scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIN-QIZLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH,ULARNING HUQUQLARI VA MANFAATLARINI TA'MINLASH, AYOLLARNING IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qizi

Abstract

Mazkur maqolada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Unda ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hayotdagi faolligini oshirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning mehnat va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan davlat siyosati va dasturlarning ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 231 XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH,ULARNING HUQUQLARI VA MANFAATLARINI TA’MINLASH, AYOLLARNING IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qizi O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17844863 Annotatsiya. Mazkur maqolada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Unda ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hayotdagi faolligini oshirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning mehnat va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan davlat siyosati va dasturlarning ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Gender tenglik, tadbirkorlik, siyosat, islohatlar, ijtimoiy himoya, muammolar, tadqiqot natijalari. Аннотация. В данной статье анализируются вопросы совершенствования системы поддержки женщин, обеспечения их прав и интересов. Освещены направления повышения социальной, экономической и политической активности женщин. Кроме того, рассматривается значение государственной политики и программ, направленных на обеспечение гендерного равенства, привлечение женщин к предпринимательской деятельности, усиление их трудовой и социальной защиты. В статье также представлены существующие проблемы и предложены рекомендации по их устранению. Результаты исследования имеют практическое значение для дальнейшего укрепления роли женщин в обществе и полного раскрытия их потенциала. Ключевые слова: Гендерное равенство, предпринимательство, политика, реформы, социальная защита, проблемы, результаты исследования. Annation. This article analyzes the issues of improving the system of supporting women and ensuring their rights and interests. It highlights the directions for increasing women’s social, economic, and political activity. In addition, the article examines the importance of state policies and programs aimed at promoting gender equality, involving women in entrepreneurship, and strengthening their labor and social protection. The paper also presents existing challenges and proposes recommendations for their solution. The research results have practical significance for further strengthening the role of women in society and fully realizing their potential. Keywords: Gender equality, entrepreneurship, policy, reforms, social protection, challenges, research results. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 232 Horijiy olimlar ta'kidlaganidek, XXI asrda aynan ayollar “yangi iqtisodiyot kompaniyalari’’, yuqori texnologiyalarda o‘zlarining muhim hissalarini qo‘shish orqali davlatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda asosiy rolni o‘ynaydi [1]. O‘tgan asrlar voqealaridan ko‘rishimiz mumkinki, “ayolning o‘rni faqatgina oshxonada’’ , “ayol kishiga o‘qishni kim qo‘yibdi? Undan ko‘ra uy-ro‘zg‘orga qarasin, pishir-kuydirni, bola qarashni o‘rgansin” va shu kabi iboralarni haligacha mavjudligi va o‘sha davr odamlarining qanchalik “aqlli” ekanligini anglashimiz mumkin. Ammo vaqtlar o’tishi va zamon rivojlanishi oqibatida nafaqat oilada balki jamiyatda ham ayollarning mavqei yanada oshganiga amin bo‘lmoqdamiz. Yuqoridagi gaplardan ko‘rinib turibdiki, XXI asr xotin-qizlariga nisbatan jamiyatda ularning tutayotgan o‘rniga bo‘lgan e'tibor va tashabbus ancha kengaygan. Birlalashgan Millatlar Tashkilotining Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish tog‘risidagi konvensiyasi(CEDAW)dan ham ko‘rinib turibdiki, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik xalqaro miqyosda dolzarb mavzuga aylangan. Shu jumladan, Yangi O‘zbekistonda ham xotin-qizlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ko'rishimiz mumkin. Bu esa taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi ham siyosiy dalillardan biridir. “Taraqqiyot strategiyas” (ya’ni O‘zbekistonning 2022-2026-yillariga mo‘ljallangan strategiyasi)ning 7-yo‘nalishiInson qadrini ulug‘lash va ijtimohiy sohani rivojlantirish aynan shu yo‘nalish doirasida xotin-qizlar masalalariga keng urg‘u berilgan. Bu borada yurtimizda talaygina islohatlar va vazifalar ham amalga oshirilishi yo‘lga qo’yilgan. Xotin-qizlarning oila muhitidagi sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayollarga yordam qo‘lini cho‘zish, zo‘ravonlikka uchragan ayollarni davlat o‘z himoyasiga olishi va ularning ijtimoiy sohalarda faolligini ta’minlash, ta’lim olishlari va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga va eng asosiysi huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va aniq natijalarga ham erishildi. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida xotin-qizlarning faol ishtirokini kengaytirish uchun avvalo, jamiyatda ayollarga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarning bajarilishi eng birinchi galda ko‘zda tutilgan jarayondir. Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik – Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi har qanday ayol jinsiga mansub shaxsga nisbatan ruhiy, jismoniy, jinsiy va boshqa koʻrinishlarda amalga oshiriluvchi jinoyatlar toʻplami. Bu kabi jinoiy hodisalar, asosan, erkak jinsiga mansub shaxs tomonidan ayol jinsiga taalluqli sherigiga nisbatan amalga oshirilgan zoʻravonlik holatlari, jumladan, kaltaklash, psixologik zo‘ravonlik, oilaviy zo‘rlash, qotillik, jinsiy tajovuz va taʼqiblar, shuningdek, zoʻrlash, zo‘ravonlik bilan jinsiy aloqada bo‘lish, istalmagan jinsiy oqibatlar, bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik, majburiy nikoh, koʻcha bezoriligi, taʼqib qilish, cyberbullying kabi tazyiqlar taʼsirida xotin-qizlar huquqlarining poymol qilinishi orqali namoyon boʻladi. Oʻzbekistonda 2021-yilning birinchi yarmi davomida qariyb 18 ming nafar ayol tazyiqqa uchragani aniqlangan. Ulardan 9 ming nafari ruhiy zo‘ravonlik qurboni boʻlgan. Ushbu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar, yoki 5 ming nafarga koʻp miqdorni keltirib chiqaradi. Ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda Gender tengligi masalalari bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan yigʻilishda Senat raisi Tanzila Norboyeva alohida taʼkidlab oʻtgan[2]. Respublikada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida 2019yilning 2-sentabr sanasida amal qilish muddatini boshlagan OʻRQ-561-sonli „Xotin-qizlarni INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 233 tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish“ toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni rasman eʼlon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva 2022-yil 6dekabrdagi Toshkentda o‘tkazilgan “Zo‘ravonlikka qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb baholashni taklif qildi. “Oiladagi zo‘ravonlik — oilaning ichki ishi emas, bu muammo butun jamiyatga tegishli. Ayol o‘z dardi bilan yolg‘iz qolib ketmasligi kerak”, — dedi u. U voyaga yetmaganlarning nomusiga tajovuz qilganlik uchun ham jazo kuchayishi zarurligini aytdi. Saida Mirziyoyeva o‘zbek jamiyatida gender tenglik rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani singari yuqori darajaga erishishiga harakat qilishini, ammo bu yo‘lda muammolar ko‘pligini ta’kidladi. “Afsuski, jamiyatimizning aksariyat qismi an’analarni qonunlardan ustun qo‘yadi. Bizning zaif tomonimiz ham aynan shunda”, — dedi u. Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston barcha qonunlari tenglikka asoslangani, ammo jamiyat zo‘ravonlikka nisbatan juda sabrli ekani haqida fikr bildirdi. Shuningdek, anjumanda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi. “Voyaga yetmaganlarning nomusiga tajovuz qilganlar uchun jazo choralarini kuchaytirish zarur. Bu borada bolalar va o‘smirlarni himoya qilishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb baholash vaqti keldi”, — taklif bildirdi Prezident adminstratsiyasi rasmiysi. Hech qanday jinoyat jazosiz qolmaganidek, ayollarga qilingan zo‘ravonlik ham javobsiz qolmaydi. Mazkur mavzu doirasida Saida Mirziyoyeva qanchadan-qancha chora-tadbirlarni tashkillashtirishda siyisiy rahbar sifatida faol harakat qildi. Shavkat Mirziyoyev 11-aprel kuni ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunni imzoladi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi. “Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat o‘zgarishi uchun qiyin va uzoq yo‘l turibdi”, — deb yozdi u Telegram kanalida[3]. Zo‘ravonlik asta-sekin kamaygani sari ayollarning ham jamiyatda tutgan o‘rni mustahkamlanib, ularning davlat siyosatidagi faolligi ham oshib bormoqda. Bu borada xotinqizlarni bandligini ta’minlash , ularni tadbirkorlikka jalb qilish va zamonaviy kasblarlarni o‘rgatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham muhim o‘rin tutadi. 2021-yil 5-martda qabul qilingan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ushbu yo‘nalishda muhim dasturilamal bo‘ldi. Mazkur hujjat asosida “Ayollar daftari” joriy etilib, ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 2024-yil 7-martda qabul qilingan PQ–122-son qaror xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularni kredit va grant dasturlariga keng jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. Bu qaror asosida ko‘plab ayollar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 234 ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2025-yil 14martdagi PQ–103-son qarorda esa 2 milliondan ortiq xotin-qizni bandlik bilan ta’minlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, 250 ming nafarini oliy ta’lim bilan qamrab olish kabi aniq maqsadli vazifalar belgilandi. Shuningdek, “Hamroh” dasturi doirasida tadbirkor ayollar uchun grantlar ajratilishi belgilangan bo‘lib, bu ularning iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda[4]. Umuman olganda, mazkur hujjatlar nafaqat xotin-qizlar bandligini ta’minlash, balki ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilaviy farovonlikni mustahkamlash va jamiyatda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot natijalari O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. “Ayollar daftari” mexanizmining joriy etilishi natijasida minglab ayollarning ijtimoiy muammolari aniqlanib, ularni hal etishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilmoqda. Shu asosda 2021–2025-yillar davomida yuz minglab xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 250 mingdan ortig‘i kasb-hunar va tadbirkorlik bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarida tahsil oldi. Tadqiqot jarayonida aniqlanishicha, ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari, xususan, imtiyozli kreditlar, grantlar va biznes-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, “Hamroh” dasturi doirasida minglab ayollar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, oilaviy daromad manbaini yaratgan. Shuningdek, ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki ham bosqichma-bosqich ortib bormoqda. Parlament va mahalliy kengashlarda deputatlik lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar sonining oshgani, davlat boshqaruvi tizimida ularning ulushi kengaygani jamiyatda gender tenglik siyosatining amalda ro‘yobga chiqayotganini ko‘rsatadi. Ijtimoiy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar ularning o‘ziga ishonchini kuchaytirib, oilaviy va ijtimoiy barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, tahlillar ayollarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, ularni yetakchilikka tayyorlash bo‘yicha ishlarda yanada tizimlilik va innovatsion yondashuv zarurligini ham ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida ayollarning siyosiy va iqtisodiy faolligi so‘nggi yillarda asta-sekin oshib bormoqda. BMTning UN Women tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga milliy parlamentlarning pastki yoki yagona palatalarida ayollar ulushi atigi 27,2 % ni tashkil etadi[5]. Ijro etuvchi hokimiyat tizimida ham gender muvozanati to‘liq ta’minlanmagan — ayollar kabinet a’zolari (ministrlar) tarkibida 2025-yilda o‘rtacha 22,9 % ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda ijobiy o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, hali ham erkaklar ulushi bilan solishtirganda ancha past. Avropa Ittifoqi (EU) mamlakatlarida esa ayollar parlamentdagi o‘rni 2024-yilda 33,4 % ga yetgan bo‘lib, bu gender tenglik siyosatini izchil amalga oshirish natijasidir[6]. World Economic Forum (WEF) tadqiqotlariga ko‘ra, siyosiy vakillik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda ayollar iqtisodiy imkoniyatlari ham kengayadi — bu mamlakatlarda ayollar mehnat bozorida faolroq ishtirok etadi, ularning moliyaviy mustaqilligi ortadi va qonuniy himoya mexanizmlari kuchliroq bo‘ladi[7]. Bundan tashqari, 145 ta davlat bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, mahalliy hokimiyat organlarida ayollar ulushi o‘rtacha 35,5 % ni tashkil qiladi, bu esa global miqyosda ayollar siyosiy ishtirokini kuchaytirish yo‘lida hali katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi[8]. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 235 So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. 2019-yilda “Gender tenglikni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, 2022-yilda PF–81-son Prezident farmonining e’lon qilinishi va 2023-yil 11-apreldagi “Ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun bu boradagi islohotlarning huquqiy asosini yaratdi[9]. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020–2024-yillar davomida ayollarning mehnat bozori va ijtimoiy hayotdagi faolligi ortib bormoqda. Masalan, 2024-yilda ayollar umumiy band aholining qariyb 46 foizini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda esa 40 foizdan ortig‘ini tashkil etdi². Shuningdek, deputatlik va mahalliy kengashlar tarkibida ayollar ulushi 30 foizdan oshgani kuzatilmoqda. Eng e’tiborga molik natijalardan biri — zo‘ravonlik holatlarining kamayishidir. Ichki ishlar organlari hamda “Ayollar daftari” tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022–2024-yillar oralig‘ida oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq murojaatlar soni 15–20 foizga qisqargan, bu esa profilaktik va huquqiy chora-tadbirlarning samaradorligini ko‘rsatadi[10]. Shuningdek, ayollarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha “Ayollar daftari”, “Temir daftar” hamda “Yoshlar daftari” dasturlari orqali minglab ayollar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, iqtisodiy mustaqillikka erishmoqda. Bu esa nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki jamiyatda ayollarning ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Umuman olganda, O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligi sezilarli darajada oshib, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi yanada takomillashgan. Bu o‘zgarishlar mamlakatda gender tenglik siyosati amalda natija berayotganidan dalolatdir. Xulosa 1. Huquqiy asoslar mustahkamlandi.So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir qonunlar, farmon va qarorlar tizimli tarzda takomillashtirildi. Bu esa ayollarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash uchun barqaror huquqiy poydevor yaratdi. 2. Ijtimoiy faollik sezilarli oshdi.Ayollar ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va davlat boshqaruvi sohalarida faol ishtirok etmoqda. Mahalliy kengashlar va parlamentda ayollar ulushi yildan-yilga ortib bormoqda, bu esa ularning siyosiy faolligini kuchaytiradi. 3. Iqtisodiy mustaqillik kengaymoqda.Ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar natijasida ularning iqtisodiy imkoniyatlari kengayib, oilaviy daromad va ijtimoiy barqarorlik oshmoqda. 4. Zo‘ravonlikka qarshi tizim samarali ishlamoqda.Ayollar va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan qonun va dasturlar zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda psixologik yordam tizimini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 5. Gender tenglik siyosati barqaror yo‘nalishga aylandi.Ayollarni siyosiy qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy hayotdagi teng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha islohotlar mamlakatda gender tengligini ta’minlashning amaliy ko‘rinishiga aylandi. REFERENCES 1. Experiences of violence and harassment at work: A global first survey, 2022. International Labour Organization and Lloyd’s Register Foundation. Available at: 2. https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/dgreports/dcomm/documents/publication/ wcms_863095.pdf INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 236 3. The role of women in the modern world economy. 2023, October 21. Institute for Economic Research. Available at: https: //economy.kz/ru/Mnenija/id=382 [1]. 4. Issues in the field of gender. Available at: 5. https: //www.vsemirnyjbank.org/ru/topic/gender/overview 6. Abdurahmonov X., Zokirov Sh. Xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha horij tajribasi [Foreign experience in supporting women's entrepreneurship and business activities]. Research Institute «Neighborhood and Family» under the Ministry of Neighborhood and Family Support of the Republic of Uzbekistan. Scientific Progress, 2022, vol. 3, iss.[2]. 7. UN Women. Facts and Figures: Women’s Leadership and Political Participation, 2025.URL: https://knowledge.unwomen.org[5]. 8. European Commission (Eurostat). Women in Decision-Making Positions in the EU, 2024.URL: https://ec.europa.eu/eurostat[6]. 9. URL: https://www.weforum.org[7]. 10. UN Women. Local Government and Gender Equality Global Data Overview, 2025. URL: https://knowledge.unwomen.org[8]. 11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hisobotlari, 2024yil.[9] 12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari, 2024-yil. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash” agentligi statistik hisobotlari, 2023–2024-yillar.[10] 14. “Ayollar daftari” milliy dasturi natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma, 2024-yil. 15. Ilmiy tadqiqotlarda gender masalalarini inobatga olish [Taking into account gender issues in scientific research]. Proceedings of the Summer School. «Family and Women» Research Institute. Tashkent, Mahalla va oila Publ., 2023, 108 p[4]. 16. Axunova M.X. Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar [Women's entrepreneurship in the innovation economy: problems and solutions]. International Journal of Theoretical and Applied Research, 2022, vol. 2 (1), pp. 7–14. 17. https://t.me/SShMirziyoyeva [3].