scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION TAFAKKUR FAROVON VA SIFATLI TURMUSH BARDAVOMLIGI KAFOLATI

Jumayeva, Lobar Sherali qizi

Abstract

Ushbu maqolada innovatsion tafakkurning jamiyat farovonligi va sifatli turmush tarzini ta’minlashdagi o‘rni har tomonlama yoritiladi. Innovatsion fikrlash shaxsning yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishi, mavjud muammolarga noodatiy yechim topish imkonini berishi tufayli zamonaviy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida baholanadi. Maqolada innovatsion tafakkur iqtisodiy rivojlanish, ta’lim samaradorligi, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyatda innovatsion madaniyatni shakllantirish, texnologik yangiliklarni amaliyotga joriy etish va inson kapitalini rivojlantirish orqali farovon hayot darajasini uzluksiz oshirib borish mexanizmlari bayon etiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion tafakkurni rivojlantirish barkamol jamiyat qurish va sifatli turmush bardavomligini ta’minlashning muhim kafolati ekanini asoslab beradi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 71 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17870537 INNOVATSION TAFAKKUR FAROVON VA SIFATLI TURMUSH BARDAVOMLIGI KAFOLATI Jumayeva Lobar Sherali qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU “ O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi ” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada innovatsion tafakkurning jamiyat farovonligi va sifatli turmush tarzini ta’minlashdagi o‘rni har tomonlama yoritiladi. Innovatsion fikrlash shaxsning yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishi, mavjud muammolarga noodatiy yechim topish imkonini berishi tufayli zamonaviy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida baholanadi. Maqolada innovatsion tafakkur iqtisodiy rivojlanish, ta’lim samaradorligi, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyatda innovatsion madaniyatni shakllantirish, texnologik yangiliklarni amaliyotga joriy etish va inson kapitalini rivojlantirish orqali farovon hayot darajasini uzluksiz oshirib borish mexanizmlari bayon etiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion tafakkurni rivojlantirish barkamol jamiyat qurish va sifatli turmush bardavomligini ta’minlashning muhim kafolati ekanini asoslab beradi. Kalit so‘zlar: Innovatsion tafakkur, farovonlik, sifatli turmush, modernizatsiya, texnologik rivojlanish, kreativ fikrlash, innovatsion madaniyat, raqobatbardoshlik, inson kapitali, ijtimoiy taraqqiyot. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 72 ИННОВАЦИОННОЕ МЫШЛЕНИЕ — ЗАЛОГ БЛАГОПОЛУЧНОЙ И КАЧЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ АННОТЦИЯ В данной статье всесторонне освещается роль инновационного мышления в обеспечении общественного благополучия и качественного уровня жизни. Инновационное мышление рассматривается как один из ключевых факторов современного развития, поскольку оно способствует формированию у личности способности создавать новшества и находить нестандартные решения существующих проблем. В статье научно проанализировано влияние инновационного мышления на экономическое развитие, повышение эффективности образования, улучшение качества социальных услуг и укрепление конкурентоспособности. Кроме того, раскрываются механизмы непрерывного повышения уровня благополучной жизни за счёт формирования инновационной культуры в обществе, внедрения технологических новшеств в практику и развития человеческого капитала. Результаты исследования обосновывают, что развитие инновационного мышления является важной гарантией построения гармоничного общества и обеспечения устойчиво качественной жизни. Ключевые слова: инновационное мышление, благополучие, качественная жизнь, модернизация, технологическое развитие, креативное мышление, инновационная культура, конкурентоспособность, человеческий капитал, общественное развитие. INNOVATIVE THINKING IS THE GUARANTEE OF A PROSPEROUS AND HIGH-QUALITY LIFE ABSTRACT This article provides a comprehensive explanation of the role of innovative thinking in ensuring social well-being and a high-quality standard of living. Innovative ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 73 thinking is regarded as one of the key factors of modern development, as it enhances an individual’s ability to create new ideas and find unconventional solutions to existing problems. The article scientifically analyzes how innovative thinking influences economic development, educational efficiency, the quality of social services, and the strengthening of competitiveness. It also describes mechanisms for continuously improving the standard of living through the formation of an innovation-oriented culture in society, the implementation of technological advancements into practice, and the development of human capital. The findings of the research substantiate that fostering innovative thinking is an important guarantee for building a prosperous society and ensuring a sustainable, high-quality life. Keywords: innovative thinking, well-being, quality of life, modernization, technological development, creative thinking, innovation culture, competitiveness, human capital, social development. Hozirgi kunda mamlakatimizning izchil taraqqiyotini ta’minlash, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining farovonligini yuksaltirishda innovatsion iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yish eng muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 26-aprelda “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”, 17-mayda esa “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi ‘Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish Asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi’ PQ-42-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida’’gi qarorlar imzolandi. Ushbu hujjatlarda inson kapitalini rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish orqali yurtimizda innovatorlarni tayyorlashga oid aniq vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot tamoyillariga mos tarzda bajarish, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga yangiliklarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 74 Innovatsion iqtisodiyotga erishish uchun avvalo innovatorlarni yetishtirish, buning uchun esa inson tafakkurini rivojlantirish lozimligi ta’kidlanadi. Aholi sonining ortib borayotgan sharoitida resurslardan tejamkor foydalanish, ishlab chiqarishni nafaqat miqdor, balki sifat bo‘yicha ham oshirish zarurligi qayd etiladi. Davlatimiz rahbarining islohotlari natijasida 2017-yilda ilmiy tadqiqotlarning YAIMdagi ulushi 0,1 foizdan 0,5 foizga ko‘tarildi. Bir qarashda bu ko‘rsatkich juda yaxshi, chunki ilmiy izlanishlarga ajratilgan mablag‘ besh baravar oshdi. Ammo mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmoqda, deb aytish qiyin. Mablag‘larning katta qismi bino va inshootlarni qurish yoki ta’mirlashga sarflanmoqda, bu esa investitsiya faoliyatidagi sustkashlikni ko‘rsatadi. Mamlakatimizda innovatorlarni tayyorlash tizimi shakllantirilgan bo‘lsada, ular hali amaliy natija bera olayotgani yo‘q. Natijada har bir million aholiga to‘g‘ri keladigan, xorijiy patent idoralari tomonidan tan olingan yangi ishlanmalar soni bo‘yicha keskin orqadamiz. Masalan, AQSHda bu ko‘rsatkich 261,7 tani, Yaponiyada 213, Germaniyada 206,3, Fransiyada 171,9, Rossiyada esa 1,3 tani tashkil etadi. O‘zbekistonda esa hali birga ham yetmagan. Bugun dunyo aholisi 8 milliardga yaqinlashdi va rivojlanish ilm-fan asosida davom etmoqda.Shu kunlarda gidroponika texnologiyasi yordamida tuproqsiz, juda oz suv sarflab, aholining sezilarli qismiga yetgulik sabzavot yetishtirish mumkin bo‘lmoqda. Bu, albatta, innovatsiyaning samarasidir. Chunki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ortib borayotgan aholi ehtiyojlarini qoplash uchun innovatorlar jamiyat uchun nihoyatda zarur. Ularning izlanishlari tufayli qishloq xo‘jaligi samaradorligi ilgari ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilmoqda. Xalqaro mutaxassislar va tashkilotlar prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekiston aholisi 45–50 millionga yetishi mumkin. Dunyo bo‘yicha ham aholi ko‘payish tendensiyasi davom etadi. Biroq yer usti va osti boyliklari, ichimlik suvi, havo, oziq-ovqat, energiya kabi resurslar hozirgi sur’atda sarflansa, ularning qancha muddatga yetishi aniq emas. Ekologiyaning buzilishi va isrofgarchilik tufayli oziqovqat mahsulotlari sifatining pasayishi, hajmining kamayishi hamda tanqislik xavfi paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z vaqtida hal etilmasa, ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 75 o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi qisqarishi va turmush darajasi tushib ketishi kutilmoqda. Rivojlangan davlatlarda ba’zan boyliklarning behuda sarflanishi kuzatiladi, ayrim yurtdoshlarimiz ham bundan xoli emas. Bu esa oziq-ovqat tanqisligi bilan birga ekologik muammolarga olib kelishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi tufayli ham shaharlarda, ham qishloqlarda suv yetishmovchiligi kuchayadi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligimiz, asosan, qo‘shni davlatlarda shakllanadigan suv zaxiralariga bog‘liq. Suv tanqisligi kuchaysa, mahsulot narxlari oshishi muqarrar.Shu tufayli, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligida gidroponika texnologiyasidan kengroq foydalanish, shahar hududlarida esa ichimlik suvini tozalash va qayta ishlash usullarini joriy etish zarur. Bugungi ehtiyojlarimizni qondirish bilan birga, kelajak avlodga tabiiy, moddiy va ma’naviy resurslarni yetarlicha qoldirish, ularni ilm-fan, innovatsiya va intellektual ta’lim asosida tabiat ne’matlarini ko‘paytirishga o‘rgatishimiz lozim. Innovatsion tafakkur — shaxsning yangicha, noodatiy va samarali fikrlay olish qobiliyati bo‘lib, zamonaviy taraqqiyotning bosh omillaridan sanaladi. Globallashuv keskin jadallashgan bugungi davrda jamiyat farovonligi, iqtisodiy barqarorlik, raqobatdosh bozor va sifatli turmush darajasi aynan innovatsion yondashuvlarga bevosita bog‘liq. Innovatsion fikrlovchi inson mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanadi, yangi g‘oyalar yaratadi va texnologik o‘zgarishlarga moslashadi. Shu yo‘l bilan u o‘z hayoti sifatini yaxshilashning yangi yo‘llarini izlaydi. Jamiyat farovonligi avvalo inson kapitalining rivojiga tayanadi. Inson kapitali — bilim, ko‘nikma, malaka, salohiyat va ijodkorlikning yig‘indisi bo‘lib, innovatsion jarayonlarning markazida turadi. Bu kapitalning rivoji ta’lim sifatiga, innovatsion madaniyatning shakllanishiga hamda texnologik yangiliklarning amaliyotga tatbiqiga bog‘liq. Innovatsion tafakkur egasi bo‘lgan shaxs esa jamiyatda faol bo‘ladi, iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishga o‘z hissasini qo‘shadi. Modernizatsiya va kreativ fikrlash orqali mavjud muammolarga noodatiy yechimlar topish, sifatli hayot sharoitini yaratish mumkin. Innovatsion madaniyat esa yangiliklarni qo‘llab-quvvatlash, samaradorlikni oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish va global talablar bilan hamnafas bo‘lishni anglatadi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 76 Natijada texnologik rivojlanish va innovatsion qarashlar ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilaydi va farovonlikning barqaror o‘sishini ta’minlaydi. Aslida, innovatsiya faqat yangi narsalarni yaratish emas, balki unutilgan yaxshi an’analarni qayta tiklash hamdir. Masalan, Yevropa me’morchiligida qo‘llanayotgan yuqori sifatli sement ko‘p yillik izlanishlar, innovatsion g‘oyalar mahsuli bo‘lib, uzoqni ko‘zlab olib borilgan ishlarning natijasidir. Biz ham hech bo‘lmaganda ajdodlarimiz XIV–XV asrlarda foydalangan qurilish materiallarini ishlab chiqarish an’anasini qayta yo‘lga qo‘yish orqali o‘zimizga xos innovatsion yo‘l bilan taraqqiyotga erishishimiz mumkin. Innovatsion ishlanmalar sonini oshirish bilan birga, ularning sifatiga ham jiddiy e’tibor qaratish zarur. Dunyo mamlakatlarida sifat menejmenti tizimlari shakllangan, zamonaviy modellari yaratilib, ular asosida to‘liq sifat boshqaruvi yo‘lga qo‘yilgan. Bunday yondashuvlar xorijda innovatsion g‘oyalardan maksimal samarada foydalanish imkonini bermoqda. Endi buni yurtimizda ham amaliyotga tatbiq etish vaqti keldi. Taraqqiyotning yangi bosqichida mamlakatimizni aynan innovatsion omillar hisobiga rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdurahmonov, O. (2020). Innovatsion tafakkur va zamonaviy jamiyat rivoji. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti. 2. Karimov, S. (2019). Farovonlik va sifatli turmush kafolati: iqtisodiy va ijtimoiy jihatlar. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 3. Rasulova, N. (2021). Innovatsion madaniyat va kreativ fikrlashning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Toshkent: Pedagogika nashriyoti. 4. Schumpeter, J. A. (1934). The Theory of Economic Development. Cambridge: Harvard University Press. 5. Drucker, P. F. (1985). Innovation and Entrepreneurship.