FITRATNING "SARF" ASARIDA GRAMMATIK SHAKLLAR
Abstract
Ushbu maqolada jadid olim Abdurauf Fitratning “Sarf” asaridagi grammatik shakllarga oid qarashlar so‘zga olingan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 155 FITRATNING “SARF” ASARIDA GRAMMATIK SHAKLLAR G‘ofurjonova Mohlaroy ToshDO‘TAU talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17841995 Annotatsiya. Ushbu maqolada jadid olim Abdurauf Fitratning “Sarf” asaridagi grammatik shakllarga oid qarashlar so‘zga olingan. Kalit so‘zlar: “Sarf”, Fitrat, jadid, sifat. Annotation. This article examines the views of the Jadid scholar Abdurauf Fitrat on grammatical forms as presented in his work “Sarf.” Keywords: “Sarf”, Fitrat, Jadid movement, adjective. Аннотация. В данной статье рассматриваются взгляды джадидского учёного Абдурауфа Фитрата на грамматические формы, изложенные в его труде «Сарф». Ключевые слова: “Сарф”, Фитрат, джадид, прилагательное. Abdurauf Fitrat. Bu shaxs haqida oʻzbek vikipediasidan quyidagicha maʼlumot topishimiz mumkin: “Oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926). Jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori”. 1 “Abdurauf Fitrat hozirgi oʻzbek tilshunosligi fani asoschilaridan biri desak, adashmagan boʻlamiz. A. Fitratning oʻzbek tilshunosligi tarixida eng katta xizmatlaridan yana biri uning oʻzbek tili milliy grammatikasiga asos solganidir. 20-yillarda oʻzbek tiliga doir asarlar juda ozchilikni tashkil qilar edi. Oʻsha vaqtda maktablarda ona tili sifatida usmonli turk tili oʻrgatila boshlagan va tilimiz grammatikasi ham oʻsha til grammatikasi taʼsirida qolgan edi. Ana shunday sharoitda A. Fitrat tilimizning oʻz tabiatidan kelib chiqqan holda milliy grammatika yaratdi. Hozirgi oʻzbek tilshunosligi fani asrimizning 20-yillarida vujudga kelgan boʻlib, unga Fitrat va uning zamondoshlari Elbek, Munavvar qori, Qayum Ramazon, Gʻozi Olim, Sh. Zunnuyilar tamal toshini qoʻygan edilar. Ular tomonidan yozib qoldirilgan noyob asarlar hozirgi tilshunosligimizning sarchashmalaridir. Tilning rivojlanish yoʻllari haqidagi olimning fikrlari bugungi fan uchun ham alohida ahamiyatga ega. U uchta narsaga alohida toʻxtaladi: yangi soʻz yasash, boshqa tillardan soʻz qabul qilish, eskirgan soʻz (arxaizm) lardan oʻrinli foydalanish. Fitratning oʻzbek tilining tovush qurilishi – unli va undoshlar tizimi, oʻzbek tili, umumiy turkiy tillardagi fonetik qonuniyatlar toʻgʻrisidagi ilmiy-nazariy qarashlari hanuzgacha oʻz qiymatini yoʻqotmagan. Fitratning tilshunoslik merosi til tarixi fani uchun ham qimmatli materiallar beradi. “Eng eski turk adabiyoti namunalari”, “Arab alifbosining tarixi”, “Muqaddimat ul-adab” kabi asarlarida tarixiy grammatikaga, yozuv tarixiga oid fikrlar va vaqt oʻtishi bilan tilda yuz beradigan tovush oʻzgarishlari haqida muhim maʼlumotlar uchraydi.” 2 Berilgan maʼlumotlardan ham koʻrinib turibdiki, Fitratni zamonasining qomusiy olimi deb atashimiz mumkin, birinchi oʻzbek professori unvoni berilgani ham bejiz emasdir. Fitratning oʻzbek tili va adabiyotiga doir qilib ketgan bir qator ilmiy izlanishlarisiz sohani tasavvur etish qiyin. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdurauf_Fitrat 2 Abdurauf Fitrat va oʻzbek tilshunosligi. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 1997.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 156 Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha tadqiqotmi, ilmiy ishmi, boring ana, maqola yozmoqchi boʻlgan har qanday inson, albatta, mana shu shaxsiyat bilan, uning ismi bilan yuzma-yuz keladi. Faoliyati davomida Abdurauf Fitrat tilga doir “Tilimiz – I”, “Tilimiz – II”, “Tilimizning adabiyligi”, “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrusida bir tajriba. Birinchi kitob: Sarf”, “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrusida bir tajriba. Ikinchi kitob: Nahv” kabi maqola, darsliklari chop etilgan va hozirga qadar ilmiy manba boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Biz ham jadidning oʻz ishimizga oid “Sarf” nomli risolasini tanlab olib, uni hozirgi til meʼyorlari nuqtayi nazaridan oʻzaro qiyoslashga ahd qildik. Qiyosdan avval bir narsani esga olish muhim, ikki narsa solishtirilar ekan, asosiy maqsad birining toʻgʻri, ikkinchisining esa notoʻgʻriligini isbotlash emas, balki davr talabi bilan oʻrtada oʻtgan vaqtda tilda qanday oʻzgarishlar boʻlganini oʻrganish hisoblanadi. Fitrat soʻzlarning tub-yasamaligi haqida bir bob ochib, shunday deydi: “Soʻzlarning tubligi, yasamaligi Tillarning boyimoqlarini, kengaymaklarini qulaylashtirgan “soʻz yasash” yoʻli (arabcha aytkanda, ishtiqoq yoʻli) dir. Bir ma’noni onglatg‘uchi birgina “tub” soʻzni olib, unga turli qoʻshimchalar qoʻshmoq bilan u ma’no tegrasidagi oʻn-oʻn besh ma’noni onglata olmoq “soʻz yasash” yoʻli bilan boʻladir. Biz tilimizdagi soʻz yasash yoʻlining kengligini koʻzda tutib kelajakda bu shevaning ilmiy, adabiy, eng boy, eng keng bir til boʻlishiga ishonamiz. Yozmoq soʻzining oʻzagi “yoz”dir. Shu oʻzakka turli qoʻshimchalar qoʻshib yozish, yozma, yozdim, yozajaq, yozgʻuchi, yozmoqchi, yozgan, yozgʻich kabi soʻzlar yasamoq “soʻz yasash” (ya’ni ishtiqoq) dir. Bunda yoz soʻzig‘a “tub soʻz”, boshqalarigʻa “yasama soʻz” deymiz. Demak, soʻz bir oʻzakka qoʻshimcha qoʻshib yasalgan boʻlsa, “yasama soʻz” boʻladir, yasalmag‘an, oʻzining tub holida qolgan esa “tub soʻz” boʻladir. Yuqorida soʻzning turlarini bilgan edik. Mana shu soʻz turidan: Fe’llar butunlay yasama. Otlarning ozi yasama, koʻbi tub. Sifatlarning koʻbi yasama, ozi tub soʻzdir. Koʻmakchi soʻzning hamasi tub soʻz sanaladir. Yasama soʻzlar turli oʻzakdan yasaladir; birinchi oʻzak buyruq soʻzidir. Buyruq bir kishiga bir ishni buyurg‘anda aytilaturgʻan soʻzdir: yoz, bor, kel kabi. Ikinchi soʻz oʻzak ot yo sufat boʻladir: qoralandi, oqlandi, koʻkardi, ishladi, kuchaydi soʻzlarida qora, oq, koʻk, ish, kuch kabi. Koʻbrak yasama soʻzlar birinchi oʻzakdan yasalib, ikinchi oʻzakdan yasalg‘anlar unga qaraganda ozdir” 3 . Koʻrib turibmizki, hozirgi oʻzbek adabiy tili bilan solishtirganimizda yaqqol oʻzgarishlar yoʻq. Sababi, bu hodisa, ya’ni bir soʻzga maʼlum bir grammatik shakl qoʻshilib yangi soʻz hosil qilishi dunyoning juda koʻp tillarida mavjud. Fitrat taʼkidlagandek, yasama soʻzlar turli oʻzakdan yasalishi mumkin, biroq birinchi oʻzak buyruq sanalaveradi. Hozir biz buni feʼlning nol formasi deb ham ataymiz. 3 Tanlangan asarlar 4-jild, 146-bet
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 157 Fitrat yasama otlarni sanar ekan, ular orasiga atoqli otlarni qoʻshmaydi, sababi: “Qoʻy, sigir, Ergash, Oʻktam. Bu otlarning har biri tub otdir. Negakim: bir oʻzakka qoʻshimcha qoʻshib yasalmagʻani koʻrinib turadir”. 4 Yasama otlarni quyidagi guruhlarga boʻladi: 1. Oʻrun oti – -loq, -oq. Masalan, toshloq, oʻtloq, yotoq 2. Qurol oti 3. Ish oti – buni ham oʻz navbatida olti kichik guruhga ajratadi. Ular quyidagilar: a) feʼllardan ot yasash uchun –mak/-moq qoʻshimchalarini qoʻshish orqali: yozmak, bormoq (shu oʻrinda, -maslik shakli orqali boʻlishsizlik shakli vujudga keladi) ; b) asosga -(i)sh affiksini qoʻshish orqali: bilish, oʻqush; c) asosga -im ni qoʻshish orqali: bilim, unum; d) buyruq feʼliga -uv qoʻshish orqali: tilav, onglov; e) -inch ni qoʻshish orqali: ishonch, qoʻrqunch; f) Buyruqqa -qin/-gʻin ni biriktirish orqali; toshqin, bosqin, yongʻin; (Yuqoridagi misollarning barchasi Fitratning oʻzi keltirgan misollardan olindi) Koʻrinib turibdiki, Fitrat yuqorida yasama otlarning ish oti qismida mana shunday tasnifni berib oʻtgan. Biz ularning aksarini hozir harakat nomini hosil qiluvchi qoʻshimchalar deb atab kelamiz. 4. Kichiklangan otlar – Fitrat ta’biri bilan aytganda, bir narsani, yo bir kishini siylamak, yoki boʻlmasa uning kichikligini koʻrsatish uchun qoʻshiladigan -cha, -cho, -gina, -qina, gʻina Grammatik shakllar kiradi. Ammo hozir biz bularni yasama otlar qatoriga qoʻsha olmaymiz, ular otning lugʻaviy shaklini hosil qiladi, xolos. 5. Qoʻshma otlar. Fitrat qoʻshma otlarni ham yasama soʻzlarga qoʻshadi. 6. “Yozmoqchi, ketmakchi, oʻqumoqchi, oʻturmoqchi kabi buyruqqa “-moqchi, -makchi” qoʻshilib yasalgʻan soʻzlar bir kishining bir ish qilmoq istagini bildiradir. Bu turli sufatdan “-chi” qoʻshimchasi tushirilib ham ishlatilgani bordir. Men senga bu kun uchramak boʻlib turgan edim kabi.” 5 Mana shu yeri biroz mulohazaga tortadi kishini. Fitrat nega kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi qoʻshimchani yasama sifatlar qatorida sanagan boʻlishi mumkin? Menimcha, Fitrat bu yerda sifatdagi sifatdoshlik belgilarini hisobga olgan va uni yasama sifatlar qatoriga qoʻshgan. Yaʼni shunda u yuqorida keltirgan misolida Men senga uchrovchi boʻlib turgan edim maʼnosini yetakchi qilib olgan. Hozirgi tasniflarimiz bilan farqlanishi, barcha oʻrinlarda ham mushtaraklik kasb etmasligi tabiiy hol, ammo oʻsha turliliklar oʻrtasida ham qandaydir maʼno, mantiq boʻlishi kerak. Endi Fitratning boshqa misollarini koʻrsak: “Bir narsaning bir sufatining ikinchi narsadagi shu sufatdan ortiq boʻlmagʻanini bildirmak uchun shu sufatka “-roq/-raq” qoʻshiladir: Karim yaxshi, Juma yaxshiroq; pichoq keskin, qilich keskinroq; ongliroq, bilimsizraq kabi. Bir kishida yo bir narsa va sufatning oshiq boʻlgʻanini bildirmak uchun buyruqning ketiga bir ust choʻzidin soʻng “xan” qoʻshilib “oshirma sufat” yasaladir: uchagʻon, chopagʻon, bilagʻon kabi. Bu “gʻan” qoʻshimchasi yoʻgʻonlik, ingichkalikka tobe boʻlmaydir. 4 Yuqoridagi manba, 147-bet 5 Yuqoridagi manba
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 158 Ozgʻin, keskin, qizgʻin, olgʻur, yigʻlagʻur, oʻlmagur, toʻymagʻur, oʻtkur kabi buyruqgʻa “- gʻin/-gʻir”, “-gur/-kur” qoʻshilib yasalgʻan sufatlar ham “oshirma sufat” boʻladir. Sufatlarning ketlariga “-qina, -gina, -kina, -gʻina” qoʻshilib “kichiklangan sufat” yasaladir. Kichiklangan sufat bir kishini siylamak, yo undagi shu sufatning ozligini bildirmak istagan chogʻlarda ishlatiladir: yaxshigina, kattagina. Buyruqqa “r” harfi qoʻshilib yasalgʻan sufatlar shu sufatning “doyim”ligini bildiradir: uchar qush, oqar suv, koʻrar koʻz, chopar ot kabi. Eskartish: bu sufat kelajak zamon feʼli ham boʻladir. Uchunchi turli olmosh izlariga qoʻshilganda ish oti boʻladir. Sart qilsin “ketari”ga mundan (“Shayboniynoma”). Takallum “aylari”da til bilan tishiy labi, Biri akiyku, bir injuyu, biri marjon (Bobir). Barchin bu yerdan “koʻchari”ni bildi (“Alpomish”). Buyruqgʻa “-qon, -gan, -gan, -kan” qoʻshilganda ham sufat boʻladir: oʻqugʻan yigit, yozilgan kitob, toshqin suv.” 6 Bu boʻlinishlardan shuni aytshimiz mumkinki, Fitrat oʻzining ushbu risolasi orqali mukammal oʻzbek morfemikasini tuzishni ahd qilmagan. Bu birinchi qadam, xolos. Keying tasniflar, ilmiy ishlarda olimlar baribir shu manbalarga murojaat qilishadi. Fitrat sifatlarni yasama va tubga boʻldi. Yasama sifatlarga yuqorida biz keltirgan turlarni kiritdi. Ularning orasida biz hozir soʻzga yangi maʼno yuklamay, faqatgina lugʻaviy maʼno beruvchi shakllar ham bor. Demak, Fitrat bu turli tasniflashda biz hozir yasama deganda tushunadigan, soʻzning asosiga qoʻshilib, unga butkul yangi maʼno qoʻshadigan qoʻshimcha – grammatik shakllarni nazarda tutmagan. U yasama deganda bizdan-da kengroq tushunchani yoki termini tushungan, balki shu sabab ham ularning orasida sifatning darajalari, otga erkalash kabi maʼnolarni beradigan shakllarni qoʻshgan. Soʻz yasash (dеrivatsiоn) qоliplari haqida. Har qanday soʻz soʻz yasash qоliplari asоsida hоsil qilinadi. Hоsila lisоniylashib, oʻz qоlipidan uzilib kеtsa ham, unda bilinar-bilinmas qоlip bilan (agar qоlip yashоvchan boʻlsa) bоgʻlanishlar baribir saqlanib qоladi. Soʻz yasash qоlipi ikki uzvdan ibоrat boʻladi: a) qоlipning shakliy tоmоni; b) qоlipning mazmuniy tоmоni. Yasama soʻzda ana shu ikki jihat tajallilanadi. Yasalma shaklan va mazmunan ana shu qоlipga muvоfiq kеlsa, uni shu qоlip hоsilasi sifatida qarash mumkin. Masalan, kitоbchi soʻzida mazkur qоlipning izlari bоr. Lеkin хabarchi soʻzida qоlipning mazmuniy tоmоni aks etmagan. Dеmak, bu lеksеma ushbu qоlip mahsuli emas. Soʻz yasash qоlipining shakliy tоmоni ikki qismdan tashkil tоpadi: yasоvchi asоs va yasоvchi vоsita. Masalan, sut+chi= shu sut mahsulotlari bilan shugʻullanuvchi shaхs оti qоlipining shakliy qismi boʻlgan [sut+chi] ning оt qismi yasоvchi asоs, -chi qismi esa yasоvchi vоsitadir. Qоlipning yasоvchi asоsi, albatta, mustaqil soʻz, yasоvchi vоsita qismi esa soʻz ham, qoʻshimcha ham boʻlishi mumkin. Masalan, qoʻshma, juft soʻz yasash qоliplarida asоs ham, vоsita ham soʻzdir. 6 Yuqoridagi manba
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 159 Qоliplarning soʻz yasash darajasi bir хil emas. Shunga koʻra qоliplar dastlab bugungi kunda hоsila bеrish-bеrmasligiga koʻra farqlanadi. Bugungi kunda hоsila bеrish-bеrmasligiga koʻra soʻz yasash qоliplari unumli va unumsiz qоliplarga boʻlinadi. Qоliplarning baʼzilari til tariхida soʻz yasagan, ular hоsilalarining barchasi tariхiy soʻz yasalishga оid boʻladi. Bunday qоliplar unumsiz soʻz yasash qоliplari dеyiladi. Masalan, qоrоvul, yasоvul, hirоvul, shig‘оvul hоsilalarini bеrgan qоliplar jоnli qоliplar emas. Unumsiz (tariхiy) soʻz yasash qоliplari hоzirda hоsila bеrmaydigan, soʻz yasash uchun хizmat qilmaydigan qоliplardir. Masalan, kеskin, toʻlqin, bоsqin, uchqun, tuyg‘un soʻzlari [[fеʼl ]+[gin]=оt] qоlipi asоsida hоsil qilingan. Birоq ushbu qоlipdan chiqqan hоsilalar rang-barang boʻlib, ulardan anglashilgan maʼnоlarni qоlipning tеnglik bеlgisidan oʻng tоmоndagi mazmuniy tоmоnidan kеltirib chiqarish mumkin emas. Chunki bu hоsilalar tariхiy yasama soʻzlar boʻlib, davrlar oʻtishi bilan ularning maʼnоviy tabiatida ham, grammatik jihatlarida ham evоlyutsiya jarayoni kеchgan. Chunki qоlip bugungi kunda ishlamaydigan, fоydalanilmaydigan hоlga kеlgan, ularning hоsilalari esa qоlipdan bеhad uzоqlashib, maʼnоlarning iхtisоslashishi va bir-biridan uzоqlashishi yuz bеrgan. Natijada aslida bir qоlipdan chiqqan hоsilalar (yasama soʻzlar) mustaqil lеksеmalarga aylanib, bir-birinikiga yaqin va bоgʻliq boʻlmagan turli-tuman maʼnоlarni anglatadi. Tadqiqоtchilar oʻzbеk tilidagi unumsiz (tariхiy) soʻz yasash qоliplarining yuzga yaqin koʻrinishini ajratishadi. Shuning uchun ular unumsiz qоliplar dеyiladi. Unumsiz qоliplarning oʻzi mahsuldоr unumsiz soʻz yasash qоliplari va kammahsul unumsiz soʻz yasash qоliplariga boʻlinadi. Mahsuldоr soʻz yasash qоliplari til tariхida koʻplab hоsilalar bеrgan boʻladi. Kammahsul qоliplar esa sanоqli soʻzlar yasagan. Bugungi kunda ham hоsila bеrib turgan qоliplar unumli soʻz yasash qоliplari dеyiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurauf Fitrat va oʻzbek tilshunosligi. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 1997. 2. Abdurahmonov G., Mamajonov S. Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1995. 3. Ҳожиев А.Ўзбек тили сўз ясалиш тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. 4. www.https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdurauf_Fitrat