UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING SAMARODORLIGINI OSHIRISH
Abstract
Umumiy o‘rta ta’lim tmaktablarda o’tiladigan musiqamashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilish, bolada tinglash qobiliyatlarini rivojlantirish,boshlang‘ich sinf bolalari uchun repertuar tanlashda ko’proq obrazli asarlarnitanlash, bolada musiqiy didni shakllantirish va bolani musiqiy bilim bilantanishtirish, bolaning intelektual salohiyatini oshirishda musiqaning ahamiyati,bolani musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga orgatish hamdamusiqaning bola rivojlanishidagi tarbiyaviy salohiyati haqidagi fikrlar kengyoritilgan
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 317 UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING SAMARODORLIGINI OSHIRISH Habibjonova Shoxsanam Murodjon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-kurs talabasi (+99890 ) 245-56-77 E-mаil: [email protected] Annotatsiya: Umumiy o‘rta ta’lim tmaktablarda o’tiladigan musiqa mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilish, bolada tinglash qobiliyatlarini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf bolalari uchun repertuar tanlashda ko’proq obrazli asarlarni tanlash, bolada musiqiy didni shakllantirish va bolani musiqiy bilim bilan tanishtirish, bolaning intelektual salohiyatini oshirishda musiqaning ahamiyati, bolani musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga orgatish hamda musiqaning bola rivojlanishidagi tarbiyaviy salohiyati haqidagi fikrlar keng yoritilgan. Kalit so’zlar: Musiqiy ta’lim, bolalar musiqasi, badiiy obraz, musiqiy idrok, jonli obraz, musiqali drama, musiqa tinglash madaniyati, badiiy va ijodiy g’oya, ijodkorlik. Аннотация: Широко освещены идеи о правильной организации занятий музыкой в общеобразовательных школах, развитии навыков слушания у детей, подборе более образных произведений в репертуаре для учащихся начальной школы, формировании музыкального вкуса у детей и приобщении детей к музыкальным знаниям, значении музыки в повышении интеллектуального потенциала детей, обучении детей слушанию музыки, пению и игре на музыкальных инструментах, воспитательном потенциале музыки в развитии ребенка.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 318 Ключевые слова: Музыкальное образование, детская музыка, художественный образ, музыкальное восприятие, живой образ, музыкальная драматургия, культура слушания музыки, художественно-творческая идея, творчество. Summary: The ideas on the proper organization of music classes in general secondary schools, the development of children's listening skills, the selection of more figurative works when choosing a repertoire for primary school children, the formation of a child's musical taste and introducing the child to musical knowledge, the importance of music in increasing the child's intellectual potential, teaching the child to listen to music, sing, and play musical instruments, and the educational potential of music in child development are widely covered. Key words: Music education, children's music, artistic image, musical perception, live image, musical drama, music listening culture, artistic and creative idea, creativity. KIRISH: Barchamizga ayonki, kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati novqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda”. 1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida yangi tashkil etilayotgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi jahonning ko‘plab ta’lim ekspertlarining e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Ular Respublikada va uning tashqarisida shu sohada o‘tkazilayotgan anjumanlar minbarida kasb-hunar ta’limini o‘zbekcha modeliga ijobiy baho bermoqdalar. Ommaviy axborot vositalari va 1 O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 319 televideniya orqali uzoqni ko‘ruvchi chet el mutaxassislarining chiqishlari ham fikrimizning isbotidir. Bir vaqtlar biz chet el tajribalarini o‘zimizda sinab ko‘rib o‘zlashtirgan bo‘lsak, hozirda esa, bizning tajribamiz chet elliklarga asqotganday ko‘rinmoqda. Bu hol albatta, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini o‘z vaqtida va mukammal ishlanganidan darak beradi. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan kasb turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir Al-Farobiy “Bu fan tanning sog‘lig‘i uchun foydalidir” degan edi. Bobomiz Shayx Sa’diy aytgan edi: “Musiqa odam ruxining yo‘ldoshidir”. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni aktiv rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatini ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni xis eta oladigan, o‘z kasbiga, ona vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois o‘quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa o‘qituvchisining oldiga qo‘yilgan vazifalari quyidagilardir: 1. O‘quvchilarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr-muhabbatni oshirish. 2. Musiqiy faoliyatlar jaroyonida badiiy ijodkorlik va his-tuyg‘ularni rivojlantirish. 3. Asarlarning badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida o‘quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash. 4. Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 320 Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchining professional va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darslarini olib borolmaydi. Buning uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli keng dunyoqarashli ma’naviy yetuk, biror bir cholg‘u asbobini mohirlik bilan ijro eta oladigan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fizologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasining amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i kerak. Musiqa o‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni musiqa o‘qituvchisi ham cholg‘uchi, xonanda, dirijyor, jo‘rnavozchi, musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish ko‘rmog‘i lozim. Musiqa o‘qituvchisining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsga ssenariy muallifi, uning ijrochisi va rejisyori sifatida ish tutadi. Shu bois musiqa darsi san’at darsi deyiladi. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (san’atkorlar bilan uchrashuvlar, ma’ruzakonsertlar, shoirlar bilan uchrashuvlar, “Navruz” bayramlari, “Alifbe” bayramlari, “O‘zbekiston vatanim manim”, Ilhom chashmalari” ko‘rik tanlovlari, bayramlarini) uyushtirish va tashkil etish musiqa o‘qituvchisining zimmasiga yuklatiladi va vazifasiga kiradi. Shu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa maktablari, bolalar teatri, o’quvchilar saroylari) bilan aloqada bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va faoliyatini maktab hayotida qo‘llash ham musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi vazifasidan biridir. O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra “9 va 11 yillik umumiy o’rta ta’lim” joriy etildi. Barcha o‘quv predmetlari qatori musiqa predmeti bo‘yicha ham aytish konseptsiyasi ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqa merosaridan to‘laqonli foydalanish, ommaviy xalq kuylari va qo‘shiqlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o‘z aksini topgan. Mazkur
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 321 dasturning o‘quv jarayoni, musiqa o‘qitish metodikasi. Darslarning yil, chorak mavzulari, taxminiy rejasi, namunaviy darslar ishlanmasi, mahalliy musiqa va dars faoliyatlari dars mavzusining ajralmas bir qismi bo‘lib, umumiy mavzuga bo‘ysunadi va mantiqan uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil etadi. Bu hozirda ishlayotgan o‘qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday talabalar mazkur qo‘llanmalar, tavsiyanomalar majmuasida va nashr etilayotgan o‘quv-metodik qo‘llanmalarda keng ma’noda rivojlanmoqda. Yangi dasturlarni o‘ziga xos yana xususiyatli tomoni shundan iboratki, musiqa madaniyati fanini asosi bo‘lgan musiqa savodxonligini tarkib toptirish lozim bo‘lgan, qator musiqiy qonuniyatlar jumladan, musiqa nutqi, musiqa ifoda vositalari, musiqa shakllari, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi, musiqaning zamonaviyligi kabilar chuqur, mukammal o‘rgatilishi kerak. Demak, yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy-nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim. Chunki, mamlaktimizda yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi nafosat tarbiyasi masalalarini, insonni ma’naviy, ma’rifatli qilib tarbiyalash masalalarini hal qilishda jamiyat va davlat tomonidan qo‘yilgan kata ma’suliyatni musiqa o‘qituvchisining oldiga vazifa qilib qo‘yilmoqda. FOYDALANILGA ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridan. 2. Internet saytlari: O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi” http//uzavtoyul.uz 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’lishidan http/uzembassy.kz
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 322 4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q T. “Sharq” nashryoti-matbaa konsern bosh tahririyati 1998. -32-bet. 5. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996. – B. 5-6. 6. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. Begmatov S., Mamirov Q., Mansurov A., Karimova D., Ro‘ziev I. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001. – B. 13-17. 7. Khayitboboyevich, A. D. (2025). Pedagogical possibilities of organizing music listening activities of future music teachers. International Journal of Pedagogics, 5(02), 56-59. 8. Khayitboboyevich, A. D. (2025). Development of Professional Competence of Future Music Teachers on The Basis of Music Listening Activity. European International Journal of Pedagogics, 5(02), 34-37.