scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA'NAVIYMA'RIFIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHDA TARBIYACHINING O'RNI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Niyozova Maftuna Normaxmat qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi Akr

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviyma’rifiy qiyofani shakllantirish jarayonida tarbiyachining o‘rni, vazifalari vapedagogik yondashuvlari yoritilgan. Maqolada bolalarning axloqiy fazilatlari,milliy qadriyatlarga hurmat, ijtimoiy faollik va madaniy ongni rivojlantirishdatarbiyachi shaxsining namuna sifatidagi ta’siri tahlil qilinadi. Maqolatarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonidama’naviy qadriyatlarni integratsiyalash va bolalarda to‘g‘ri dunyoqarashnishakllantirishga doir amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 388 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA’NAVIYMA’RIFIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHDA TARBIYACHINING O‘RNI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Niyozova Maftuna Normaxmat qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Akramova Laylo Sharofiddin qizi Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviyma’rifiy qiyofani shakllantirish jarayonida tarbiyachining o‘rni, vazifalari va pedagogik yondashuvlari yoritilgan. Maqolada bolalarning axloqiy fazilatlari, milliy qadriyatlarga hurmat, ijtimoiy faollik va madaniy ongni rivojlantirishda tarbiyachi shaxsining namuna sifatidagi ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlarni integratsiyalash va bolalarda to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishga doir amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, tarbiyachi, axloqiy fazilatlar, ma’naviyat, milliy qadriyatlar, pedagogik yondashuv, tarbiyaviy muhit, bolalar rivoji, shaxsiy namuna, interaktiv metodlar, badiiy adabiyot, ijtimoiy kompetensiya, tarbiyachi mahorati, ma’naviy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, pedagogik texnologiyalar. РОЛЬ ВОСПИТАТЕЛЕЙ В ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНОВОСПИТАТЕЛЬНОГО ОБЛИКА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Аннотация. В статье рассматриваются роль, задачи и педагогические подходы воспитателя в процессе формирования духовно-нравственного MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 389 облика детей дошкольного возраста. Анализируется влияние воспитателя как образца для подражания на развитие у детей нравственных качеств, уважения к национальным ценностям, социальной активности и культурного самосознания. В статье даны практические рекомендации по повышению профессиональной компетентности воспитателей, интеграции духовных ценностей в образовательный процесс и формированию у детей правильного мировоззрения. Ключевые слова: дошкольное образование, духовно-педагогическое воспитание, воспитатель, нравственные качества, духовность, национальные ценности, педагогический подход, образовательная среда, развитие ребенка, личный пример, интерактивные методы, художественная литература, социальная компетентность, мастерство воспитателя, духовные ценности, нравственное воспитание, педагогические технологии. THE ROLE OF THE EDUCATOR IN FORMING THE SPIRITUAL AND EDUCATIONAL IMAGE OF PRESCHOOL CHILDREN Abstract. This article discusses the role, tasks and pedagogical approaches of the educator in the process of forming a spiritual and educational image in preschool children. The article analyzes the influence of the educator as a role model in the development of children's moral qualities, respect for national values, social activity and cultural awareness. The article contains practical recommendations on improving the professional competence of educators, integrating spiritual values in the educational process and forming the right worldview in children. Keywords: preschool education, spiritual and educational upbringing, educator, moral qualities, spirituality, national values, pedagogical approach, educational environment, child development, personal example, interactive methods, fiction, social competence, educator skills, spiritual values, moral upbringing, pedagogical technologies. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 390 Kirish. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlar ta’lim tizimida ham yangilanishlar bo‘lishini taqozo etish bilan birgalikda zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida mavjud muammolar, bajarilishi lozim bo‘lgan ta’limiy tadbirlarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Mustaqil davlatimizning hozirgi taraqqiyoti kelajak avlodning munosib vakillari - bolalar tarbiyasi va ta’limiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shuning uchun ham mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq hukumatimiz e’tiborida sog‘lom avlod va komil inson tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda ham ushbu masala o‘zining dolzarbligi bilan hamon kun tartibida turibdi. Hozirgi bolalar, farzandlarimiz - kelajak avlod hisoblanadi. Asosiy qism. Maktabgacha yosh — shaxsning xarakteri, dunyoqarashi va ijtimoiy tasavvurlari shakllanadigan eng muhim davr bo‘lgani uchun tarbiyachining roli yanada mas’uliyatlidir. Tarbiyachi bolalarga atrof-muhitni anglash, o‘z xattiharakatini nazorat qilish, muloqot madaniyatini egallash, boshqalarga hurmat va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi fazilatlarni o‘rgatadi. Shu bilan birga, u o‘quv jarayonida milliy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, maqollar, xalq qo‘shiqlari, milliy bayramlar orqali ma’naviy tarbiya berib boradi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraladi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo qulay tashkiliy-huquqiy sharoit yaratildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchi navbatda maktab yoshiga qadar bo‘lgan bolalarni umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, Konstitutsiyani o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi. Ma’lumki, to‘g‘ri va ongli tarbiya insonning insonligini ta’minlaydi. Bu esa insonning kasbiy yetuk, axloqiy barkamol va intellektual salohiyatliligi hamda ma’naviy yuksakligini MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 391 talab etadi. Shu sababli, yoshlarning hayot so‘qmoqlarida adashmasliklarini ta’minlash, ularni zamonning bo‘ronu – to‘fonlardan himoya qilish, tarbiyaning hayot-mamot masalasi ekanini tarbiyachilarga, pedagoglarga, keng jamoatchilikka qayta-qayta tushuntirish zarur. Bunda pedagoglarning ma’naviy-immunologiy tarbiyasi nihoyatda muhim hisoblanadi va bu orqali g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslikka erishish mumkin. Shuning bilan birga bu qayd etilganlarning barchasi tarbiya sohasidagi amalga oshirish lozim bo‘lgan faoliyatning nihoyatda muhimligi, serqirraligi va dolzarbligini ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogi bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga kirishar ekan, uning mazmuni va mohiyatini chuqur anglashi hamda bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ishlarda unga amal qilishi lozim. Falsafa fanlari doktori, professor E.Yusupov ta’kidlaganidek, “Inson hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan ma’naviy olamini boyitib boradi. Aqlan va axloqan boyib borgan sari o‘z oldiga ajoyib vazifalarni qo‘yib, unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa ma’naviy zaminni talab qiladi. Ma’naviy kamolot jarayonida inson xarakteri toblanadi”. Shunday ekan, eng avvalo yosh avlodning madaniyatini, ma’naviy-axloqiy salohiyatini ko‘tarmoq, milliy mafkurasini uyg‘otmoq zarur. Zero, o‘zini anglagan, millat ma’naviyatini tushungan insongina xalqini, millatini, Vatanini, oilasini taniydi. Xalq va millat oldidagi burchni, mas’uliyatini, majburiyatini anglaydi. Insonning ma’naviy-axloqi xalq, davlat, jamiyat ma’naviyatiga asos bo‘ladi. Shununingdek, chuqur nazariy va amaliy bilimlar, malaka, ko‘nikmalar hosil qilish, ijtimoiy hayotdagi voqeahodisalari va muammolariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, Vatanni sevish, ajdodlari yaratgan bebaho ma’naviy javoxirlarni imkon qadar egallash, ularni asrab-avaylash va boyitish, mamlakatimiz kelajagini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bugungi holatini chuqur tahlil qilish, jahondagi va mamlakatimizdagi ma’naviy, aqliy bilimlardan foydalanib voqelikda faol ishtirok etish ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 392 Har bir jamiyatning rivoj topishi va ravnaqida uning kelajak poydevori bo‘lgan o‘sib kelayotgan yosh avlodga yaratayotgan imkoniyatlari, shart-sharoitlari asos bo‘ladi. Bizning mamlakatimizda ham yosh avlodning o‘sib unishi uchun zamonaviy barcha talablarga javob beradigan qiziqish va intilishlarini ko‘ndiradigan shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib kelmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga va shu orqali yosh avlodni har tamonlama barkamol shaxs sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada maktabgacha ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni sanab o‘tish jarayonida, shuni aytib o‘tish joizki yurtboshimiz tomonidan chiqarilayotgan turli farmon, qarorlar bu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 2018yil 30sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaror, 2019 yil 14 dekabrda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ham shu sohadagi munosabatlarni tartibga solishda innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya berish jarayonida kompetensiyaviy yondoshuv o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tamonlama hayotiy muhim ko‘nikmalarini, axloqiy me’yoriy qadriyatlarni o‘zlashtirish, ijtimioy munosabatlarini xamda insonlar bilan muloqot qilish, turli faoliyat xususiyatlarini shakllantirishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. Ma’naviy tarbiyaning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish” kabi jihatlarga ham e’tibor qaratilib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni o‘yin orqali kompetensiyalarini rivojlantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, o‘yin faoliyati oddiy harakatlaridan tortib, psixik jarayonlari elementlaridan eng murakkabigacha ta’sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zaro tengdoshlari bilan muloqoti asosan o‘yin jarayonida yuzaga keladi. Birga o‘ynab bolalar birbirlarini hurmat qilishini, boshqa bolalarni harakati va hoxishlarini inobatga olishni, o‘yin imkoniyatlaridan kelib chiqib birga rejalar tuzishini o‘rganishadi. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 393 Xulosa. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviyma’rifiy qiyofasini shakllantirishda tarbiyachi nafaqat ta’lim beruvchi, balki bolalarning shaxs sifatida kamol topishiga yo‘naltirilgan bosh murabbiy, ruhiy qo‘llab-quvvatlovchi va ma’naviy yetakchi sifatida muhim o‘rin egallaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Azimov Muxammadjon Nemat oʻgʻli “Maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samaradorligini oshirishning ustuvor jihatlari” “Yangi O‘zbekistonda ma’naviyat sohasidagi tadqiqotlarning monitoringi va optimallashtirishning dolzarb vazifalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi «Afzalzoda books», 2023 2. Nosirov O‘. “Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish”. Uslubiy qo‘llanma, Toshkent-2010. 3. A.Aliyev “Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat” T.: Akademiya-2007. 4. Niyozova M.N. “Methodological approaches to the formation of spirituality and moral qualities in preschool children” Journal of Applied Science and Social Science 2025 yil aprel 5. Niyozova M.N. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviyma’rifiy qiyofasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirish” Tadbirkorlik va pedagogika Ilmiy-uslubiy jurnal 2025-yil 3-son 6. Niyozova M.N. “The effectiveness of interactive methods in teaching moral and cultural values to preschool children” International journal of artificial intelligence 2025 yil aprel