MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA'NAVIYMA'RIFIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada, yangi Oʻzbekistonda ma'rifatli jamiyat barpoetishda maktabgacha ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samaradorliginioshirishning ustuvor jihatlari, Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish,barkamol avlod ma'naviy tarbiya jarayoni, pedogog-tarbiyachilar tomonidantoʻgʻri tashkil etilishi, kasbiy faoliyat jarayonida ma'naviy-ma'rifiy islohotlaryoʻlida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarni amaliyotga toʻgʻri vaholis tadbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 394 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA’NAVIYMA’RIFIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI NIYOZOVA MAFTUNA NORMAXMAT QIZI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim”kafedrasi oʻqituvchisi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada, yangi Oʻzbekistonda maʼrifatli jamiyat barpo etishda maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samaradorligini oshirishning ustuvor jihatlari, Maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish, barkamol avlod maʼnaviy tarbiya jarayoni, pedogog-tarbiyachilar tomonidan toʻgʻri tashkil etilishi, kasbiy faoliyat jarayonida maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar yoʻlida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarni amaliyotga toʻgʻri va holis tadbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan. Kalit soʻzlar: Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, maʼnaviy tarbiya, axloqiy tarbiya, tarbiyachi-pedogog mahorati, barkamol avlod. ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ДУХОВНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СФЕРЫ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Аннотация: В данной статье рассматриваются приоритетные аспекты повышения эффективности духовно-просветительской работы в системе дошкольного образования в построении просвещенного общества нового Узбекистана, совершенствование системы дошкольного образования, процесс гармоничного духовного воспитания поколения, правильная организация этого процесса педагогами, а также правильная и объективная
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 395 реализация приоритетных задач, которые должны быть реализованы в процессе духовно-просветительских реформ в процессе профессиональной деятельности. Ключевые слова: Организация дошкольного образования, духовнообразовательные реформы, духовное воспитание, нравственное воспитание, воспитательно-педагогическое мастерство, гармоничное поколение. DIDACTIC POSSIBILITIES OF FORMING THE SPIRITUALEDUCATIONAL FORM OF PRESCHOOL CHILDREN Abstract: This article discusses the priority aspects of increasing the effectiveness of spiritual and educational work in the preschool education system in building an enlightened society in the new Uzbekistan, the improvement of the preschool education system, the process of harmonious spiritual upbringing of the generation, the correct organization of this process by educators, and the correct and objective implementation of priority tasks that should be implemented in the process of spiritual and educational reforms in the process of professional activity. Keywords: Preschool education organization, spiritual and educational reforms, spiritual education, moral education, educator-pedagogical skills, harmonious generation. KIRISH Qadimdan oʻzbek xalqi bola tarbiyasida uning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib kelgan. Bunga qaysi adabiyot yoki asarni qoʻlga olishimizdan qatʼiy nazar insonning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga doir fikr mulohazalarni uchratishimiz tabiiy holga aylangan. Ushbu kitoblarning negizidagi mohiyat esa taʼlim yaʼni ilm olmagan inson ruhsiz tana ekanligi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni oʻzida mujassam etadi. Aynan inson kamolotida taʼlim va tarbiya insonni ulugʻlikka
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 396 yetaklovchi omil ekanligi va u orqali inson oʻz ilmini kelajak avlodga yetkazib berish orqali uni abadiylikka muhrlashi mumkinligiga guvoh boʻlamiz. ASOSIY QISM Axloq kishilarning xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning oʻz-oʻziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida bir shaklidir. Axloq sinfiy xususiyatga ega, chunki axloq his-tuygʻu, tushuncha va prinsiplar ma’lum ijtimoiy formatsiyaga xos boʻlib, ijtimoiy tuzum oʻzgarishi bilan u ham oʻzgaradi. Bizning jamiyatimizdagi axloq, eng yaxshi umuminsoniy xulq normalarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Insonning barkamolligi uning ma’naviy dunyosi qandayligi bilan belgilanadi. Yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligidir. Oʻzbek xalqining ma’naviyati haqiqatgoʻy va adolatli boʻlish, jaholat va qabihlik yoʻlini toʻsish, insoniylik, mexrshafqat, ma’rifat, doʻstlik, mardlik, birodarlik, mehmondoʻstlik, poklik, xushxulqlik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. Oʻzbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Hozirgi va kelajak avlodimiz kishilari oʻzbek milliy ma’naviyatini yaxshi bilishlari va unga rioya qilishlari lozim. Shundagina jamiyat toʻq, farovon, kishilar osoyishta va madaniy hayot kechiradilar. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maʼnaviyat saboqlari mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarini malaka talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va taʼlim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hozirgi kunning talablaridan biriga aylandi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maʼnaviyat saboqlari mashgʻulotlarida fasllar, bayram va tadbirlarga oid musiqa asarlari ustida ishlash, bayram va tadbirlar rejasini ishlab chiqish, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi ertaliklar va bayramlar davlatimizning muhim voqealari bilan bogʻliq tarzda tashkil etiladi. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 397 undash va bu xatti-harakatini sekin-asta koʻnikmaga aylantirib, tayanch kompetensiyalarini shakllantirib borish lozim. Tayanch kompetensiyalar - bolani kim va qanday kasb egasi boʻlishidan qat’iy nazar, hayotda, kasbiy faoliyatda, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli boʻlishi uchun egallashi lozim boʻlgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy koʻnikma va malakalar majmuidan iborat. Bunda har bir maktabgacha yoshdagi bola kommunikativ boʻlishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirishi, ijtimoiy faol boʻlishi, umummadaniy hislatlarga ega va yangiliklardan xabardor boʻlishi nazarda tutiladi. Bola tarbiyasi uzoq muddatli, uzluksiz davom etadigan murakkab jarayon. U tarbiyachi (ota-ona, ustoz-murabbiy, pedagog)lardan doimo xushyorlik, sergaklik, mahorat, bilim talab qiladi. Shu tarzda bolaning asta-sekin aqliy salohiyati takomillashib, u komillikka intilib boradi. Pedagogika fani bolaning ma’naviyaxloqiy rivojlanishida tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid juda koʻp tadqiqotlar natijalarining koʻrsatishicha, maktabgacha tarbiya davri bolaning ma’naviy shakllanishida eng muhim bosqichdir. Xuddi mana shu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi, 67 yoshga borganda, esa ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga kelib, bola tevarak-atrofdagilar bilan boʻladigan munosabatda ana shu egallab olgan axloq-qoida va normalari nuqtai nazaridan ish tutadigan boʻlib qoladi, shuning uchun bolalarga ilk yoshidan boshlab axlokiy tarbiya berib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib boriluvchi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mohiyatini toʻla ochib berish uchun “maʼnaviyat” va “maʼrifat” tushunchalarining lugʻaviy maʼnolarini tahlil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Maʼnaviyat soʻzi – arabcha “maʼnolar majmui”– kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuini anglatadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa, tarbiya obyekti alohida xususiyatlarga ega. Ular – ijtimoiy munosabatlarga endi kirishayotgan tabiat, jamiyatga, Vatanga, tarixga, oʻz-oʻziga
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 398 munosabatlari toʻliq anglanmagan bolalardir. Shu sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi”ni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar tizimining gʻoyaviy boyitilgan sinonimi sifatida tushunishiz mumkin. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning amaliy-pedagogik maqsadi – bu maktabgacha yoshdagi bolalarda maʼnaviy madaniyatni shakllantirishdir. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar natijasi bolaning maʼnaviy madaniyati va uning tarkibiy qismlariga pedagogik taʼsirining samarali yetib borishiga bogʻliq. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar, maktabgacha yoshdagi bolalarni maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda taʼlim-tarbiya tizimining muhim qismidan biridir. Maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalarida maʼnaviy madaniyatni shakllantirishning amaliy ahvolini oʻrganish bu sohani samaradorligini oshirish uchun: – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar nazariyasi va amaliyoti orasidagi pedagogik ziddiyatni bartaraf etish, – Bolalar boʻsh vaqtini unumli tashkil etishga qaratilgan tashkilotlarning tarbiyaviy tadbirlari yangi tizimini ishlab chiqish; – Tarbiyachilarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning nazariy va uslubiy asoslari bilan qurollantirish; – Bolalar maʼnaviyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni zararsizlantirishning maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlarini bugungi kun xarakteridan kelib chiqib ishlab chiqish; – Mazkur yoʻnalishda maktabgacha taʼlim tashkilolarida va oila, mahalla hamkorligining samaradorligini oshirish; – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda milliy maʼnaviy qadriyatlardan foydalanishning ilmiy-uslubiy, tashkiliy shart-sharoitlarni taʼminlash va boshqalar. Ma’naviyaxloqiy tarbiya jarayonida bola axloqiy jihatdan kamolga yetadi. Ma’naviy-axloqiy tasavvurlarning rivojlanishi jarayonida eng avvalo ular oʻzlarining boshqalar bilan boʻladigan munosabatlarini ongli tushuna boshlaydilar,
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 399 tengdoshlari va kattalar bilan boʻladigan munosabatlarida axloq saboqlari rivojlana boradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bolalarni ma’naviy tarbiyalash uchun xizmat qiladi va ma’naviy-axloqiy tarbiyada samarali foydalanishning muhim sharti sifatida qaraladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi faoliyatning mazmunan milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, boy merosimiz bilan uyg‘un holda shuningdek zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar asosida tashkil etilishiga ham bog‘liqdir. ADABIYOTLAR ROʻYHATI 1. Azimov Muxammadjon Nemat oʻgʻli “Maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samaradorligini oshirishning ustuvor jihatlari” “Yangi O‘zbekistonda ma’naviyat sohasidagi tadqiqotlarning monitoringi va optimallashtirishning dolzarb vazifalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi «Afzalzoda books», 2023 2. Nosirov O‘. “Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish”. Uslubiy qo‘llanma, Toshkent-2010. 3. A.Aliyev “Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat” T.: Akademiya-2007. 4. Niyozova M.N. “Methodological approaches to the formation of spirituality and moral qualities in preschool children” Journal of Applied Science and Social Science 2025 yil aprel 5. Niyozova M.N. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviyma’rifiy qiyofasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirish” Tadbirkorlik va pedagogika Ilmiy-uslubiy jurnal 2025-yil 3-son 6. Niyozova M.N. “The effectiveness of interactive methods in teaching moral and cultural values to preschool children” International journal of artificial intelligence 2025 yil aprel