scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY FANLARDA TERMINOLOGIYA

Qayumova Guliniso

Abstract

Mazkur tezisda ijtimoiy fanlarda terminologiyaning o‘rni, ahamiyati va shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Terminlarning ilmiy tushunchalarni ifodalashdagi roli, ularning milliy til asosida rivojlanishi hamda ijtimoiy jarayonlarning terminologik tizimga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy terminologik jarayonlar, xorijiy so‘zlarning kirib kelishi va ularning o‘zlashtirilishidagi muammolar ham ko‘rib chiqiladi.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 52 IJTIMOIY FANLARDA TERMINOLOGIYA Annotatsiya Mazkur tezisda ijtimoiy fanlarda terminologiyaning o‘rni, ahamiyati va shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Terminlarning ilmiy tushunchalarni ifodalashdagi roli, ularning milliy til asosida rivojlanishi hamda ijtimoiy jarayonlarning terminologik tizimga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy terminologik jarayonlar, xorijiy so‘zlarning kirib kelishi va ularning o‘zlashtirilishidagi muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar Terminologiya, ijtimoiy fanlar, ilmiy nutq, milliy til, ilmiy tafakkur, atamalar tizimi, standartlashuv. Kirish Terminologiya — bu muayyan fan, texnika yoki kasb sohasida ishlatiladigan atamalar majmuasidir. U har bir fanning leksik tizimini tashkil etadi va ilmiy nutqning aniqligi hamda tushunarliligini ta’minlaydi.Terminologiya so‘zi yunoncha “terminos” (chegara, belgi) va “logos” (ta’limot, fan) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “atamalar haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi. Terminologiyaning asosiy vazifalari bu ilmiy tushunchalarni aniq ifodalash. Har bir fan o‘ziga xos tushunchalarga ega bo‘ladi va ularni ifodalovchi maxsus so‘zlar – terminlardan foydalanadi. Terminologiya har bir fan tilining asosi hisoblanadi. Agar terminlar tizimli va izchil bo‘lmasa, fan sohasida aniq ilmiy fikr bildirish mushkul bo‘ladi. Shuning uchun har bir ilmiy sohada atamalarni standartlashtirish, ularni yagona ma’noda qo‘llash muhimdir.Masalan,ijtimoiy fanlarda “jamiyat”, “madaniyat”, “siyosat”, “demokratiya”, “fuqarolik jamiyati” kabi terminlar asosiy tushunchalarni tashkil etadi. Ularning mazmuni xalqaro miqyosda bir xil bo‘lishi zarur.Terminologiyaning asosiy tamoyillari quydagicha bo'lishi kerak. Samarqand davlat chet tillari instituti O’zbek tili jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi Sharq tillari fakulteti 3-bosqich talabasi Qayumova Guliniso Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 53 1. Aniqlik – termin faqat bitta ma’noda ishlatiladi. 2. Ixchamlik – ortiqcha so‘zlardan holi bo‘ladi. 3. Izchillik – terminlar tizimli tarzda qo‘llanadi. 4. Milliylik – imkon qadar o‘z tilimiz asosida yaratiladi. 5. Xalqaro moslik – boshqa tillardagi ilmiy terminlar bilan uyg‘un bo‘lishi zarur. Har bir fan tili o‘z terminlari orqali shakllanadi. Terminologiya – bu muayyan fan sohasidagi ilmiy tushunchalarni ifodalovchi atamalar tizimi bo‘lib, ilmiy tafakkurning asosiy vositasi hisoblanadi. Shunga o‘xshash tarzda, ijtimoiy fanlar terminologiyasi – jamiyat, inson, siyosat, madaniyat, huquq, iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarga doir ilmiy atamalar majmuasidir.Ijtimoiy fanlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular inson va jamiyat hayotining turli sohalarini o‘rganadi. Shu sababli bu fanlar terminologiyasi juda keng, murakkab va ko‘p qatlamli tizimni tashkil etadi.Ijtimoiy fanlar terminologiyasi bu ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy tuzilmalar va inson faoliyatining mazmunini aniq va ixcham shaklda ifodalovchi ilmiy birliklardir. Har bir termin ma’lum bir tushuncha yoki nazariy modelni anglatadi.Masalan:Jamiyat, ijtimoiy tizim, modernizatsiya, globalizatsiya, demokratiya, huquqiy davlat, shaxs, siyosiy madaniyat kabi terminlar ijtimoiy fanlarning asosiy kategoriyalaridir.Bu terminlar yordamida ijtimoiy hodisalarni tavsiflash, tahlil qilish va solishtirish mumkin bo‘ladi.Ijtimoiy fanlar terminologiyasining muhim jihatlaridan biri standartlashtirish, ya’ni terminlarning yagona ma’noda ishlatilishini ta’minlashdir. Bu ilmiy aniq fikr yuritish, tadqiqot natijalarini solishtirish va xalqaro miqyosda muloqotni osonlashtirishga xizmat qiladi.O‘zbek tilida ijtimoiy terminlarni bir xillikka keltirish borasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Til va adabiyot instituti, hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.Globallashuv va axborot asrida ijtimoiy fanlar terminologiyasi doimiy ravishda boyib bormoqda. Internet, media va xalqaro ta’sir natijasida inglizcha terminlar kirib kelmoqda. Shu sababli, o‘zbek tilida ularni moslashtirish va milliy muqobillarini yaratish dolzarb masalaga aylangan.Ijtimoiy fanlar terminologiyasi bu jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini ilmiy asosda ifodalovchi atamalar tizimidir. Uning rivojlanishi til madaniyatining, ilmiy tafakkurning va milliy o‘zlikning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.Ijtimoiy fanlar terminlarini chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri va yagona ma’noda qo‘llash ilm-fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyotining ajralmas tarkibiy qismidir. Bugungi globallashuv davrida ilm-fan, texnika va axborot sohalarining jadal rivojlanishi natijasida har kuni yangi tushunchalar, hodisalar va atamalar paydo bo‘lmoqda. Bu holat har bir milliy til oldiga muhim vazifani qo‘yadi: yangi terminlarni Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 54 milliy tilga moslashtirish va ularni o‘z til tizimiga singdirish. Tilning boyligi va ilmiy salohiyati, avvalo, uning terminologik tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Chunki terminologiya ilmiy tafakkurning asosiy vositasi, fanning “lug‘aviy skeleti” hisoblanadi. Shuning uchun terminlarni milliy tilga moslashtirish bu faqat lingvistik emas, balki madaniy, ilmiy va siyosiy jarayondir. Terminlarni milliy tilga moslashtirish bu boshqa tillardan kirib kelgan ilmiy atamalarni milliy tilning fonetik, morfologik va semantik qonuniyatlariga mos shaklda o‘zlashtirish, ularni xalq tili me’yorlariga yaqinlashtirish va milliy ilmiy tafakkurga moslashtirish jarayonidir.Bu jarayon ikki yo‘nalishda kechadi:1.O‘zlashtirish (adaptatsiya) — xorijiy terminning shakli o‘zgaradi, lekin ma’nosi saqlanadi (masalan, philosophy → falsafa, psychology → psixologiya). 2.Muqobil yaratish (ekvivalent yasash) — chet tilidagi atamaga o‘zbek tilida yangi so‘z yaratiladi (masalan, digitalization → raqamlashtirish, sustainable development → barqaror rivojlanish). O‘zbek tili terminologiyasi rivojida bir necha davrlarni ajratish mumkin:Sovet davri (1920–1990-yillar): terminlar asosan rus tili orqali kirgan. Masalan, obshestvo → jamiyat, soznanie → ong, kultura → madaniyat.Mustaqillik davri (1991-yildan hozirgacha): milliy terminologiyani yaratish, xorijiy terminlarni moslashtirish va o‘zbekcha muqobillarini ishlab chiqish jarayoni boshlangan. Shu davrda “fuqarolik jamiyati”, “barqaror rivojlanish”, “milliy qadriyatlar”, “ma’naviyat” kabi o‘zbekcha terminlar keng qo‘llanila boshlandi.O‘zbekiston Respublikasida terminologik faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, xususan: “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va “Fan tarmoqlari bo‘yicha terminologik lug‘atlar” nashr qilindi.O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Til va adabiyot instituti va Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzurida terminologik kengashlar faoliyat yuritmoqda.2019-yilda qabul qilingan “Davlat tilini rivojlantirish konsepsiyasi”da milliy terminologiyani boyitish alohida yo‘nalish sifatida belgilangan.Terminlarni milliy tilga moslashtirish bu ilmiy, madaniy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u xalq tafakkurining yuksalishiga, davlat tilining ilmiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.O‘zbek tilining terminologik tizimi rivojlanishi natijasida biz ilmiy fikrni o‘z tilimizda aniq, lo‘nda va xalqaro darajada ifoda etish imkoniga ega bo‘lyapmiz. Shuning uchun har bir yangi terminni milliy tilga ongli, ilmiy asosda va tizimli ravishda moslashtirish bu til taraqqiyotining asosiy kafolatidir. Til — bu jamiyatning ijtimoiy hodisalarini, ilm-fan, texnika va madaniyat taraqqiyotini aks ettiruvchi tirik tizimdir. Har qanday ilmiy-texnik rivojlanish yangi tushunchalarni yuzaga keltiradi, bu esa yangi terminlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bugungi globallashuv davrida zamonaviy Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 55 terminologik jarayonlar tilning yangilanishi, xalqaro integratsiya va raqamli texnologiyalar bilan uzviy bog‘liq.Terminologiya nafaqat tilshunoslikning, balki ijtimoiy, falsafiy, madaniy va texnologik tafakkurning ifodasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.Terminologik tizimlar tarixan ilm-fan rivoji bilan bir qatorda shakllangan. Har bir davrda yangi fan tarmoqlari vujudga kelgan sari, ularning asosiy tushunchalarini ifodalovchi terminlar yaratilib borgan.Zamonaviy terminologik jarayonlar bu yangi tushunchalarni ifodalash, mavjud terminlarni takomillashtirish, xalqaro terminlarni milliy tilga moslashtirish va global termin almashinuvining ilmiy tahlilini o‘z ichiga oluvchi murakkab tilshunoslik hodisasidir.Ko‘p tillarda umumiy ishlatiladigan xalqaro terminlar paydo bo‘lmoqda. Masalan: demokratiya, ekologiya, innovatsiya, strategiya, kommunikatsiya kabi terminlar deyarli barcha tillarda mavjud. Zamonaviy terminologik jarayonlar bu til taraqqiyotining eng faol sohasi bo‘lib, u ilmiy, texnik, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti, ilmiy tafakkurning chuqurlashuvi, yangi ijtimoiy-siyosiy hodisalarning yuzaga kelishi bilan har bir tilda terminologik tizim kengayib bormoqda. Terminologiya bu nafaqat tilshunoslikning bir sohasi, balki milliy tafakkur, madaniyat va ilmiy merosning ifodasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.Til taraqqiyotining sifat bosqichiga chiqishi uchun uning terminologiyasi aniq, izchil, me’yorlashtirilgan va tizimli bo‘lishi zarur. Shu bois terminlarning standartlashuvi va tizimliligi masalasi zamonaviy tilshunoslikning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.Terminlar tizimi bu o‘zaro semantik, strukturaviy va mantiqiy bog‘liqlikda joylashgan terminlarning majmuasidir. U har bir ilmiy sohaning ichki mantiqiy tuzilmasini, kategoriyalar o‘rtasidagi ierarxik munosabatni aks ettiradi. Masalan, ijtimoiy fanlar terminologik tizimi quyidagicha ierarxiyaga ega bo‘lishi mumkin: Jamiyat → Ijtimoiy tizim → Ijtimoiy institut → Ijtimoiy munosabat → Ijtimoiy ong Terminlarni standartlashtirish bu muayyan fan sohasida terminlarning yagona, me’yoriy shaklini belgilash va tasdiqlash jarayonidir. Standartlashtirishning asosiy vazifasi ilmiy sohada “bir tushunchaga – bitta termin” tamoyilini ta’minlashdir. Masalan,kompyuter – elektron mashina – hisoblash tizimi kabi variantlar orasida yagona kompyuter shaklini tanlash — bu standartlashtirish natijasidir. Agar terminlar standartlashtirilmagan bo‘lsa, tizim buzilad, tizimlilik yo‘q bo‘lsa, terminlarning semantik aniqligi yo‘qoladi.Masalan, “informatsion texnologiyalar” tizimida dasturiy Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 56 ta’minot, algoritm, ma’lumotlar bazasi, interfeys kabi terminlar bir tizim hosil qiladi, ular o‘zaro semantik bog‘liqlikda ishlatiladi. Terminlarning standartlashuvi va tizimliligi milliy tilning ilmiy salohiyatini, fan tarmoqlarining izchilligini, xalqaro axborot almashinuvining aniqligini ta’minlovchi asosiy omildir. Terminologiya bilan ishlash jarayoni bu nafaqat lingvistik, balki milliy strategik masaladir. Uni xalqaro ilmiy standartlar asosida olib borish, zamonaviy terminologik tizimni yaratish va yangilab borish har bir ilmiy jamiyatning ustuvor vazifasidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Qodirova, S. T. Zamonaviy o‘zbek terminologiyasining nazariy asoslari. — Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2019. 2. Jumaniyozova, M. Terminologiya va tarjima muammolari. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. 3. Alimova, G. M. Tilshunoslikda termin tizimining shakllanishi va rivojlanish tamoyillari. — Toshkent: O‘zMU, 2018. 4. Musaev, O. O‘zbek terminologiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. — Toshkent: Yozuvchi, 2016. 5. Mirzayev, M. Fan tili va terminologik tizimning o‘ziga xos xususiyatlari. — “Filologiya masalalari” jurnali, №3, 2022. 6. Kadirova, N. Terminlarning standartlashuvi va ularning milliy tildagi ifodalanishi. — “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, №4, 2021. 7. Temirova, D. Milliy terminologiyaning tizimliligi va xalqaro standartlarga integratsiyasi. — Toshkent: Fan va innovatsiya, 2023. 8. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati.” — Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020-yil 5-jild.