DIABETIK POYABZALLAR ICHLAB CHIQARISHDA OLIB BORILAYOTGAN TADQIQOT ISHLARI
Abstract
Ushbu maqola yengil sanoat sohasidagi poyabzal ishlab chiqarishdagi yangiliklar mazmuni bayon etilgan. Shuningdek bugungi kunda diabetik poyabzallar yaritshda olib borilayotgan ishlar tahlilidan iboratdir.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 323 DIABETIK POYABZALLAR ICHLAB CHIQARISHDA OLIB BORILAYOTGAN TADQIQOT ISHLARI Valiyev Gulam Nabidjanovich Farg‘ona davlat texnika universiteti, Yengil sanoat muhandisligi kafedrasi, t.f.d,k.i.x, Abduvaxobova Charosxon Akmaljon qizi M43-25 TBTKI guruh talabasi E-mail: charosabduvax[email protected] Tel: +998945059607 Anotatsiya: Ushbu maqola yengil sanoat sohasidagi poyabzal ishlab chiqarishdagi yangiliklar mazmuni bayon etilgan. Shuningdek bugungi kunda diabetik poyabzallar yaritshda olib borilayotgan ishlar tahlilidan iboratdir. Kalit so‘zlar: diabetic poyabzallar, qandli diabet, farmaseftika, mahalliylashtirish, biomexanika, terapeftik, ortopedik, ergonomik. Аннотация: В статье рассматриваются новейшие разработки в лёгкой промышленности в области производства обуви, а также анализируются работы, проводимые в настоящее время в области диабетической обуви. Ключевые слова: диабетическая обувь, сахарный диабет, фармацевтические препараты, локализация, биомеханика, лечебная, ортопедическая, эргономическая. Abstract: This article describes the latest developments in the light industry in shoe production. It also analyzes the work currently being done in the field of diabetic footwear. Keywords: diabetic shoes, diabetes, pharmaceuticals, localization, biomechanics, therapeutic, orthopedic, ergonomic. …1967-yil kuzda taniqli adib Abdulla Qahhorning qand kasali xuruj qilib, salomatligi to'satdan yomonlashadi va oyoq og'rig'i boshlanadi. “1968-yilning yanvarida bir kuni vannaxonada yuvinayotgan chog'da chap oyoqlarining bosh barmog'i ozgina shilinibdi. Bir mahal ranglari quv o'chgan holda vannaxonadan chiqdilaru “Tamom!” deb o'zlarini karavotga tashladilar... Jonajon do'stlari Abdujamil Matqobilov qand kasaliga chalinib, oyog'idan mahrum bo'lgan edi. Biz uni og'ir ahvolda yotganida kasalxonaga borib ko'rgan edik. Abdulla Qahhor “Men ham o'shandoq bo'lib qolaman” deb juda-juda iztirob chekdilar. Tangaday yara bitavermagach, doktorlarning maslahatiga ko'ra, Moskvaga olib boradigan bo'ldik”, deb yozadi adibning turmush o'rtog'i Kibriyo Qahhorova “Chorak asr hamnafas” kitobida. Ushbu xotiradan ko'rinib turibdiki, Abdulla Qahhor qandli diabetdan aziyat chekkan va uning asoratlari tufayli 61 yoshida hayotni tark etgan... Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyo bo'yicha 537 milliondan ziyod kishi qandli diabetdan aziyat chekadi. 2030 yilga borib ushbu ko'rsatkich 643 million kishiga etadi, ya'ni Er kurrasining har 10 tadan bitta aholisi ushbu kasallikka chalinadi. O'zbekiston aholisining qariyb 8,7 foizi qandli diabet bilan kasallanganligi, bu ko'rsatkich yildan-yilga ortib borayotganligi muammo naqadar dolzarb va xavotirli ekanligini ko'rsatadi. Respublikamizda qandli diabet profilaktikasi, uni tashxislash va davolash ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan. Ushbu kasallik bilan og'rigan bemorlarning hayotini engillashtirish, asoratlarning oldini olish va umr davomiyligini uzaytirish ustida nafaqat tibbiyot xodimlari, balki texnologlar ham ish olib bormoqda.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 324 Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzalning samarali texnologiyasini yaratish va konstruktsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyiha dolzarb muammoning ilmiy echimiga qaratilgan. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Uzoqova Laylo Polvonovna rahbarligida bajarilgan ilmiy loyiha doirasida qandli diabet bilan xastalangan bemorlar uchun ortopedik poyabzal hamda modifikatsiyali ortopedik taglikka ixtiro patenti olindi. Bundan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sharoitida ham diabet kasalligiga chalingan bemorlar uchun qulay va samarali oyoq kiyimlari ishlab chiqarsh asta sekin yo’lga qo’yilishi mumkin. Nafaqat bizning yurtimiz balki butun dunyoda muhim ahamiyat bilan qaralayotgan sohada bir qator yangiliklar va yangi ishlanmalar yo’lga qo’yilmoqda. Bularning barchasi bemorlar va ularning hayotini yengilashtirishga xizmat qilishiga mo’ljallangan, faqatgina farmaseftika vositalari emas balki kundalik hayotda keng foydalaniladigan balki hayotimizning, haraakatimizning asosini tashkil etadigan oyoq kiyimlarimizning har tomonlama rivoj topishi, ayniqsa maxsus insonlar uchun ham foydali hisoblanadi. Yuqorida ko’zda tutilgan loyiha doirasidagi tadqiqotlar akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimlari bilan bevosita hamkorlikda amalga oshirildi va natijalar markaz ro'yxatida turgan bemorlarda qo'llanilib, tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Albatta shu kabi tadqiqot sinovlaridan avval kerakli natijalar uchun ma’lumotlar to’planadi, tadqiqot olib borilayotgan yo’nalish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilgan va hozirdagi ahvoli ko’zdan kechiriladi. Ya’ni ilk bosqichlardan o’rganib chiqilib so’ng yondashilayotgan tarmoq bo’yicha ishlar yuritiladi. Diabetik poyabzallar ishlab chiqarish yangi tarmoq sifatida ko’rilayotgan bir paytda, boshqa rivojlangan davlatda allaqachon yo’lga qo’yilib, turli ko’rinishlarda ushbu oyoq kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Diabetga chalingan bemorlarning oyoq tovonida surunkali yaralar hamda qadoqlar paydo bo'ladiki, ulardan saqlanish va oldini olishda profilaktik poyabzalning foydasi katta. Bunday bemorlarda oddiy yallig'lanish ham jiddiy yaralarga sabab bo'lishi, hatto gangrena holatigacha etib borishi mumkin. Qandli diabet bilan xastalangan bemorlar uchun asosiy profilaktika vositasi bu – oyoq parvarishi hamda to'g'ri tanlangan poyabzaldir. To'g'ri tanlangan ortopedik poyabzal oyoqda paydo bo'ladigan jarohatlarning oldini olib, majruhlik foizini kamaytiradi va oyoq amputatsiyasining kafolatli real profilaktikasi hisoblanadi. Ilmiy loyiha yakunida bemorlar oyoqlaridagi diabetik patologiyaning boshlang'ich darajasi, jismoniy va biomexanik xossalari tadqiq etilib, tibbiy-texnik talablardan kelib chiqqan holda profilaktik poyabzalning maqbul konstruktsiyasi ishlab chiqish texnologiyasi yaratildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 24-yanvar kuni charm-poyabzal sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu soha xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda katta o‘ringa ega. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan texnologik yangilash va mahalliylashtirish natijasida tarmoq sezilarli rivojlandi. Masalan, 2017-yilda 760 milliard so‘mlik charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 4 trillion 415 milliard so‘mni tashkil etgan. Shu davrda eksport hajmi 105 million dollardan 421 million dollarga yetgan. Ya’ni, ishlab chiqarish qariyb 6 barobar, eksport 4 barobar o‘sgan. Tayyor mahsulotlar ulushi ham 32 foizdan 78 foizga ko‘paygan. Shu bilan birga, hali bu tarmoqda ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko‘p. Lekin ayrim muammolar ishlab chiqaruvchilarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Jumladan, xomashyo hisobini yuritish
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 325 tizimi yo‘q, avtomatlashgan kushxonalar kamligi teri sifatiga ta’sir qilmoqda. Dizayner, texnolog va malakali tikuvchilar, zamonaviy uskuna, kimyoviy vosita va butlovchi qismlar yetishmaydi. Yig‘ilishda shu kabi muammolarni hal etib, sohani tizimli rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Mahalliylashtirish ishlari bilan bir qatorda amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar davlatning yaratib berayotgan va bugungi kunda e’tiborda turgan jihatlari bilan bog’liqdir. Diabetik oyoq kiyimlar huddi boshqa iste’mol tovarari kabi ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgunga qadar ma’lum bosqichlarni qamrab oladi. Poyabzal sanoating o’zida ham ishlab chiqarish talablari o’sib bormoqda, endilikda har tomonlama sifatli bo’lgan mahsulot yaratish muhim ahamiyatga ega. Shularni tarkibida diabetikergonomik oyoq kiyimlarini boshqalari singari ishlab chiqish ishlari yo’lga qo’yilishi kerak. Bu sohada qilinayotgan va mavjud xalqaro miqyosidagi tadqiqlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, ular deyarli mukammal tarzda yo’lga qo’yilgan. International Working Group on the Diabetic Foot (IWGDF) — bu sohada eng muhim xalqaro tashkilotlardan biri. IWGDF terapevtik oyoq kiyimlari, off-loading va oyoq yaralarini oldini olish, davolash boʻyicha koʻrsatmalarni (guidelines) chiqaradi. IWGDFning qoʻllanmalari va yangilangan tavsiyalari klinik amaliyot va mahsulot texnik xususiyatlarini belgilashda asosiy manbadir. Sicco A. Bus (Amsterdam UMC) — IWGDF gidlarida off-loading va oyoq kiyimlari bo‘yicha muallif va loyiha rahbarlaridan, diabetik oyoq biomexanikasi va terapevtik poyabzal dizayni sohasida koʻplab tadqiqotlar olib borgan. David G. Armstrong (USC va tadqiqotchi) — diabetik oyoq kasalliklari, amputatsiyani oldini olish va terapevtik poyabzal, off-loading usullari boʻyicha koʻp nashrlar va xalqaro konferensiyalar (DF-Con) tashabbuskori, klinik tadqiqotlarda muhim ro’l oʻynagan. Jaap J. van Netten — oyoq kiyimi va diabet oyoqlarining oldini olish boʻyicha tadqiqotlar, milliy va xalqaro qoʻllanmalar (masalan Avstraliya poyabzal qoʻllanmasi) muallifi; biomexanika va profilaktik yondashuvlar boʻyicha ishlaydi. Quyidagi talablarga IWGDF, ADA, EASD va ilmiy maqolalar asosida ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchilar uchun to‘liq texnik varaq sifatida foydalanish mumkin. Poyabzalning asosiy funksional maqsadi: 1. Plantar bosimni 20–30% gacha kamaytirish 2. Yallig‘lanish va yara paydo bo‘lish xavfini kamaytirish 3. Barqaror yurish biomekanikasini ta’minlash 4. Termo-regulyatsiya (issiqlik to‘planishini oldini olish) 5. Terini iritatsiya qilmaslik (seamless interior) Konstruktiv talablar 1. Taglik (SOLE) talablari Qism Texnik tavsiya Maqsad Rocker-sole (old qismi ko‘tarilgan taglik) 10–20° old ko‘tarilish, 15–30 mm radius Metatarsal bosimni kamaytiradi Material EVA (30–50 Shore A), PU yoki gomma Zarba yutish / yumshoqlik Qalinlik 15–25 mm Qadam zarbasini kamaytirish Slipresistant outsole 2. Insole (inna) talablari 2. Ko‘p qatlamli insole tavsiya etiladi Yuqorigi qatlam: mikroporolon (10–15 Shore A) o‘rta qatlam: EVA (20–35 Shore pastki qatlam: PU yoki karbon plitka (kuchlanishni bo‘lish uchun) Innalarning maxsus shakli:
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 326 Metatarsal bar (old yostiq) – metatarsal bosimni 20–40% kamaytiradi. Arch support – yassi oyoqlikni normallashtirdi. Heel cup (25–35 mm baland) – barqarorlikni oshiradi Seamless upper layer – ishqalanishni oldini oladi. Adabiyotlar 1. Hasanboeva G. To‘qimachilik dizain tarixi – T. : Iqtisod-Molia, 2006. 2. Пармон Ф. М. Композиция костюма. М.: Легпромбытиздат, 1985 г. 3. Xudayberganov «Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari» Toshkent 2019 y 4. N.T.G‘ofurova,L.E.Maxmudov “Kompozisiya asoslari “ Toshkent 2013 y 5. Валиев Г. Н., Хомидов В. О., Турдиев М. Исследование влияния скорости снования на форму баллона нити натурального шёлка // Международная научная конференция посвященная 110-летию со дня рождения профессора А.Г.Севостьянова: сборник научных трудов международной научной конференции посвященной 110-летию со дня рождения профессора А.Г.Севостьянова (Москва, 10 марта 2020 г.). Часть 2. – М.: РГУ им. Косыгина, 2020. – 302 с., с. 195-199.