ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 185 INSON ORGANIZMIDA KISLOTA-ASOS MUVOZANATINING AXAMIYATI Ishonqulov Doston Baxtiyor o‘g’li Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash ishi fakulteti talabasi [email protected] Karjavov Abdixakim Raxmonovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti asistenti, [email protected] orcid.org/0000-0002-0156-9608 Xamroyev Jobir Xolmurodovich Zarmed Universiteti Samarqand kompusi, Katta o`qituvchi Адрес: A uy, Amir Temur ko‘chasi 18-uy, Amir Temur ko‘chasi 18, 140100, Samarqand, Samarqand viloyati Annotatsiya. Maqolada kislota-asos muvozanatining hayotdagi ahamiyati, uni saqlash uchun zarur bo‘lgan fiziologik jarayonlar va organizmdagi bufer tizimlarining roli ko‘rib chiqiladi. Kislota va asos eritmalarining pH qiymati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, havodagi turli gazlar yoki idish devorlaridan moddalar erib chiqishi tufayli pH o‘zgarishi mumkin. Odam organizmida vodorod ionlari konsentratsiyasi izogidriya xususiyatiga ega bo‘lib, bu yuksak darajada muvozanatda saqlanadi. Kislota-asos muvozanatini saqlashda bufer tizimlarining ahamiyati beqiyosdir. Buferlar kislota yoki ishqor qo‘shilganida vodorod ionlari konsentratsiyasini sezilarli darajada o‘zgartirmay saqlashga imkon beradi. Maqolada 3 asosiy bufer tizimi guruhlari — kuchsiz kislotalar va tuzlari, kuchsiz asoslar va tuzlari, hamda ko‘p asosli kislotalar tuzlari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, organizmda kislota-asos holatining buzilishi (atsidoz va alkaloz) va bu holatlarning gazli (respirator) va gazsiz (metabolik) shakllari tasniflanadi. Kalit so‘zlar: kislota-asos muvozanati, pH qiymati, bufer tizimlari, izogidriya, atsidoz, alkaloz, gazli atsidoz, gazsiz atsidoz, metabolik atsidoz, respirator atsidoz. ЗНАЧЕНИЕ КИСЛОТНО-ЩЕЛОЧНОГО РАВНОВЕСИЯ В ОРГАНИЗМЕ ЧЕЛОВЕКА Ишонкулов Достон Студент факультета лечебного дела Самаркандского государственного медицинского университета Карджавов Абдихаким Рахмонович Доцент Самаркандского государственного медицинского университета, [email protected] orcid.org/0000-0002-0156-9608 Хамроев Джобир Холмуродович Самаркандский кампус Университета Зармед, старший преподаватель Адрес: 140100, Самарканд, Самаркандская область, ул. Амира Темура, 18, дом А Аннотация. В статье рассматриваются значение кислотно-щелочного равновесия в жизни, физиологические процессы, необходимые для его поддержания, и роль буферных систем в организме. Значение pH растворов кислот и оснований может изменяться со временем из-за растворения различных газов в воздухе или веществ на стенках сосуда. Концентрация ионов
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 186 водорода в организме человека является изогидрической, что обеспечивает её высокое равновесие. Значение буферных систем в поддержании кислотно-щелочного равновесия несоизмеримо. Буферные системы позволяют поддерживать концентрацию ионов водорода без существенного изменения при добавлении кислоты или щелочи. В статье рассматриваются 3 основные группы буферных систем: слабые кислоты и их соли, слабые основания и их соли, соли многоосновных кислот. Также классифицируются нарушения кислотно-щелочного состояния организма (ацидоз и алкалоз) и газообразные (дыхательные) и газообразные (метаболические) формы этих состояний. Ключевые слова: кислотно-щелочное равновесие, значение pH, буферные системы, изогидрический, ацидоз, алкалоз, газообразный ацидоз, безгазовый ацидоз, метаболический ацидоз, респираторный ацидоз. IMPORTANCE OF ACID-BASE BALANCE IN THE HUMAN BODY Ishonqulov Doston Baxtiyor o‘g’li Student of the Faculty of Medicine of Samarkand State Medical University Karjavov Abdihakim Rakhmonovich Samarkand State Medical University, Assistant Professor
[email protected] orcid.org/0000-0002-0156-9608 Khamroev Jobir Kholmurodovich Samarkand campus of Zarmed University, senior lecturer Address: house a, 18 Amir Temur Street, 18 Amir Temur Street, 140100, Samarkand, Samarkand region Abstract. The article discusses the importance of acid-base balance in life, the physiological processes necessary for its maintenance, and the role of buffer systems in the body. The pH value of acid and base solutions can change over time due to the absorption of various gases from the air or substances dissolving from the container walls. In the human body, the concentration of hydrogen ions exhibits isohydria, remaining in a highly balanced state. The importance of buffer systems in maintaining the acid-base balance cannot be overstated. Buffers allow for the maintenance of hydrogen ion concentration without significant changes when acid or alkali is added. The article focuses on three main categories of buffer systems: weak acids and their salts, weak bases and their salts, and salts of polyprotic acids. Furthermore, the article discusses the disturbance of acid-base balance in the body (acidosis and alkalosis) and classifies these conditions into respiratory (gaseous) and metabolic (non-gaseous) forms. Keywords: acid-base balance, pH value, buffer systems, isohydria, acidosis, alkalosis, respiratory acidosis, metabolic acidosis, metabolic alkalosis, respiratory alkalosis. Kirish. Kislota va asos eritmalarining pH qiymati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib qoladi. Bunga asosiy sabab havodagi turli gazlarning kislota yoki asos eritmasiga yutilishi yoki idish devorlaridan ba’zi moddalarning erib eritmaga o‘tishidir. Masalan, havodagi CO2 ning erishi tufayli NaOH pH qiymatining o‘zgarishiga asosan quyidagi reaksiya sababchi bo‘ladi: NaOH + H2CO3 = NaHCO3 +H2O
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 187 Odam organizmida vodorod ionlarining konsentratsiyasi o`zgarmaydi. Biologik suyuqliklarni bu xususiyati izogidriya deyiladi. Masalan, odam qonining pH-i 7,36 ga teng. Bu ko‘rsatkichni saqlab turish bir qancha fizik-kimyoviy va fiziologik mexanizmlarga bog‘liq, eng muhimi organizm bufer sistemalarining birga ta’sir etishidir. Bufer sistemalar (buferlar) deb, kislota yoki ishqor qo‘shilganda ham, suyultirilganda ham vodorod ionlarining konsentratsiyasini yetarlicha darajada o‘zgartirmay saqlab turish xossasiga ega bo‘lgan sistemalarga aytiladi.Tarkibi bo‘yicha ular asosiy 3 guruhga bo‘linadi: 1. Kuchsiz kislota va uning tuzi aralashmasidan iborat sistemalar: CH3COOH + CH3COONa - atsetat bufer eritma. 2. Kuchsiz asos va uning tuzi aralashmasidan iborat sistemalar: NH4OH + NH,CI - ammiakli buffer eritma. 3.Ko‘p asosli kislotalar tuzlarning aralashmasidan iborat Sistemalar: NaH2PO4 + Na2HPO4 - fosfatli buffer eritma. Boshqa bufer eritmalar: 1. H2CO3 + NaHCO3, - bikarbonat buffer. 2 HCOOH + HCOONa - formiatli buffer. 3. PtCOON + PtCOONa - oqsilli buffer. 4. HHb + KHb - gemoglobinli buffer. 5. HHbO2+NaHbO2oksogemoglobinli buffer. Bufer sistemalarning tibbiyotdagi ahamiyati. Organizmning H+ ionlari konsentratsiyasining ma’lum qiymat chegaralarida saqlay olish qobiliyati kamayganda kislota-asos muvozanati buziladi va natijada biosistemalarda atsidoz yoki alkaloz holatlari kuzatiladi. Kislotaasos gomeostazining barcha buzilishlari vodorod ionlari konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab atsidoz va alkalozlarga bo‘linadi. Atsidoz kislota-asos muvozanatining buzilishi bo‘lib, bunda qonda kislotalarning absolyut yoki nisbiy ortiqchaligi paydo bo‘ladi va vodorod ionlarining kontsentratsiyasi oshadi. Alkaloz kislota va asoslar nisbatining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi, bunda asoslarning absolyut yoki nisbiy miqdorining oshishi va vodorod ionlari kontsentratsiyasining kamayishi kuzatiladi. Kompensatsiya darajasiga ko‘ra barcha atsidozlar va alkalozlar kompensatsiyalangan va kompensatsiyalanmaganlargamn bo‘linadi. Kompensatsiyalangan atsidoz va alkaloz H2C03 va NaHC03 ning absolyut miqdorlari o‘zgargan holatlar, lekin H2C03/NaHC03
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 188 nisbati normal tebranishlar oralig'ida (taxminan 1:20) qolganda kuzatiladi. Bu nisbat saqlagan holda qonning pH-i sezilarli o‘zgarmaydi, ya'ni 7,35-7,45 oralig'ida qoladi. Shunga ko‘ra kompensasiyalanmagan atsidozlar va alkalozlar nafaqat umumiy miqdori, balki bikarbonat buferi komponentlarining nisbati o‘zgarganda ham shunday holatlar deyiladi, natijada pH normal chegaradan tashqariga chiqib ketadi. Atsidoz va alkalozlar rivojlanish mexanizmlariga ko‘ra gazli (nafas olish, respirator) va gazsizga bo‘linadi. Kislota-asos holat buzilishlarining tasnifi: 1. Gazli (nafas olish) atsidozi. 2. Gazsiz atsidoz. a) metabolik. b) ajratuv. c) ekzogen. d) kombinatsiyalangan shakllar (turli xil gazsiz atsidozning kombinatsiyasi). 3. Aralash atsidoz (gaz + gazsiz). 4. Gazli (nafas olish) alkalozi. 5. Gazsiz alkaloz. a) ajratuv. b) ekzogen. 6. Atsidoz va alkalozning aralash shakllari (metabolik atsidoz bilan kompensatsiyalangan nafas alkalozi; nafas olish atsidozi bilan kompensatsiyalangan gazsiz alkaloz). Gazsiz atsidoz kislota-asos buzilishining eng og'ir va ko‘p uchraydigan shaklidir, u barcha mutaxassisliklardagi shifokorlar amaliyotida uchrashi mumkin. Gazsiz atsidozning sabablari turlitumandir. Vodorod ionlarining organizmga qo‘shimcha tushishi yoki hujayra tashqarisidagi suyuqlikdan bikarbonatning yo‘qolishi bilan kuzatiladi.Har qanday kelib chiqishi gipoksiyada eng tez va jiddiy. Oksidlanmagan metabolik mahsulotlarning ortiqcha shakllanishi (sut, piruvat kislotalar, aseton tanachalari va boshq.) qandli diabet, ochlik, og'ir jismoniy ish, tarqoq yallig'lanish va jigar og'ir zararlanishida kuzatiladi. Laktoasidoz, leykemiya, limfoma, limfogranulematoz va boshqa xavfli o‘smalar bilan kasallangan bemorlarda bo‘lishi mumkin. Mitoxondriyalar funktsiyalarini tormozlovchi dorilar ham hayotga tahdid qiluvchi laktat asidoziga olib kelishi mumkin. Ular orasida diabet kasalligini davolash uchun ishlatiladigan biguanidlar va OlV infektsiyasini davolash uchun ishlatiladigan antivirusli nukleozid analoglari mavjud. Gazli atsidoz: organizmda kislota-asos muvozonati buzilishining tez-tez uchraydigan shaklidir. Qonda karbonat angidridning oshishi muvozanatning vodorod ionlari ko‘payishi tomoniga siljishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Shu munosabatda nafas olish atsidozining eng ko‘p uchraydigar sabablari quyidagilardir: 1) Alveolalar va qon yoki tashqi havo o‘rtasida gaz almashinuvi buzilishi bilan kechadigan nafas olish apparati kasalliklarining barcha turlari (o‘pka surunkali obstruktiv kasalliklari, o‘pka shishi, pnevmoniya, bronxial astma, emfizema, interstitsial fibroz, o‘pka sarkoidozi, kollagenoz, gemotoraks va pnevmotoraks va boshqalar);
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 189 2) Nafas olish markazining morfinga o‘xshash preparatlar barbituratlarning haddan tashqari dozasi bilan tormozlanishi, miya jarohatlari, yallig'lanishi, shishishi va boshqalar. 3) Nafas olish yo‘llarining buzilishi (begona jismlarning aspiratsiyasi, astmatik holat va boshqalar). 4) Qon aylanishining keskin buzilishi, unda qon oqimi shunchalilk sekinlashadiki, natijada hosil bo‘lgan karbonat angidrid qondan o‘pkaga o‘tishga ulgurmaydi. 5) Yuqori konsentratsiyali karbonat angidrid bilan havo yoki gaz aralashmalari bilan nafas olish. 6) Turli sabablar tufayli kelib chiqadigan nafas olish mushaklari falaji va parezlari (poliomielit, neyropatiya, miasteniya, miorelaksantlar bilan davolash va boshqalar). Gazsiz alkaloz: atsidozlarga nisbatan kamroq uchraydi, ammo patologiyaning kam uchraydigan shakli emas. Gazsiz alkalozda muvozanat buziliishining asosiy mexanizmi bu uchuvchan bo‘lmagan kislotalarning organizmdan yo‘qotilishi yoki asoslarni ortiqcha kirishi. Shu nuqtai nazardan, gazsiz alkalozning rivojlanishiga olib keladigan sabablar juda kam. Bu ko‘p miqdorda ishqoriy moddalarni (ko‘pincha oshqozonda zarda qaynashida natriy bikarbonat, ishqoriy mineral suvlar) qabul qilishdir. Gazsiz alkaloz, shuningdek, tez-tez va noqulay qayt qilish masalan, homilador ayollarning toksikozi, ichak tutilishi, oziq-ovqat toksikozlari bilan me'da shirasining katta miqdorini yo‘qotganda ham paydo bo‘ladi. Oshqozon fistulasida, me'da shirasini takroriy ko‘p marta olib tashlanganda. Ko‘pincha bolalarda takroriy qusish pylorostenozda, kuchli ko‘k yo‘talda sodir bo‘ladi. Metabolik alkalozning sababi birlamchi yoki ikilamchi giperaldosteronizmda HS03 ekskretsiyasining kamayishi va reabsorbtsiyasining ko‘payishi sabab bo‘lishi mumkin. Gazli (nafas olish yoki respirator) alkaloz. Gazli alkalozining sabablari o‘pka ventilyatsiyasining hajmini oshiradigan va qondan karbonat angidridni chiqarishga yordam beradigan turli ta'sirlardir. Bu yuqori balandlikda gipobariya sharoitida havo bilan nafas olayotganda kuzatiladi. Bunday holda, nafas qisilishi va unga qo‘shilgan gipokapniyaning paydo bo‘lishi atmosferadagi karbonat angidridning miqdorining pasayishiga va kislorod ochligi tufayli nafas olish markazining qo‘zg'alishiga yordam beradi. Respirator alkaloz, shuningdek, miya shikastlanishi (travma, ensefalit, insult, shishi va boshqalar), gipertermiya, salitsilatlarni ortiqcha qabul qilishida yuzaga keladigan nafas qisilishi bilan rivojlanadi. Nafas olish alkaloziga psixogen giperventilasya (isteriya, bezovtalanish, kuchli og'riq sindromi), gram-salbiy bakteriyalar oqibatidagi sepsis, homiladorlikda progesteronning nafas olish markaziga ta'siri, o‘tkir jigar yetishmovchiligidagi ammiakning to‘planishi, miya to‘qimalarida, xususan, nafas olish markazida.glutamin kislota va ketoglutarat nisbatining o‘zgarishi olib keladi. Atsidozni davolash (qonning kislotaliligi oshishi). Atsidoz pH darajasi 7,35 dan past bo‘lganda yuzaga keladi. Bunda asosiy maqsad pH ni normal holatga keltirish va asosiy sabablarni yo‘qotishdan iborat. U metabolik yoki respirator sabablarga ko‘ra rivojlanadi. Metabolik atsidoz. Sabablari: Diabetik ketoatsidoz (DKA): Insulin yetishmovchligi sababli yog’larning parchalanishi natijasida keton kislatalari to‘planadi. Sut kislotasi to‘planishi (laktoatsidoz): To‘qimalarda kislarod yetishmovchiligi (shok, sepsis) tufayli glukozaning kislarodsiz metabolizmi natijasida laktat hosil bo‘ladi. Buyrak yetishmovchiligi: Buyraklar kislatali mahsulotlarni samarali chiqara olmasligi va biokarbanatni qayta so‘rish qobilyatini yo‘qotishini sabab bo‘ladi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 190 Biokarbanat yo‘qotilishi: Og’ir diareya va buyrak naychlari atsidozi kabi holatlarda bikarbanatning ko‘p yo‘qotilishi. Davolash usullari: Natriy bikarbonat infuziyasi: Qonning pH darajasini oshirish uchun ishqoriy eritma vena ichiga yuboriladi, bu asosan pH darajasi juda past hollarda qo‘llaniladi. Insulin terapiyasi: Agar sabab diabetik ketoatsidoz bo‘lsa, qondagi qand va yog‘lar almashinuvini normallashtirish, eng muhimi, keton kislatalarini hosil bo‘lishini to‘xtashish uchun qo‘llaniladi. Gemodializ: Agar buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lsa yoki zaharlanish holatlari yuzaga kelsa, toksinlar va ortiqcha kislotalarni tezda chiqarish uchun foydalaniladi. Giperkaliemiyani bartaraf etish: Metabolik atsidozda kaliy ionlari hujayralardan qonqa chiqib, giperkalimiya (qonda kaliy ko‘payishi) xavfini keltirib chiqaradi. Shuning uchun yurak faoliyati uchun xavfli bo‘lgan qondagi kaliy miqdorini kamaytirish uchun maxsus preparatlar qo‘llaniladi. Respirator atsidoz. Sabablari: Respirator atsidozning asosiy sababi o‘pkadan karabanat angidridning (CO2) yetarli darajada chiqarmasligi (gipoventilatsiya) hisoblanadi. Bu qonda CO2 to‘planishi va pH ning pasayishiga olib keladi. Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi: Nuqsonli nafas olish: (masalan, nafas yo‘llarining to‘silishi, COPD, astmaning og’ir xurujlari, pnevmoniya). Nafas olish markazining susayishi: Bunga sedativ dorilarning haddan tashqari dozasi, bosh miya jarohatlari yoki ba’zi nevrologik kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin. Nafas muskullarinig charchashi yoki falaji: Ko‘krak qafasining shikastlanishlari yoki mushak kasalliklari natijasida nafas harakatining samaradorli pasayadi. Davolash usullari: Asosan CO2 ning o‘pkadan chiqarilishini yaxshilashda qaratilgan: Nafas olishni yaxshilash: Masalan, kislorod terapiyasi yoki mexanik ventilyatsiya yordamida (nafas berish apparati) yordamida nafas olish hajmi va tezligini oshirish orqali CO2 chiqarilishini taminlash. Bronxodilatatorlar: Nafas yo‘llarini kengaytirish, havo oqimida qarshilikni kamaytirish va nafas olishni osonlashtirish uchun qo‘llaniladi. Mukolitik dorilar: Nafas yo‘lidagi shilliqni suyultirish va chiqarib tashlashni osonlashtirish uchun ishlatiladi, ayniqsa COPD yoki bronxit kabi surunkali kasalliklarda muhimdir. Alkalozni davolash (qonning ishqoriyligi oshishi). Alkaloz qonning pH darajasi 7,45 dan yuqori bo‘lganda yuzaga keladi. U metabolik yoki respirator sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Metabolik alkaloz Sabablari: Metabolik alkaloz tanadagi kislatalarning yo‘qolishi yoki bikarbanatning haddan tashqari ko‘payishi natijasida kelib chiqadi: Qusish oqibatida kislotalilik yo‘qotilishi: Oshqozon kislatasi (xlorid kislata) yo‘qotilishi eng keng tarqalgan sababdir. Gipokaliemiya (kality yetishmovchligi): Kaliy tanqisligi buyraklar orqali vodorod ionlarining (kislata) ko‘proq chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 191 Diuretiklar: Ba’zi turdagi (masalan, Lasix) diuretiklar kaliy va kislatalarning siydik bilan chiqarilishini oshirib, alkalozga olib keladi. Mineralokortikoidlar ortiqchaligi: Ba’zi kasalliklarda (masalan, giperaldosteronizm) bu gormonlar ta’siri kuchayib, buyraklar kislatalarni ko‘p chiqaradi. Davolash usullari. Natriy xlorid va kaliy xlorid infuziyasi: Xlorid ionlari yetkazib beriladi, bu buyraklarning bikarbanatini ushlab qolish qobilyatini pasaytiradi va shu bilan qonning ishqoriyligini kamaytiradi. Kaliy xlarid esa gipokalimiyani bartaraf etadi. Diuretiklarni to‘xtatish yoki moslash: Ishqoriylikni keltirib chiqargan dorilarni kamaytirish yoki ularni bikarbanat miqdoriga tasir qilmaydigan dorilar bilan almashtirish. Gipovolemiyani bartaraf etish: Organizmdagi suyuqlik yo‘qotilishini tiklash uchun kerakli suyuqlik infuziya orqali qayta tiklanadi. Respirator alkalozning sabablari: Bu gipervintilatsiya (tez va chuqur nafas olish) natijasida o‘pkadan karbanat angidiridning (CO2) me’yoridan ortiqcha chiqarilishi tufayli kelib chiqadi: Giperhavolatatsiya (tez nafas olish), stress, tashvish (vasovagal reaksiyalar) yoki og’riq kabi holatlarda yuzaga keladi. Baland joylarda kislorod yetishmovchiligi: Past parsial bosimdagi kislarodga javoban nafas olish markazi qo‘zg’aladi. O‘pka kasalliklari: Pnevmoniya yoki o‘pka emboliyasi kabi holatlarda nafas markazi g’ayratabiiy qo‘zg’ladi. Dorilarning tasiri: Asprin (salitsilatlar) bilan zaharlanish nafas markazini bevosita qo‘zg’atishi mumkin. Davolash usullari: Davolash usullari asosan CO2 miqdorini normallashtirishga qaratilgan: Nafas olishni nazorat qilish: Nafas olish tezligini sekinlashtirish yoki maxsus moslamalar (masalan, nafas olish apparati sozlamalarini o‘zgartirish) yordamida normallashtirish. Agar sabab tashvish bo‘lsa, tinchlantiruvchi muolajalar qo‘llaniladi. CO₂ darajasini oshirish: Qonda uglerod dioksid miqdorini oshirish uchun maxsus usullar qo‘llaniladi, masalan, bemorni CO2 ni qaytarish maqsadida qog’oz xaltaga nafas olishga undashi kabi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.D.S. Xaydarova , U.N. Mavlyanova “Karbonsuvlar almashinuvi, suvelektrolit balansi va kislota-asos muvozanatining buzilishi” B.72-87. 2 .Tibbiy kimyo: Darslik. Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S. / O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “Ijodprint” nashriyoti, 2019. https://mt.sammu.uz/mod/resource/view.php?id=455729 3. Tibbiy kimyo I-II tom [Matn]: darslik. / A.D.Djurayey, U.A.Baltabayev. - Toshkent: <O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2018 https://mt.sammu.uz/mod/resource/view.php?id=502932 4. John E. Hall.“Guyton and Hall Textbook of Medical Physiology”. 13th Edition. Philadelphia: Elsevier, 2016. 5.Olimxo‘jaeva N.T. Bioanorganik va fizkolloid kimyo. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. 2005 y. 6.https://e-library.sammu.uz/ru
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 192 7. Fayzullayev N., Akmalaiuly K., Karjavov A. Catalytic synthesis of a line by acetylene hydration // Известия НАН РК. Серия химии и технологии. – 2020. – N .2. -С. 23-30. 8. Fayzullayev N. I., Karjavov A.R., Yusupova S. S. Catalytic Synthesis of Acetone Direct Acetylene Hydration // International journal of Advanced Science and Technology . – 2020 .- T.29. – N.05.- C 4507-4514. 9. Karjavov A. R., Fayzullaev N. Study of the kinetics and mechanism of the reaction of the catalytic hydrochloration of acytylene// AIP Conference proceedings. – AIP Publishing LLC, 2024. -T.3045. – N. 1.-C.060046. 10. Fayzullayev N., Akmalaiuly K., Karjavov A. Catalytic synthesis of a line by acetylene hydration. (2020),2, Number 440 (2020,),23-30 (Электронный ресурс ). 11. Karjavov A.R., Fayzullayev N. Determination of technological parameters of producing vinylchloride from from acetylene // AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC ,2024.- T.3045. -N. 1.- C.060045. 12. K arjavov A., Fayzullayev N.,Baykulov A. Production of acetone by catalytic hydration of acetylene // E3S Web of Conference . -EDP Science ,2023. -T .389.- C.01046