scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDA MILLIY QADRIYATLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Mukammalxon Murodova Qo'qon davlat universiteti 3-bosqich talabasi

Abstract

Mazkur maqolada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdamilliy qadriyatlarning o‘rni va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yoritilgan.Milliy qadriyatlar asosida shakllanayotgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning shaxskamolotiga, vatanparvarlik, insonparvarlik va ijtimoiy faollik sifatlarinirivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogikyondashuvlar orqali qadriyatlarni targ‘ib etishning samarali shakl va uslublarihaqida fikr yuritilgan

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 373 MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDA MILLIY QADRIYATLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Mukammalxon Murodova Qo’qon davlat universiteti 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlarning o‘rni va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yoritilgan. Milliy qadriyatlar asosida shakllanayotgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning shaxs kamolotiga, vatanparvarlik, insonparvarlik va ijtimoiy faollik sifatlarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali qadriyatlarni targ‘ib etishning samarali shakl va uslublari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, ma’rifat, milliy qadriyat, tarbiya, yoshlar, axloq, pedagogik jarayon, madaniyat. ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ОРГАНИЗАЦИИ ДУХОВНОПРОСВЕТИТЕЛЬСКОЙ РАБОТЫ Аннотация: В данной статье освещается Роль национальных ценностей в организации духовно-просветительской работы и их значение в воспитании молодежи. Проанализирована роль духовно-просветительской деятельности, формирующейся на основе национальных ценностей, в становлении личности, развитии качеств патриотизма, гуманизма, общественной активности. Также были рассмотрены эффективные формы и методы продвижения ценностей с помощью современных педагогических подходов. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 374 Ключевые слова: духовность, просвещение, национальные ценности, воспитание, молодежь, нравственность, педагогический процесс, культура. EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF NATIONAL VALUES IN THE ORGANIZATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL WORK Annotation: this article covers the role of national values in the organization of spiritual and educational work and their importance in youth education. The role of spiritual and educational activity, formed on the basis of national values, in the development of personality maturation, qualities of patriotism, humanism and social activity, has been analyzed. There has also been a reflection on effective forms and styles of promoting values through modern pedagogical approaches. Keywords: spirituality, enlightenment, national value, upbringing, youth, ethics, pedagogical process, culture. KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida yoshlar ongiga turli g‘oyalar va qarashlar kirib kelayotgan bir paytda, ularni milliy ruhda, ma’naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlarga tayangan holda ish olib borish muhimdir. Milliy qadriyatlar – xalqning tarixiy xotirasi, madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari va ma’naviy boyliklarining mujassam ifodasidir. Ular yosh avlodda milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-oqibat, halollik va mas’uliyat hissini shakllantiradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy siyosat ham aynan milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yoshlar qalbiga singdirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu borada ta’lim muassasalari, mahalla va madaniyat markazlarining hamkorligi muhim o‘rin tutadi.Musiqa bizni turli xil hissiy holatlarga olib borish va atrofimizdagi dunyoni tushunish va talqin qilishga yordam beradigan noyob qobiliyatga ega. Bu qalbimizga chuqur kirib boradigan, o‘chmas iz qoldiradigan MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 375 yuksak san’at turidir.Musiqa olami o’zining jozibadorligi bilan xamma vaqt insonlarni o’ziga maftun etgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida va davlat dasturlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning roliga alohida e’tibor qaratilgan.Masalan, Sh.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” asarida yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularni milliy g‘oya asosida tarbiyalash zarurligi ta’kidlanadi. Pedagog olimlar A.Avloniy, A.Qodiriy, H.Homidiy, M.Oripova va boshqalar o‘z ilmiy izlanishlarida milliy qadriyatlar – insonparvarlik, odob-axloq, mehnatsevarlik va Vatanga sadoqat kabi fazilatlarni tarbiya jarayonining ajralmas qismi sifatida e’tirof etganlar.Zamonaviy adabiyotlarda esa ma’naviy-ma’rifiy ishlarning innovatsion shakllari – trening, interaktiv mashg‘ulot, milliy qadriyatlar asosida loyihaviy ishlar o‘tkazish orqali tarbiyaviy samaradorlikni oshirish yo‘llari o‘rganilmoqda. MUHOKAMA VA NATIJALAR Vatanimiz ta`limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir.Yangilangan ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr demakdir. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 376 ilmma’rifat baxsh eta oladi. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta`lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga xam ega bo’lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, milliy qadriyatlarni ma’naviyma’rifiy jarayonga singdirish quyidagi natijalarga olib keladi: 1. O‘quvchi va talabalar ongida milliy o‘zlikni anglash hissi kuchayadi. 2. Yoshlarning axloqiy me’yorlarga rioya etish madaniyati shakllanadi. 3. Ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunan boyiydi va milliy ruhda o‘tadi. 4. Pedagoglar o‘z faoliyatida qadriyatlarga tayanish orqali ta’sirchan tarbiya usullarini qo‘llay boshlaydi. 5. Milliy qadriyatlar asosida yaratilgan dastur va loyihalar yoshlar ma’naviyatini mustahkamlaydi. Demak, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun qadriyatlarni faqat nazariy emas, balki amaliy faoliyatga singdirish zarur. Masalan, “Mehr-oqibat haftaligi”, “Oila qadriyati”, “Ona yurtim – faxrim” kabi tadbirlar orqali yoshlar qalbida iftixor tuyg‘usini uyg‘otish mumkin. XULOSA Xulosa qilib aytganda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Ular yosh avlodni barkamol inson, vatanparvar fuqarolar sifatida voyaga yetkazishning asosi hisoblanadi. Milliy qadriyatlarga tayangan holda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar nafaqat yoshlarning ma’naviy olamini boyitadi, balki jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Shu bois, ta’lim muassasalarida ma’naviyma’rifiy faoliyatni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb masala bo‘lib MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 377 qolmoqda.Maktab o‘quvchilarining ruhiy dunyosini shaklantirishda, ularning kelajakdagi rivojlantirishda musiqa o‘qituvchisining xizmati ham kattadir. Musiqa fani o‘qituvchisi o‘z fanini musiqani sevish, unga ishtiyoq bilan yondoshishi o‘qituvchilarni yaxshi Ko’rishi, musiqa san’ati vositalari bilan o‘qitish va taribiyalashga qiziqish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Nurmatov X. «O‘zbek xalq musiqasi» O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi nashriyoti, 1998. 2. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132 3. SHAVKATOVNA, DJUMABAEVA MUQADDAS. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153. 4. V.Alimasov, Y.Manzarov. O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy soha: nazariya va amaliyot. Toshkent, 2014.108b. 5. V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil, 33b. 6. Madaniyat va san’at atamalari izohli lug‘ati/ Taxrirchi: B.Sayfullayev. - Toshkent; 2014.-B. 87. 7. B.Sayfullayev B.,Rustamov V. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati: o‘quv qo‘llanma. -Toshkent; 2017. -B.47. 8. Genkin D.M.. Massoviye prazdniki. -Moskva; 1998. -S. 45. 9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati /Taxrirchi: Z.Ma'rufov. -Moskva, 1981. -B.198