scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TO'GARAKLAR ORQALI ESTETIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH

Moxira Qaxxorova Qo'qon shahar 23-umumta'lim maktabi oliy toifali o'qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘garakmashg‘ulotlari orqali estetik tarbiyalashning mazmuni, ahamiyati va samaraliyo‘llari tahlil qilinadi. Estetik tarbiyaning bola shaxsini har tomonlama kamoltoptirishdagi o‘rni, to‘garak faoliyati orqali o‘quvchilarda go‘zallikni his etish,san’atga mehr uyg‘otish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlariyoritilgan. Shuningdek, estetik tarbiya jarayonida o‘qituvchining roli va zamonaviypedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 366 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TO‘GARAKLAR ORQALI ESTETIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH Moxira Qaxxorova Qo‘qon shahar 23-umumta’lim maktabi oliy toifali o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘garak mashg‘ulotlari orqali estetik tarbiyalashning mazmuni, ahamiyati va samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Estetik tarbiyaning bola shaxsini har tomonlama kamol toptirishdagi o‘rni, to‘garak faoliyati orqali o‘quvchilarda go‘zallikni his etish, san’atga mehr uyg‘otish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, estetik tarbiya jarayonida o‘qituvchining roli va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Estetik tarbiya, to‘garak mashg‘uloti, ijodkorlik, go‘zallik, musiqiy tarbiya, badiiy did, boshlang‘ich ta’lim, shaxs kamoloti. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ ЧЕРЕЗ КРУЖКИ Аннотация: В статье анализируются содержание, значение и эффективные способы эстетического воспитания учащихся начальной школы посредством кружковой деятельности. Раскрывается роль эстетического воспитания во всестороннем развитии личности ребёнка, возможности развития у учащихся чувства прекрасного, привития любви к искусству и развития творческих способностей через кружковую деятельность. Также освещается роль учителя в процессе эстетического MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 367 воспитания и важность его организации на основе современных педагогических подходов. Ключевые слова: Эстетическое воспитание, кружковая деятельность, творчество, красота, музыкальное воспитание, художественный вкус, начальное образование, личностное развитие. FORMING AESTHETIC EDUCATION OF PRIMARY STUDENTS THROUGH CLUBS Abstract: This article analyzes the content, importance and effective ways of aesthetic education of primary school students through club activities. The role of aesthetic education in the comprehensive development of the child's personality, the opportunities for students to feel beauty, instill a love of art and develop their creative abilities through club activities are highlighted. The role of the teacher in the process of aesthetic education and the importance of organizing it based on modern pedagogical approaches are also highlighted. Keywords: Aesthetic education, club activities, creativity, beauty, musical education, artistic taste, primary education, personal development. KIRISH Boshlang‘ich ta’lim bosqichi – bu o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishida muhim davr hisoblanadi. Ayniqsa, estetik tarbiya orqali bolalarda go‘zallikka, san’at va madaniyatga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, ularda badiiy didni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. To‘garak mashg‘ulotlari bu jarayonda o‘quvchilarning qiziqishlari va iste’dodlarini ro‘yobga chiqaruvchi samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Turli san’at, musiqa, tasviriy san’at, raqs va qo‘shiq to‘garaklari orqali bolalar nafaqat ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar, balki go‘zallikni his etish, estetik qadriyatlarni anglash ko‘nikmalarini ham shakllantiradilar. Shu bois to‘garak MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 368 mashg‘ulotlarini puxta tashkil etish va estetik tarbiya bilan uyg‘unlashtirish bugungi ta’lim tizimining dolzarb masalalaridan biridir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan o‘quv fanlarning, shu jumladan musiqa madaniyati fani bo‘yicha o‘quv dasturi va dasturiga kiritilgan yil va chorak mavzulari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, ularni dars va darsdan tashqari musiqiy to‘garaklar faoliyatda olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni bir-biriga moslashtirish o‘quvchilarni umummusiqiy bilim darajalarini oshishi hamda musqiy madaniyatni shakllanishiga samarali ta’sir o‘tkazadi. Bizga ma’lumki musiqa ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha sinfdan tashqari faoliyatlar asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi. 1. Musiqiy badiiy to‘garaklar shakli. 2. Musiqiy ommaviy shakl. Musiqiy badiiy to‘garaklar har bir maktabda musiqa san’atining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqish va musiqiy-estetik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tashkil etiladi. Musiqa san’ati yo‘nalishidagi to‘garaklarni tashkil qilishda eng avvalo musiqa o‘qituvchisining imkoniyatlari hisobga olinadi, shundan so‘ng to‘garaklarga rahbarlar chetdan taklif qilinishi mumkin. Lekin, barcha to‘garaklarda olib boriladigan mashg‘ulotlar musiqa o‘qituvchisining nazorotida bo‘lishi va mashg‘ulotlar mazmunida ta’limiy maqsad va vazifalar, shu jumladan turli ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ommaviy tadbirlarga, konsertlarga tayyorgarliklar e’tiborda tutilishi lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarni musiqa san’atining turli yo‘nalishlarida cholg‘uchilik, xonandalik, raqs, zamonaviy estrada, drama aktyorligi bo‘yicha o‘z qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirib borishlariga zarur imkoniyat yaratadi, ikkinchi tomondan musiqiy-estetik ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa darslari jarayoni uchun belgilangan vaqt hajmi har doim ham o‘tilayotgan dars mavzusiga oid nazariy va amaliy ijrochilik bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta va to‘liq egallash imkoniyatini bermasligi, musiqa o‘qituvchisidan to‘garak va madaniy-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 369 (repititsiya) jarayonida darsda ulgurmagan materiallarni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Bu ayniqsa jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodxonligi, musiqa tinglash va tahlil qilish faoliyatlarida olib boriladigan ta’lim mazmuniga ko‘proq ta’lluqlidir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi iloji boricha to‘garaklar turlarini, ularning faoliyatini kengaytirishga va ularning mashg‘ulotlari mazmunida musiqa madaniyat fani o‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirish va olingan bilim, ko‘nikmalarni mustahkamlab borishlarida ijodiy foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqiy to‘garaklar faoliyatning ikkinchi yo‘nalishi maktabning madaniyma’rifiy hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, o‘tkaziladigan har qanday madaniyommaviy tadbirlarning asosiy sub’ektlari o‘quvchilar va musiqa o‘qituvchisi hisoblanadi. O‘quvchi-yoshlarni turli bayram madaniy-ommaviy bayramlarga jalb qilish ularni musiqiy qobiliyat va iqtidorlarini ko‘pchilik oldida, sahnada namoyish qilishlari, o‘z ustida mustaqil ishlash, izlanish, repititsiya jarayonida o‘z mahorotini yanada takomillashtirishga keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga bu jarayonda ularda o‘z ijodiy mehnatlaridan zavqlanish, yanada yuqoriroq muvoffaqiyatlarga erishish, shu yo‘lda chidam va sabot bilan mehnat qilishga intilish mayllari kuchayadi. Har qanday bayram musiqasiz o‘tmagandek, bayramlarning musiqiy badiiy qismi bayramni bayram sifatidagi mohiyati, mazmuni, maqsadini ifoda etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahnaviy ko‘rinishlar orqali bayram shukuhini berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bayram tadbirlarida ishtrok etuvchi o‘quvchilar oddiy tinglovchi-tomoshabinga qaraganda kuchliroq badiiy-estetik ta’sir og‘ushida bo‘ladilar va bu ularni san’atni badiiy-emotsional his etishlariga hamda ma’naviyestetik tarbiyasiga samarali ta’sir etadi. Bunday tadbirlarga muntazam qatnashuvchi o‘quvchilar o‘z navbatida musiqa to‘garaklarining ham eng faol ishtrokchisi, musiqa o‘qituvchisining eng yaqin yordamchisi va maktab jamoasining faxriga aylanadi. Respublikamiz pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ayrim “musiqiy ta’lim” yo‘nalishlarida bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarini ommaviy-madaniy MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 370 tadbirlar faoliyatiga tayyorlash borasida “qo‘shimcha fanlar” hisobidan o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar keng ommalashtirilmaganligi, bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarini madaniy-ommaviy faoliyatga jalb etish orqali ularni badiiy-estetik tarbiyasini va musiqiy madaniyatini takomillashtirishga tayyorlashning ilmiy-metodik tizimi va texnologik asoslari ishlab chiqilmaganligi bois, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni musiqiy to‘garaklar faoliyatida musiqiy madaniyatini takomillashtirish muammosi faqatgina uni o‘rganish bosqichi holatida ekanligini tasdiqlash joiz. Shunga ko‘ra umumta’lim maktablarida musiqa tao‘garaklari musiqiy-tarbiyaviy ishlarni aniq maqsadli asosda yo‘lga qo‘yish, musiqiy-nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni sinfdan tashqari jarayondagi to‘garak mashg‘ulotlari, musiqiy-madaniy va ommaviy bayram tadbirlari bilan uzviy holda tashkil etish bo‘yicha metodik, pedagogik tavsiyalar, musiqiy to‘garaklar faoliyatida o‘quvchilarni zarur umummusiqiy, musiqiy-nazariy va ijrochilikka oid bilim va malakalarini egallashlari maqsadida aniq yo‘nalishlar, ushbu faoliyatni amaliy tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Musiqiy to‘garaklar musiqiy faoliyat ta’limning o‘ziga xos uzviy qismi sifatida tashkiliy-uslubiy mezonlari, shu jumladan, shu jarayonning namunali texnologik modellari, mashg‘ulotlarni samarali usul va vositalari, interfaol metodlardan foydalanish yo‘llari, texnik-ko‘rgazmali jihozlar, cholg‘u asboblari, maxsus jihozlangan repititsiya xonasi, sahna bezaklari, xullas musiqiy to‘garaklar faoliyatni samaradorligini ta’minlovchi yaxlit shart-sharoitlar musiqa ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirishda muhim vazifalardir. Musiqa o‘qituvchilari tomonidan musiqa ta’limi va tarbiyasini musiqa to‘garaklari bilan ishlash faoliyatlar mujassamligida olib borish mazmuni, jarayoni, shakllari, uslublari va vositalari va uni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha shu yo‘sinda izlanishlar olib borish aynan hozirgi kun talabiga mos keladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘garaklar orqali estetik tarbiyalash ularning ijodiy fikrlashini, badiiy didini va go‘zallikka bo‘lgan munosabatini rivojlantiradi. Bu jarayon o‘quvchining nafaqat MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 371 san’atga, balki hayotdagi barcha go‘zalliklarga ongli ravishda yondashishiga zamin yaratadi. O‘qituvchi tomonidan to‘garak faoliyatining maqsadga muvofiq rejalashtirilishi, zamonaviy metodlardan foydalanilishi va har bir bolaga individual yondashuv estetik tarbiya samaradorligini yanada oshiradi. Natijada, o‘quvchi barkamol, estetik didga ega, ijodkor shaxs sifatida shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T., O‘zbekiston, 2017. – 488 b. 2. Kobilova, Ezozkhon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130. 3. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALITY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132. 4. Azizkhonova, M., and E. Qobilova. "IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN FORMING YOUTH'S MUSICAL CULTURE AND SPIRITUALITY." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 51-57. 5. Kabilova, E. B. "FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 10.10 (2023): 68-74. 6. Qabilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALITY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132. 7. QOBILOVA, E’ZOZXON. "Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons." Journal of Positive School Psychology 7.2 (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 372 8. E.Qobilova Developing methodological competence in future music teachers. Qo‘qon DPI. Scientific Reports 2024 Issue 3, page 722 9. E’zozxon Qobilova THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF COOPERATION BETWEEN SCHOOL AND FAMILY IN SHAPING MUSICAL CULTURE AMONG YOUTH. International Journal of Pedagogics.(ISSN – 27712281) VOLUME 04 ISSUE 10 PAGES: 162-166 10. Qobilova, E. (2024). THE IMPORTANCE OF MUSIC TEACHING IN EDUCATION. QO‘QON UNIVERSITY NEWSLETTER, 12, 99–100. https://doi.org/10.54613/ku.v12i.999 11. E.Qobilova.Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 3-son 722bet.SAN’ATSHUNOSLIK (MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT)Orcid: 0009-00011275-3080 12. E.Qobilova .Yoshlarda musiqiy madaniyatni shakllantirishda maktab va oila hamkorligining tarbiyaviy ahamiyati. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son 383bet SAN’ATSHUNOSLIK (MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT