scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNING O'ZARO MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARNING O'RNI

Imomova Nigora Paziljonovna

Abstract

Ushbu maqolada talabalarning o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda psixologik treninglarning ahamiyati tahlil etilgan. Psixologik treninglar orqali talabalarda empatiya, o‘z fikrini erkin ifoda etish, jamoa bilan ishlash va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, interfaol usullar va kommunikativ kompetensiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 275 TALABALARNING O‘ZARO MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARNING O‘RNI Imomova Nigora Paziljonovna Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.17845733 Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda psixologik treninglarning ahamiyati tahlil etilgan. Psixologik treninglar orqali talabalarda empatiya, o‘z fikrini erkin ifoda etish, jamoa bilan ishlash va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, interfaol usullar va kommunikativ kompetensiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: muloqot madaniyati, psixologik trening, kommunikativ kompetensiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, empatiya, interfaol metodlar. Аннотация . В статье рассматривается роль психологических тренингов в формировании культуры общения студентов. Анализируется влияние групповых тренингов на развитие коммуникативной компетенции, повышение уровня эмпатии и взаимопонимания в студенческой среде. Особое внимание уделено современным психолого-педагогическим методам, направленным на формирование толерантности, сотрудничества и позитивного социального взаимодействия между обучающимися. Ключевые слова: психологический тренинг, культура общения, студенты, коммуникация, толерантность, социальное взаимодействие. Annotation.The article explores the role of psychological training in developing students’ communication culture. It analyzes the impact of group training sessions on the formation of communicative competence, empathy, and mutual understanding among students. Special attention is given to modern psycho-pedagogical methods aimed at fostering tolerance, cooperation, and positive social interaction within the academic environment. Keywords: psychological training, communication culture, students, communication,tolerance,socialinteraction. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki shaxsni har tomonlama kamol toptirish, ijtimoiy moslashuvchan, faol va muloqotga kirisha oladigan inson sifatida tarbiyalashni maqsad qiladi. Talabalarning o‘zaro muloqot madaniyatini rivojlantirish bu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki samarali muloqot — bu ijtimoiy hayotning, mehnat jamoasining va shaxsiy rivojlanishning asosiy tayanchi sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Yoshlarning ma’naviyma’rifiy saviyasini oshirish va ularni ijtimoiy faol hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–259-son qarori, shuningdek, 2023-yil 27-iyundagi “Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–266-son qarorlarda yoshlarning ijtimoiypsixologik tayyorgarligini oshirish, ularni jamoaviy faoliyatga jalb etish va muloqot madaniyatini yuksaltirish zarurligi alohida ta’kidlangan. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 276 Mazkur maqolada aynan shu yo‘nalishda psixologik treninglarning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilib, ularning talaba shaxsini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. 1.Muloqot madaniyatining psixologik mohiyati. Muloqot madaniyati — bu shaxsning o‘z fikrini aniq, madaniyatli, hurmat asosida ifoda etish, boshqalarni tinglay olish, konstruktiv dialog yuritish va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish qobiliyatidir. Psixologik nuqtayi nazardan muloqot — bu ikki yoki undan ortiq shaxs o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonidir. Talabalik davrida bu jarayon do‘stlik, jamoaviy ishlash, o‘qish jarayoni va ijtimoiy faoliyatda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.Psixolog A. Maslou va K. Rodjerslarning g‘oyalariga ko‘ra, shaxsning o‘zini anglash va ijtimoiy muvozanatga erishishida ochiq muloqot, samimiy fikr almashinuvi muhim omil hisoblanadi. Shu boisdan ham oliy ta’lim muassasalarida muloqot madaniyatini rivojlantirish psixologik-pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishiga aylangan. 2. Psixologik treninglarning mohiyati va vazifalari. Psixologik trening — bu shaxslararo muloqotni rivojlantirish, ichki to‘siqlarni yengish, o‘z-o‘zini anglash va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar tizimidir. Treninglarning asosiy maqsadi – talabalarda ijobiy psixologik muhit yaratish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va o‘z fikrini erkin ifoda etish malakasini rivojlantirishdir.Psixologik treninglar quyidagi yo‘nalishlarda samarali bo‘ladi: - Empatiya va tinglash ko‘nikmalarini shakllantirish; - Konfliktlarni konstruktiv hal etish malakasini rivojlantirish; - Jamoaviy qaror qabul qilishni o‘rgatish;- Ijtimoiy-emosional intellektni oshirish; - Shaxsiy o‘ziga ishonchni mustahkamlash. 3. Institutda psixologik treninglarni tashkil etishning zamonaviy shakllari. Oliy ta’lim muassasalarida trening mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagi zamonaviy yondashuvlardan foydalanish maqsadga muvofiq: - “Aqliy hujum” (brainstorming); - Rol o‘yinlari (role play); - “Ijobiy fikrlash” texnikasi; - Refleksiya mashg‘ulotlari. 4. Muloqot madaniyati va interfaol metodlar o‘zaro aloqasi. Zamonaviy ta’limda muloqot madaniyatini rivojlantirish interfaol o‘qitish usullari bilan chambarchas bog‘liq. “Munozara”, “Debat”, “Klaster”, “Bumerang” kabi metodlar orqali talabalar o‘z fikrini erkin bildirish, dalillar bilan isbotlash va muloqotda madaniyatli bo‘lishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgan treninglar har bir talabaning psixologik ehtiyojini inobatga olgan holda o‘tkazilgani sababli, natijalar yanada samarali bo‘ladi. Talabalarning o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirishda psixologik treninglar katta ahamiyat kasb etadi. Ular shaxsiy o‘sish, jamoaviy birdamlik, o‘zaro hurmat va samimiyat asosida sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga xizmat qiladi. Institut psixologlari tomonidan tizimli ravishda o‘tkaziladigan bunday treninglar natijasida talabalar ijtimoiy jihatdan faol, psixologik barqaror va madaniyatli shaxslar sifatida kamol topadilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ–259-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyundagi PQ–266-son qarori 3. Maslow A. “Motivation and Personality.” New York: Harper & Row, 1987. 4. Rodjers K. “On Becoming a Person.” Boston: Houghton Mifflin, 1961. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 277 5. Hasanboeva O., Sodiqova Z. Pedagogik mahorat asoslari. Toshkent, 2021. 6. Alimov A. Psixologik treninglar amaliyoti. Toshkent, 2020.