Full text
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 132 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI VA KELAJAKDAGI HUQUQIY MUAMMOLAR Jumabayeva Sabina Jamolovna, Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi e-mail: sabinajumabay[email protected]om Annotatsiya. Zamonaviy texnologiyalar asrida yashar ekanmiz, har qadamda raqamli innovatsiyalarga duch kelamiz. Ayniqsa, hujjatlarni elektronlashtirish, turli huquqiy ma’lumotlarni tegishli saytlar va platformalarga kiritish taraqqiy etib bormoqda. Hattoki, hozirda muayyan jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaxsga doir ma’lumotlarni ham elektron shaklda qayd qilishning imkoni mavjud. Hozirda deyarli barcha shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari onlayn tarzda qayd etiladi. Albatta, bu jamiyatimiz uchun bir qancha qulayliklarni yaratishi mumkin. Lekin shu bilan birga uning salbiy tomonlarini, ayniqsa, kiberjinoyatchilikning ommalashib ketayotganligini ham inobatga olish maqsadga muvofiq. Shu sabab hozirda sun’iy intellekt vositalari orqali shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va bu texnologiyalarning kelajakda tug‘dirishi mumkin bo‘lgan muammolarini bartaraf etish dolzarb mavzuga aylandi. Quyidagi maqola orqali bir qator davlat va mutasaddi organlarning aynan shu mavzuga oid olib borayotgan siyosati va xavf solishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish yo‘lidagi sa’y-harakatlari tilga olinadi. Bilamizki, zamonaviy dunyoda barcha rivojlangan davlatlar singari raqamli texnologiyalardan foydalanish – bu davr talabi. Shunday ekan, yurtimizdagi ish hujjatlarining aynan elektronlashtirish tizimiga o‘tganligi uning katta yutug‘i. Vaholanki, har bir davlat o‘z fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi borasida javobgar hisoblanadi.
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 133 Aynan davlat qonun hujjatlari bilan uni mustahkamlashi darkor. Mazkur maqolada ushbu dolzarb masala borasida joriy etilgan qonun hujjatlari tahlil etilgan va uni yanada rivojlantirish uchun tavsiyalar berilgan. Maqola yakunida esa tahlil etilgan mavzu yuzasidan tegishli xulosalar keltirilib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, hujjatlarni elektronlashtirish, shaxsga doir ma’lumotlar, ma’lumotlar xavfsizligi, kiberjinoyat, kiberxavfsizklik, qonun hujjatlari, kelajakdagi muammolar. БЕЗОПАСНОСТЬ ПЕРСОНАЛЬНЫХ ДАННЫХ И БУДУЩИЕ ПРАВОВЫЕ ПРОБЛЕМЫ В ЭПОХУ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ Жумабаева Сабина Жамоловна, Ташкентский государственный юридический университет, Факультет международного права и сравнительного правоведения, Студент 1 курса Аннотация. В эпоху современных технологий мы сталкиваемся с цифровыми инновациями на каждом шагу. Особенно активно развивается процесс электронного оформления документов и внесения различных юридических данных на соответствующие сайты и платформы. Даже персональные данные, относящиеся к конкретному физическому лицу или позволяющие его идентифицировать, теперь можно фиксировать в электронном виде. В настоящее время практически все личные данные граждан регистрируются онлайн. Безусловно, это создаёт определённые удобства для общества. Вместе с тем необходимо учитывать и отрицательные стороны, особенно широкое распространение киберпреступности. В связи с этим использование инструментов искусственного интеллекта для обеспечения безопасности персональных данных и предотвращения возможных проблем в будущем стало крайне актуальной темой. В данной статье рассматриваются меры и политика ряда государств и компетентных
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 134 органов по данному вопросу, направленные на предотвращение потенциальных угроз. Известно, что использование цифровых технологий является требованием времени во всех развитых странах. Переход нашей страны на систему электронного документооборота является значительным достижением. В то же время каждое государство несёт ответственность за защиту персональных данных своих граждан, и это должно быть закреплено законодательством. В данной статье проанализированы действующие законодательные акты по данной проблеме и предложены рекомендации для их дальнейшего совершенствования. В заключительной части статьи приведены соответствующие выводы по рассматриваемой теме. Ключевые слова: цифровые технологии, искусственный интеллект, электронный документооборот, персональные данные, безопасность данных, киберпреступность, кибербезопасность, законодательство, будущие проблемы. SECURITY OF PERSONAL DATA AND FUTURE LEGAL ISSUES IN THE ERA OF DIGITAL TECHNOLOGIES Jumabayeva Sabina Jamolovna, Tashkent State University of Law, Faculty of International Law and Comparative Jurisprudence, 1st-year student Abstract. Living in the era of modern technologies, we encounter digital innovations at every step. In particular, the process of digitizing documents and entering various legal data into relevant websites and platforms is rapidly developing. Even personal data belonging to or identifying a specific individual can now be recorded electronically. Today, the personal information of almost all citizens is stored and processed online. Undoubtedly, this provides several conveniences for society. However, it is also necessary to consider the negative aspects, especially the widespread growth of cybercrime. Therefore, the use of artificial intelligence tools to ensure the security of personal data and to prevent
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 135 potential future problems has become a highly relevant topic. This article examines the measures and policies of several states and competent authorities regarding this issue, aimed at preventing potential threats. It is well known that the use of digital technologies is a demand of the era in all developed countries. The transition of our country to an electronic document management system is a significant achievement. At the same time, every state is responsible for protecting the personal data of its citizens, and this responsibility must be reinforced through legislation. This article analyzes the current legal acts in this field and provides recommendations for further improvement. The conclusion section summarizes the main findings on the topic. Keywords: digital technologies, artificial intelligence, electronic documentation, personal data, data security, cybercrime, cybersecurity, legislation, future challenges. Kirish Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanib borayotgani va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ommalashib ketayotganligi hech kimga sir emas. Bu esa innovatsion tizimlar inson faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab olayotganini anglatadi. Ushbu taraqqiy etayotgan texnologiyalar shu qadar insonga qulayliklar yaratadiki, sun’iy intellekt vositalarisiz hayotni tasavvur qilish mushkul masala. Har bir shaxs yaratilayotgan bunday imkoniyat va qulayliklardan ma’lum bir maqsad yo‘lida foydalanadi. Shu narsa aniqki, hozirda barcha ma’lumotlar raqamlashtirilmoqda. U xoh iqtisodiy, xoh huquqiy ma’lumotlar yoki turli sohalardagi hujjatlar xususan, sud, prokuratura, tergov ishlari, soliq, moliya, yer, mulkka oid ma’lumotlar bo‘lsin, bularning barchasi birgina onlayn platformada o‘z aksini topadi. Hattoki, shartnoma va bitimlarning ham elektron shakklarini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchilarga oid axborotlar ham ma’lumotlar bazalarida saqlanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan “Shaxsga doir ma’lumotlari to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilinib, uning 4-moddasida shaxsiy ma’lumotlar muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 136 qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot sifatida, ma’lumotlar bazasi esa tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi etib belgilangan 1 . Raqamlashtirish jarayoni fuqarolar uchun ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida topish va qayta ishlashni osonlashtiradi; xizmatlar tez, qulay va shaffof ko‘rsatiladi; axborotlarni boshqarish, yangilash va tahlil qilish osonlashadi; elektron ma’lumot almashinuvi biznes va davlat o‘rtasidagi aloqalarni soddalashtiradi. Ammo bu tizim jamiyatimizga ko‘plab imkoniyatlarni yaratib berayotgan bir vaqtda turli xavflarni ham keltirib chiqarishini hisobga olish maqsadga muvofiq. Raqamli texnologiyalar rivojlangani sayin noqonuniy ravishda birovning shaxsiy ma’lumotlariga ega bo‘lish, ularni o‘zgartirish, tarqatish va bu orqali ularning moliyaviy saviyasiga zarar yetkazuvchi jinoyat – kiberhujum ko‘lamining kengayishi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida kiberxavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qiladi. Aynan shu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘risida” gi Qonuni mavjud bo‘lib, unda kiberjinoyatchilikka quyidagicha ta’rif berilgan: Kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi. Shunday ekan shaxsga doir ma’lumotlarga qarshi jinoyatlar ham uning bir turi hisoblanadi. Kiberxavfsizlik esa kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati sifatida qaraladi. Davlatning asosiy maqsadi ham aynan shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashdir 2 . Hozirda global muammo hisoblanmish kiberjinoyatchilik nafaqat yurtimizni, balki bir qator rivojlangan davlatlarni ham tashvishga solib qo‘ymoqda. Tobora kuchayib borayotgan bu jinoyat hatto amaldagi qonun hujjatlarni ham ortda qoldirib 1 O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun, O‘RQ-547, 4-modda, 2019. 2 O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun, O‘RQ-681, 2020 yil.
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 137 ketayotganligi barchamizga ayon. Belgilangan javobgarlikka qaramay, internet olamida birovlarning shaxsiy ma’lumotlarini noqoniny tarzda egallab olish, sir saqlanishi kerak bo‘lgan axborotlarni boshqa shaxslarga tarqatish yoki ularni butunlay o‘chirib yuborish hollarini kuzatilmoqda. Lekin shunga qaramay, hozirda ko‘plab davlatlarning xususan, Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarning shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatga qarshi kurashish borasida olib borayotgan islohotlarini ko‘rishimiz mumkin. Quyida ushbu masalada bir qator davlatlarning olib borayotgan tajribalarini ko‘rib o‘tamiz: Xususan O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. U shaxsga doir ma’lumotlar yuzasidan davlat siyosatini yuritadi va ularning xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Axborot tizimida yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni bartaraf etadi. Bu esa har bir fuqaroning shaxsiy ma’lumotlarining ishonchli saqlanishi uchuun xizmat qiladi. Bundan tashqari yurtimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va qat’iy javobgarlikning belgilanishi axborot olamidagi jinoyatlarga qarshi samarali yo‘ldir. Ushbu maqolaning maqsadi – shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tizimining samaradorligini aniqlashdir. Shuningdek, tadqiqot kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan. Material va metodlar Shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi bugungi kundagi dolzarb muammolardan bir bo‘lganligi bois ushbu maqolada ,asosan, nazariy-tahliliy va deskriptiv metod ya’ni izohlash metodi qo‘llanildi. Ushbu yondashuvlar orqali hozirgi rivojlangan davlatlarning qonun hujjatlari yoritib berildi va qo‘llanilayotgan islohotlar o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi joriy qonunchiligining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari tahlil qilindi. Asosiy manbalar sifatida LexisNexis saytida nashr etilgan Privacy and Data Protection in Russia
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 138 (2017) maqolasi, Rossiya Federatsiyasi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” gi qonuni va “Kiberxavfsizlik” qonuni tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro tajribani solishtirma tahlil usuli orqali Oʻzbekiston Respubliskasi qonunchiligi Yevropa Ittifoqi, Isroil, Kanada qonunchiligi bilan solishtirildi va tegishli xulosalar berildi. Quyida yuqoridagi manbalarni keltirib o‘tamiz: 1. Xorijiy davlatlar qonunchiligi. Ushbu manba bizga rivojlangan davlatlar joriy etgan hujjatlar va ularning xavfsizlik borasidagi ta’siri haqida umumiy ma’lumot berdi. Natijada shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va turli jinoyatlarga qarshi qo‘llanilayotgan islohotlar haqida yetarlicha ma’lumotlar to‘plandi. 2. Samarali tajribalar. Bunda biz Kanada, Finlandiya va Yaponiya kabi davlatlarda qo‘llanilayotgan tajribalar va ularning samara berayotgan natijalari bilan tanishdik. 3. Milliy qonunchilik hujjatlari. Ushbu manba orqali hozirda joriy etilgan normativ-huquqiy hujjatalar va ularda belgilangan asosiy tushuncha va tamoyillar, shu bilan birga, jinoyatlar sonini kamaytirish uchun bir qator vazifalar haqida ma’lumot olindi. 4. LexisNexis xalqaro onlayn platformasi. Bu platforma orqali biz turli davlatlarni, aynan mana shu dolzarb mavzu yuzasidan olib borayotgan siyosati to‘g‘risida axborot beruvchi ko‘plab maqolalar bilan tanishib chiqdik. Xususan, Rossiyada yuzaga kelgan muammolar va ularga qarshi kurashish borasidagi tashviqotlari, amaldagi qonun hujjatlari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Tadqiqot natijalari Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan bir qatorda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb tus olib bormoqda. Maqola orqali hozirda ko‘plab davlatlarda kiberjinoyatchilikni oldini olish va ulardan himoyalanish borasida bir qator qonun hujjatlari joriy etilganligi va qat’iy javobgarlik belgilanganligi aniqlandi. Shu bilan birga, ushbu davlatlarning texnologiyalar
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 139 kelajakda huquqiy muammo keltirib chiqarmasligi uchun qo‘llayotgan bir-biriga o‘xshamas yondashuvlari bilan ham tanishib chiqildi. Tahliliy natijalarga ko‘ra, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi davlatlarda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanganligini va u yerda kiberjinoyat boshqa davlatlarga qaraganda kamroq sodir bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab esa ularning olib borayotgan islohotlari va qat’iy tizim. Shuningdek, Finlandiya, Yaponiya qo‘llagan fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish va axborot madaniyatini rivojlantirish shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligi ham tahlil qilindi. Aynan shuning uchun hozirda butun dunyo yuqoridagi davlatlarning bu masaladagi qonun hujjatlaridan va olib borayotgan tajribalaridan andoza sifatida foydalanmoqda. Rossiyada esa shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjatlar FZ‑152, FZ‑242 hamda Yarovaya qonunlari hisoblanadi. Ushbu qonunlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish tartibi qat’iy belgilangan hamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda bir qator islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, xususan, chiqarilayotgan qonun hujjatalari va belgilangan qat’iy javobgarlikka qaramay, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni xalqaro uzatish va foydalanuvchi roziligini aniqlash tizimlarini takomillashtirish uchun ko‘plab tajribalar zarurligi aniqlandi. Tadqiqot natijalar tahlili Maqola orqali raqamli texnologiyalarning salbiy jihatlari, shaxsiy ma’lumotlar xavf ostida qolishi, natijada kibejinoyatchilik tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani haqida muhokama qilindi. Lekin shu o‘rinda suni’iy intellekt vositalari yatayotgan ustunliklarini eslab o‘tish darkor. Hozirda yaratilayotgan zamonaviy texnologiyalar bizga bir qancha qulayliklarni yaratib bermoqda. Shaxsiy ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash samaradorlikni oshiradi, shaffoflikni ta’minlaydi va fuqarolarga xizmatlardan tez foydalanish imkonini beradi. Shu bilan
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 140 birga, ushbu texnologiyalarning ma’lumotlar noqonuniy tarqalishi hamda texnik nosozliklari natijasida xavfsizlikning buzilishi kabi salbiy jihatlariga ham jiddiy e’tibor berish zarur. Endi esa yuqorida tilga olingan bir qator davlatlarning maxfiylikni himoya qilish borasida olib borayotgan islohotlari va qonunchiligini bosqichma-bosqich tahlil qilamiz: 1. Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi nizom (GDPR – General Data Protection Regulations) – Yevropa Ittifoqining umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni bo‘lib, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va ularga o‘z ma’lumotlari ustidan ko‘proq nazoratni amalga oshirish imkonini berish uchun yaratilgan. Unga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlarga adolat bilan ishlov beriladi va xavfsizligi ta’minlanadi; bunday axborotlar faqat egasining roziligi bilan amalga oshiriladi; ma’lumotlar hech kimga ochiq bo‘lmaydi faqat shu shaxsning o‘ziga ochiladi va avtomatik tarzda himoyalanadi; agar ma’lumotlarga kirish yoki tarqatish holatlari aniqlansa tegishli organga xabar beriladi va javobgarlik tayinlanadi. Bu qonunning ustun jihati – javobgarlikning qat’iyligi. Kiberjinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan million emas, balki milliard hisobida jarima undirib olinadi 3 . 2. Axborot savodxonligi. Kanada davlatida o‘quvchilar maktab va oliy o‘quv yurtlarida “Digital Privacy Literacy” kurslari orqali raqamli texnologiyalaridan foydalanish, o‘z ma’lumotlarini to‘g‘ri saqlash va turli xavf-xatarlardan himoyalanish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish borasida yetarli bilimga ega bo‘lishadi 4 . Finlandiya maktablarida ham “Digital Privacy Literacy” o‘quv dasturlari aynan hukumat tomonidan yaratilgan Data Protection Actga asoslanadi 5 . 3 General Data Protection Regulation (GDPR), Regulation (EU) 2016/679, Official Journal of the European Union, L 119/1, 2016. 4 Government of Canada, Office of the Privacy Commissioner. Privacy Education for Schools & PIPEDA Guidance, 2023. 5 Government of Finland, Data Protection Act (1050/2018), Ministry of Justice.