scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Choriev Ruzimurat Kungratovich, Ruziboev Ortik Ruzibaevich

Abstract

Maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining muhandislik kasbiga oid ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish- ning didaktik talablari va shartlarini bajarish orqali bo‘lajak muhandislarda kasbga yo‘naltirilganlik ijodiy qobiliyatni shakllanti- rish masalasi bayon qilingan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 269 TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH 1Choriev Ruzimurat Kungratovich, 2Ruziboev Ortik Ruzibaevich 1“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori, p.f.d. 2“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17844948 Annotatsiya. Maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining muhandislik kasbiga oid ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik talablari va shartlarini bajarish orqali bo‘lajak muhandislarda kasbga yo‘naltirilganlik ijodiy qobiliyatni shakllantirish masalasi bayon qilingan. Kalit so‘zlar: talaba, ta’lim, tarbiya, muhandis, ijod, qobiliyat, didaktik, o‘quv jarayoni, qiziqish, ko‘nikma, malaka, kasb, samaradolik Annotation: The article describes the issue of formation of creative abilities directed to the profession of future engineers by fulfilling didactic requirements and conditions for the development of creative abilities related to engineering profession of students of higher educational institutions. Keywords: Student, education, upbringing, engineer, creativity, ability, didactic, educational process, interest, skills, qualification, profession, efficienc Rivojlangan davlat iqtisodiyoti ko‘pchilik holatlarda istiqbolli ilmiy-texnik g‘oyalar kelishi va amalga tadbiq tezkorligiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun ilmiy-tadqiqot ijodkorlik ishi natijadorligini keskin oshirish lozim. Ishning muvaffaqiyati ko‘pincha mutaxassislar malakasi, ularning murakkab ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tashkiliy masalalarni ijodiy xal qilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday mutaxassislarni shakllantirish muammosi asosan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda oliy ta’lim tizimi doiralarida hal qilinadi. Oliy ta’lim tizimida ilmga qiziquvchi talabalarni aniqlash va tanlash, ularni tarbiyalash yo‘lga qo‘yilishi lozim. Shu sababli oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning didaktik asoslarini takomillashtirish zaruriyati paydo bo‘ladi. Ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega talabalarni tarbiyalashni ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish orqali amalga oshirish mumkin. Talabalarni mutaxassislikijodiy yo‘naltirish ularni uslubiyat asosi va ilmiy ijodkorlik tajribasini o‘rgatish orqali bajariladi. Shu sababli oliy ta’lim muassasalarida talabalarda ilmga yo‘naltirilganlik ijodiy qobiliyatni shakllantirish orqali amalga oshirishni o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Turli mualliflar tomonidan e’lon qilingan kasbiy kompetensiya muammolari to‘g‘risidagi ilmiy maqolalarda ijodiy izlanish eng asosiy sifatlardan biri ekanligi qayd etiladi. Mazkur tadqiqotimizda mutaxassisning kasbiy kompetensiyasida ijodkorlik masalasiga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, u mutaxassisda kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ijodkorlik haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo ijodkorlikning mohiyatini mukammal tahlil qilib olish zarur. Ijodkorlik mohiyatini o‘rganish, aytish joiz bo‘lsa, o‘ta murakkab masala sanaladi, chunki uning zimmasiga inson va tabiatni o‘rganishning muhim metodologik masalalarini yechishdek vazifa qo‘yiladi. Ijodkorlikni rivojlantirish manbalari, biologik va INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 270 ijtimoiy, ob’ektiv va sub’ek tiv, individual va jamoa o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni bu jarayonlar o‘z ichiga qamrab oladi. M.G.Yaroshevskiy ijodkorlik – yangilik yaratishdir deb ta’kidlab o‘tgan edi. Uni shunday tushunish kerakki, bunda sub’ektning tasavvurlari yangilanadi va hulq atvori, u yaratgan va in’om etayotgan mahsulotlari ham yaxshilanadi». O‘xshash ta’rif va belgilarni u yoki bu shaklda boshqa ko‘plab ijodkorlar faoliyatlarida ham kuzatish mumkin. Masalan, S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, ijodkorlik qandaydir yangilik yaratuvchi faoliyatdir. Yangilik olib kirish ijodkor yuksalishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, fan va madaniyat taraqqiyoti tarixida ham o‘z izini qoldiradi . Ijodkorlik «qayta shakllantirish» – mavjud shakl unsurlari yordamida yangi shakl yaratish demakdir. «Qayta shakllantirish» ijodkorligi o‘z ichiga oldindan ma’lum bo‘lgan shaklga o‘xshagan yangi shaklni kashf etishdir. Ijodkorlik «bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkazish» – bu jarayonda qoidalarning yangi qolipi, chizmasi, ma’lum tuzilmalarning yangi turi yuzaga keladi. Yangi yaratilgan shakllar eski shakllarning yangicha talqini bo‘lmaydi. Ijodkor shaxs qoidalar yaratilishi bilanoq, ularga suyangan holda, yangi qoidalar yaratish ustida ish boshlaydi. Undan so‘ng faoliyat shakllarini ochish, oldin hech qachon qo‘llanilmagan shakllarni kashf etish uchun bosh qotiradi. Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy-pedagogik ijodkorligi rivojlanishi haqida fikr bildirar ekanmiz, bu borada M.G.Yaroshevskiy tomonidan berilgan xulosalar diqqatga sazovorligini aytish joiz. Olimning fikricha ijodkorlik jarayoniga tizimli munosabat uch jihatli tarkib va ularning o‘zaro uzviyligida o‘rganishni taqozo etadi. Ular narsa va hodisalar, ijtimoiy va shaxsga taalluqlilik tarkiblardan iboratdir: narsa va hodisalar tarkibi - evristika, narsaning yangi obrazini yaratuvchi ruhiy «mato», so‘ngra u ilmiy matnga aylanadi va yangi g‘oyalar, nazariyalar va kashfiyotlar sifatida yuzaga chiqadi. Bu evristikalar: analoglar, metaforalar, qiyoslash, modellardan iborat bo‘lib, odatda fikrlash mazmunini tashkil etadi va vizual shakl ga ega bo‘ladi; ijtimoiy tarkib - bunday ijodkorlik kognitiv-dialogik «dastlabki faolligi» sifatida ko‘zga tashlanadi. Shunday qilib, opponentlar, muqobilliklar ham ijodiy jarayonlarning avj olishiga turtki beradi; shaxsga oid tarkib - shaxsiy intilish, ichki maqsadli istak va ijod sub’- yektining xususiy sifatlaridan iborat bo‘lib, ijodiy jarayonlarni uzluksiz tashkil etishda yuzaga chiqadigan yangi belgilar, o‘zgarishlardan iborat». Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalari faqatgina ma’lum bir sohada mutaxassis tayyorlash bilangina cheklanib qolmasdan talabalarda ijodkorlik qobiliyatini aniqlash, uni rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish bilan ham shug‘ullanishi shart. Chunki ijodkor talabalar mamlakat umumiy rivojining drayverlaridir. Yuqoridagi hulosadan kelib chiqib quyidagi tavsiyalarni beramiz: – o‘quv jarayoni asosiga ta’lim oluvchi shaxs extiyojini asos sifatida oladi: – ta’lim olish jarayonida jamoaviy ta’lim olish bilan bir qatorda individual ta’lim olishni joriy qilish, uning yo‘lini tanlash va amalga oshirish vositasini aniqlash lozim: – talabalarda bilim olishga turg‘un motivatsiya uyg‘otish yo‘llarini ishlab chiqish va amalga tadbiq qilish lozim. Ijodiy fikrlaydigan va ilmiy asoslangan tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan mutaxassis tayyorlash quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: – ijodga moyilligi bo‘lgan talabalarni aniqlash va tanlash, ularni tayyorlash; – ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish; – talabalarni mutaxassislik-ijodiy yo‘naltirish, ularni uslubiyat asosi va ilmiy ijodkorlik tajribasini o‘rgatish orqali bajariladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 271 1. Библер Б.C. Нравственност. Култура. Современност / БC Библер. М.: Мысл.- 2020, С.79 2. Каган, М. С. Формирование личности как синергетический протсесс. Синергетическая парадигма. Человек и общество в условиях нестабилности. М.: Прогресс-Традитсия, - (2023). С.341-357. 3. Кедров, Б. М. О творчестве в науке и технике. М.: Молодая гвардия, -2020. С.191. 4. Лейтес Н.С. Ранние проявления одаренности. Вопросы психологии, - 2020. С. 98. 5. Леонтев, А. Н. Деятелност. Сознание. Личност. Политиздат. - 2007. С.41