scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR TARBIYASI – HAYOT MAMOT-MASALASI

Sohibova Gulnoraxon Inomjonovna, oliy toifali o'qituvchi, Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litsey

Abstract

Ushbu maqolada voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huqubuzarlikning oldini olishda oila, ta’lim muassasasi hamda mahallaning o’rni va ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: vatanparvarlik, huquqbuzarlik, yoshlar tarbiyasi, oila, farzandlik burchi, mahalla.

Full text

SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 167 YOSHLAR TARBIYASI – HAYOT MAMOT-MASALASI Sohibova Gulnoraxon Inomjonovna, oliy toifali o’qituvchi, Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litsey Annotatsiya: Ushbu maqolada voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huqubuzarlikning oldini olishda oila, ta’lim muassasasi hamda mahallaning o’rni va ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: vatanparvarlik, huquqbuzarlik, yoshlar tarbiyasi, oila, farzandlik burchi, mahalla. Аннотация: В этой статье подчеркивается роль и значение семьи, образовательного учреждения и общества в предупреждении преступности и преступности среди несовершеннолетних. Ключевые слова: патриотизм, правонарушения, воспитание молодежи, семья, молодежный долг, махала. Annotation: This article highlights the role and importance of the family, educational institution and society in the prevention of juvenile delinquency and delinquency. Key words: patriotism, offenses, education of youth, family, youth duty, makhala. “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi” Sh.M.Mirziyoyev SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 168 Prezidentimiz O’zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mukammal, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, ma’nan barkamol inson bo’lib yetishishida birinchi navbatda ular yashab turgan muhit, ya’ni oila, ular muloqotda bo’layotgan ta’lim-tarbiya olayotgan maktab va tevarak atrofidagi qo’niqo’shnilari, yaqinlari, do’stlaridan iborat mahalla ahli bir-biri bilan bog’liq xalqa ekanligini o’zining qator maruzalari, kitoblari, videoselektorlardagi chiqishlarida bosh masala qilib qo’ygan. Ota-onalarga, ustozlarga, mahalla yetakchilariga o’zining talab va tavsiyalarini bildirgan. Bugun barchamiz mas’ul ekanligimizni yoddan chiqarmasligimiz zarur. Voyaga yetmagan yoshlarning asosiy qismi maktab, akademik litsey, kasbhunar kollejlarida tehsil olishadi. O’smirlarning jinoyatchilik ko’chasiga kirib qolishida avvalo ularning ota-onasi, ta’lim muassasalari, mahalla faollarining befarq, loqayd munosabatda bo’lgani asosiy sabab bo’layotganligi hammamizga sir emas. Voyaga yetmagan yoshlar o’n sakkiz yoshga to’lmagan yoshlardir. Oila muhitining nosog’lom ekanligi, nazoratning yo’qligi, ota-onaning farzandi taqdiriga etiborsizligi, yon atrofidagi do’stlarining kim ekanligiga qiziqishi yo’qligi voyaga yetmagan yoshlar tarbiyasidagi noxush oqibatlarga olib kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan yoshlarning o’qish vaqtida restoran, kafe, barlar, klublar, diskoteka, kinoteatr, kompyuter zallari, internet tarmog’idan foydalanish xizmatlarini ko’rsatish uchun jihozlangan xonalarda, ko’ngil ochar maskanlarda bemaqsad yurishlariga yo’l qo’ymaslik, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga, chekishga yo’l qo’ymaslik uchun doimo nazorat o’rnatish darkor. Buning uchun guruh rahbarlari, muassasa mas’ullarining dars jarayonidagi ma’naviyat daqiqalari, ma’naviyat soatlari, ertalabki retuallar va tadbirlarda vatanparvarlik, oila muqaddasligi, farzandlik SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 169 burchini oqlash g’oyasini singdirish borasidagi ma’ruza va tushuntirish ishlari katta ahamiyat kasb etadi. Voyaga yetmagan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun ko’proq kitob mutolaa qilish, fan, sport, san’at to’garaklariga qatnashish, o’z ustida ishlashi va iqtidorli yoshlar qatoridan joy olishlari uchun maqsadli yo’naltirish kerak. Voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida nazoratsizlik va huqubuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi, keng targ’ib qiladi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko’rsatadi. Nazoratsiz, qarovsiz, huqubuzarlikka moyil yoshlarni muassasa psihologlari individual suhbatlar orqali psihologik testlar o’tkazish orqali aniqlanadi, tahlil o’tkaziladi. Ichki ishlar organlari yetim bolalar hamda ota-onalar qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirishda vasiylik va homiylik organlariga ko’maklashishi, jinoyatchilikni sodir etishga jalb qilayotgan shaxslarni aniqlab ularni javobgarlikka tortadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Insonlar tinch, hotirjam yashashni xohlaydi. Tinchlik bo’lgan joyda baraka, rivojlanish bo’ladi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida O’zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi. Prezidentimiz Shavkar Mirziyoyev o’zining har biq chiqishlarida sohaga mas’ul bo’lgan idoralarning asosiy vazifasi jinoyatchini topish, jazolash emas balki, jinoyat sodir etishga sharoit yaratib bergan holatlarni aniqlash, tizimli muammolar bilan ishlashga alohida urg’u qaratishni ko’p bora ko’rsatib o’tgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek sodir etilgan jinoyatlarni mahallada keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishni profilaktik ahamiyatga SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 170 ega deb tushuntirgan. Negaki jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huqutarg’ibot organlarining emas balki keng jamoatchilikning vazifasi bo’lmog’i zarur. Mutaxasislar ota-onaning farzand ahloqidagi salbiy o’zgarishlar uning felatvori, ta’lim-tarbiyasiga etiborsiz bo’lishi bola kelajagi uchun jiddiy xavf tug’diruvchi asosiy omil ekanini ta’kidlamoqda. Ota-onalarning bolalar tarbiyasiga mas’ulligi Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 64-moddasida alohida qayd etilgan. Unga ko’ra ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashga mas’uldirlar. O’z oilasi, mahallasi, xalqi, ma’naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga ega bo’lgan bola jinoyat ko’chasiga kirmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’z.A – Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik nega ko’paymoqda. 2017 yil, 15 noyabr. President videoselektori. 2. O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri buyrug’i. 32-son. 3. Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’grisida. O’zbekiston Respublikasi qonuni. 4. Huquqbuzarliklarni oldini olish muhim vazifa. O’zLIDEP fraksiyasi a’zosi, O’tkir Tursunov.