TRITIKALE EKINIDA DON VA SAMON HOSILINING YEM-XASHAK TAYYORLASHDAGI AHAMIYATI.
Abstract
Ushbu maqolada tritikale (Triticosecale Wittmack) ekinning agrobiologik xususiyatlari, don va samon hosildorligi hamda yem-xashak tayyorlashdagi ahamiyati, o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarning taxlili ma’lumotlari, don va samonining ozuqaviy tarkibi va ularning axamiyati hamda yem-xashak tayyorlash samaradorligini oshirishda mintaqa sharoitida yaratilgan istiqbolli navlarni axamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: tritikale, nav, don, samon, yem-xashak, oqsil, ozuqa, hosildorlik, biomassa, intensiv.
Full text
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 187 UO‘T: 633:11, 631:52. TRITIKALE EKINIDA DON VA SAMON HOSILINING YEM-XASHAK TAYYORLASHDAGI AHAMIYATI. 1Musirmanov Dilshod Esirgapovich, q/x.f.f.dok, kat.i.x. [email protected] ORCID: 0009 0006 4850 3434 1Mamanazarova Shoxsanam Mamayusuf qizi, tayanch doktorant. ORCID: 0009-003-3957-7288 2Kayumov Norboy Shakirjonovich, q/x.f.f.dok, kat.i.x. ORCID: 0009-0000-5817-9320 1O‘simliklar gentik resurslari ilmiy tadqiqot instituti. 2O‘simliklar gentik resurslari ilmiy tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi Annotatsiya: Ushbu maqolada tritikale (Triticosecale Wittmack) ekinning agrobiologik xususiyatlari, don va samon hosildorligi hamda yem-xashak tayyorlashdagi ahamiyati, o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarning taxlili ma’lumotlari, don va samonining ozuqaviy tarkibi va ularning axamiyati hamda yem-xashak tayyorlash samaradorligini oshirishda mintaqa sharoitida yaratilgan istiqbolli navlarni axamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: tritikale, nav, don, samon, yem-xashak, oqsil, ozuqa, hosildorlik, biomassa, intensiv. Annotation: This article describes the agrobiological characteristics of the triticale (Triticosecale Wittmack) crop, its grain and straw productivity, and its importance in fodder preparation. It also presents an analysis of scientific studies conducted on the crop, the nutritional composition of its grain and straw and their significance, as well as the importance of promising varieties developed under regional conditions in increasing the efficiency of fodder preparation.
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 188 Keywords: triticale, variety, grain, straw, fodder, protein, feed, productivity, biomass, intensive. Аннотация: В данной стате освещаются агробиологические особенности културы тритикале (Тритиcосеcале Wиттмаcк), урожайност зерна и соломы, а также её значение в подготовке кормов. Приводится анализ проведённых научных исследований, изучены питателные составы зерна и соломы и их значимост, а также рассмотрена рол перспективных сортов, созданных в регионалных условиях, в повышении эффективности заготовки кормов. Ключевые слова: тритикале, сорт, зерно, солома, корм, белок, питание, урожайност, биомасса, интенсивный. Kirish. Tritikale (Triticosecale Wittmack) – bug‘doy va javdar duragay avlodi bo‘lib, uning yetishtirish texnologiyasi va agrobiologik xususiyatlariga ko‘ra don va xashakbop qimmatli ekin sifatida qishloq xo‘jaligida muhim o‘rin tutadi. Tritikalening qurg‘oqchilikka, sovuqqa, unumdorligi past va qisman sho‘rlangan tuproqlarga chidamliligi, shuningdek yuqori biomassa hosil qilish xususiyati chorvachilik ozuqa bazasini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tritikalede don sifati va samon strukturasining yaxshiligi uni kombikorm sanoati va xashak tayyorlashda yuqori qiymatga ega ekanligini ko‘rsatadi. [9] Tritikalening don hosildorligi nav xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoiti, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanish darajasi va agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishiga bog‘liq ravishda qisman o‘zgarib turadi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, tritikalening don hosili o‘rtacha 40–60 s/ga, intensiv agrotexnologiyalar tatbiq etilganda esa 60–80 s/ga gacha yetishi mumkin. [2] Qurg‘oqchilik sharoitida yetishtirilganda esa hosildorlik 35–45 s/ga ni tashkil etgan. Navni mintaqa sharoitidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri tanlash don va samon hosilining yuqori va barqaror bo‘lishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Don
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 189 yo‘nalishida yaratilgan tritikalening mintaqa sharoitiga mos Norman, Farxod, Do‘stlik 4, Sardor navlari katta don berishi, boshog‘ida zichlikning yuqoriligi, donning morfologik bir xilligi va oqsil miqdorining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Olimlarning takidlashicha tritikale yetishtirishda azotli mineral o‘g‘iti muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, har gektarga 60–90 kg azotli mineral o‘g‘itining berilishi donning vazni, oqsil miqdori va kraxmal to‘planishini oshiradi. [1] Fosfor va kaliy o‘g‘itlari esa ildiz rivojlanishi, tuplash ko‘rsatkichining oshishi hamda boshoqda don to‘lish jarayonini jadallashtiradi. Tritikaleda biomassa hosildorligi yuqori bo‘lib, xashak tayyorlash uchun asosiy ekin turi xisoblanadi. Samon hosildorligi o‘rtacha holatda 80–120 s/ga, yuqori agrotexnika sharoitida esa 120–150 s/ga gacha xashak to‘plash imkoni mavjud. [3] Qurg‘oqchil iqlim sharoitda ham 70–90 s/ga gacha hosil to‘plash imkoni, ekinning stresslarga chidamliligini anglatadi. Tritikale samoni bug‘doy samoniga nisbatan ozuqaviy jihatdan kuchli, tarkibida oqsil miqdori 5–7%, hazm bo‘lish koeffitsienti 48–55% atrofida bo‘lib, qoramol, qo‘y va otlar uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Tarkibida kalsiy, fosfor va mikroelementlar miqdorining yuqoriligi hayvonlarda moddalar almashinuvining barqarorligini ta’minlaydi. [7] Tritikale ko‘k xashak sifatida yuqori qiymatga ega, chunki uning yashil massa hosili bir gektardan 250–350 sentner gacha yetishi mumkin. Yashil massasidagi oqsil (12–16%), uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar uni xashak sifatida axamiyatini oshiradi. Bu ekinning ko‘k ozuqasi qoramol, qo‘y va otlar tomonidan yaxshi hazm qilinadi va ratsionida muhim o‘rin tutadi. [5] Tritikale silos tayyorlashda jo‘xori, arpa va suli bilan raqobatlasha oladi. Uning bioximik tarkibi silosning tez pishishi, fermentativ jarayonlarning barqaror kechishi va ozuqaviy moddalarning yaxshi saqlanishiga yordam beradi. Ilmiy tadqiqotlarda tritikaledan olingan silosning energiya qiymati yuqori ekani va qoramollar tomonidan yaxshi hazm bo‘lishi aniqlangan. [6]
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 190 Tritikale doni ikki jihatdan qimmatli energiya va oqsil manbai xisoblanadi. Unda 12–14% oqsil, shu jumladan parrandachilik uchun muhim bo‘lgan lizin aminokislotasi miqdori bug‘doyga nisbatan yuqoridir. Donning energetik qiymati 12 MDj/kg (ya’ni 1 kilogramm ozuqadagi megajoul) atrofida bo‘lib, uning kombikorm tarkibidagi o‘rni yuqori baholanadi. [8] Tritikale doni qoramol, qo‘y va parranda ratsionida energiya beruvchi asosiy komponetlardan biri bo‘lib, ozuqadagi uglevodlar va oqsillarga mos nisbati organizmda o‘sish va mahsuldorlikni oshiradi. Xulosa o‘rnida tritikale yuqori biologik va agronomik imkoniyatlarga ega bo‘lgan yem-xashak ekini sifatida qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Uning don hosildorligi 60–90 s/ga, samon hosildorligi esa 90–150 s/ga gacha potensialga ega ekanligi, shuningdek yashil massa va silos tayyorlashdagi samaradorligi chorvachilik tarmog‘ida ozuqa bazasini kuchaytirishda muhim imkoniyat yaratadi. Tritikale donining yuqori energiya va oqsil qiymati uni kombikorm sanoati uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xom-ashyo sifatida axamiyatini oshiradi. Shunday qilib, tritikalening mintaqa uchun mos bo‘lgan, don va samon hosildorligi yuqori istiqbolli navlarini yaratish, yetishtirish maydonlarini kengaytirish ozuqa xavfsizligini ta’minlash va chorvachilik mahsuldorligini oshirishda muhim omildir. Adabiyotlar ro‘yxati. 1. Gorski, T., Bielski, S., & Koncewis, K. (2021). Yield and nitrogen utilization efficiency in triticale cultivars. Journal of Agronomy Research, 14(3), 112–120. 2. Kahriman, F., Kara, B., & Kavut, Y. (2020). Performance of triticale genotypes under different ecological conditions. Field Crops Studies, 27(1), 45–54. 3. Kasmarek, T., Cacak-Pietrzak, G. (2019). Biomass production potential of winter triticale. Plant Production Science, 22(4), 567–575. 4. Popov, V., & Tokarev, V. (2018). Triticale breeding and cultivation technologies. Agricultural Biology Journal, 53(2), 211–220.
SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS Vol. 3. Issue 9. 191 5. Zilis, S., Baras, M., Pesic, M. (2018). Nutritional value of triticale for forage. Journal of Animal Feed Science, 27(1), 57–66. 6. Gavrilova, O. et al. (2021). Silage quality from triticale and mixed forages. Fodder Science, 4, 15–23. 7. Rachon, L., Szumial, M., Stepien, A. (2020). Chemical composition and digestibility of triticale straw. Agricultural Sciences, 11(6), 711–720. 8. Pena-Bautista, R. J., Hernandez-Espinosa, N., Cervantes, F. (2017). Amino acid composition of triticale grain. Journal of Cereal Science, 75, 12–18. 9. Weil, R., Manner, M. (2019). Soil-plant relationships in triticale cultivation. Advances in Agroecology, 8(2), 89–103.