PEDAGOGIKADA TARBIYA VA TA'LIMNING O'ZARO MUNOSABATI : NAZARIY YONDASHUVLAR VA AMALYOT.
Abstract
Ushbu maqolada pedagogik jarayonda ta’lim jarayonini olib borish bilan birga tarbiya jarayonini ham Muhtaram Prizidentimiz aytganlaridek qushning ikki qanoti misoli berish , ta’lim va tarbiyaning o’zaro munosabati shu bilan birga nazariy yondashuvlar ,amalyot haqida bilib olamiz .
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 182 PEDAGOGIKADA TARBIYA VA TA’LIMNING O’ZARO MUNOSABATI : NAZARIY YONDASHUVLAR VA AMALYOT. Toshaliyeva Beknozaxon Nodir Qizi Toshmatova Ruxshonabonu Shohruh Qizi Termiz davlat pedagogika institute talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik jarayonda ta’lim jarayonini olib borish bilan birga tarbiya jarayonini ham Muhtaram Prizidentimiz aytganlaridek qushning ikki qanoti misoli berish , ta’lim va tarbiyaning o’zaro munosabati shu bilan birga nazariy yondashuvlar ,amalyot haqida bilib olamiz . Kalit so’z : pedagogika , nazarya, tizimli yondashuvlar ,amalyot va tizimli jarayonlar . Jаhоndа ilm-fаn, texnikа ishlаb chiqаrish hаmdа texnоlоgiyа sоhаlаridа erishilаyоtgаn yutuqlаr, tа’lim tizimidа fаоliyаt yuritа оlаdigаn bо‘lаjаk mutаxаssis о‘qituvchilаrni tаrbiyаlаsh vа tа’lim berishlаri uchun yаngi аvlоd dаrsliklаri vа qо‘llаnmаlаrini yаrаtish dаvr tаlаbаdir. “Tа’lim tо‘g‘risidа”gi qоnun vа О‘zbekistоn Resрublikаsi Рrezidentining tа’lim-tаrbiyа vа kаdrlаr tаyyоrlаsh tizimining tubdаn islоh qilish, bаrkаmоl аvlodni vоyаgа yetkаzish tо‘g‘risidаgi fаrmоnlаri tа’lim muаssаsаlаridа аmаlgа оshirilаyоtgаn islоhоtlаr uchun аsоs bо‘lib xizmаt qilаdi. Shungа kо‘rа sifаtli, yetuk mutаxаssis tаyyоrlаsh bilаn birgа ulаrni xоlisоnа, erkin fikr yuritаdigаn hаmdа оnа vаtаngа dildаn xizmаt qilа оlаdigаn bаrkаmоl insоn bо‘lishlаri uchun ulаrning ijоdiy tаfаkkurini rivоjlаntirib, dаvlаt оldidа jаvоbgаrlikni his qilаdigаn hаr tоmоnlаmа yetuk, bаrkаmоl yоshlаrni tаrbiyаlаsh, kоmil insоnni vоyаgа yetkаzish murаbbiylаrimizning аsоsiy burchidir. Zаmоnаviy рedаgоgikаdа о‘quv tаrbiyа jаrаyоnining subyektigа kо‘chirаdi vа jаrаyоnni hаmkоrlikdа ishlаsh, imkоniyаtlаrdаn оqilоnа fоydаlаnish, yаngiliklаrni yаrаtishgа yо‘nаltirilаdi. Shu bоis оliy tа’lim tizimidа mаxsus tаhsil оlib о‘qituvchi murаbbiylik mutаxаssisligigа tаyyоrlаnаyоtgаn hаr qаndаy bо‘lаjаk kаsb egаsini рedаgоgikаning ilmiy nаzаriy vа аmаliy аsоslаri bilаn qurоllаntirish рedаgоgikа fаnining dоlzаrb mаsаlаlаridаn biri hisоblаnаdi. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilami qayd etadi: «Tarbiyachi ustoz bolish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro sifatida yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi,
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 183 ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak». Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo‘lib, u turli fanlar bilan uyg‘un holda qadim-qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Alloh yeru osmonni, butun borliqni inson uchun varatib. unga aql gavharini, tafakkur qilish qobiliyatini berdi. Оngning mavjudligi, har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizliginir mehr-muruvvatda beqiyosligini bildirdi. Islomda ham dunyoviy ilmlarning barchasi Qur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liq va uyg‘un holda berilgan. Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Pifagor, Arastu, Aflotunlar g‘oyaga asoslangan, o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan. Arastu «Iskandarga nasihatlari»da (U Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo‘lgan va Iskandar ham o‘z navbatida Arastuni o‘z otasidan ustun qo‘ygan) insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, iymonli ilmli bo‘lishligini ta’kidlagan edi, ya’ni: «Taqvodorlik iymon vositasida kamol topadi. Iymon esa fikru andisha soyasida hosil bo‘ladi», degan edi. Ilmda xosiyat ko‘p, chunki u, taraqqiyot kaliti, insonning qalb ko‘zidir. Bunda ilm aqldan quvvat olganligi sababli, aql ma’naviy haqiqatlari bilan insoniyat jamiyatining dunyoviy ishlarida intizom yaratadi. Bu haqda ulug‘ matematik va faylasuf olim Pifagoming quyidagi fikrlari fikrimizning isbotidir. Ular: • «Donishmandlik nima? Tartib-intizomlilik. Donishmand bo‘lay desang hamma narsani joy-joyiga qo‘y. 0 ‘tkinchi shuhratdan oqil kishining kundalik ishidagi tartib a’loroq». Yetuk shaxslarning (olimlar, donishmandlar, faylasuflar, yozuvchilar, shoirlar, qahramonlar, davlat arboblari va shu kabilar) hayoti va faoliyati ulug‘ ibrat, tarbiya sabog‘idir. Hozirgi kunda ham ilm-fanning turli sohalari, shuningdek, fan, adabiyot, san’at, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarning ismi shariflarini yo‘qlash, qilgan ishlaridan foydalanish, insoniyatning og‘irini yengil qilganliklari ulami eslab, yod qilib turilishi nihoyatda ahamiyatlidir. Shu sababli ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, olimmutafakkirlarimiz olamga mashhur bo‘lganlar. Ulardan ayrimlarining fikrlarini keltiramiz. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Arifmetika» asari boshlanishidagi fikmi keltiramiz: «Rahimli va mehribon Tangriga loyiq maqtovlar aytaylik, unga minnatdorchiligimizni bildiraylik va uni ko‘klarga ko‘tarish bilan maqtovini oshiray26 lik, unga ibodat qilaylik, toki, u bizni adolat sari boshlab, haqiqat yo‘lidan olib borish va bizga 9 ta raqamdan iborat hind hisobi haqida bayon etishga qilgan qarorimizga yordam bersin». Ya’ni, «Arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-Juqobala hisobi haqida qisqacha xitob»ni ta’klif qildim, chunki meros taqdim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o‘lchash, kanallar o‘tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 184 zarurdir». Abu Ali ibn Sino - «Shayx ur-rais», ya’ni «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» nomlariga sazovor bo'lgan olim. Uning tarjimai holidan quyidagi fikrni o‘qishimiz mumkin: «Agar biror masaladan boshim qotib, qiyosda o‘rtacha ta’rifni topa olmasam, jome’ masjidiga borardim va namoz o‘qib, Yaratguvchiga yolborardim, natijada qorong‘u narsalar menga oydinlashar, mushkullar osonlashar edi». Abu Ali ibn Sino o'zining quyidagi asarlari bilan ma’rifatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixiga katta hissa qo‘shdi: • Falsafa, tibbiyot va tabiatshunoslik sohalariga oid «Kitob al-qonun fit-t-tibb» («Tib ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo» («Jonni saqlash kitobi»); «Kitob an-najot» («Najot kitobi»); «Kitob an-insof» («Insof kitobi») va shu kabi asarlar. • Axloqqa va ma’rifatga oid «Risola fi ilm al-axloq» («Axloqqa oid risola»); «Risola fi fazilat an-nafs» («Nafsni pokiza tutish haqida risola»); «Risola fi al-ahd» («Burch haqida risola»); «Kitob an-insof» («Adolat haqida kitob») va shunga o‘xshash ta’lim-tarbiyaga oid boy asarlardan iborat ma’naviy merosni kelajak avlodga qoldirdi. Buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi, olim va o‘z davri ta’lim tizimining bosh islohotchisi, ma’rifatparvar inson, dunyoda birinchi hisoblash markazining tashkilotchisi Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatida ham dunyoviy ilmlar o‘qitilishiga katta e’tibor berilgan. Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq etish maqsadida mudarrislar, talabalar bilan rasadxonada amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etib, bu ishlarga bevosita o‘zi rahbarlik qilgan. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiva sohasida o‘sha zamonlarda, hattoki hozirda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan fikriari pedagogika fani metodologik asoslarini tavsiflashda nihoyatda muhimdir. Ya’ni, u ta’lim berish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb ta’kidlaydi: • ta’lim oluvchini zeriktirmaslik kerak; • talabalarga bilim berishda bir xil narsa va ma’lumotlami doimo bir xil usulda o‘rgatavermaslik kerak; • uzviylik va izchillik asosida mavzularni qiziqarli qilib o‘rgatish yo‘llarini kashf etib borish lozim; • ta’lim berishda mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali qilib borishga erishish kerak; • talabalaming bilim olishida ulaming ilmlarni egallashiga, tushunib harakat qilishni, ya’ni ijodiy intilishiga va qiziqishiga e’tibor doimo ta’lim beruvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim. Abu Rayhon Beruniy ta’lim-tarbiya jarayonida muhitning ahamiyatiga alohida e’tibor bergan va u, «barcha illatlarning asosini bilimsizlik tashkil etadi», degan fikrda qat’iy turgan. Beruniy inson kamolotidagi omillarni quyidagi asosiy qismlarga bog’liq. Shaxs kelajagini belgilash va muhim poydevor yaratishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etishda uzluksiz ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlaming alohida о'rni bor, ya'ni maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar, kasb-
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 185 hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlarida ta'lim oluvchilarda har tomonlama barkamollik sifatlari tarbiyalanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogik tizimning ingtegrativ tabiatiga mos rivojlantimvchi strategiyalami tanlash hamda mazkur tizimni tadqiq etish va takomillashtirishga tizimli, vazivatli, ijodiy, refleksiv, muvofiqlashtirilgan, etnik, shaxs-faoliyat, milliy-hududiy va innovatsion yondashuv kabi yondashuv texnologiyalarini qo'llash va ulardan mazmun-mohiyatiga ko'ra to'g'ri foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, "Ta'lim - imkoniyatlar tengligini ta'minlaydigan buyuk mezon. U jamiyat aql-zakovatining yuksalishi, raqobatbardoshlik-ning kuchayishi va yutuqlar ko'payishining muhim omili vazifasini o'taydi". Bugungi kunda pedagogik jarayon sub'yektlari uchun qo'yilayotgan talablar ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini unifikatsiya va modernizatsiya qilsh; pedagogik jarayonni va sub'yektlar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va takomillashtirishda pedagogik tizim komponentlarining o'zaro aloqadorligi va bog'liqligi, integrativ tabiati kabi qator o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish; mazkur tizimda innovatsion va hamkorlikdagi faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va takomillashtirish uchun shartsharoitlar yaratish, ya'ni mazkur jarayonning samaradorligini ta'minlash yo'nalishida maxsus kurslar, o'quv-seminarlari tashkil etish va o'quv-metodik mahsulotlar bilan ta'minlash; ta'lim muassasasi, oila, mahalla, jamoaviy boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ya'ni hamkorlikdagi boshqaruvni tashkil etish va takomillashtirish kabi qator yo'nalishlar bo'yicha mavjud muammolami bartaraf etishni nazarda tutadi. Shuningdek, pedagogik jarayonlarning integrativ tabiatiga mos rivojlantiruvchi strategiyalami ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlarini loyihalashtirish pedagogik jarayonlarda o'rganiladigan tushunchalaming o'zaro bog'lqligi va aloqadorligini hamda axborotlarning yangiligi va ishonchliligini ta'minlash zaruriyatini belgilaydi Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta‘lim sohasi bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik/ M.X. Toxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Hasanboyev, M.Usmonboyeva, S. Madiyarova, A. Qoldibekova, N. Nishonova, N. Sayidahmedov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010. – 400 b. 2. Калдибекова А.С. Умумий педагогика назарияси ва амалиётидан лаборатория машғулотлари. – Т., 2013. – 270 б. 3. Ахмедова М.Э. Педагогика назарияси ва тарихи (Ўқув қўлланма) – Т.: Тафаккур бўстони, 2011. – 280 б.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 186 4. Po‘latova P. Maxsus pedagogika. Oligofrenopedagogika. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005. – 220 b. 5. Сластенин В.А. и др. Педагогика Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / В.А. Сластенин, И.Ф. Исаев, Е.Н. Шиянов; Под ред. В.А. Сластенина. – М.: Издательский центр «Академия», 2013. – 576 с. 6. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika (darslik). – T., «Fan va texnologiyalar», 2007. – 288 b. 7. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika. Darslik. – T.: «Sanostandart» nashriyoti, 2017. – 416 b.