Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 278 OILADA MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISHDA XOTIN-QIZLARNING ROL Rasulova Shoira Azizovna Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17845742 Аnnotatsiya. Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasi oilalarida xotin-qizlarning moliyaviy qarorlarni qabul qilishdagi amaldagi roli, ishtirok darajasi va unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolaning dolzarbligi mamlakatda amalga oshirilayotgan gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar (jumladan, 2030yilgacha bo‘lgan Strategiya) bilan asoslanadi. Oilaviy moliyaviy qarorlar makroiqtisodiy siyosatning mikro darajadagi ko‘rinishi sifatida oilaning jamg‘arma salohiyati va iste’mol xarajatlarining optimallashuviga bevosita ta’sir qiladi.Maqolada neoklassik va muzokara modellarining nazariy asoslari tahlil qilinib, O‘zbekiston kontekstida an’anaviy qaror qabul qilish mexanizmlarining zamonaviy iqtisodiy sharoitlar (ayollarning daromadi va ma’lumoti oshishi) ta’siri ostida o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ayollarning moliyaviy qarorlardagi roli segmentlangan xarakterga ega: ular kundalik xarajatlar va bolalar farovonligi bilan bog‘liq masalalarda dominant rol o‘ynasa-da, strategik, yirik xaridlar va investitsiya qarorlarida ularning ishtiroki nisbatan past. Ayollarning qaror qabul qilishdagi ta’siriga asosiy determinantlar sifatida shaxsiy daromad manbaiga ega bo‘lishi, moliyaviy savodxonlik darajasi va ijtimoiy-madaniy omillar (gender stereotiplar) aniqlangan. "Ayollar daftari" kabi davlat dasturlari ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirish orqali ushbu rolni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Kalit so‘zlar.Gender tenglik, Moliyaviy qarorlar, Oilaviy byudjet, Iqtisodiy mustaqillik, Moliya. Abstract. This scientific article is devoted to the analysis of the current role of women in financial decision-making in families of the Republic of Uzbekistan, the level of participation and the main factors influencing it. The relevance of the article is justified by the economic reforms aimed at ensuring gender equality (including the Strategy until 2030) being implemented in the country. Family financial decisions, as a micro-level manifestation of macroeconomic policy, directly affect the optimization of the family's saving potential and consumption expenditures. The article analyzes the theoretical foundations of the neoclassical and negotiation models and examines the transformation of traditional decision-making mechanisms in the context of Uzbekistan under the influence of modern economic conditions (increasing women's income and education). The results show that the role of women in financial decisions is segmented: although they play a dominant role in issues related to daily expenses and child welfare, their participation in strategic, large purchases and investment decisions is relatively low. The main determinants of women's influence in decision-making were identified as having a personal source of income, the level of financial literacy, and socio-cultural factors (gender stereotypes). State programs such as the "Women's Notebook" serve to strengthen this role by increasing their economic independence.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 279 Keywords: Gender equality, Financial decisions, Family budget, Economic independence, Financial literacy, "Women's Notebook", Uzbekistan.yaviy savodxonlik, "Ayollar daftari",O‘zbekiston. Bugungi globallashuv va innovatsion o'zgarishlar davrida jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jarayonda, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalasi nafaqat ayrim mamlakatlarning ichki ijtimoiy muammosi, balki xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi asosiy vazifalardan biriga aylangan. Insoniyat tarixida xotin-qizlar ko'plab sohalarda katta o'zgarishlar va yutuqlarga erishgan, ammo ularning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati to'liq anglab yetilishi uchun hali ko'pgina qiyinchilik va stereotiplar bartaraf etilishi kerak. Xotin-qizlarning faolligi jamiyatdagi gender tenglikka erishish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va umumiy ijtimoiy madaniyatni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishi va taraqqiyoti ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, ular orasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi alohida ahamiyat kasb etadi. Xotinqizlar jamiyatning muhim ijtimoiy guruhlaridan biri sifatida nafaqat iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotning rivojlanishida, balki o'zgarishlar jarayonida ham bevosita ishtirok etmoqda. Aksariyat mamlakatlarda gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish masalalari davlat va jamoatchilik darajasida keng muhokama qilinib, bu sohada turli xil ijtimoiy dasturlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida Iqtisodiy faoliyatda gender tengligini ta’minlash borasidagi islohotlar (jumladan, 2030-yilgacha bo‘lgan Gender tenglikka erishish strategiyasi) doirasida ayollarning iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish ustuvor vazifa sanaladi. Oilaviy darajadagi moliyaviy qarorlar — bu makroiqtisodiy siyosatning mikro darajadagi ko‘rinishi bo‘lib, oilaning jamg‘arma salohiyati, investitsiya va iste’mol xarajatlarining optimallashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Xotin-qizlarning oilaviy moliyaviy qarorlarni qabul qilishdagi roli jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishining muhim ko‘rsatkichidir. O‘zbekistonda oiladagi moliyaviy qarorlarni qabul qilishda ayollarning ishtiroki, ularning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy savodxonligiga bog‘liq. Daromadlarni taqsimlash,mablag‘larni jamg‘arish yoki investitsiya qilish,xarajatlarni rejalashtirish va nazorat qilish,kredit olish va qarzlarni boshqarish kabi masalalarni qamrab oladi.O‘zbekistonda xotinqizlar oilaviy moliyaviy qarorlarni qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular ko‘pincha oilaning kundalik xarajatlarini boshqarish va uzoq muddatli rejalashtirish uchun mas’uldirlar.Xotin-qizlarning oiladagi moliyaviy qarorlardagi roli quyidagi holatlarda namoyon bo 'lishini ko 'rishimiz mumkin. Kundalik xarajatlarni boshqarish.Xotin-qizlar ko‘pincha oilaning oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari va bolalar ta’limiga bog‘liq xarajatlarini boshqaradi.Oiladagi xarajatlar va daromadlar balansini saqlash uchun ular samarali rejalashtirish va nazorat qobiliyatiga ega.Jamg‘arma va investitsiya.Xotin-qizlar jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va ularni maqsadli ishlatishda faol ishtirok etadi.Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli ishlatilishi (masalan, bolalar ta’limi yoki uy-joy sotib olish) ko‘pincha ayollarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Kredit va qarz boshqarishda ham ayollar faol ishtirok etadilar.O‘zbekistonda oilalarning 30% dan ortig‘i kredit yoki qarz mablag‘laridan foydalanmoqda, bunda qarzlarni maqsadli ishlatish va to‘lash bo‘yicha qarorlarni ko‘pincha ayollar qabul qiladi."Ayollar daftari" loyihasi doirasida oila iqtisodiyotini mustahkamlash uchun ayollarga imtiyozli kreditlar ajratilishi, ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishdagi rolini yanada kuchaytilmoqda.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 280 Xotin-qizlarning moliyaviy qarorlar qabul qilishda quydagi omillar ta’sir qiladi.Albatta bu jarayonda moliyaviy savodxonlik muhum ahamiyatga ega.Moliyaviy savodxonlik darajasi ayollarning oila budjetini samarali boshqarish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi.O‘zbekistonda maxsus treninglar va o‘quv dasturlari orqali ayollarning moliyaviy bilimlari oshirilmoqda.bu jarayon ayollarni iqtisodiy mustaqilligini ta 'milashga yordam beradi.Xotin-qizlarning ish bilan bandligi va daromad manbaiga ega bo‘lishi ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishdagi rolini oshiradi.Tadbirkor ayollar oilaning moliyaviy barqarorligiga katta hissa qo‘shadi.Ayrim hududlarda gender stereotiplari tufayli ayollarning moliyaviy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki cheklangan bo‘lishi mumkin.O‘zbekistonning gender tenglikka qaratilgan davlat siyosati bu stereotiplarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.O‘zbekistonda oiladagi moliyaviy qarorlarni qabul qilishda xotin-qizlarning rolini oshirish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bulardan "Ayollar daftari" dasturi alohida axamiyatga ega.Ayollarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va oilaviy farovonlikni oshirishga qaratilgan.Dastur doirasida xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va moliyaviy yordam ajratiladi. Mahalla darajasida ta’lim va maslahatlar.Mahalla yig‘inlarida xotin-qizlarga moliyaviy ta’lim berish va maslahat xizmatlari tashkil qilinmoqda.Qishloq joylardagi ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.Banklar tomonidan ayollar uchun maxsus moliyaviy mahsulotlar joriy etilgan.Ayollarning bank xizmatlaridan foydalanishi o‘sib bormoqda.Qishloq joylarda xotinqizlarning moliyaviy savodxonligi shaharga nisbatan pastroq ekanligini ko 'rishimiz mumkin.Gender stereotiplari tufayli ayrim oilalarda moliyaviy qarorlarni erkaklar qabul qiladi.Vaxolanki ayollar bilan xamkorlikda qabul qilingan qarorlar maqsadga yo 'naltirilganligi bilan axamiyatlidir. An’anaviy qaror qabul qilish modellari O‘zbekistonda hali ham kuchli bo‘lib, yirik moliyaviy qarorlarni, asosan, erkak yoki oilaning katta a’zolari (patriarxal model) qabul qiladi. Biroq, xotin-qizlarning ma’lumot darajasi oshishi, ularning iqtisodiy faolligi ortishi va shaxsiy daromad manbalarining paydo bo‘lishi (masalan, kasanachilik, tadbirkorlik, xorijdan pul o‘tkazmalari) tufayli an’anaviy qaror qabul qilish mexanizmlari o‘zgarmoqda.Masala shundan iboratki, ayollarning iqtisodiy hissalari oshganiga qaramay, ularning qaror qabul qilishdagi rasmiy ta’siri har doim ham proporsional emas. Bu holat resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga, ayollarning moliyaviy savodxonligidagi bo‘shliqlarga va oilaviy farovonlikka erishishdagi potensial yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonda xotin-qizlar oilaviy moliyaviy qarorlarni qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning moliyaviy savodxonligini oshirish va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ijobiy natijalar bermoqda.Xotin-qizlar uchun maxsus moliyaviy ta’lim dasturlarini kengaytirish.Mahallalarda ayollarning moliyaviy maslahat xizmatlariga kirishini yengillashtirish.Gender tenglikni targ‘ib qilish orqali oiladagi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida xotin-qizlarning ishtirokini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat oilaviy farovonlikni, balki mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston oilalarida xotin-qizlarning moliyaviy qarorlarni qabul qilishdagi roli segmentlangan xarakterga ega. Ular kundalik ehtiyojlar va bolalar farovonligi bilan bog‘liq qarorlarda dominant bo‘lsa-da, strategik, yirik xaridlar va investitsiya qarorlarida ularning ishtiroki nisbatan past bo‘lib qolmoqda. Ayolning shaxsiy daromadi va moliyaviy bilim darajasi uning muzokaradagi kuchi va yakuniy qarorga ta’sir etishining asosiy determinantlari sanaladi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 281 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 2022 - 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha MILLIY DASTUR. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga 1-ILOVA 2. O‘zbekiston Respublikasining 2-sentabr, 2019 yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni. 4-modda. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Qarori “Xotin-qizlarning mehnat huquqlarining kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4235 sonli. 07.03 2019. https://lex.uz/ru/docs/-4230944 4. Sh.Ubaydullayeva. O‘zbekistonda tibbiyotning akusher-ginekologiya yo‘nalishi taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni. Samo qalqonlari. Harbiy-ilmiy jurnal. 2023/8-son (6) 5. Сухомлинова, М. В. Социальная активность женщин как фактор устойчивого развития общества: на материалах конкретных социологических исследований в Узбекистане. Дисс.автор. Россия. 2004 6. https://oltinsoy.uz/uz/blog/gender-tengligi/426