scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DEVELOPMENT OF COGNITIVE ACTIVITY IN PRESCHOOL CHILDREN BASED ON STEM APPROACH.

Dusmuhamedova, Munira

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv faoliyatni rivojlantirishda STEM yondashuvining ahamiyati yoritilgan. Bolalarda ilmiy tafakkur, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, kuzatish, tahlil va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda STEM yondashuvining samarali metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagoglarning bu jarayonda tutgan o‘rni va bolalarning yosh xususiyatlariga mos mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 196 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA STEM YONDASHUVI ASOSIDA KOGNITIV FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH. Dusmuhamedova Munira Zokir qizi Xalqaro Nordik universiteti Maktabgacha ta’lim magistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv faoliyatni rivojlantirishda STEM yondashuvining ahamiyati yoritilgan. Bolalarda ilmiy tafakkur, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, kuzatish, tahlil va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda STEM yondashuvining samarali metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagoglarning bu jarayonda tutgan o‘rni va bolalarning yosh xususiyatlariga mos mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: STEM yondashuvi, kognitiv faoliyat, maktabgacha ta’lim, ijodkorlik, tafakkur, kuzatish, tajriba, muammoli vaziyat. KIRISH Bugungi kunda ta’lim tizimida yangicha yondashuvlar orqali bolalarning tafakkurini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish dolzarb masalalardan biridir. Shu nuqtai nazardan, STEM yondashuvi (Science – fan, Technology – texnologiya, Engineering – muhandislik, Mathematics – matematika) maktabgacha ta’lim tizimida ham keng qo‘llanilmoqda. Maktabgacha yosh – bu bolaning tafakkuri, xotirasi, e’tibori va bilishga qiziqishi jadal rivojlanadigan davrdir. Shu bois, STEM faoliyatlarini o‘yin, tajriba va loyihalar orqali tashkil etish bolalarda kognitiv (bilish) faoliyatni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, STEM ta’limi orqali ilmiy nazariyalar va metodlarni hayotga tatbiq etish ko‘nikmasini shaxsda shakllantirish muhimdir. Bu esa uning jamiyatdagi o‘rnini topa olishiga zamin yaratadi. Xullas, globallashuv jarayonida STEM ta’limi kreativ fikrlaydigan, har tomonlama intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. 2 TADQIQOT METODOLOGIYASI STEM ta’limi birinchi bor Amerikada Massachusets Texnologiyalar Institutida (MIT) ishlab chiqilgan. Bu mashhur institutning shiori «Mind and hand» – «Aql va qo‘l» dir. Massachusets Texnologiyalar instituti STEM kurslarini ishlab chiqdi va hatto ba’zi o‘quv yurtlarida STEM ta’lim markazlarini yaratidi. Avstraliya, Buyuk Britaniya, ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 197 Isroil, Kanada, Xitoy, Singapur, AQSH ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda. Ta’limning maqsadi ta’lim oluvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantirish va ularni loyihalashtirish asosida o‘qitish orqali tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika va san'at fanlaridan samarali foydalanishga o‘rgatishdir. STEM ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega: -STEM ta’limi binar mashg‘ulotlar, loyihalar, o‘quv tadqiqotlariga tayanadi. - STEM ta’limi muhitida bilimlarni saqlash muhimdir, ammo ta’lim oluvchilarning ushbu bilimlarni qanday qo‘llashi undan ham muhim “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturini asosida integratsiyalashgan ta'limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad – bolalarda borliqni yaxlit tasavvur qilish, turli jarayonlar, vaziyatlar va predmetlar orasida mantiqiy bog‘liqlikni o‘rnata olish va amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir. Natijada bolalarda tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashi, ekologik muammolarni tushunishi hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalari rivojlanadi. STEM yondashuvi – bu faoliyatlar aro integratsiyaga asoslangan metod bo‘lib, bola muammoni hal qilish jarayonida bir vaqtning o‘zida bir nechta soha bilimlarini qo‘llaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bu yondashuv o‘yin, tajriba va loyihaviy faoliyat orqali amalga oshiriladi. Kognitiv faoliyatni rivojlantirishda STEM yondashuvining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: 1. Kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish: bolalar tabiatdagi hodisalarni kuzatib, o‘z xulosalarini chiqaradilar. 2. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish: konstruktiv o‘yinlar, qurilish, modellashtirish orqali muammoli vaziyatlarni hal qilishga o‘rganadilar. 3. Matematik tafakkurni shakllantirish: sonlar, shakllar, o‘lchovlar bilan ishlash orqali mantiqiy fikrlash kuchayadi. 4. Texnik va muhandislik qobiliyatlarini rag‘batlantirish: bolalar oddiy mexanizmlar yaratish, qurilish materiallaridan foydalanish orqali amaliy bilimlarni o‘zlashtiradilar. Misol uchun: “Suv – hayot manbai” mavzusida STEM mashg‘uloti o‘tkazilsa, bolalar suvning holatlarini kuzatadilar, oddiy tajribalar (muzlash, bug‘lanish) o‘tkazadilar, suv aylanishi jarayonini rasm orqali ifodalaydilar. Bu jarayon ularning tafakkuri, nutqi va bilish faoliyatini faollashtiradi. 3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI «STEM» abbreviaturasi fanda ilk marta amerikalik bakteriolog olim tomonidan 1990 yillarda taklif etilgan. Biroq 2000 yildan boshlab faol ishlatish boshlangan. Hozirda «STEM» xalqaro ta’limda asosiy koʻrsatkichlarlardan birini egallagan ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 198 4 TAHLIL VA NATIJALAR XXI-asr qobiliyatlari ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, jamoada ishlash, mas‘uliyat va muloqot qobiliyatlari kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy jarayon ko‘nikmalari; u kuzatish, o‘lchash, o‘zgaruvchilarni o‘zgartirish, ma’lumotlarni yig‘ish, modellashtirish va xulosalar chiqarish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi Pedagogning vazifasi – bolalarni kuzatishga, savollar berishga, taxmin qilishga va o‘z javoblarini asoslashga yo‘naltirishdir. Har bir faoliyatda bola “nima uchun?”, “qanday?”, “nima bo‘ladi agar...?” degan savollarni berib, o‘z mustaqil fikrini shakllantiradi. Natijada bolalarda quyidagi kognitiv sifatlar rivojlanadi: diqqatni jamlash; muammoli vaziyatni tahlil qilish; mantiqiy va ijodiy fikrlash; o‘z fikrini so‘z bilan ifodalash; kuzatuvchanlik va sabr. XULOSA VA TAKLIFLAR: Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 5 yil mobaynida ishlar amalga oshirilmoqda STEM yondashuvi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarda bilishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, ularni kuzatuvchan, ijodkor va mantiqiy fikrlaydigan shaxs sifatida shakllantiradi. Shunday qilib, STEM texnologiyalari orqali bolalarda kognitiv faoliyatning barcha komponentlari – idrok, diqqat, tafakkur, xotira va tasavvur tizimli ravishda rivojlanadi. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 2019. 2. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. — Toshkent, 2020. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 199 3. Grosheva, L.G. Yevstafeva, D.T. Maxmudova, Sh.B. Nabixanova, S.V. Pak, G.E. Djanpeisova ”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi T: 2018. 1-81-b; 4. Xodjayeva M., Qosimova N. Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalar. — Toshkent: Fan, 2021. 5. Т.С. Волосовес, В.А. Маркова, С.А. Аверина. СТЕМ-образование детей дошколного и младшего школного возраста. М. Бином. Лаборатория знаний 2019. 6.Grosheva, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, M.A. Kenjabayeva, N.A. Miftayeva. O‘yin orqali ta’lim olish. T:.2020.