scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH BILAN BOG'LIQ BO'LGAN JAZOLAR IJROSINI TA'MINLASHNING HUQUQIY MEXANIZMI

Irnazarov Shuhrat; Qurbonova Parizoda Ural qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning huquqiy asoslari, 2017–2025 yillardagi islohotlar, probatsiya instituti, mahkumlar huquqlari, rag‘batlantirish-intizomiy choralar va insonparvarlik tamoyillarining amalda qo‘llanilishi chuqur tahlil qilinadi.

Full text

187 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH BILAN BOG'LIQ BO'LGAN JAZOLAR IJROSINI TA'MINLASHNING HUQUQIY MEXANIZMI Irnazarov Shuhrat Termiz davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o’qituvchisi. Qurbonova Parizoda Ural qizi Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 4-kurs 222-guruh talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17846311 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning huquqiy asoslari, 2017–2025 yillardagi islohotlar, probatsiya instituti, mahkumlar huquqlari, rag‘batlantirish-intizomiy choralar va insonparvarlik tamoyillarining amalda qo‘llanilishi chuqur tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ozodlikdan mahrum qilish, jazo ijrosi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, probatsiya, insonparvarlik, qayta ijtimoiylashtirish, elektron nazorat. Annotation. This article provides an in-depth analysis of the legal mechanisms for the execution of punishments involving deprivation of liberty in the Republic of Uzbekistan. It examines the latest reforms (2021–2025), the probation institute, rights of convicts, application of incentive and disciplinary measures, and the practical implementation of humanitarian principles in the penal system. Keywords: deprivation of liberty, execution of punishment, Criminal Executive Code, probation, humanitarian approach, resocialization, electronic monitoring. Kirish. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli huquqiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ularning daxlsizligini kafolatlash, jazoni ijro etish tizimini demokratlashtirish hamda mahkumlarning huquqiy maqomini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Mamlakatda jinoyatijroiya tizimini isloh qilish, mahkumlarga nisbatan insonparvar munosabatni kuchaytirish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etishda xalqaro standartlarga mos keluvchi yondashuvlarni joriy etish so‘nggi yillarda dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu jarayon, avvalo, O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi siyosiy irodani, shuningdek, jinoyat siyosatining liberallashuvi va inson huquqlarining ustuvor ahamiyatga ega ekanini yanada yaqqol namoyon qiladi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilangan “inson – jamiyat – davlat” tamoyili, shuningdek, har kimning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, sud himoyasi huquqi, qiynoqlarga solinishi taqiqlanishi, shaxs erkinligi va huquqlarining xalqaro darajada tan olingan kafolatlar bilan himoya qilinishi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 26-modda, 27-modda, 44modda) jinoyat-ijro tizimini qayta ko‘rib chiqishni va uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishni talab etmoqda. Ayniqsa, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolar eng og‘ir jazo turlaridan biri bo‘lgani sababli ularning ijrosi maxsus tartib, qat’iy me’yorlar va huquqiy mexanizmlarga asoslangan holda amalga oshirilishi zarur. Chunki jazoning maqsadi faqat jazolash emas, balki mahkumni tuzatish, unga ijtimoiy foydali odatlarni singdirish, jamiyatga qayta moslashuvini ta’minlash hamda takroriy jinoyatchilikning oldini olishdan iborat. 188 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ozodlikdan mahrum qilish – hukm qilingan shaxsni muayyan muddatga jamiyatdan izolyatsiya qilish va jazo ijro etish muassasalarida saqlashdan iborat jazo ekanligi belgilangan. Jinoyat-ijroiya kodeksining 11–17boblarida esa bu jarayonning mazmuni, mahkumlarning huquq va majburiyatlari, jazo ijro etish muassasalarining turlari, jazoning o‘tash shartlari, nazorat tartibi va tartib-intizom talablari batafsil bayon etilgan. Mazkur qonun hujjatlari jinoyat ijroiya tizimini tartibga soluvchi asosiy normativhuquqiy bazani tashkil etadi va amaldagi tartibning huquqiy mexanizmini belgilab beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar jinoyat-ijro tizimini izchil modernizatsiya qilishga xizmat qilmoqda. Xususan, jinoyat-ijro muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash, mahkumlar bilan ishlashning zamonaviy usullarini joriy etish, ularni mehnatga jalb qilish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, jazoni ijro etish tizimi faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borish kabi vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, 2017–2025 yillarda mamlakatda amalga oshirilgan demokratiyalashuv siyosati jinoyat siyosatining liberallashuvi, jazoni yengillashtirish institutlarining kengayishi, probatsiya tizimining shakllanishi, muqobil jazolar qo‘llanishi kabi muhim islohotlarni olib keldi. Shuni ta’kidlash lozimki, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo ijrosining huquqiy mexanizmini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish nafaqat davlatning majburiyati, balki jamiyatning xavfsizligini ta’minlashning muhim omilidir. Chunki mahkumni jamiyatdan izolyatsiya qilish uni ijtimoiy hayotdan butunlay uzish degani emas. Aksincha, jazoning ijrosi davomida mahkumning shaxsini o‘zgartirish, ijtimoiy hayotga tayyorlash, kasbiy ko‘nikmalar berish, psixologik yordam ko‘rsatish hamda uning ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda jinoyat-ijro tizimining faoliyati, xodimlarning malakasi, muassasalardagi sharoitlar, mahkumlarning huquqlariga rioya etilishi, ularning mehnatga jalb qilinishi, ta’lim olishi va sog‘lig‘i muhofazasi kabi omillar o‘zaro bog‘liq holda rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya siyosati xalqaro standartlarga — BMTning “Mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalari” (Nelson Mandela Qoidalari), BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi, Yevropa Kengashining Penitensiar qoidalari va boshqa hujjatlarga mos ravishda shakllantirilmoqda. Bu esa mamlakatda jazoni ijro etish tizimining ochiqligi, shaffofligi, insonparvarligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Masalan, Mandela qoidalarida mahkumlarning sog‘lig‘i, ta’lim olish huquqi, mehnat qilish imkoniyati, yaqinlari bilan aloqada bo‘lishi, jamiyatga qayta ijtimoiy moslashtirilishi kabi talablar aniq belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston jinoyat-ijro tizimi ham ushbu me’yorlarga bosqichma-bosqich moslashtirilmoqda. Shu bilan birga, mahkumlarga nisbatan insonparvar munosabatni kuchaytirish, jazoni o‘tash sharoitlarini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat organlari, Ombudsman - Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijtimoiy faollar va OAV hamkorligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jazoni ijro etish muassasalarining ochiqligi oshirilgani natijasida jamoatchilik nazoratining kuchayishi, muassasalarda muntazam monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilishi ham islohotlarning amaliy samaradorligini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, jinoyat ijroiya tizimi faoliyatining samaradorligi faqat jazo o‘tash jarayonida emas, balki mahkumning ozodlikka chiqqandan keyingi hayotiga tayyorgarlik ko‘rilishida ham namoyon bo‘ladi. 189 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mahkumni jamiyatga qayta moslashtirish, bandlikka ko‘maklashish, ijtimoiy yordam berish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, oilaviy munosabatlarni tiklash kabi omillar takroriy jinoyatchilikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli jinoyat-ijro tizimining huquqiy mexanizmini takomillashtirish masalasi nafaqat jazo o‘tash jarayoni, balki mahkumni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish tizimi bilan ham chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2025 yillar davomida qabul qilingan qator farmon va qarorlari jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatini tubdan isloh qilishga qaratilgan bo‘lib, ularda mahkumlar bilan munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarini demokratlashtirishga alohida urg‘u berilgan. Ayniqsa, Jazoni ijro etish Departamentining Ichki ishlar vazirligi tizimiga o‘tkazilgani jinoyat-ijro siyosatida tub burilish bo‘ldi. Bu o‘zgarish natijasida mahkumlar bilan ishlashda huquqiy tartib-intizom, nazoratning avtomatlashtirilishi, ochiqlik siyosati kuchaytirildi. Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolar ijrosini ta’minlash faqat mahkumlarni saqlash sharoitlari bilan cheklanmaydi. U murakkab ijtimoiy-huquqiy jarayon bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - jazoni ijro etish muassasalaridagi tartibot va xavfsizlikni ta’minlash; - mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi; - qayta tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish; - mahkumlarning huquqlarining kafolatlanishi; - jamoatchilik, OAV va Ombudsman instituti tomonidan ochiqlik va monitoring; - huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qaytishni kamaytirish. O‘zbekiston hukumati tomonidan har yili e’lon qilinadigan amnistiya aktlari ham jazo tizimining insonparvarlik mazmunidan dalolat beradi. Amnistiya institutining qo‘llanilishi mahkumlarning ijtimoiy hayotga qaytishi, ularning jamiyatga integratsiyasi va qayta ijtimoiylashuv jarayonining muhim omillaridan biridir. Bu, o‘z navbatida, jinoyat-ijro tizimining maqsadlaridan biri bo‘lgan qayta ijtimoiylashuvning asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi nafaqat jazoni ijro etishning samaradorligini ta’minlash, balki mahkumlarning inson sifatidagi qadr-qimmati, sha’ni va huquqlarini to‘liq himoya qilishga qaratilgan. Chunki zamonaviy demokratik jamiyatda jazo instituti jazolashdan ko‘ra ko‘proq tarbiyaviy, ijtimoiy va huquqiy reabilitatsiya funksiyasini bajarishi lozim. Mazkur yondashuv O‘zbekistonning 2017 yildan boshlab boshlangan yangi taraqqiyot bosqichida, xususan, “inson qadri” tamoyiliga asoslangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Jazo ijrosini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish orqali jinoyat sodir etgan shaxsning jamiyatga qayta moslashuvini ta’minlash, u tomonidan takror jinoyat sodir etilishining oldini olish, shaxsni ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha samarali institutsional muhitni yaratish davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, ozodlikdan mahrum qilish jazosining ijrosini samarali tashkil etish sohada mavjud me’yoriy hujjatlarning bir-biriga uyg‘unligi, jazoni ijro etish muassasalarining tashkiliy-huquqiy faoliyati, probatsiya organlarining tizimli ishlashi, sudning nazorati hamda jamoatchilikning ishtiroki bilan chambarchas bog‘liqdir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi, “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari sohada samarali boshqaruv, nazorat va huquqiy ta’minotni mustahkamlashda tayanch manba sifatida xizmat qilmoqda. 190 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ushbu huquqiy asoslar nafaqat jazoni ijro etish muassasalarining majburiyatlarini belgilab beradi, balki mahkumlarning tibbiy yordam olish, mehnat qilish, ta’lim olish, diniy rasm-rusmlarni bajarish, shikoyat qilish va oila a’zolari bilan aloqada bo‘lish kabi asosiy konstitutsiyaviy huquqlarining real kafolatini yaratuvchi mexanizmlarni ham nazarda tutadi. So'nggi yillar davomida O‘zbekistonda jazoni liberallashtirish, jinoiy javobgarlikni individuallashtirish, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llashni kamaytirish, shuningdek, probatsiya institutining amaliy rolini kengaytirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar joriy etildi. Bu yo‘nalishlar jazoni ijro etish mexanizmlarida sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab berdi. Jumladan, mahkumlarning ijtimoiy moslashuvi, kasbiy tayyorgarligi, bandligi, psixologik reabilitatsiyasi va profilaktik qo‘llab-quvvatlash ishlari davlat siyosatining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro standartlarga mos tizim yaratishga intilayotganini ko‘rsatadi. Xulosa Xulosa qilib aytganimizda, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarning ijrosi nafaqat jinoiy siyosatning amaldagi mexanizmi, balki jamiyatning huquqiy taraqqiyoti va inson huquqlariga bo‘lgan yondashuvining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu institutning samaradorligi — davlatning qonun ustuvorligi tamoyiliga sodiqligi, jazoni ijro etish muassasalarining shaffof faoliyati, mahkumlarning insoniy qadriyatlarini hurmat qiluvchi muhitning yaratilishi, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga xizmat qiluvchi mexanizmlarning qay darajada to‘g‘ri ishlashi bilan belgilanadi. Shu bois, mazkur sohaga oid normativ-huquqiy asoslarni chuqur tahlil qilish, jazo ijro siyosatining yo‘nalishlarini o‘rganish, tizimda olib borilayotgan islohotlarning ijtimoiy-huquqiy natijalarini baholash ilmiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasida jinoyat-ijroiya tizimi bo‘yicha qabul qilingan islohotlar, yangi qonun hujjatlari, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va amaliy mexanizmlar bugungi kunda penal tizimni modernizatsiya qilish, mahkumlar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash hamda jazoni insonparvarlik ruhida ijro etishning tamoman yangi yondashuvlarini shakllantirmoqda. Ushbu jarayon, o‘z navbatida, mahkumlarning ijtimoiy moslashuvi, reabilitatsiyasi, oilaviy aloqalarini saqlab qolishi, mehnat va ta’lim imkoniyatiga ega bo‘lishi kabi omillarni ham tizimning ajralmas qismiga aylantirmoqda. Bu boradagi milliy va xalqaro standartlarning uyg‘unlashuvi esa O‘zbekiston jinoyat-ijroiy siyosatining yangicha falsafaga asoslanayotganini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutasiyasi2023 yil 30aprel. 2. Jinoyat ijroiya kodeks - 1997-yil 25-aprel 3. O‘zbekiston Respublikasi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni. – Toshkent, 2019. 4. O‘zbekiston Respublikasi IIV rasmiy statistika ma’lumotlari – www.mvd.uz