MUSIQA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri vao‘quvchilar bilan ishlashda ruhiyat masalasi borasida so‘z yuritilgan
Full text
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 507 MUSIQA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING ROLI Qo‘qon davlat universiteti dotsenti. Turdiyev Shavkat Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri va o‘quvchilar bilan ishlashda ruhiyat masalasi borasida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: ruhiyat,iste’dod, qobiliyat, ijod, kreativlik, kayfiyat, zavqlanish, qat’iylik, mushohada, ko‘tarinkilik, depressiya, irpda, ta’lim, tarbiya. РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ МУЗЫКАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ И ПСИХОЛОГИИ. Аннотация: В данной статье говорится о влиянии музыки на психику человека и проблеме психологии в работе со студентами. Ключевые слова: дух, талант, способности, творчество, творчество, настроение, наслаждение,целеустремленность, наблюдательность, восторг, депрессия, ирпда, образование, воспитание. THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING MUSIC PEDAGOGY AND PSYCHOLOGY. Abstract: This article talks about the influence of music on the human psyche and the issue of psychology in working with students. Key words: spirit, talent, ability, creation, creativity, mood, enjoyment, determination, observation, elation, depression, irpda, education, upbringing. Kirish. Musiqa qadimgi yunoncha: μουσική – „muzalar sanʼati“ – inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar) ni oʻzida
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 508 mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari – Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari – Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari – Imom Gʻazzoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual – muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqdir. Asosiy qism. Musiqa iste’dod va zakovat o‘zining cheksiz imkoniyatlari, mo‘jizaviy tabiati bilan bizni hayratga soladi va o‘ziga maftun etadi. Musiqa psixologiyasi juda qadim davrlardanoq o‘rganib kelinmoqda. Musiqa psixalogiyasi bo‘yicha ilk izlanishlar antik davr faylasuflari asarlarida va o‘rta asrlarga kelib sharqning buyuk mutaffakkirlari asarlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan: Pifagor (er.avv..VI asr) asarlarida, uning evritmiya ta’limotida musiqa psixologiyasi haqida gap boradi. Evritmiya deganda olim insonning barcha hayotiy hodisalardan munosib ritm, usul topa olish qobiliyatini tushungan. Shu tarzda ijtimoiy hayotni musiqaga ya’ni ladga, orkestrga qiyoslash Pifagordan qolgan.Bu orkestrda har bir ijrochi ma’lum bir cholg‘uni chalganidek, hayotda har bir insonning o‘z vazifasi bor. Pifagor kuy va ritm inson qalbiga muayyan ta’sir ko‘rsatishini ham aniqlagan va shu tariqa musiqa va inson pisixologiyasi bir biriga chambachas bog‘liqligi haqidagi fikrlar taraqqiy eta boshlagan. Umidsizlik, ruhiy istirob, asabiylashish, g‘azab va boshqa psixologik vaziyatlarda musiqaning inson psixikasiga sezirlarli ta’siri aniqlanib borgan. Boshqa bir Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch - qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘liqdir degan fikrni ilgari surgan.Platon va uning izdoshlari davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblashgan. Aristotel (er.avv.IV asr) ham musiqani individning ijtimoiy hayot bilan uyg‘unlashish vositasi deb hisoblagan. Musiqa psixologiyasi yo‘nalish va
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 509 tarmoqlarga egadir. Masalan: musiqiy ijod psixologiyasi – bu asosan bastakor va kompozitorlarning xayol, tasavvur, musiqa yaratish, yangi musiqiy asarni dunyoga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatidir. P.I.Chaykovskiy mazkur jarayon va o‘sha daqiqada paydo bo‘luvchi ilhom haqida shunday degan edi: “Ilhom kelgan paytda, odatdagi holatdan chiqa boshlaysan. Bir fikr boshqa birini haydamoqchi bo‘ladi, bu tushuntirib bo‘lmas ilhom tuyg‘usidir”. Kompozitor nota yozish bilan birga asarni tinglovchiga aniq еtkazib bera oladigan ijrochini ham yaxshi tasavvur qilishi kerak. Musiqa psixologiyasining yana bir yo‘nalishi bu – musiqiy ijrochilik psixologiyasidir. Bu yo‘nalishda musiqa san’atidagi asosiy faoliyatlardan biri musiqa ijrochiligidir. Zo‘r ijroni tinglab, lazzat, quvonch, ilhom tuyg‘ularini his etamiz yoki yunonlar aytganidek,”ichki”, ruhiy poklanish va еngilanish. Musiqiy idrok psixologiyasi bu - musiqani tinglab idrok etishini ham xuddi musiqa yozish va ijro etish kabi musiqa san’atidagi asosiy faoliyat turi deb hisoblash lozim. Qolaversa, tinglovchisiz musiqa san’ati o‘z ma’nosini yo‘qatadi va yashashdan to‘xtaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u Musiqiy ta’lim, tarbiya psixologiyasi bu – musiqa psixologiyasining mazkur tarmog‘i psixologik yo‘riqlariga asoslanadi, o‘quvchilar bilan ishlashning aniq usullarini topishga yordam beradi. Bu tarmoq o‘quvchilarning tabiiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltiruvchi va musiqiy qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi musiqa pedagogikasiga uzviy bo‘gliqdir. Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish kabi an’anaviy usullar bilan bir qatorda musiqa psixologiyasida musiqiy zehn, is’tedod, qobiliyatlarni aniqlash, asarni o‘rganish va uning ustida ishlash, konsertda chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilar va konsert jamoasi bilan o‘zaro munosabatlar va boshqa testlar ishlab chiqilgan. Musiqa ta’limi va tarbiya psixologiyasi ikki yo‘nalishda o‘rganiladi: bu maxsus musiqa ta’limi va umumiy musiqa tarbiya yo‘nalishidir. Musiqashunoslik, musiqa targ‘iboti va musiqiy ma’rifat psixologiyasi –bu musiqashunoslik va musiqiy ma’rifiy faoliyat musiqa san’ati o‘rganish va targ‘ib etishga yo‘naltirilgan. Musiqa tarixchilari, tanqidchilari, nazariyotchilari, targ‘obotchilari, musiqa ma’rifati bilan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 510 shug‘ullanuvchilar musiqa holatidagi fanlarni o‘rganishadi, tahlil qilishadi, boyitishadi, rivojlantirishadi hamda klub, istirohat bog‘lari, dam olish uylari, radio, telvidenia, matbuot va boshqa joylarda omma o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib borishadi. Musiqa psixoterapiya psixologiyasi–sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanilgan musiqa musiqiy psixoterapiyada o‘rganiladi. Buning uchun tinglash va ijod qilishga mo‘ljallangan musiqa tavsiya etiladi. Bizda musiqa psixologiyasining mazkur sohasi deyarli o‘rganilmagan, negaki u ham meditsina, ham musiqa sohalari bo‘yicha jiddiy ilmga ega bo‘lishni taqazo etadi. Biroq buyuk mutaffakir –olim Ibn Sino tadqiqotlarida bu sohadagi izlanishlarni ko‘rishimiz mumkin. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqdir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning „botiniy“ tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. Musiqa hayotimizda juda katta rol o‘ynaydi. U ilhomlantiradi va tinchlantiradi, zavqlantiradi va tantanavorlikni beradi. Umuman olganda va har bir inson uchun individual ravishda qadimgi faylasuflar va donishmandlar yozgan. Musiqa butun dunyoni ilhomlantiradi, qalbni qanotlar bilan
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 511 ta’minlaydi, tasavvurning parvoziga yordam beradi; musiqa mavjud hamma narsaga hayot va zavq bag‘ishlaydi. Uni hamma narsaning go‘zal va hamma narsaning timsoli deb atash mumkin. “Musiqa ruhning axloqiy tomoniga ma'lum bir ta'sir ko‘rsatishga qodir; musiqa shunday xususiyatlarga ega ekan, uni yoshlar tarbiyasi uchun fanlar qatoriga kiritish kerak “Musiqa quvonch manbai dono odamlar, u odamlarda ezgu fikrlarni uyg‘otishga qodir, ularning ongiga chuqur kirib boradi, odat va odatlarni osongina o‘zgartiradi.Musiqaning inson salomatligi, emotsional holatiga ta’sir etish imkoniyati, musiqani tinglash va ijro etish jarayonidagi chuqur musiqiy kechinmalarning ijobiy ta’siri psixologiyada ham, musiqada ham ilmiy izlanishlar olib borish uchun muhim asosdir. Musiqa o‘qituvchisi psixologiyani yaxshi bilsagina bolalar qalbiga yo‘l topa oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. R.G‘.Qodirov. “Musiqa psixologiyasi”. ,,Musiqa “ nashryoti Toshkent 2005 . 2. V.I.Petrushin. “Muzika’kalnaya psixologiya” M.1997 3. Kabilova , E. B. "FORMIROVAT DUKHOVNOE MIROVOZZRENIE PODRASTAYUSCHEGO POKOLENIYA CHEREZ FOLKLORA GENRE." Oriental Art oath Culture 3.1 (2022): 291-295. 4. Kabilova , E. B. "FORMIROVAT DUKHOVNOE MIROVOZZRENIE PODRASTAYUSCHEGO POKOLENIYA CHEREZ FOLKLORA GENRE." Oriental Art oath Culture 3.1 (2022): 291-295. 5. Bakirovna , QE "Theoretical And Methodological Basis Of Overcoming Contradictions In Modern Musical And Educational Practice." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 117-120. 6. Kabilova , Ezoz . "THE PLACE OF FOLK SONGS IN ISAJAN SULTAN'S STORIES." American Journal Of Social Sciences And Humanities Research 4.02 (2024): 44-49.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 512 7. Kabilova , Ezoz . "THE PLACE OF FOLK SONGS IN ISAJAN SULTAN'S STORIES." American Journal Of Social Sciences And Humanities Research 4.02 (2024): 44-49. 8. Qabilova , Ezozkhan. "The Significance Of Interdisciplinary Connection In The Formation Of Music Literacy In Children With Hearing Defect In Music Lessons." Onomázein 62 (2023): December (2023): 1382-1388. 9. Kabilova , EB, et al. "THE FORMATION PROCESS OF ANCIENT MUSICAL ART." Science and innovation 2. Special Issue 14 (2023): 560-565. 10. Jamoliddinova , D., et al. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE PROFESSIONAL AND PEDAGOGICAL CREATIVITY OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS. Ezozkhan Kabilova ." 269.