scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALARNING FAZOVIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISH

Bobomurotov Eshmamat Norbadalovich, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Normuhammadova O'g'iloy 105-guruh MT-TJ-2024-guruh Ro'ziyeva Nigora 3-MT-25-guruh talabalari

Abstract

Ushbu ishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda fazoviytasavvurni rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullari yoritilgan.Bolalarning fazo va predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni anglash, yo‘nalishlarnifarqlash, shakl, o‘lcham va joylashuvni idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirishjarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida fazoviytasavvurni rivojlantirishga qaratilgan o‘yin texnologiyalari, didaktik mashqlarhamda STEAM yondashuvining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot bolalardamantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik, muhitni to‘g‘ri baholash va makon bilan bog‘liqvazifalarni mustaqil bajarish malakalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 240 MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING FAZOVIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISH Bobomurotov Eshmamat Norbadalovich, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Normuhammadova O‘g‘iloy 105-guruh MT-TJ-2024-guruh Ro‘ziyeva Nigora 3-MT-25-guruh talabalari Annotatsiya. Ushbu ishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurni rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullari yoritilgan. Bolalarning fazo va predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni anglash, yo‘nalishlarni farqlash, shakl, o‘lcham va joylashuvni idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida fazoviy tasavvurni rivojlantirishga qaratilgan o‘yin texnologiyalari, didaktik mashqlar hamda STEAM yondashuvining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot bolalarda mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik, muhitni to‘g‘ri baholash va makon bilan bog‘liq vazifalarni mustaqil bajarish malakalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. fazoviy tasavvur, fazoviy faraz, fazoviy tushuncha grafik madaniyat, bilim, ko’nikma, malaka. Аннотация: В данной работе раскрываются теоретические основы и практические методы развития пространственного воображения у детей дошкольного возраста. Анализируется процесс формирования у детей умений понимать взаиморасположение объектов и предметов в пространстве, различать направления, воспринимать форму, размеры и положение предметов. Также показано значение игровых технологий, дидактических упражнений и STEAM-подхода в развитии пространственного восприятия в MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 241 дошкольных образовательных учреждениях. Исследование способствует совершенствованию у детей логического мышления, наблюдательности, умения правильно оценивать окружающую среду и самостоятельно выполнять задания, связанные с пространством. Ключевые слова: пространственное воображение, пространственное представление, пространственное понятие, графическая культура, знания, умения, навыки. Annotation: This work presents the theoretical foundations and practical methods for developing spatial imagination in preschool-age children. It analyzes the process of forming children's abilities to understand the spatial relationships between objects, distinguish directions, and perceive the shape, size, and position of items. The importance of game-based technologies, didactic exercises, and the STEAM approach in fostering spatial perception in preschool educational institutions is also highlighted. The study contributes to improving children’s logical thinking, observation skills, the ability to correctly assess their environment, and to independently perform tasks related to spatial orientation. Keywords: spatial imagination, spatial perception, spatial concepts, graphic literacy, knowledge, skills, competence. Kirish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli Qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash” vazifasi belgilangan. Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz taʼlim tizimida tasviriy san’at fani uzviyligini taʼminlagan holda milliy o‘quv dasturi majmuasini tayyorlashning maqsad va vazifalari ham belgilanib, taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlimi vazirliklari hamkorligida barcha fanlardan har bir taʼlim turi uchun konsepsiyalar va alohida MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 242 o‘quv dasturlari tayyorlandi va ta’lim tizimida muhokama qilindi. Natijada “Milliy o‘quv dasturi” qabul qilindi va amaliyotga tadbiq qilindi. Bu Respublikamizda birinchi marta amalga oshirildi 1 . Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘shma pedagogik faoliyatni takomillashtirish, yagona tarbiya makonini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, badiiy-ijodiy qobiliyatlar zamirida dunyoni badiiy tasavvur etish, san’at asarlarini idrok etishga o‘rgatish orqali badiiy madaniyatni shakllantirish va uni rivojlanish mumkinligi hisobga olingan. Bu bolalarning xotira, diqqat, tasavvur, harakatlar koordinatsiyasi kabi psixologik faoliyatlarni shakllantirish bilan birga badiiy va estetik did hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Mazkur masalalarni amalga oshirishda ilg‘or xorijiy, jumladan, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi Osiyoning rivojlangan davlatlari tajribalarini hisobga olish, shuningdek, badiiy-estetik va ma’naviy axloqiy fazilatlar qadriyat sifatida anglanishiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Har qanday sohada axborot uzatish va uni qabul qilishning eng qulay usuli sifatida grafik tasvirlardan foydalanish tan olingan. Ta’limda tasvirlarni bajarish va uni savodli o‘qishga o‘rgatish, fazoviy tasavvurni, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish asosiy vazifa deb belgilanadi. O‘quvchilarda xotira, diqqat, tasavvur, harakatlar koordinatsiyasi kabi psixologik faoliyatlarni shakllantirish bilan birga, ijodkorlik, yaratuvchanlik, loyihalash, konstruktorlik va boshqa faoliyatlarga bog‘liq grafik bilimlarni, grafik madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng va unumli foydalanish orqali o‘quvchi-yoshlarda ularning fundamental bilim olishi va mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda keyingi ta’lim bosqichlarida yoki mustaqil hayotga qadam 1 Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida. 05.04.2018 y. PQ-3651. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 243 qo‘yishida zarur bo‘ladigan bazaviy kompetensiyalar va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish e’tiborga olinadi. Demak, ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash orqali o‘quvchilarda grafik madaniyatga, qadriyatlarga asoslangan grafik bilimlar va shaxsiy fazilatlar shakllantiriladi. Ta’kidlab o’tish joizki, fazoviy tasavvurga tayanib ish ko’rish inson aqliy faoliyatining muhim xususiyatlaridan biri. Maktabgacha ta'limda bolalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, avvalambor, fazoviy tasavvurlarinining shakllanganlik darajasiga baho berish va u bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish eng muhim masaladir. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, birorta boshqa fundamental o‘quv fani fazoviy tasavvur va fazoviy farazni grafik ta’limdek rivojlantira olmaydi. Maktabgacha ta'limda bolalarning fazoviy tasavvurini shakllantirishda ularning borliqdagi narsalarni tasvirlay olish darajasiga tobora yuqori talablar qo‘yilmoqda. Tasvirlash asoslari va fazoviy ob’ektlar bilan ish ko‘rish masalasi ko‘plab olimlar tomonidan isbotlangan 2 . Maktabgacha ta'limda tasvirlar bilan ish ko’rish va undan unumli foydalanishning muhimligi bolalarning fazoviy, mantiqiy, mavhum tafakkurini rivojlantirish va ijodkorlikka qodir shaxsni shakllantirishdagi o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu keyinchalik maktab ta’limi bosqichida o‘quvchilarning grafik tayyorgarligi muammosi bilan bog’liq. Ya’ni ularni politexnik yo‘nalishlarga ega bo‘lgan bilimlarni egallashi va natijada kasbiy yo‘naltirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Bir qator tadqiqotchi olimlarning ilmiy nashrlarida fazoviy tasavvur, fazoviy faraz, fazoviy tushuncha, fazoviy tafakkur kabi terminlar ko‘p uchraydi. Ammo bu terminlarning tushunchalarni ifoda qilish mohiyatiga ko‘ra ular har xil 2 Maktabgacha ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Xalq so’zi gazetasi 30.09.2020. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 244 mazmunga ega. Chunki tasavvur tafakkurdan, tafakkur esa tushunchadan keskin farq qiladi. Bu terminlarni qo‘llashda narsalarning tasvirlarini yasashda tasavvur qilish, uning tasvirini bajarish, tasavvur bilan tasvirni mantiqiy aloqadorlikda qiyoslash, talqin qilish, geometrik formalarda ish ko’rish, turli xil ko’rinishdagi grafik amallarni bajarish bilan narsaning fazoviy ko‘rinishini, ya’ni siymosini yaratish kabi fazilatlar shakllanadi va rivojlanadi. Har qanday narsaning fazoviy munosabatlari va xususiyatlarini anglatish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday fazilatlar o’z-o’zidan, tasodifan sodir bo‘lmaydi, balki grafik tasvirlashni o‘rgatish jarayonida hosil bo‘ladi. Deyarli hamma buyum va narsalar tuzilishi, tarkibi konstruktiv qismlardan, ular esa geometrik jismlarning yig‘indisidan va ularning o‘zaro bog‘lanishlaridan tarkib topganligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Tasavvurning o‘zi nima? Psixologik adabiyotlarda tasavvur deb kachonlardir biz qabul qilgan va sezgan xodisalar va narsalarning obrazlari haqidagi bizning ongimizdagi qayta tiklangan xissiy qiyofalar tushuniladi 3 . Tasavvur sezgi va idrok bilan uzviy bogliq bo‘lgan holda ulardan farq qilib, ancha umumlashgan xarakterga egadir. Ayniqsa, maktabgacha ta'limda bolalarning grafik tasvirlash tayyorgarligida fazoviy tasavvur bilan bir katorda fazoviy xayol qila olish xususiyatiga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud tasavvurlarimizga asoslanib, avval idrok qilingan narsa va hodisalarning qiyofalarini yaratishdan iborat bo‘lgan ongimiz faoliyatini xayol deb aytamiz. Inson amaliy faoliyatidagi spetsifik vazifalariga ko‘ra xayolni har xil mazmunda izohlash mumkin. Masalan, tasvirlash faoliyatida narsalarning munosabat va xususiyatlarini fazoda aks ettirish bilan bog‘liq jarayonda fazoviy xayol qatnashadi. 3 Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogic texnologiyalar. –T.: “Nihol” nashriyoti, 2016. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 245 Shuning uchun ham tasvirlash faoliyatining turli sohalariga xos bo‘lgan malakalarni tarkib toptirish hamda rivojlantirishda fazoviy xayolning ahamiyati kattadir. Tasvirlash jarayonida rivojlanib boruvchi fazoviy tasavvurni narsalarning hajmiy fazoviy belgisi deb hisoblanar edi. Endilikda esa narsalarni tasvirlashda belgili modellarda unumli foydalanilmoqda. Bu usullar ilgari amal qilingan qoidalarga jiddiy tuzatishlar kiritishni taqoza qilmoqda. Ayniqsa bunday o‘zgarishlar shartli belgilarda o‘z ifodasini topmoqda. Agar maktabgacha ta'limda tasvirlash bilan ish ko‘radigan bo‘lsa, narsalarni ayrim geometrik jismlarga ajratib, ularning munosabatlari, o‘zaro bog‘lanishlarini tekshirish natijasida uning ongida narsaning hajmi namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta'limda bolalar narsaning qiyofasini ko‘z oldiga keltirishi uchun undagi geometrik jismlarni tasavvur qila olishi muhim ahamiyatga ega, u katta rol o‘ynaydi. Bunda narsalar tuzilishini sintez qilish natijasida narsalarning fazoviy obrazi hosil bo‘ladi. narsalarning ayrim elementlarini alohida tasavvur qilish bilan fikran uning butun bir kiyofasi gavdalanadi. Demak, tasvirlarni muhokama qilayotganda tahlil sintez bilan almashadi. Bolalar narsalar obrazini ko‘z oldiga keltirayotganida xayolan tasvirga moslab, solishtiradi va aniq xulosaga keladi. Tahlil, sintez, solishtirish, xulosa chiqarish, tasvirni o‘qish murakkab ruhiy tafakkur ekanligini ko‘rsatmoqda. Bolalarning bu ruhiy jarayoniga to‘g‘ri ta’sir qilish uchun dialektikaning rivojlanish qonunlarini bilishni taqoza qiladi. Xulosa maktabgacha ta'limda bolalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishni hisobga olgan uslubiy tizimni yaratish va joriy etish orqali har qanday tasvirlani bajarish jarayonini yengillashtirishi bilan alohida o‘rni borligini tasdiqlaydi. Tasvirlash maktabgacha ta’lim xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarning ta’lim olish motivatsiyasini, qiziqishni oshirishga yordam beradi. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 246 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida. 05.04.2018 y. PQ-3651. 2. Maktabgacha ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Xalq so’zi gazetasi 30.09.2020. 3. Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogic texnologiyalar. –T.: “Nihol” nashriyoti, 2016. 4. Mamurova Z.U., Niyozova G.B. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida ilodiy qobiliyatlarini shakllantirish. “Science and Edication” Scientific Journal January 2021 / Volime 2 Issue 1. 5. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. –T.: Tafakkur bo’stoni. 2013. 6. Nurmatova M.Sh., xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriyfaoliyatga o’rgatish metodikasi. “Cho’lpon”, -T.: 2010 y.