassasalar umumiy tarbiyaviy masalalarni hal qilish bilan birga bolalami rivojlantirishdagi tegishli nuqsonlami bartaraf qilishga va ommaviy yoki maxsus maktabda o‘qishga tayyorlashga qaratilgan davlat ishlarini amalga oshiradi. Aqliy yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bolgan bolalar uchun: • nutqi buzilgan (eshitish qobiliyati saqlangan); • eshitish qobiliyati buzilgan; • korish qobiliyati buzilgan; • tayanch-harakat a’zolari buzilgan; • ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan; • aqliy rivojlanishda orqada qolayotgan; • sil kasalligiga chalingan; • tez-tez kasallikka chalinadigan; MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 138 • virusli gepatitga chalingan bolalar uchun kabi, agar ehtiyoj tugilsa, boshqa yonalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil qilinishi mumkin. Xulosa qilib aytganda Kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro tajribani joriy etish, raqamli texnologiyalarni keng qollash, hamda tarbiyachilarni doimiy professional rivojlantirish orqali pedagogik islohotlarni yanada samarali qilish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va meyoriy hujjatlari, 2020–2023. 2.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5712-sonli farmoni. “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar”, 2019-yil 8-may. 3.Vygotskiy, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. 4. Maktabgacha ta’limda pedagogika. D.Mutalova. G.Tojiboyeva D.Maxmudova