scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KONSTITUTSIYA - ERKIN VA FARAVON HAYOT GAROVI

Nazarov Elbek Shermaxmatovich; Ibragimova Gulsanam Quvonch qizi

Abstract

O’zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasi nafaqat davlatning huquqiy asosi, balki demokratik,huquqiy va ijtimoiy davlat qurulishining yo’l belgisidir.Unda beldilangan tenglik, adolat, inson huquqlari prinsiiplari jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Maqolada Konstitutsiyaning ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy sohalarga ta’siri, uning xalqaro huquq normalari uyg’unligi va fuqorolarning huquqiy ongini oshirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, 2017-2023-yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar yangicha huquqiy muhit yaratishga,fuqorolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilganligi haqida mulohazalar keltirilgan.Konstitutsiya-mamlakat taraqqiyoti,fuqorolarning erkin va faravon hayot kechirish uchun asosiy huquqiy kafolatdir.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 208 KONSTITUTSIYA - ERKIN VA FARAVON HAYOT GAROVI Nazarov Elbek Shermaxmatovich Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi” o’qituvchisi. Ibragimova Gulsanam Quvonch qizi Termiz davlat universiteti Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha) yo’nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17854185 Annotatsiya. O’zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasi nafaqat davlatning huquqiy asosi, balki demokratik,huquqiy va ijtimoiy davlat qurulishining yo’l belgisidir.Unda beldilangan tenglik, adolat, inson huquqlari prinsiiplari jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Maqolada Konstitutsiyaning ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy sohalarga ta’siri, uning xalqaro huquq normalari uyg’unligi va fuqorolarning huquqiy ongini oshirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, 2017-2023-yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar yangicha huquqiy muhit yaratishga,fuqorolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilganligi haqida mulohazalar keltirilgan.Konstitutsiya-mamlakat taraqqiyoti,fuqorolarning erkin va faravon hayot kechirish uchun asosiy huquqiy kafolatdir. Kalti so’zlar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Demokratik tuzum,huquqiy davlat, fuqorolarning huquqlari, erkinlik va tenglik, konstitutsion islohotlar, siyosiy erkinliklar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-bu davlatning asosiy huquqiy hujjati bo’lib, unda mamlakat tuzilishi,davlat organlari vakolatlari, fuqorolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar muvofiqlik tamoyillari o’z aksini topgan.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan bo’lib, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning huquqiy,siyosiy va ijtimoiy poydevorini belgilab berdi. Bu hujjat nafaqat davlat tuzilishini va boshqaruv organlarining vakolatlarini, balki fuqorolarning asosiy huquq va erkinliklarini, shuningdek, demokratik qadriyatlar va umumbashariy tamoyillarni o’zida aks ettiradi. Konstitusiya davlat va jamiyat rivojining yo’nalishini belgilovchi yo’l xaritasi sifatida,uning har bir moddasi erkin va faravon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi.Bugungi kunda, ayniqsa 2017-yildan boshlab amalga oshirilayotgan keng qamrovli konstitutsiyaviy islohotlar doirasida,Konstitutsiyaning ijtimoiy-siyosiy muhitni modernzatsiya qilishdagi roli yanada ortib bormoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy davlatning asosiy tamoyillarini o’zida mujassamlashtiradi. Huquqiy davlat,o’z navbatida,fuqorolarni himoya qilish va ularning erkinliklarini kafolatlashda muhim o’rin tutadi.Konstitutsiyaning 1-moddasi “O’zbekiston suveren, huquqiy, demokratik va ijtimoiy va dunyoviy davlatdir”,deb ta’kidlaydi.Bu ,nafaqat davlatning demokratik tuzilishini, balki davlat va jamiyat o’rtasidagi adolatli munosabatlarni ham belgilaydi. Konstitutsiya davlat organlarining faoliyatini tartibga solish,ular o’rtasida vakolatlarni taqsimlash va nazorat mexanizmlarini belgilash orqali huquqiy davlat qurilishini amalga oshiriladi. Masalan, 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar doirasida Oliy Majlisning qonun chiqaruvchi vakolatlari kuchaytirildi,Vazirlar Mahkamasining hisobot berish majburiyati mustahkamlandi,bu esa davlat boshqaruvidagi muvozanat va qarama-qarshiliklarni yanada rivojlantirdi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 209 Fuqorolarning huquq va erkinliklarining kafolati konstitutsiyaning II-bobida inson va fuqoroning asosiy huquq ,erkinlik va majburiyatlari keng ko’lamda belgilangan.O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida “O’zbekiston Respublikasida har bir insonning hayoti ,erkinligi,sha’ni,qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlar oliy qadriyat hisoblanadi”,deb belgilangan.Bu inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha barcha davlat organlarining asosiy vazifasini belgilaydi.So’nggi islohotlar davomida ushbu huquqlarning amaliy mexanizmlari yanada takomillashtirildi. Demokratik jamiyatga intilish Konstitutsiya,shuningdek, demokratik jamiyatning rivojlanishiga mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Demokratik prinsiplar, yashirin saylovlar, fuqorolarni davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari Konstitutsiyada o’z aksini topgan. Mamlakatda demokratik islohotlar o’tkazish uchun zarur yuridik asoslarni yaratadi va fuqorolarni davlat boshqaruvida faol ishtirok etishga da’vat etadi.Erkin fikr va so’z erkinligi,siyosiy partiyalar va nashriyotlar faoliyatining kafolatlanishi,axborot erkinligi kabi elementlar, Konstitutsiyaning demokratik jamiyat barpo etishga harakat qilganligining yaqqol isbotidir. O’zbekiston Konstitutsiyasining 29-,30,67moddalarida ushbu erkinliklar mustahkamlangan.Amaldagi islohotlar doirasida,”Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi yangi qonun (2022-yil)ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning huquqlarini yanada kengaytirdi, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratdi.2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar davomida 123-moddaga o’zgartirishlar kiritilib, fuqorolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) va siyosiy partiyalarning faoliyati yanada erkinlashdi va qo’llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, ”Axborot ochiqligi to’g’risida” gi qonun (2021-yil) davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga muvofiq tashkil etishni ta’minladi. Ijtimoiy adolat, farovonlik va barqaror rivojlanish Konstitutsiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. ”Ijtimoiy davlat”tushunchasi, fuqorolarga ijtimoiy himoya va iqtisodiy farovonlikni ta’minlashni nazarda tutadi. O’zbekiston Konstitutsiyada ,ijtimoiy himoya ,ta’lim,sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlar fuqorolarga teng imkoniyatda taqdim etilishi belgilangan.Bu o’z navbatida,jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni taminlashga xizmat qiladi. Faravonlikka intilish, aholining barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratish,davlatning ustuvor vazifalaridan biridir. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar ushbu maqsadlarni amalda ro’yobga chiqarishga qaratilgan. Masalan, 2019-yildan boshlab ”Sog’lom avlod” dasturi doirasida sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish,2020-yilda “Yangi O’zbekistonning” “Inson manfaatlari 1-o’rinda”degan ustuvor yo’nalishi ,2021-yilda “huquqiy tarbiya yili” tashabbuslari ,2022-yili “yoshlar yili”va 2023-yilda “inson va salomatlik yili”e’lon qilinishi ushbu yo’nalishlarning amaliy ko’rinishidir. Bunday chora-tadbirlar jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Faravonlikka intilish, aholining barcha qatlamlari, shu jumladan ayollar,yoshlar va nogironlar uchun teng imkoniyatlar yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri bo’lib qoladi. Bu borada”Ayollar va yoshlar o’rtasida gender tenglikni ta’minlash to’g’risida”qonun (2022-yili)va”Nogironlar huquqlari to’’grisidagi”qonun(2021-yili) kabi qonunlar konstitutsiyadagi tamoyillarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil etadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 210 Demokratik islohotlar-bu jamiyatning davlat xizmatining va fuqorolarning huquqiy va siyosiy erkinliklarini kengaytirish maqsadida amlaga oshirilayotgan o’zgarishlardir.O’zbekistonda demokratik islohotlar konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan boshlandi va ular davlat boshqaruvining barcha sohalariga ta’sir ko’rsatdi. Konstitutsiya orqali O’zbekistonda parlament ,hukumat,sud tizimi,mahalliy boshqaruv organlari va fuqolik jamiyati institutlari o’rtasida samarali muvozanat o’rnatish uchun asos yaratildi.Parlament demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritadi,davlat rahbari,sud hokimiyati mustaqil bo’lib,bu hamma fuqorolarning huquqlarini kafolatlaydi. Konstitutsiyamiz o’zining insonparvarligi bilan ajralib turadi.Unga ko’ra Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi,ularning tarbiyasi,ta’lim olishini,sog’lom,to’laqonli va har tamonlama kamol topishini ta’minlaydi,shu maqsadda xayriya faoliyatini rag’batlantiradi.Ma’lumki,Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan hozirgi kunda biz yoshlarga ham juda katta imkoniyatlar berilmoqda.Aynan shu ham Konstitutsiyada belgilab qo’yildi,ya’ni “Davlat fuqorolarning bandligini ta’minlash,ularni ishsizlikdan himoya qilish ,shuningdek kambag’allikni qisqartirish choralarini ko’radi.Davlat fuqorolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag’batlantiradi”. Bu davlatning Konstitutsiyaga ega bo’lishi mustaqil demokratik huquqiy davlat taraqqiyoti va taraqqiyotining asosiy poydevori bo’lishi bilan birga ,sharti ham ekanligi jahon miqyoisda takidlanmoqda.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganidan keyingi yillar davomida uning norma va qoidalari hayotga izchil tatbiq etilmoqda.O’zbek xalqi hayotining barcha jabhalarida salmoqli yutuqlarga erishildi va bunday taraqqiyot hali ham davom etmoqda.Konstitutsiyamiz sharofati bialn mamlakatimizda fuqorolar va millatlar o’rtasidagi totuvlik ta’minlanib, turmush darajasi yildan-yilga yuksalib,ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, ta’lim, fan va sport sohalarida yuksak marralarga erishildi. Kelajak egalari bo’lgan yoshlar O’zbekiston Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, konstitutsiyaviy tuzum tamoyillari ,mamlakatimiz bosh qonunida ifodalangan suverenitet va demokratiya ramz va tamoyillari haqida nazariy va amaliy malumotlarga ega bo’lmoqda. Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsad-ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi,ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi,inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi(PF-67-son) Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki,qonun ustuvorligini ta’minlagan davlatlarda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlik yuqori darajada bo’ldi.Masalan,Skandinaviya davlatlari (Shvetsiya va Norvegiya)Konstitutsiyaning ijtimoiy adolat tamoyillarini amalda qo’llab,aholining hayot sifati bo’yicha dunyo yetakchisi o’rinda turadi (World Bank,2021).Shu nuqtai nazardan,O’zbekistonning ham konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasi ahamiyatlidir. Ushbu maqolada huquqiy tatqiqot metodlari majmuasi asosida ishlab chiqildi.Tatqiqotning nazariy asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda unga kiritilgan so’ngi tahrir va o’zgartirishlar tashkil etadi.Normativ-huquqiy tahlil usuli orqali konstitusiyaviy normalarning mazmuni,huquqiy mexanizmlari va ularning amaliy qo’llanishi o’rganildi. Shuningdek,qiyosiy-huquqiy metoddan foydalanib, Germaniya, Janubiy Kareya,Rossiya Federatsiyasining konstitutsiyaviy boshqaruv tizimlari bilan o’zaro solishtirma tahlil amalga ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 211 oshirildi.Ushbu yondashuv milliy konstitutsiyaviy modelning afzalliklari va rivojlantirilishi lozim bo’lgan jihatlarini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot bir nechta huquqiy va ilmiy-uslubiy yondashuvlar asosida olib borildi. Qiyosiy tahlil.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya Aqsh,Germaniya,Rossiya Federatsiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarning konstitutsiyaviy tajribasi bilan solishtirildi.Bu yondashuv milliy konstitutsiyaviy modelning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qildi. Normativ-huquqiy tahlil.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining amaldagi normalari,ularga kiritilgan tahrir va o’zgartirishlar hamda ushbu normalarning amaliy qo’llanish bo’yicha huquqiy asoslar o’rganildi. Ijtimoi manbalar sharhi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan qonun ustuvorligi,huquqiy davlat va konstitutsiyaviy islohotlar bo’yicha hisobotlar tahlil qilindi. Tadqiqot shu’ni ko’rsatadiki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqorolarning faravonligi,ijtimoiy adolati va davlat barqarorligini ta’minlovchi asosiy normativ-huquqiy poydevordir.Oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohotlar davlat boshqaruvining shaffofligini va samaradorligini kuchaytirishga yo’naltirilgan. Jahon amaliyoti konstitutsiyaviy tizimining barqaror rivojlanishdagi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.Masalan,Germaniyaning Asosiy qonuni inson huquqlari va demokratik boshqaruvni ta’minlash bo’yicha muvaffaqqiyatli model sifatida e’tirof etiladi (Kommers,2012) O’zbekistonda ham Konstitutsiya demokratik jamiyatni shakllantirishda asosiy huquqiy tayanch bo’lib xizmat qilmoqda.Shu bilan birga,huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishhali ham dolzarb vazifa. Xalqaro ekspertlarning ta’kislashicha,qonun ustuvorligini ta’minlashda faqat qonunchilikni takomillashtirish emas,balki sud tizimi mustaqilligini kuchaytirish ,adolatga bo’lgan ijtimoiy ishonchni oshirish ham muhim omillardandir.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun asosiy huquqiy poydevor bo’lib ,fuqorolarning erkinliklarini, ijtimoiy adolatni va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Konstitutsiyabdemokratik boshqaruv tamoyillarini mustahkamlab, tenglik va adolat g’oyalarining amalda ro’yobga chiqishini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat va jamiyatning barqaror rivojlanish uchun muhim asosdir.U davlat boshqaruvining demokratik tamoyillariga asoslangan holda fuqorolarning erkinliklari va farovonliklarini kafolatlaydi.Shuningdek,Konstitutsiya fuqorolar uchun ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Fuqorolarning huquqiy savodxonligini oshirish va Konstitusiyaning amaliy qo’llanilishini kuchaytirish orqali huquqiy davlat qurulishi jarayoni yanada tezlashishi mumkin.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning demokratik tamoyillariga asoslanib ,fuqorolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.Konstitutsiyaning zamonaviy islohotlar bilan uyg’unligi davlatning xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya ijtimoiy hamkorlik,huquqiy madaniyatni rivojlantirish va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun uchun zarur shar-sharoitlarni yaratishda muhim ro’l o’yanaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 212 Buning uchun esa huquqiy ongni oshirish, qonunlarni amalda qo’llash va sud tizimini kuchaytirish dolzarb vazifa bo’lib qoladi.Konstitutsiya,shunungdek,O’zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirishda yo’naltiruvchi huquqiy me’yor sifatida davlat va jamiyatning kelajagini shakklantiradi.Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi ekanligining eng yaqqol isboti, mamlakatda amlaga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlardir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Toshkent,Adolat,2022. 2. Bobojonov o.”Huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati”Toshkent:Sharq,2019 3. Kommers D.P The constitutional jurisprudence of the federal republic of Germany.Duke University Pres,2012. 4. Kelsen H.General Theory of Law and State.Harward University Pres,1949 5. UNESCO “Global Education monitoring Report”.Paris,2022. 6. World Justice Project rule of law Index.Washinton,2023 7. Akramov, M(2020). Konstitutsiya va huquqiy davlatning asosiy tamoyillari. Toshkent: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 8. Rasulov, Z.(2011) Demokratik islohotlar va Konstitutsiya:o’zbek modeli. Toshkent: O’zbekiston Oliy Majlisi nashriyoti. 9. Islomov, T.(2017)Erkin va farovon hayot kafolati sifatida O’zbekiston Konstitutsiyasi.Toshkent:O’zbekiston davlat pedogogika universiteti 10. Raxmatov,F(2029).”O’zbekiston kontitutsion islohotlar va ijtimoiy rivojlanish.Toshkent: ”Huquq va taraqqiyot”.