MAKTABGACHA TA'LIMDA BOLALARGA MUSIQA MASHG'ULOTLARI ORQALI NAFOSAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida musiqamashg‘ulotlari orqali bolalarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning pedagogik vapsixologik asoslari yoritilgan. Musiqa bolalarning estetik his-tuyg‘ularini,go‘zallikni anglash va qadrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim vosita sifatidatalqin etiladi. Maqolada musiqa mashg‘ulotlarining ta’sirchanligi, bolalarda ijobiyemotsional muhit yaratishdagi ahamiyati hamda pedagogning estetik tarbiyajarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalardamusiqiy faoliyat orqali nafosatni shakllantirishda zamonaviy metodlardanfoydalanishning samaradorligi ko‘rsatib berilgan.
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 438 MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARGA MUSIQA MASHG‘ULOTLARI ORQALI NAFOSAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH Qo‘qon davlat universiteti dotsenti v/b G. Shadiyeva Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida musiqa mashg‘ulotlari orqali bolalarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari yoritilgan. Musiqa bolalarning estetik his-tuyg‘ularini, go‘zallikni anglash va qadrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim vosita sifatida talqin etiladi. Maqolada musiqa mashg‘ulotlarining ta’sirchanligi, bolalarda ijobiy emotsional muhit yaratishdagi ahamiyati hamda pedagogning estetik tarbiya jarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy faoliyat orqali nafosatni shakllantirishda zamonaviy metodlardan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, musiqa mashg‘ulotlari, nafosat tarbiyasi, estetik did, musiqiy faoliyat, emotsional rivojlanish, estetik qadriyatlar, ta’lim, tarbiya, tushunish, madaniyat, idrok, nafosat, metod, ijod, tafakkur qobiliyat, iqtidor. ФОРМИРОВАНИЕ ЛИЧНОСТНОГО ВОСПИТАНИЯ ЧЕРЕЗ МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Аннотация: В статье рассматриваются педагогические и психологические основы формирования эстетического воспитания детей посредством занятий музыкой в процессе дошкольного образования. Музыка рассматривается как важное средство развития эстетических чувств детей, способности понимать и ценить прекрасное. В статье анализируется эффективность занятий музыкой, их значение в создании позитивного эмоционального фона у детей, роль педагога в процессе эстетического воспитания. Показана эффективность использования современных методов
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 439 в формировании эстетического вкуса у детей дошкольного возраста посредством музыкальной деятельности. Ключевые слова: дошкольное образование, занятия музыкой, воспитание элегантности, эстетический вкус, музыкальная деятельность, эмоциональное развитие, эстетические ценности, образование, воспитание, понимание, культура, восприятие, элегантность, метод, творчество, мыслительная способность, талант. FORMATION OF PERSONAL EDUCATION THROUGH MUSIC TRAINING IN PRESCHOOL EDUCATION. Abstract: This article discusses the pedagogical and psychological foundations of the formation of aesthetic education in children through music lessons in the process of preschool education. Music is interpreted as an important tool in developing children's aesthetic feelings, ability to understand and appreciate beauty. The article analyzes the effectiveness of music lessons, their importance in creating a positive emotional environment in children, and the role of the teacher in the process of aesthetic education. It also shows the effectiveness of using modern methods in the formation of elegance in preschool children through musical activities. Keywords: preschool education, music lessons, education of elegance, aesthetic taste, musical activity, emotional development, aesthetic values, education, upbringing, understanding, culture, perception, elegance, method, creativity, thinking ability, talent. Kirish. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning har tomonlama barkamol, estetik jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu jarayonda musiqa mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyosdir. Musiqa nafaqat bolalarda eshitish, qo‘shiq aytish yoki ritmni his etish qobiliyatini rivojlantiradi, balki ularning ruhiy olamini, his-tuyg‘ularini, nafosatga bo‘lgan munosabatini ham shakllantiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish to‘g‘risida”gi
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 440 qarorlarida ham bolalarda milliy qadriyatlar, estetik did va ma’naviy tarbiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlari orqali bolalarning go‘zallikni his etish, musiqiy didni shakllantirish va estetik dunyoqarashini rivojlantirish pedagogik jarayonning ajralmas qismidir. Musiqa mashg‘ulotlari orqali bola atrof-muhitdagi tovushlar, ohanglar, ritmlar va kuylar orqali hayot go‘zalligini his qiladi. Ularning musiqiy faoliyatga jalb etilishi orqali badiiy didi, his-tuyg‘ulari, ijobiy kechinmalari mustahkamlanadi. Shunday qilib, musiqa bolalarning ichki dunyosiga estetik nur sochuvchi eng ta’sirchan vosita sifatida qaraladi. Asosiy qism. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rinni tutgan inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofidagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va kadrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. O‘quvchilar nafosat hissini san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan baxramand bo‘lishni avvalo maktablarda o‘rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati dasturlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go‘zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan bo‘lishi kerak. Olimlardan birlari “Odam Shaxs bo‘lish uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i kerak”- degan edi. O‘zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o‘zining qadimiy ilmfani, adabiyoti,
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 441 sanhati va madaniyati bilan ulkan hissa qo‘shgan buyuk millatdir. Milliy ma’naviyatimiz rivojida boshqa san’at turlari qatorida musiqa sanhati ham muhim o‘rin tutadi. Milliy musiqa musiqa sanhatining eng qadimiy va shu bilan birga, xalq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalaridan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi. Musiqaning milliy ma’naviyatimizga ta’sir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash mumkinligini fan allaqachon isbot qilgan .Bola hali qo‘liga qalam ushlashni, o‘qib yozishni bilmay turiboq musiqani his qila oladi. Ko‘pincha shu dastlabki taassurotlar musiqaga bo‘lgan munosabatlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun umumiy ta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida musiqa tahlimiga ham e’tibor berilgan. Musiqa, avvalo, bolalarning his-tuyg‘ularini mayinlashtiradi. Musiqa asarlarini his etish kabi ularda ko‘pgina insoniy fazilatlarni uyg‘otadi. Albatta, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda adabiyot, tarix, sport va boshqa sohalar katta o‘rin tutadi. Binobarin, nazm va musiqa doimo yonmayon yashaydi. Musiqani his etish tabiat taassurotlari ostida tug‘iladi, qolaversa, bog‘cha va maktabda shakllanib boradi. Musiqa darslari o‘quvchilarni faqatgina nafosat jihatdan emas, balki keng mahnoda mahnaviyaxloqiy jihatdan ham tarbiyalaydi. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, ne-ne zamonlar zayliga bardosh berib, xalqning orzu-armonlari, o‘ylari va intilishlarini mujassam etgan kuyko‘shiqlarimiz, maqomlarimiz barcha turdagi tahlim muassasalari o‘quv dasturlaridan kengroq joy olsa yaxshi bo‘lar edi. Zamonamizning zabardast yozuvchisi, jahonga mashhur adib Chingiz Aytmatov “Kunda” romanida yozadi: “. hayot, o‘lim, muhabbat, shavq va ilhom hammasini musiqa aytadi, zotan, biz musiqa vositasida eng oliy hurlikka erishamiz, bu hurlik uchun ongimiz yorishgan zamonlardan boshlab, butun tariximiz davomida kurashganmiz, lekin unga musiqadagina erishganmiz”. Xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari har bir faoliyatimizda, har soniyada - tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada o‘z ifodasini topadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalardagi go‘zallikni idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi, nozik did va hur fikrbilan qurollantiradi,
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 442 ma’naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani “tilsiz falsafa” deb bejiz aytishmagan. Musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr - muhabbat va rahmdillik uyg‘ularini uyg‘otishi mumkin. Shu bilan birga, maqomlar mazmunida buyuk davlat mafkurasiga muvofiq bo‘lgan tasavvuf ta’limoti g‘oyalarini badiiy ifoda etish vazifasi ham qo‘yilgan. Tabiiyki, ushbu murakkab ilmiy masalalarni tadqiq etish har tomonlama yеtuk musiqashunos olimlar zimmasiga yuklatilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalari uchun musiqiy bilimlar mazmunini belgilash bir qator psixologik xususiyatlarni ehtiborga olishni talab etadi. Zero, musiqiy bilimlarni egallash avvalo shaxsning ruhiy olami bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun ham B.M.Teplov tomonidan berilgan tezislarni bu jarayonda yo‘naltiruvchi deb idrok etish mumkin. Unda quyidagilarga ehtibor qaratilgan: 1. Musiqiy kechinmalar tabiatdan olingan kechinmalardir... Musiqani tushunish, agarda musiqiy asarning ichki tuzilishini nazarda tutmasak, doimo hishayajon tushunchalaridir. 2. Musiqiy kechinmalar faqat his-hayajondan iborat bo‘lishi kerak emas. U his-hayajondan boshlanadi, lekin tugamaydi. His-tuyg‘ular orqali biz hayotni anglaymiz. Musiqa – dunyoni his-tuyg‘ular orqali anglashdir. 3. Musiqaning asl mazmunini chuqur anglash qiyin. Uni bilishning boshqa vositalari orqali o‘rganish mumkin. Musiqiy obrazlar olami “o‘zo‘zidan oxirigacha tushunarli bo‘lmaydi”. Qo‘shiq kuylash faoliyatida musiqiy dunyoqarash, musiqiy did shakllanadi. Bu faoliyat turida bolalar musiqiy bilimlarga asoslangan holda qo‘shiq kuylaydilar. Buning uchun ular musiqiy asarga taalluqli bo‘lgan mahlumotlarni o‘zlashtiradilar. Shu jarayonda ularda musiqiy dunyoqarash va musiqiy did shakllanadi. Musiqa savodi faoliyatida musiqiy tafakkur, tasavvur va musiqiy dunyoqarash shakllanadi. Bu faoliyat turida bolalar musiqaning yaratilish tarixi, musiqaning ifoda vositalari – ritm, metr, registr, o‘lchov, lad, temp, nota yo‘li va yozuvi, tovushlar uzunligi va balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida bilimga ega bo‘lish bilan birga,
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 443 ularning musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu o‘z navbatida bolalarni musiqa olamiga olib kiradi va musiqiy dunyoqarashlarini shakllantiradi. Musiqa tinglash faoliyatida musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash shakllanadi. Bu faoliyatda bolalar musiqa tinglab, uni bevosita idrok eta boshlaydilar. Bu esa ularning musiqiy tafakkurlarini shakllantiradi. Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlar bajarish va musiqa tinglash kabi faoliyatlarni bajarar ekanlar ularda musiqiy tafakkur, musiqiy dunyoqarash, musiqiy tasavvur, musiqiy qobiliyatlar, musiqiy his-tuyg‘u, musiqiy idrok rivojlanib boradi, shuningdek, ularda musiqiy madaniyat va dunyoqarash ham shakllanib boradi. Tinglangan musiqiy asar haqida mulohaza yurita boshlaydilar.Musiqa ostida ritmik harakat bajarish faoliyatida musiqiy dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur, musiqiy idrok, musiqiy ritm hissi va musiqiy xotira shakllanadi. Bu faoliyat turida o‘quvchilarda deyarli barcha musiqiy psixologik xususiyatlar shakllanadi. CHunki bu faoliyatda ular o‘zlari bevosita musiqiy asarga jo‘r bo‘ladilar. Avval ular musiqiy asarni tinglab ko‘radilar (musiqiy idrok), bu esa musiqaning ritmik ko‘rinishini eslab qolishni (musiqiy xotira), qaysi asbobda jo‘r bo‘lsa yaxshiroq jaranglashini (musiqiy did) tanlashni taqozo etadi. O‘quvchi bu faoliyatda mustaqil fikrlaydi (musiqiy tafakkur), natijada uning musiqiy dunyoqarashi shakllanib boradi. Bolalarda cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatida musiqiy dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur, musiqiy idrok, musiqiy ritm hissi va musiqiy xotira shakllanadi. Bu faoliyat turida bolalarda deyarli barcha musiqiy psixologik xususiyatlar shakllanadi. Chunki bu faoliyatda ular o‘zlari bevosita musiqiy asarga jo‘r bo‘ladilar. Avval ular musiqiy asarni tinglab ko‘radilar (musiqiy idrok), bu esa musiqaning ritmik ko‘rinishini eslab qolishni (musiqiy xotira), qaysi asbobda jo‘r bo‘lsa yaxshiroq jaranglashini (musiqiy did) tanlashni taqozo etadi. Bola bu faoliyatda mustaqil fikrlaydi (musiqiy tafakkur), natijada uning musiqiy dunyoqarashi shakllanib boradi. Ayni vaqtda shuni aytish joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo‘lmasin, u shaxsning barcha psixologik jihatlari shakllanishiga yordam beradi. Shuni tahkidlashimiz kerakki, musiqiy faoliyatlarning har biri barcha sanab o‘tilgan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 444 psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo‘lsa ham o‘z tahsirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Jumladan, musiqiy his-tuyg‘ular, musiqiy dunyoqarash, musiqiy idrok, musiqiy tafakkur, musiqiy tasavvur va musiqiy qobiliyatni shakllantiradi. Demak, ular bolalarning umumiy musiqiy madaniyati, estetik dunyoqarashining shakllanishiga ham o‘z tahsirini ko‘rsatadi. Bu esa barkamol shaxsning rivojlanishi va tarbiyalanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega jihatlardan biridir. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limda musiqa mashg‘ulotlari bolalarda nafosat tarbiyasining poydevorini yaratadi. Musiqa orqali bola o‘z histuyg‘ularini ifoda etishni, go‘zallikni anglashni, estetik qadriyatlarni qadrlashni o‘rganadi. Pedagog esa bu jarayonda yo‘naltiruvchi, rag‘batlantiruvchi va estetik muhit yaratuvchi asosiy shaxsdir. Shuning uchun ham maktabgacha ta’limda musiqa mashg‘ulotlariga ijodkorlik, mehr va metodik yondashuv bilan yondashish — nafosatli, musiqiy didga ega avlodni tarbiyalashning eng muhim shartidir. FOYDALANILGAN DABIYOTLAR. 1. “О‘zbеkistоn Rеsрublikаsini yаnаdа rivоjlаntirish bо‘yichа hаrаkаtlаr Strаtеgiyаsi tо‘g‘risi”dа 2017-yil 7fеvrаldаgi РF-4947-sоnli fаrmоni. 2. RahimovB.X. Zamonaviy o‘qituvchi-muloqot madaniyati ob’ekti va sub’ekti. J. Xalq ta’limi. 2004. №3. 88-89b. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi ― Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida PQ-3990son qarori. www.lex.uz 6. Kobilova, Ezozkhon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130. 7. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALITY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132. 8. Azizkhonova, M., and E. Qobilova. "IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN FORMING YOUTH'S MUSICAL CULTURE AND SPIRITUALITY." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 51-57.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 445 9. Kabilova, E. B. "FORMING A SENSE OF PATRIOTISM IN STUDENTS THROUGH THE LIFE AND WORK OF COMPOSER DONI ZAKIROV." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 10.10 (2023): 68-74. 10. Qabilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALITY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132. 11. QOBILOVA, E’ZOZXON. "Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Songs To 4th Class Students In Music Culture Lessons." Journal of Positive School Psychology 7.2 (2023). 12. E.Qobilova Developing methodological competence in future music teachers. Qo‘qon DPI. Scientific Reports 2024 Issue 3, page 722 13. E’zozxon Qobilova THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF COOPERATION BETWEEN SCHOOL AND FAMILY IN SHAPING MUSICAL CULTURE AMONG YOUTH. International Journal of Pedagogics.(ISSN – 27712281) VOLUME 04 ISSUE 10 PAGES: 162-166 14. Qobilova, E. (2024). THE IMPORTANCE OF MUSIC TEACHING IN EDUCATION. QO‘QON UNIVERSITY NEWSLETTER, 12, 99–100. https://doi.org/10.54613/ku.v12i.999 15. E.Qobilova.Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 3-son 722bet.SAN’ATSHUNOSLIK (MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT)Orcid: 0009-00011275-3080 16. E.Qobilova .Yoshlarda musiqiy madaniyatni shakllantirishda maktab va oila hamkorligining tarbiyaviy ahamiyati. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son 383-bet SAN’ATSHUNOSLIK (MUSIQA, TASVIRIY SAN’AT