scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURKIY DUNYONING IKKI BUYUK MASLAKDOSHI: BEHBUDIY VA GASPRINSKIY

Sodiqova Nargiza Nasri qizi

Abstract

Ushbu maqola XX asr jadidchilik harakatining ikki buyuk namoyondasi bo’lmish Ismoil Gasprinskiy va Mahmudxo’ja Behbudiy o’rtasida shakllangan hamfikrlik hamda bu g’oyalarning o’zaro tahlili natijalariga bag’ishlangan. Maqolada Behbudiyning Istanbul safari chog’idagi xotiralaridan ham namunalar keltirilgan bo’lib, bu Gasprinskiy va Behbudxo’ja o’rtasidagi munosabatlarni yanada oydinashtirishga xizmat qiladi.

Full text

205 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 TURKIY DUNYONING IKKI BUYUK MASLAKDOSHI: BEHBUDIY VA GASPRINSKIY Sodiqova Nargiza Nasri qizi ZARMED universiteti o’qituvchisi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17857930 Annotatsiya. Ushbu maqola XX asr jadidchilik harakatining ikki buyuk namoyondasi bo’lmish Ismoil Gasprinskiy va Mahmudxo’ja Behbudiy o’rtasida shakllangan hamfikrlik hamda bu g’oyalarning o’zaro tahlili natijalariga bag’ishlangan. Maqolada Behbudiyning Istanbul safari chog’idagi xotiralaridan ham namunalar keltirilgan bo’lib, bu Gasprinskiy va Behbudxo’ja o’rtasidagi munosabatlarni yanada oydinashtirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: jadidchilik, yangi usul maktabi, “Oyina” jurnali, “Tarjimon” gazetasi, darslik, joʻgʻrofiya. TWO GREAT CONSULTANTS OF THE TURKISH WORLD: BEHBUDIY AND GASPRINSKIY Abstract. This article is devoted to the results of the mutual analysis of these ideas and the common ground that developed between Ismail Gasprinsky and Mahmudkhodja Behbudiy, two great representatives of the Jadid movement of the 20th century. The article also presents examples from Behbudiy's memoirs during his trip to Istanbul, which serve to further clarify the relationship between Gasprinsky and Behbudkhodja. Keywords: Jadidism, New Method School, "Oyina" magazine, "Tarjiman" newspaper, textbook, geography. Turkistonda milliy uygʻonish harakatining jadallashishi va uning asosiy bo’g’ini hisoblangan – yangi usul maktablarini ochish gʻoyasining ommalashuvida Ismoil Gasprinskiyning o’rni beqiyosdir. Mustamlakachilik muhitida Rossiya hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlarni mudroq holatdan uygʻotishni, ularni ma'rifat vositasida milliy taraqqiyot yo’liga boshlashni oʻziga maqsad qilib olgan Gasprinskiy hamda uning “Tarjimon” gazetasi bilan yaqindan oshno bo’lish Behbudiyning Turkiston jadidlariga peshqadam sifatida shakllanishiga salmoqli ta’sir ko’rsatdi. “Tarjimon” va Gasprinskiy faoliyati Behbudiy e’tiroficha, Turkistonda juda katta ta’sirga ega bo’lgan. Behbudiy Turkistondagi barcha muallimlar “Tarjimon” yordamida turkiy tilni o’rganganliklarini hamda “Tarjimon” vositasida zamonaviy adabiyot bilan tanishish imkoniga ega bo’lganliklarini ta’kidlaydi. Behbudiy Gasprinskiy bilan bir necha marotaba ko’rishgan. Ularning Istanbul shahrdagi uchrashuvi haqidagi tafsilotlar Behbudiyning “Oyina” jurnalida (1914 yil, 49-son) e’lon qilingan. ...1914 yil 20 iyun. Asr vaqti. Behbudiy margʻilonlik mudarris hamrohi bilan birga Istanbul shahridagi Gulxona bogʻining salqin xiyobonida suhbatlashib borardi. Oldinda ketayotgan ikki kishi haddan ziyod sokin odim tashlab borayotgani uchun Behbudiy bir qoʻlini koʻksiga qoʻyib, ularga salom berayotgan kishidek hamrohi bilan tez yurib, ulardan oʻzib ketadi. Begona kishilardan biri boshiga barra qoraqoʻl telpak kiygan tatar, ikkinchisi esa faslik turk edi. Behbudiy bu ikki kishidan biri Gasprinskiy, ikkinchisi esa Hamdulloh Subhibek emasmikan, degan xayolga boradi. Behbudiy hali oʻn qadam ham yurmagan edi, orqadan: “Ay, xoja!” degan tanish ovoz eshitiladi. 206 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu ovozni eshitishi bilan Behbudiyning yuragi gurs-gurs urib, oʻsha zahoti orqaga oʻgiriladi. Uning qarshisida bogʻchasaroylik buyuk ma'rifatparvar turardi. Hamdulloh Subhibek Behbudiyni orqasidan tanib qolib, Gasprinskiyga u haqda soʻzlab ulgurgan edi. Baland bo’yli, xushqomat lekin turkistonliklarda kam uchraydigan ko’k ko’zlarida g’ayrat chaqnab turuvchi Behbudiy o’sh apaytda 39 yoshda edi. Doʻstlar bir-birlariga quchoq ochib koʻrishadilar. Soʻngra Gasprinskiy Behbudiyning boshidan-oyogʻiga qadar nazar tashlab, xitob qiladi: - Ne uchun bu qadar keksaymoq?! Behbudiy bu kutilmagan savolga munosib javob qaytaradi: - Ne uchun bu qadar origʻlamoq?! Doʻstlar beixtiyor kulib yuboradilar. Behbudiy shu kunning ertasiga Shom va Misrga safarga ketajagini aytgach, Gasprinskiy: “Unday boʻlsa, suhbat etaylik”, - deb hamrohiga javob beradi. Behbudiy ham mudarris bilan xayrlashadi. Doʻstlar bogʻdan chiqib, aravada Shohin Posho mehmonxonasiga yetib keladilar. Taom buyurgan boʻlishlariga qaramay, har ikkala munavvar taomni unutib, suhbat dengiziga gʻarq boʻladilar. Gasprinskiy har uch-toʻrt daqiqada engil yoʻtalib turganiga qaramay, “Rusiyadan, Turkistondan, umum olami islomdan, dunyodan soʻylaydi”, “musulmonlarni kundan-kun taraqqiy etishini soʻylab”, xursand boʻladi. Soʻngra: - Endi siz soʻylang, azizim Mahmudxoʻja, - deb soʻz navbatini Behbudiyga beradi. Behbudiy “Samarqand, Buxoro, Toshkand, Xiva, Fargʻona, xulosa, har biridan soʻylaydi”. - Ollohga shukur, - deydi Gasprinskiy doʻstining soʻzlarini tinglab boʻlgach, - turkistonlik qardoshlar bolalarini hukumat maktablariga oʻqishga bera boshlabdilar. Bugun ikki gazeta va bir jurnalingiz bor. Maktablaringiz ham bir oz taraqqiy etmoqda. Hukumat maktablariga koʻproq bola beringiz. Rus madaniyatidan qochmangiz. Oh, bilmayman, Buxoro na boʻlur?.. - Afandim, - javob beradi Behbudiy, - Buxoroni hukumatimiz, ya'ni Rusiya tarbiya qilmaguncha undan biror narsani umid qilib boʻlmas. - Ha, toʻgʻri, oxir-oqibat shunday boʻlmogʻi lozim, - deydi Gasprinskiy oʻksinib. Soʻz boshqa mavzuga koʻchadi. Behbudiy bir necha marotaba: “Siz hazratlari endi istirohat qilingiz”, deb ketishga ruxsat soʻraydi. Lekin Gasprinskiy samarqandlik doʻstining ketishini istamay: “Siz bu erda boʻlsangiz, men istirohat qilgandek boʻlaman. Agar ketadigan boʻlsangiz, xat yozishga oʻtiraman», - deydi. Gasprinskiy oʻsha yilning fevral oyida Rossiya Davlat Dumasi musulmon fraksiyasining a'zolari bilan uchrashish uchun Peterburgga borganida shamollab qolib, rasmiy majlislarda ishtirok etolmagan ekan. Shuning uchun u agar Istanbulning havosi yoqsa, bu erda bir muncha vaqt turmoqchi, soʻngra, Olloh xohlasa, Kohiraga borib, ba'zi bir ishlar bilan shugʻullanmoqchi ekan. - Safardan qaytishingizda Bogʻchasaroyga kirib oʻting, avtomobilda birga yurib, sizga Qrimni koʻrsataman, - deydi u. Gasprinskiy xastalikdan bezovta boʻlayotgani sababli, Behbudiy izn soʻrashiga qaramay, karavatga choʻzilib, soatlab soʻzlaydi. Bir mahal qarashsa, tun yarimlab qolgan, ular esa oz emas – koʻp emas, etti soat suhbatlashib oʻtirishgan ekan. Gasprinskiy shunday keyingina doʻstining ketishiga ruxsat beradi, uni zinaga qadar kuzatib va undan Bogʻchasaroyga, albatta, kelishi haqida va'dani olib, u bilan vidolashadi. Behbudiy qrimlik doʻsti bilan Istanbulda boʻlib oʻtgan uchrashuv tafsilotini hikoya qilib boʻlgach, 1908 yili Samarqandda boʻlib oʻtgan uchrashuvni eslab, bunday yozgan: 207 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 “7 sana muqaddam ustod hazratlari Samarqandgʻa kelib, muallim Shakuriy va bizga mehmon boʻlub edilar. U zamongidan koʻra endi koʻp origʻlab ekanlar. Ustod hazratlarini Istanbulda koʻrmoq va suhbat etmoq hech xayolimga oʻtmagan edi. Ollohning lutfi ila ustod hazratlarining tanhoi 7 soat suhbatlaridan u qadar fayz topib, mamnun qoldimki, aytgan ila ado etolmayman va ul suhbatning lazzati aslo mandan ketmaydur. Koshki ertasi Shomgʻa ketmay, ustod hazratlari ila ziyodaroq suhbat etsa edim. Oh! U ustodi komilni endi qoʻldan berduk va olami ruhoniygʻa uchdi. Balki uyqularda, hulyo (xayol) larda ul zoti sotuda sifatning ruhi ila suhbat etarmiz”. Bu, XX asrning birinchi choragida yashab, turkiy xalqlar dunyosini ziyo bilan ravshan qilgan ikki zabardast ma'rifatparvarning eng soʻnggi diydorlashuvi edi. Behbudiy asrimiz boshlaridagi vaktli matbuotda bosilgan maqolalarida yangi maktablar uchun oʻzbek va tojik tillarida chiqargan juda koʻplab darslik va koʻllanmalarda Gasprinskiy karashlariga tayanib ish koʻradi. Xususan, Gasprinskiyning 1898 yilda bosilib chiqqan “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yoʻldosh” kitobiga ergashdi. “Usuli savtiya” maktablarining Rusiyada muassisi Ismoilbek hazratlaridir. Birinchi yangi usul alifboning murattib va noshiri yana Ismoilbek hazratlaridir”, - deb yozgan edi Behbudiy 1914 yilda.[Qosimov B., 1994;11] Behbudiy Gasprinskiyni har jihatdan oʻziga ustoz bildi. Uning aqlu gʻayratini, millat yoʻlidagi fidoyiligini juda yuksak baholadi. Uning vafoti munosabati bilan yozgan maqolasida “Rusiya musulmonlari ichinda bunday bir zot kelgan yoʻqdur”,-deb ta'kidladi. Darhaqiqat, Behbudiy unga oʻz asarlarida, faoliyatida tez-tez murojaat qilgan edi. Jumladan, 1905 yilda joʻgʻrofiya boʻyicha ilk maktab darsligi tuzganida Ismoilbekning “Turkiston ulamosi” kitobidagi ma'lumotlardan keng istifoda etdi. Koʻp oʻtmay Ismoilbek ham vafot etadi. Istanbuldagi uchrashuv soʻnggi koʻrishuv boʻlib qoladi. [Karimov N.,210;14] Behbudiy Gasprinskiy yoʻlga qoʻygan, “usuli jadid” maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qoʻllanmalar bilan ta'minlashda jonbozlik koʻrsatdi. Bu maktablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil boʻla olishi mumkinligi haqida oʻnlab maqolalar yozdi. Rajabamindagi Abdulqodir Shakuriy maktabini hovlisiga koʻchirib keldi. “Muntahabi jugʻrofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Qitobatul-atfol” (“Bolalar maktubi”), “Tarixi muxtasari islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom”, “Madxali jugʻrofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), “Muxtasari jugʻrofiyai rusiy” (“Rossiyaning qisqacha geografiyasi”) kabi darsliklar yaratdi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qoʻllanmalar, xaritalar bosib chiqargani ma'lum. [Mahmudxo’ja Behbudiy. 2022;134] Mahmudxo’ja Behbudiy turkistonlik jadidlar orasida Gasprinskiy bilan mustahkam aloqa o’rnatgan va “Tarjimon”da faol ishtirok etgan. Shu bilan birga Behbudiy o’zi tashkil etgan “Oyina” jurnalida Ismoil Gasprinskiyga bag’ishlangan maqolalar ham chop etib bordi. Behbudiy jadidlarning mo’tabar ustozi Ismoil Gasprinskiyni “Hazrat” deb atar, unga nisbatan hurmate’tibori nihoyatda baland edi. [Alimova D.A., Rashidova D.A.,1999;36] Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mahmudxo’ja Behbudiyning Turkiston jadidlarining karvonboshisi sifatida shakllanishida, uning dunyoqarashi, siyosiy ongi va faoliyatining keng qirrali bo’lishida Ismoil Gasprinskiyning fikr va g’oyalari turtki bo’ldi. Gasprinskiy va Behbudiy orasidagi ham ma’rifiy ham siyosiy sohadagi hamkorlik Gasprinskiyning vafotiga qadar juda samarali davom etdi. 208 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Alimova D.A., Rashidova D.A. Mahmudxo’ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri. T:“Akademiya”, 1999 2. Qosimov B. Maslakdoshlar. T:“Sharq”, 1994 3. Qosimov B. Milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. T:”Ma’naviyat”, 2002 4. Karimov N. Mahmudxo’ja Behbudiy. Toshkent, 2010 5. Mahmudxo’ja Behbudiy. Jadidlar. Yoshlar nashriyot uyi, 2022