scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI VA MAKTAB HAMKORLIGI

Tojiyeva Asila Abdimannon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari vaumumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikning mazmuni, maqsadi hamdayo‘nalishlari yoritilgan. Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini oshirishdauzluksiz ta’lim tizimi, pedagogik, psixologik va metodik hamkorlikning o‘rni tahlilqilingan. Shuningdek, ota-onalar bilan ishlash, ilg‘or tajribalar va zamonaviyyondashuvlar misolida hamkorlikning amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 160 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI VA MAKTAB HAMKORLIGI Tojiyeva Asila Abdimannon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi. Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikning mazmuni, maqsadi hamda yo‘nalishlari yoritilgan. Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi, pedagogik, psixologik va metodik hamkorlikning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ota-onalar bilan ishlash, ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar misolida hamkorlikning amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, maktab, hamkorlik, uzluksiz ta’lim, psixologik tayyorgarlik, pedagogik uzviylik, ota-onalar bilan ishlash. ДОШКОЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ОРГАНИЗАЦИИ И СОТРУДНИЧЕСТВО ШКОЛ АННОТАЦИЯ: В данной статье раскрывается содержание, цели и направления сотрудничества между дошкольными образовательными организациями и общеобразовательными школами. Рассматриваются вопросы обеспечения преемственности образования, педагогического и психологического взаимодействия, а также роль семьи в процессе подготовки ребёнка к школе. Приведены примеры современных подходов и практического значения данного сотрудничества. Ключевые слова: дошкольное образование, школа, сотрудничество, преемственность, психологическая готовность, педагогическое взаимодействие, работа с родителями. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 161 PRE-SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS AND SCHOOL COOPERATION Annotation: This article explores the essence, objectives, and directions of cooperation between preschool educational institutions and general education schools. It analyzes the importance of continuity in education, pedagogical and psychological collaboration, and the involvement of parents in preparing children for school. Examples of modern approaches and the practical significance of this cooperation are also discussed. Keywords: preschool education, school, cooperation, continuity, psychological readiness, pedagogical interaction, parental involvement. Kirish. Bugungi globallashuv va ta’lim sohasidagi islohotlar sharoitida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu jarayonda maktabgacha ta’lim tizimi ta’limning poydevori sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola maktabgacha yosh davrida o‘zining asosiy xarakteri, dunyoqarashi, qiziqishlari va bilish faoliyatini shakllantiradi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar o‘rtasidagi uzviy hamkorlik bolaning maktab hayotiga silliq o‘tishini ta’minlaydi hamda ta’limda izchillikni yaratadi. Hamkorlikning mohiyati va zaruriyati. -Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab o‘rtasidagi hamkorlik — bu bola rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli faoliyat bo‘lib, unda pedagoglar, psixologlar, ota-onalar va ta’lim muassasalari rahbarlari o‘zaro hamkorlikda ishlaydilar. -Bu hamkorlikning zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: -Bola maktab ta’limiga psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘ladi; MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 162 -Maktabgacha ta’limdagi bilimlar maktab dasturi bilan izchil bog‘lanadi; -Pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish va metodik birlik ta’minlanadi; Ota-onalar bola tarbiyasida faol ishtirok etadi. Hamkorlikning maqsadi va vazifalari Maqsad: Bolaning maktabga tayyorgarligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini mustahkamlash va ta’lim jarayonida izchillikni ta’minlash. Asosiy vazifalar: Bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash; Ta’lim mazmunidagi uzluksizlikni yo‘lga qo‘yish; Pedagoglar o‘rtasida metodik hamkorlikni kuchaytirish; Ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish; Psixologik moslashuvni yengillashtirish. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari 1. Pedagogik hamkorlik: Tarbiyachilar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida seminarlar, ochiq darslar, tajriba almashuvlar tashkil etish; O‘quv dasturlarini uyg‘unlashtirish. 2. Psixologik hamkorlik: Bola shaxsini psixologik kuzatish, individual yondashuvni ishlab chiqish; Maktab va MTT psixologlari hamkorligida diagnostik testlar o‘tkazish. 3. Ota-onalar bilan ishlash Ota-onalarga pedagogik maslahatlar berish, treninglar o‘tkazish: Ularni maktab hayoti bilan tanishtirish. 4. Madaniy-ma’rifiy yo‘nalish; “Maktabga tayyorgarlik haftaligi”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Men maktabga boraman” kabi tadbirlarni o‘tkazish: Maktab o‘quvchilari va MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar tashkil etish. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 163 5. Metodik yo‘nalish: Qo‘shma metodik yig‘ilishlar o‘tkazish; Tajriba asosida ilg‘or ishlanmalarni joriy etish. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko'nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o'rtoqlarini tushinish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi.Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo'yayotganida nechog'lik bilimga ega ekanligi emas,balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorgarligi,atrofmuhitga moslashish ko'nikmasi, voqea-hodisalarni mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.Bolani biror narsaga o'rgatishgina emas,unda o'z kuchiga ishonchni ortttirish,o'z g'oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko'nikmasini shakllantirish ham juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o'tishi hamisha uning hayoti,axloqi,qiziqish va munosabatlarida jiddiy munosabatlarni yuzaga chiqaradi. Shu tufayli ham maktabgacha yoshdagi bolalarni makatabgacha ta’lim tashkilotlarida yoki oilada makatab ta'limiga tayyorlash,uni murakkab bo'lmagan bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish zarur bo'ladi. Bunday tanishtiruvlar bolalarning moslashuv davridagi jiddiy qiyinchiliklardan xalos bo'lishiga yordam beradi. Xulosa. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlik uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Ushbu hamkorlik bolaning har tomonlama rivojlanishi, maktab ta’limiga psixologik va intellektual tayyorgarligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shakllantirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar maktab bosqichida o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratadi. Maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi samarali hamkorlik o‘zaro tajriba almashish, pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, tarbiyachilar va o‘qituvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini oshirish, ularning pedagogik yondashuvlarini uyg‘unlashtirish dolzarb masala MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 164 hisoblanadi.Bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, “Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar, pedagogik innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktablar o‘rtasidagi uzviylikni yanada mustahkamlash zarur. Buning uchun o‘zaro hamkorlik dasturlari, qo‘shma seminar va treninglar, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni birgalikda tashkil etish, o‘quvchilarni kuzatish (monitoring) tizimini joriy etish katta samara beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova, “Maktabgacha pedagogika “- T;”Ma'naviyat” 2019-yi 2. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika “Tafakkur sarchashmalari” T; 2013yil 3. N.T.Tosheva “Maktabgacha ta'lim tarbiyani tashkil etish” “Kamolot” Buxoro; 2022-yi 4. D.Sh.Mirzayeva “Maktabgacha pedagogika “Durdona” nashriyoti Buxoro; 2021yil.