PEDAGOGLIK KASBINING TARAQQIY ETISHDA USTOZ – SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI VA AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqola ustoz-shogird an’analari pedagogikmohiyati va ularning tarbiyaviy jarayonlardagi o'rnini chuqur tahlil etishgaqaratilgan. Unda qadimgi an'analar asosida shakllangan ustoz-shogirtmunosabatlarining tarixiy ildizlari, axloqiy-ruhiy qadriyatlarni uzatishdagio'ziga xosligi va zamonaviy ta'lim tizimidagi ahamiyati yoritiladi
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 177 PEDAGOGLIK KASBINING TARAQQIY ETISHDA USTOZ – SHOGIRD AN’ANALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Turdimurodova Iroda Alisher qizi. Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Pedagogika yo‘nalishi 1-P-2025guruh 1bosqich talabasi. Annotatsiya: Ushbu maqola ustoz-shogird an’analari pedagogik mohiyati va ularning tarbiyaviy jarayonlardagi o'rnini chuqur tahlil etishga qaratilgan. Unda qadimgi an'analar asosida shakllangan ustoz-shogirt munosabatlarining tarixiy ildizlari, axloqiy-ruhiy qadriyatlarni uzatishdagi o'ziga xosligi va zamonaviy ta'lim tizimidagi ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: ustoz-shogirt an'analari, pedagogik mohiyat, tarbiyaviy salohiyat, ma'naviy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, an'anaviy ta'lim, zamonaviy pedagogika, ustozning roli. Abstract: This article is aimed at an in-depth analysis of the pedagogical essence of the teacher-student traditions and their place in the educational process. It highlights the historical roots of the teacher-student relationship formed on the basis of ancient traditions, its uniqueness in transmitting moral and spiritual values, and its importance in the modern education system. Keywords: teacher-student traditions, pedagogical essence, educational potential, spiritual values, moral education, traditional education, modern pedagogy, the role of the teacher. Аннотация: Целью данной статьи является глубокий анализ педагогической сущности традиций взаимодействия учителя и ученика и их места в образовательном процессе. В ней освещаются исторические корни отношений учителя и ученика, сформировавшихся на основе древних традиций, их уникальность в передаче нравственных и духовных ценностей и их значение в современной системе образования.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 178 Ключевые слова: традиции взаимодействия учителя и ученика, педагогическая сущность, воспитательный потенциал, духовные ценности, нравственное воспитание, традиционное образование, современная педагогика, роль учителя. Kirish. Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor har qachongacha nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratildi. Maʼlumki, oliy oʻquv yurtlarida boʻlgʻusi mutaxassis oʻqituvchilarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustoz-shogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez surʼatda ilmiy-texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida taʼlim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar boʻlgʻusi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarni aniqlash, ularga oʻz vaqtida yordam berish kabi masalalarga eʼtibor qaratish, ustoz-shogirdlik anʼanalaridan oʻrinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik anʼanalari koʻplab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida qoʻllanib keladi. Biroq, hozirgi vaqtda kadrlar siyosatida olib borilayotgan islohotlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirishni talab qiladi. Asosiy qism. Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yoʻnalishi hisoblanadi. Lekin, bu anʼana oila, maktab kabi turli mazmundagi yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy institutlarning taʼlim-tarbiyaviy taʼsirlarni davomchisi sifatida ifodalanadi. Shuning uchun ham ustoz-shogirdlik faoliyatlarida oila, maktab kabi jamoalar faoliyatlari bilan hamkorlik amalga oshirilib, bir-birlarining taʼsir qilish kuchlari mustahkamlanib boradi. Ijtimoiy hayot tajribasining tasdiqlashicha insoniyatning boʻlgʻusi ijtimoiy-siyosiy faolligi, taʼlim-tarbiyani avloddan-avlodga yetkazish asosida amalga oshirilishini tasdiqlaydi. Bunday yuqori darajadagi tasdiqlanishlar ustozlik faoliyatini ham yuqori darajada baholash zarurligini ifodalaydi. Ustozlarning faoliyati
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 179 shogirdlarda vaqt koʻrsatkichlarni umum davlat miqyosida amalga oshirishga oʻrnatishdan iborat. Bu jarayonda esa vaqtni qanday taqsimlash masalasini hal qilishda ustoz koʻrsatmalari asosiy oʻringa ega. Ustoz-shogird an’analarida quyidagi pedagogik tamoyillar muhim o‘rin tutadi: - onglilik va faollik, ya’ni egallayotgan u yoki bu faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, mohiyatini ongli tarzda to‘liq anglab yetish, uning istiqboli va ravnaqi yo‘lida faollik bilan harakat qilish; - ilm-fanning sir-asrorlarini egallashda puxtalik; - ta’lim-tarbiyaning turmush, hayot bilan chambarchas bog‘liqligini inobatga olish; - mutaqillikka, ijodiy izlanishga yo‘naltirib borishda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog‘liqligini hisobga olish; - uqitish, tarbiyalash mazmuni va shogirdlik bosqichlarining izchillik bilan belgilab qo‘yilgan anik mantiqiy tartibga ega bo‘lishi; - shogirdning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik ta’limot g‘oyalariga ko‘ra amaliy ko‘nikma va malakalar bevosita tinimsiz o‘z ustida ishlash va orkali shakllanadi. “Ustoz-shogird” an’anasi esa o‘quvchilar, talabayoshlar hamda yosh pedagoglarda ijodiy izlanishni vujudga keltirishi, pedagogik faoliyat jarayonida ularning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashishi, shogirddagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishi bilan ahamiyatlidir. Xulosa. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor avvalgiga nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratilmoqda. Tarixiy sharoitlarining oʻzgarishi borasida toʻplangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham oʻzgarib bormoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. D. Malikova. Sharq mamlakatlarida “ustoz-shogird”lik an’analarining shakllanishi va rivojlanishi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 180 2. O‘.Q Tolipov. “Ustoz - shogirdlik qadriyatlari”-risola;Toshkent: “Nizomiy nomidagi TDPU”-2015. 3. Rasulov, U. M. ―Ustoz-shogird an’analari va zamonaviy ta’lim jarayoni. – Toshkent: Fan va Texnologiya, 2020. 4. Jurayev, R. ―O‘zbekiston xalq ta’limi tizimida ustoz-shogird munosabatlarining o‘rni. – Toshkent: 5. Faxriddin, Rizouddin ibn. Ilmning o‘n to‘rt qanoti / Shogirdlik odobi /tarj. Jamalov Sagdulla. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2018