scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQA MASHG'ULOTLARI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MUSIQIY SAVODINI SHAKLLANTIRISH

E'zozxon Qobilova Qo'qon davlat universiteti professori

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiysavodini shakllantirishda musiqa rahbarining pedagogik faoliyati, uslubiyyondashuvlari va tarbiyaviy ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Musiqiy savodxonlikbolalarning eshitish, ritmni anglash, nota va ohanglarni farqlash, ijodiy fikrlash,emotsional ifoda kabi muhim qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim vositahisoblanadi. Maqolada musiqa mashg’ulotarining tuzilmasi, savodnio‘rgatishning o‘yinli va interaktiv metodlari, bolalar uchun eng qulayyondashuvlar yoritilgan. Musiqa rahbarining didaktik o‘yinlar, qo‘shiqlar, vizualva audio vositalar orqali savodni o‘rgatishi bolalarning intellektual, estetik vaijtimoiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Yakuniy xulosalarda esamusiqiy savodxonlikni rivojlantirishda tizimli yondashuv va rahbarning kasbiymahorati asosiy omil ekanligi ta’kidlangan.

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 280 MUSIQA MASHG’ULOTLARI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MUSIQIY SAVODINI SHAKLLANTIRISH E’zozxon Qobilova Qo‘qon davlat universiteti professori Annotatsiya; Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy savodini shakllantirishda musiqa rahbarining pedagogik faoliyati, uslubiy yondashuvlari va tarbiyaviy ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Musiqiy savodxonlik bolalarning eshitish, ritmni anglash, nota va ohanglarni farqlash, ijodiy fikrlash, emotsional ifoda kabi muhim qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada musiqa mashg’ulotarining tuzilmasi, savodni o‘rgatishning o‘yinli va interaktiv metodlari, bolalar uchun eng qulay yondashuvlar yoritilgan. Musiqa rahbarining didaktik o‘yinlar, qo‘shiqlar, vizual va audio vositalar orqali savodni o‘rgatishi bolalarning intellektual, estetik va ijtimoiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Yakuniy xulosalarda esa musiqiy savodxonlikni rivojlantirishda tizimli yondashuv va rahbarning kasbiy mahorati asosiy omil ekanligi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar; tafakkur, emotsional, musiqa o`quvi, musiqaviy did, improvizatsiya, musiqa savodi, musiqa tinglash.ta’lim, tarbiya,ijro maxorati,ovoz tarbiyasi, , musiqa darsi, ma’naviyat, milliy qadriyat, san’at, qo’shiq.kuylash texnikasi, musiqiy estetik tarbiya. Аннотация: В данной статье проводится глубокий анализ педагогической деятельности музыкального руководителя в формировании музыкальной грамотности у детей дошкольного возраста, а также его методических подходов и воспитательного воздействия. Музыкальная грамотность является важным средством развития таких способностей детей, как слуховое восприятие, чувство ритма, различение нот и мелодий, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 281 творческое мышление и эмоциональная выразительность. В статье раскрыта структура музыкальных занятий, игровые и интерактивные методы обучения музыкальной грамоте, а также наиболее эффективные подходы для детей дошкольного возраста. Обосновано, что использование музыкальным руководителем дидактических игр, песен, визуальных и аудиосредств положительно влияет на интеллектуальное, эстетическое и социальное развитие ребёнка. В заключении подчёркивается, что системный подход и профессиональное мастерство педагога являются ключевыми факторами в развитии музыкальной грамотности. Ключевые слова: мышление, эмоциональность, музыкальное обучение, музыкальный вкус, импровизация, музыкальная грамотность, музыкальное восприятие, образование, воспитание, исполнительское мастерство, вокальная подготовка, музыкальный урок, духовность, национальные ценности, искусство, песня, техника пения, музыкальноэстетическое воспитание. Annotation: This article provides an in-depth analysis of the pedagogical activity of a music teacher in developing musical literacy among preschool children, focusing on methodological approaches and educational influences. Musical literacy plays a crucial role in developing children’s abilities such as auditory perception, rhythm recognition, distinguishing notes and melodies, creative thinking, and emotional expression. The article highlights the structure of music classes, playful and interactive methods of teaching musical literacy, and the most effective approaches for young learners. It is substantiated that the use of didactic games, songs, and visual and audio materials by the music teacher positively contributes to children’s intellectual, aesthetic, and social development. The conclusion emphasizes that a systematic approach and the teacher’s professional competence are key factors in developing musical literacy. Keywords: thinking, emotional expression, musical training, musical taste, improvisation, musical literacy, listening to music, education, upbringing, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 282 performance skills, voice training, music lesson, spirituality, national values, art, song, singing technique, musical and aesthetic education. KIRISH Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir kursatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va goyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy «Bu fan tanning sogligi uchun foydalidir», degan edi. Bobomiz Shayx Sa’diy aytgan edi: «Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir». Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, ona Vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois o‘quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi ekan, demak, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni aynan maktabgacha ta’limdan boshlash lozimligi ko‘p bora uqtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” 1 gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari yangidan rekonstruksiya qilindi, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurildi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi, ta’lim-tarbiya berish jarayoni jadallashdi, yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilish samaradorligi oshirildi. Buning hammasi kelajak avlodning yaxshi ta’lim tarbiya olishi uchun. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning musiqiy didini shakllantirishda musiqani ongli ravishda idrok etish ko‘zda tutiladi. MTT larda olib boriladigan 1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.2019 yildagi 391-son MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 283 barcha musiqiytarbiyaviy ishlar bolalarda bog'cha yoshidan boshlab olijanob fazilatlami shakllantirishga qaratilgan. Bolalar bog'chalarida am alga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishishida xizmat qiladi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida kichkmtoylar hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradilar. Ular yoshiga mos musiqiy asarlar tarbiyalanuvchilarda unutilmas taassurotlar qoldiradi, ma’naviy dunyosini boyitadi. Bolalar bog‘chasida amalga oshiriladigan mehnat, hisob, atrofimizdagi olam kabi konkret mashg‘ulotlarda bolalarning abstrakt flkrlash, mantiqiy xotira kuchi kabi qobiliyatlari o‘sib borsa, musiqa mashg‘ulotlarida obrazli flkrlashi, nutq madaniyati, musiqiy uquvi, go‘zallikni his eta olish qobiliyati rivojlanib boradi. Turli uslublardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqiy mashg‘ulot kichkintoylarda badiiy nafosat zavqini uyg‘otadi, musiqaga qiziqishini o‘stiradi. Musiqa mashg‘ulotlarini ilmiv metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish bugungi kun bo'lajak musiqa rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.Oddiy musiqa asboblaridan foydalanishni o‘rgatish (masalan, doira, pianino, rubob, gitara).Oson kuylarni ijro etish orqali musiqa madaniyatini singdirish.Bolalar orkestri yoki ansambllarini shakllantirish.Musiqiy sahna chiqishlariga tayyorlash.Turli bayram va tadbirlarga musiqiy chiqishlarni tayyorlash.Sahna madaniyatini o‘rgatish.Jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.dan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Musiqaviy qabul qilish aqliy jarayon bilan boliq, ya’ni diqqatni, kuzatuvchanlikni anglashni talab qiladi. Bolalar musiqa asarining ijrosini eshitadilar, tovushlarning eshitilishi turlarini taqqoslaydilar, badiiy obrazlarning xarakterli jihatlarini, asarning tuzilishini aniqlaydilar. Musiqaviy asar ijro etilgandan so`ng, bolalar tarbiyachining savollariga javob beradilar, asarning umumiy xarakterini aniqlaydilar, ularning so`zlariga, mazmuniga e’tibor beradilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun musiqiy savodxonlikni shakllantirish – ularning estetik didini, eshitish qobiliyatini, ritmik sezgilarini, xotirasini va ijodiy MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 284 fikrlashini rivojlantiruvchi muhim bosqichdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu jarayonni samarali tashkil etishda musiqa rahbari yetakchi rol o‘ynaydi. 1. R.A. Raxmonov. “Musiqa tarbiyasi asoslari” kitobda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan musiqiy mashg‘ulotlar turlari, ularni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodikalar ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif musiqa rahbarining o‘rnini chuqur tahlil qiladi. 2. P.Yo’ldoshevaning “Maktab repertuari” ushbu uslubiy qo‘llanma bolalarga nota o‘qitish, musiqa tinglash madaniyati va cholg‘u asboblarini tanitish kabi savodiy yondashuvlarni ochib beradi. 3. R.Odilovaning “Hushnavo milli cholg’ularimiz” ushbu uslubiy qo’llanmada musiqa orqali bolaning psixik rivoji, emotsional dunyosini kengaytirish, didini o‘stirish bo‘yicha muhim fikrlar bayon etilgan.Taxlillar quyidagicha o’tkaziladi; 1. Nazariy tahlil:Ilmiy-texnik va pedagogik adabiyotlarni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni tahlil qilish. 2. Kuzatish (observation):Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarning ishtiroki va musiqiy faoliyatini bevosita kuzatish. 3. Eksperiment (tajriba):Musiqa darslariga innovatsion yondashuvlar (interaktiv metodlar, didaktik o‘yinlar)ni joriy etish va natijalarni solishtirish. 4. Suhbat va so‘rovnoma:Musiqa rahbarlari, tarbiyachilar va ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish orqali ularning fikrlarini o‘rganish. 5. Statistik tahlil:Olingan natijalarni tizimli tarzda tahlil qilish va xulosalar chiqarish. Adabiyotlar asosida quyidagi tavsiyalar berib o’tamiz; 1. Ovoz balandligi va nota nomlarini eshitish orqali o‘rgatish usul:  Bolaga "do–re–mi" kabi notalarni kuylab eshittiring.  Har bir notaga qo‘l ishorasi bilan javob berishini so‘rang (masalan, “do” — past qo‘l, “mi” — yuqori). MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 285  Har bir notani maxsus rang bilan belgilang (vizual yodlash uchun). foyda : Eshitish, ranglar va harakatlar orqali tez esda qoladi. 2. musiqa savodini ritm asosida qarsak va harakat bilan o‘rgatish usul:  Oddiy she’rga asoslangan ritm: “Qo‘llarim chapak, oyoqlarim taptap!”  Har xil tezlikda (tez/sekіn) qarsak chalish, bolalarni takrorlatish.  Ritm kartochkalari: ritmik shakllarni urish orqali tushunish. foyda: Bolalar tanasi bilan his qiladi va musiqa savodini oson anglaydi. 3. Didaktik o‘yinlar orqali savod o‘rgatish usul:  “Nota kim bo‘ldi?” – Har bir bola bir nota nomi bo‘ladi, navbat bilan chaqiriladi.  “Rangli nota” – Ranglar bilan kodlangan notalar orqali yodlash.  “Keling, nota chalaylik” – oddiy metallofon yoki bolalar pianinolarida chalinadigan ohanglar. foyda: Bolalar o‘yin davomida notani o‘zlashtirib, eslab qoladi. 4. Qo‘shiqlar orqali o‘rgatish usul:  “Do-re-mi” qo‘shig‘i, “Nota sayohati”, “Ritm qahramonlari” kabi o‘quv qo‘shiqlari.  Qo‘shiqning ichida musiqiy belgi va tushunchalar yashiringan bo‘ladi (masalan, “Fa - farishta kelar do‘st izlab”). foyda: Musiqa orqali o‘rgatish esda qolarli va qiziqarli bo‘ladi. 5. Musiqiy kartochkalar va illyustratsiyalar usul:  Har bir nota belgisi uchun alohida rasm (masalan, “Do” — do‘ppi, “Re” — reshka).  Bolalar bu kartochkalarni mos qo‘shiq bilan bog‘laydi. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 286  Piktogrammalar orqali dinamikani (past–baland, sekin–tez) tushunish. Foyda: Vizual yondashuv maktabgacha yoshdagilar uchun ayni muddaobo’ladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa rahbarining faoliyati bolalarning musiqiy savodini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Olib borilgan kuzatishlar, tajribaviy darslar va suhbatlar shuni ko‘rsatdiki, musiqa rahbarining kasbiy salohiyati, pedagogik mahorati, metodik yondashuvlari musiqiy savodxonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Muhokamalar shuni tasdiqladiki, musiqa rahbarining quyidagi jihatlari bolalarning musiqiy rivojlanishida ijobiy natija beradi: 1. Musiqa asarlarining tanlanishi va ularni to‘g‘ri tushuntira olishi – bolalar notalarni eshitish va tanib olish, ohanglarni ajrata olishga o‘rganadi. 2. Cholg‘u asboblaridan foydalanish – an’anaviy va zamonaviy cholg‘ularni bolalarga tanishtirish orqali ularning musiqiy dunyoqarashi kengayadi. 3. Didaktik o‘yinlar va interaktiv metodlar qo‘llanilishi – bolalarda musiqaga qiziqish, eshitish, takrorlash va ritmni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 4. Tashkiliy pedagogik yondashuvlar – har bir bolaning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda yondashuvlar orqali musiqiy savod o‘zlashtiriladi. Interaktiv darslar (masalan, nota o‘yinlari, ritmik harakatlar, musiqa orqali hikoya qilish) orqali musiqiy savodxonlik elementlari (nota eshitish, ritmni tushunish, ohangni ajrata olish)da sezilarli o‘sish kuzatildi. Sinfdagi bolalar nisbatan ko‘proq ijobiy natijalarga erishdi.Shuningdek, musiqa rahbari bolaning emotsional holatini musiqiy vositalar orqali ijobiy tomonga o‘zgartirishi, nutq, xotira va diqqatni rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlanib, bu jarayonda MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 287 o‘qituvchining psixologik yondashuvi ham muhim ekani ta’kidlandi. Nega aynan asosiy qismda musiqa savodi o‘tiladi?  Bolalar bu vaqtda eng faol va e’tiborli bo‘ladi.  O‘rgatilayotgan teoretiknazariy tushunchalarni amaliy mashqlar bilan mustahkamlash imkoni bo‘ladi.  O‘yin bilan uyg‘unlashtirib berilsa, musiqiy savod zo‘riqmasdan esda qoladi. Tavsiya:  4–6 yoshli bolalarga savodni o‘yinlar, illyustratsiyalar, she’r va harakatlar orqali berish samarali bo‘ladi. Masalan: – "Do–re–mi" o‘yinida qo‘l bilan ko‘rsatish – Ritmni qo‘l chalish bilan o‘rgatish – Qiziqarli savodli qo‘shiq matnlari orqali tushuncha berish Natijalar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:  Musiqa rahbari bolalarning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishda markaziy figura sifatida faoliyat yuritadi;  Musiqa mashg‘ulotlariga yangicha yondashuvlar (didaktik o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar, vizual audio vositalar) joriy etilishi natijasida musiqiy savod tezroq shakllanadi;  Pedagogning ovoza, harakat va ifoda bilan ishlash uslublari bolaning musiqaga bo‘lgan munosabatini chuqurlashtiradi;  Individual yondashuvlar va differensial metodlar har bir bolaning rivojlanish darajasiga mos ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqiy savodxonlikni o‘rgatish nafaqat musiqa darslarida, balki ularning umumiy rivojlanishida ham ijtimoiy, hissiy va intellektual jihatdan juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyida musiqiy savod o‘rgatishning asosiy ijobiy ta’sirlarini ko‘rsatib o‘taman: MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 288 1. Eshitish va e’tibor qobiliyatini rivojlantiradi  Bolalar notalarni, ritmni, ohanglarni tinglash orqali farqlash, eslab qolish qobiliyatini mashq qiladi.  Bu diqqatni jamlash, eshituv orqali o‘rganish ko‘nikmasini kuchaytiradi. 2. Aqliy rivojlanishga xizmat qiladi  Nota o‘qish, ritmik shakllarni tushunish - matematika va tilga tayyorlovchi mantiqiy faoliyat hisoblanadi.  Musiqiy belgilarni tushunish orqali abstrakt fikrlash rivojlanadi. 3. Ijodkorlik va tasavvur kuchayadi  Ohanglar bilan ishlash, yangi ritmlar yaratish orqali bola o‘z fikrini musiqa orqali ifodalashga o‘rganadi.  Bu esa ijodiy fikrlash, musiqiy obraz yaratish salohiyatini oshiradi. 4. Xotira va tafakkurni rivojlantiradi  Notalarni yodlash, musiqiy parchalarning shaklini eslab qolish orqali qisqa va uzoq muddatli xotira kuchayadi.  Bu boshqa fanlar (til, matematika)ni o‘zlashtirishga ham ijobiy ta’sir qiladi. 5. Nutq va talaffuzga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi  Ritmik mashqlar, qo‘shiq kuylash orqali artikulyatsiya yaxshilanadi, talaffuz aniqroq bo‘ladi.  Bu ayniqsa nutqiy muammolari bo‘lgan bolalar uchun foydalidir. 6. Jamoada ishlash, muloqot madaniyatini shakllantiradi  Ansamblda kuylash, birgalikda ritmik mashqlar bajarish - hamkorlik, navbat kutish, birga ishlashni o‘rgatadi.  Bu ijtimoiy faollik va do‘stlik hissini rivojlantiradi. 7. Emotsional barqarorlikni oshiradi  Musiqa orqali bola o‘z hissiyotlarini ifoda eta oladi: xursandchilik, g‘am, hayrat...