KURSANTLARNI JISMONIY VA HARBIY–AMALIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy-amaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 284 KURSANTLARNI JISMONIY VA HARBIY–AMALIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH S.U.Abduazimov O‘R HX va MU, Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi boshlig‘i p.f.b.f.d (PhD), dotsent. https://doi.org/10.5281/zenodo.17855635 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiyamaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: mashg‘ulot, jismoniy tayyorgarlik, trenirovka, jismoniy sifatlar, gimnastika, qo‘l va pichoq jangi, yagona to‘siqlar yo‘lagi, harbiy-amaliy suzish, sport va harakatli o‘yinlar. Dunyoda soʻngi yillarda harbiy siyosiy vaziyatlarning keskin oʻzgarib borayotganligi har bir harbiy xizmatchining yuqori vatanparvarlik, maxsus bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishni talab qilmoqda. Bu esa kursantlarning harbiy-amaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha vosita va usullarni jangovar mashg‘ulot jarayonlariga kiritish orqali strategik rejalarni ishlab chiqish talabini qoʻymoqda. Xususan, jismoniy tayyorgarlik – jangovar tayyorgarlikning asosi sifatida jangovar vazifalarni bajarishda jismonan tayyor boʻlishga qaratilmoqda. Qurolli kuchlar tizimida professional jismoniy tarbiya jismoniy tayyorgarlik tizimining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, harbiy xizmatchilarning muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatiga obyektiv tayyorlanishiga hissa qoʻshmoqda. Bundan kelib chiqadiki, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini mutaxassis sifatida shakllantirish, shuningdek, ularning jismoniy va harbiy tayyorgarligini oshirish samaradorligi dolzarbdir. Tadqiqotning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: ilmiy – uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish orqali kursantlarining jismoniy tayyorgarligi holatini oʻrganish asosida jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi mashg‘ulotlar klasterini ishlab chiqish; kursantlarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash asosida maxsus jismoniy, jangovar va harbiy – amaliy tayyorgarliklarini oshiruvchi kunlik va haftalik mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish; harbiy oliy ta’lim muassaslari kursantlarning psixologik holatini aniqlash asosida jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi maxsus mashqlar majmuasini takomillashtirish; Tadqiqotning obyekti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining jismoniy tayyorgarlik oʻquv mashg‘ulotlar jarayoni olingan. Tadqiqotning predmetini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tuzilishi va mazmuni tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, sohaga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatishlar, pedagogik testlash, pedagogik tadqiqot, matematik-statistika usullaridan foydalanilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 285 Kursantlarini antropometrik ko‘rsatkichlari (tana uzunligi, tana og‘irligi, ko‘krak qafasining aylanasi tinch holatda, ko‘krak qafasining aylanasi nafas olganda, qo‘l uzunligi, oyoq uzunligi, bilak aylanasi, son aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi) tekshiruvdan o‘tkazildi. Kursantlar “Polor H10” qurilmasida Bioimpedansometriya metodi yordamida kursantlarning (organizmning yog‘ miqdori, organizmda suvning miqdori, mushak massasi, organizmda metobolizm, tana tuzilishi tipi, biologik yoshi, suyak massasi zichligi indeksi, organizmning ichki yog‘i) funksional tayyorgarliklari sinovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, kursantlarining qo‘l, panja va bel kuchini qay darajada rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida dinomometr orqali kuch sifati nazoratdan o‘tkazildi. Tadqiqotga jalb qilingan kursantlarning ko‘rsatgan natijalari quyidagi jadvalda ifoda etildi (1-jadval). 1-jadval Kursantlarining qo‘l, panja va bel kuchi ko‘rsatkichlari № Nazorat turlari Ko‘rsatkichlari 1. O‘rtacha yoshi 19 2. O‘ng qo‘l panja kuchi 50,15 3. Chap qo‘l panja kuchi 49,31 4. Bel kuchi 109,87 Tadqiqot davomida olingan natijalar quyidagicha ifodalandi. Unga ko‘ra, kursantlarning o‘rtacha yoshi o‘rtacha 19 yoshni tashkil etdi. O‘ng qo‘l panja kuchi o‘rtacha 50.15 kgni tashkil etgan bo‘lsa, chap qo‘l panja kuchi esa 49, 31 kg.ni tashkil qildi. Bel kuchi ko‘rsatkichi o‘rtacha 109.87 kg.ni tashkil etdi. Ushbu kursantlarda 5 marta 5 daqiqali yugurish va velotrenajor mashqlari ustida tekshiruv o‘tkazildi. Ushbu mashqlarni bajarishga ketgan umumiy vaqt 40 daqiqa 10 soniya davom etdi. Mashg‘ulot davomida YuQS maksimal 175 zar/daq. va o‘rtacha 132 zar/daq.ni tashkil etdi. Ushbu mashg‘ulot uchun 349 kkal va 25 % yog‘ sarfladi. Mashqlarni YuQS 140 zar/daq.dan yuqori bajarish vaqti, ya’ni anayerob zonada 17:14 daq. mashq bajargan bo‘lsa, 22:55 daqiqa aerob zonada mashq bajardi. Ushbu kursantlarda 5 marta 5 daqiqalik yugurish va velotrenajor mashqlari ustida tekshiruv o‘tkazildi. Bunda birinchi 5 daqiqalik veloterenajorda mashqidan so‘ng, o‘rtacha YuQS 156 zar|daq. kuzatildi va tiklanish vaqti 2 daq.ni tashkil etdi. Keyingi 5 daq.li yugurishda 175 zar.daq. va tiklanishga ketgan vaqt 2:30 daqiqani tashkil etdi. Navbatdagi 5 daqiqali yugurishda o‘rtacha YuQS 164 zar|daq. kuzatilgan bo‘lsa, tiklanishiga ketgan vaqt 3 daq.ni tashkil etdi. Oxirgi 5 daqiqali yugurishda o‘rtacha YuQS 156 zar|daq.ni tashkil etgan bo‘lsa, tiklanish vaqti 2 daqiqa davomida organizmi tiklanganini ushbu rasmdan ko‘rishimiz mumkin. Mashg‘ulot – o‘rta maromli mashg‘ulot kuzatildi. Funksional holati yuqori natija ko‘rsatdi. Jismoniy mashqlar davomida jismoniy tayyorgarligi zarur jismoniy sifatlar umumiy chidamlilik va organizdagi yog‘ni sarflash qobiliyati rivojlantirildi. Shuningdek, mushaklarning chidamliligi rivojlantirtirildi va aerob rejimda ishlash yaxshilandi. Ushbu kursantlarni 5 ta shiddat zonasi bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, kichik zonada 14:03 daqiqa, o‘rta zonada 8:42 daqiqa, katta zonada 11:17 daqiqa va submaksimal zonada 5.18 daqiqa mashg‘ulotlarni olib bordi. Maksimal zonada YuQS kuzatilmadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 286 Tajriba va nazorat guruhi kursantlarning umumiy jismoniy va maxsus chidamliligi ko‘rsatkichlari: 10x10 m masofaga mokkisimon yugurish mashqida nazorat guruhi 25,49±3,21, nazorat guruhi 25,32±3,29 natija, 100 metrga yugurish mashqida nazorat guruhi 14,58±2,71, tajriba guruhi 14,14±2,72 natija ko‘rsatdi. 3 kmga yugurishda nazorat guruhi 12,88±1,75, tajriba guruhi 12,64±1,77 natija ko‘rsatdi. Turnikda tortilish nazorat guruhi 13,13±1,91, tajriba guruhi 12,96±1,94 natija ko‘rsatdi. Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqini bajarishda nazorat guruhi 12,08±1,64, tajriba guruhi esa 12,33±1,72 natijalar qayd etdi (2-jadval). 2-jadval Nazorat va tajriba guruhi kursantlarining umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus chidamlilik ko‘rsatkichlari (tajriba boshida) Nazorat testlari Nazorat guruhi Tajriba guruhi Abso lyut nisbiy % t P Х σ V, % Х σ V, % 10x10 m ga mokkisimon yugurish (soniya.) 25,49 3,21 12,59 25,32 3,29 12,99 0,17 0,65 0,18 >0,05 100 metrga yugurish (soniya) 14,58 2,71 18,58 14,14 2,72 19,23 0,44 2,38 0,56 >0,05 3000.m.ga yugurish (min.soniya) 12,88 1,75 13,59 12,64 1,77 13,97 0,24 1,87 0,47 >0,05 Turnikda tortilish (marta) 13,13 1,91 14,58 12,96 1,94 14,97 0,17 1,27 0,30 >0,05 Turnikda ko‘tarilib, aylanish (marta) 12,08 1,64 13,57 12,33 1,72 13,95 0,25 2,07 0,52 >0,05 Bunda kursantlarning harbiy-amaliy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga individual yondashuv, shuningdek, turli tayyorgarlik darajasiga ega kursantlarga taklif qilinadigan jismoniy faoliyat shiddati hisobga olindi. 25,49 14,58 12,88 13,13 12,08 25,32 14,14 12,64 12,96 12,33 0 10 20 30 10 х 10 m.ga mokkisimon yugurish (soniya) 100 m. yugurish (soniya) 3000 m yugurish (soniya) Turnikda tortilish (marta) Turnikda ko'tarilib, aylanish (marta) Nazorat guruhi Таjriba guruhi 1-rasm. Nazorat va tajriba guruhi kursantlarining umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus chidamlilik ko‘rsatkichlar tahlili Jismoniy faoliyatning tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari va qiymatlari asosida turli darajadagi mashqlarni jismoniy tarbiya va sport tajribasiga ega bo‘lgan kursantlar uchun individual dasturlar ishlab chiqilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 287 Tajriba va nazorat guruhi kursantlarning umumiy jismoniy va maxsus chidamliligi ko‘rsatkichlari. 10x10 metr masofaga mokkisimon yugurish mashqida nazorat guruhi 23,95±2,89 tajriba guruhi 22,51±2,73 natija, 100 metrga yugurish mashqida nazorat guruhi 14,04±1,9 tajriba guruhi 13,04±1,6 natija ko‘rsatdi. 3 kmga yugurishda nazorat guruhi 11,89±1,56, tajriba guruhi 10,66±1,40 natija ko‘rsatdi. Turnikda tortilish nazorat guruhi 14,29±2,02, tajriba guruhi 15,58±2,20 natija ko‘rsatdi. Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqini bajarishda nazorat guruhi 12,92±1,70, tajriba guruhi esa 14,08±1,85 natijalar qayd etdi (2-jadval) 2-jadval Nazorat va tajriba guruhi kursantlarning umumiy jismoniy va maxsus chidamliligi ko‘rsatkichlari (tajriba yakunida) Nazorat testlari Nazorat guruhi Tajriba guruhi Absol yut Nisbiy % t P Х σ V, % Х σ V, % 10x10 m ga mokkisimon yugurish (soniya.) 23,95 2,89 12,08 22,51 2,73 12,13 1,45 6,04 1,78 >0,05 100 metrga yugurish (soniya) 14,04 1,9 13,53 13,04 1,6 12,26 2,02 11,83 3,08 <0,01 3000.m.ga yugurish (daq.son) 11,89 1,56 13,12 10,66 1,40 13,13 1,23 10,32 2,87 <0,01 Turnikda tortilish (marta) 14,29 2,02 14,13 15,58 2,20 14,12 1,29 9,04 2,12 <0,05 Turnikda ko‘tarilib, aylanish (marta) 12,92 1,70 13,12 14,08 1,85 13,14 1,17 9,03 2,28 <0,05 Harakat qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodologiya’ning samaradorligini baholash uchun yakuniy sinov va tadqiqotdan oldin va keyin ko‘rsatkichlarning qiyosiy tahlili o‘tkazildi (2-rasm). 23,95 14,04 11,89 14,29 12,92 22,51 13,04 10,66 15,58 14,08 0 5 10 15 20 25 30 10 x 10 m ga mokkisimon yugurish (soniya) 100 metrga yugurish (soniya) 3000.m.ga yugurish (daqiqa.soniya) Turnikda tortilish (marta) Turnikda ko‘tarilib, aylanish (marta) Nazorat guruhi Tajriba guruhi 2-rasm. Tajriba va nazorat guruhi kursantlarining umumiy jismoniy va maxsus chidamliligi ko‘rsatkichlari (tajriba oxirida)
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 288 Ta’kidlash lozimki, tajriba boshida kursantlarning jismoniy va harbiy - amaliy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari asosan “qoniqarli” deb baholangan. Tajribadan so‘ng kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlar darajasida ob’yektiv ijobiy o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Tashqi qiyinchiliklarning doimiy ortib borishi kursantlarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish zarurligini oldindan belgilab beradi. O‘qitishning barcha eng ilg‘or shakllari, vositalari va usullarini o‘rganish tanlangan faoliyat turida sezilarli natijalarga erishish imkonini beradi. Kursantlarning barcha asosiy jismoniy sifatlari - kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Kursantlarning jismoniy va harbiy – amaliy tayyorgarligini oshirish uchun yagona, o‘zgaruvchan, takroriy, intervalli va modellashtirish usullari eng samarali hisoblanadi. Yagona usul, ayniqsa, dastlabki bosqichlarda keng qo‘llaniladi va mashqlarni bir xil o‘rta yoki past tezlikda bajarish va mashg‘ulot davomiyligini asta-soniyain oshirish bilan tavsiflanadi. Kursantlarni jismoniy va harbiy - amaliy tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli o‘tishga yuqori sifatli tayyorlash uchun (tekshirish, jismoniy tayyorgarlikni tekshirish) kursantni ma’lum bir standartni bajarishga tayyorlashga qaratilgan modellashtirish usuli qo‘llaniladi va asosan nazorat testlarini to‘liq takrorlaydi. Shunday qilib, kursantlar butun masofani dam olishsiz tanaffuslarsiz yugurish imkoniyatiga ega bo‘lgunga qadar, dam olish vaqti asta-soniyain qisqaradi. Tajriba guruhi kursantlarning umumiy jismoniy va maxsus chidamliligi ko‘rsatkichlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan 10x10 metr masofaga mokkisimon yugurish mashqida tajriba guruhi 22,51±2,73 natija, 100 metrga yugurish mashqida tajriba guruhi 17,0,5±2,41 natija ko‘rsatdi. 3, kilometrga yugurishda tajriba guruhi 10,66±1,40 natija ko‘rsatdi. Turnikda tortilish 15,58±2,20 natija ko‘rsatdi. Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqini bajarishda esa 14,08±1,85 natijaga yaxshilangani aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvar “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son Qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida 2020-yil 7-may “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jismoniy tayyorgarlikni tashkillashtirish va olib borish to‘g‘risida”gi 333sonli buyrug‘i. 3. Дмитриев Г.Г., Эндаксев Б.В., Керимов Ш.А. Физическая подготовка военнослужащих армий ведущих стран мира к выполнению задач в необычных боевых и климатических условиях // Актуальные проблемы физической подготовки силовых структур. 4. Верхошанский, Ю.В. Основы специальной силовой подготовки в спорте. Учебник. М., 2013.