QORAQALPOQ DAVLAT YOSH TOMOSHABINLAR TEATRINING SHAKLLANISH VA TARAQQIYOT YO'LLARI
Abstract
1978 yilga kelib Nukusda Respublika yosh tomoshabinlar teatri ochilishiga bir qator sabablar tuǵildi. Ya’ni bunday sabablar qatorida yosh o‘smirlarning vaqtini samarali o‘tkazish, ularning tarbiyasini yaxshilash va ijobiy hislatlarni shakllantirish kerak bo‘ldi. Teatr birinchi pardasini Qoraqalpoǵiston xalq shoiri, dramaturg K.Raxmanovning «Kechikkan bahor» spektakli bilan ochadi.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 77 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17870866 QORAQALPOQ DAVLAT YOSH TOMOSHABINLAR TEATRINING SHAKLLANISH VA TARAQQIYOT YO‘LLARI Mehribon Xo‘janova O‘zDSMI Nukus filiali katta o‘qituvchisi ANNOTACIYA 1978 yilga kelib Nukusda Respublika yosh tomoshabinlar teatri ochilishiga bir qator sabablar tuǵildi. Ya’ni bunday sabablar qatorida yosh o‘smirlarning vaqtini samarali o‘tkazish, ularning tarbiyasini yaxshilash va ijobiy hislatlarni shakllantirish kerak bo‘ldi. Teatr birinchi pardasini Qoraqalpoǵiston xalq shoiri, dramaturg K.Raxmanovning «Kechikkan bahor» spektakli bilan ochadi. Kalit so‘zlar: teatr, aktyor, rejissyor, spektakl, sahna, dekoratsiya, obraz, dramaturgiya, tragediya, komediya, repertuar. ANNOTACIYA К 1978 году возник ряд причин для открытия Республиканского театра юного зрителя в Нукусе. То есть, среди таких причин необходимо было эффективно проводить время подростков, улучшать их воспитание и формировать положительные качества. Театр открывает первый занавес спектаклем "Запоздалая весна" народного поэта Каракалпакстана, драматурга К.Рахманова. Klyuchevıe slova: teatr, aktyor, rejissyor, spektakl’, scena, dekoraciya, obraz, dramaturgiya, tragediya, komediya, repertuar.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 78 ANNOTATION By 1978, a number of reasons led to the opening of the Republican Theater of Young Spectators in Nukus. That is, among such reasons, it was necessary to effectively spend time with young adolescents, improve their upbringing, and form positive qualities. The theater opens its first act with the play "Late Spring" by the People’s Poet of Karakalpakstan, playwright K. Rakhmanov. Keywords: theatre, actor, director, performance, stage, set design, character, dramaturgy, tragedy, comedy, repertoire. 1978 yilga kelib Hukimat qarori bilan Nukusda Respublika yosh tomoshabinlar teatri ochilishiga bir qator sabablar tuǵildi. Ya’ni bunday sabablar qatorida yosh o‘smirlarning vaqtini samarali o‘tkazish, ularning tarbiyasini yaxshilash va ijobiy hislatlarni shakllantirish kerak bo‘ldi. Teatrga direktor sifatida, O‘zbekiston, Qoraqalpoǵiston va Tatarston Respublikalari xalq artisti Bayram Matchanov, bosh rejissyori etib, Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri aktyori va rejissyori, O‘zbekiston xalq artisti Najimatdin Ańsatbaev tayinlanadi. Teatr birinchi pardasini 1978 yili Qoraqalpoǵiston xalq shoiri, dramaturg K.Raxmanovning «Kechikkan bahor» spektakli bilan ochadi. «Kechikkan bahor» asari lirik drama bo‘lib, dramaturg asarda o‘sha zamonning turmushi va dolzarb bo‘lib turgan masalalarini mohirona aks ettiradi. Drama voqeasi Respublikaning eng olis hududlarida yashaydigan yoshlarning hayotidan olinadi. Eng olis tumanlarda yashashiga qaramay, ko‘ngillarini cho‘ktirmagan yoshlar shu tumandagi bo‘sh yotgan erlardan unumli foydalanishga, boǵlar yaratichga kuchini sarflab, mardona kurashadilar. Pyesa mehnat mavzusiga yondashilgan holda yozilgan. Asarning asosiy ǵoyasi yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik va jasorat kabi his-tuyǵularni uyǵotish, vatanni sevish, uning tufroǵini ko‘z qorachiǵidek asrab-avaylash, sodiq bo‘lish kabi uluǵ fazilatlardan iboratdir. Pyesani bosh rejissyor N.Ańsatbaev mohirona sahnalashtiradi. Muvaffaqiyatli qo‘yilgan «Kechikkan bahor» pyesasidan so‘ng teatr repertuari o‘z faoliyatini davom ettirib, o‘z ijodini boyitib bordi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 79 Teatrning tashkil topishida va teatr saxnasining mazmundor spektakllar bilan boyib borishida mahalliy dramaturglardan K.Rahmonov, S.Jumagulov, S.Xo‘janiyozov, Q.Matmurodov va boshqalarning o‘rni katta bo‘ldi. «Kechikkan bahor» spektaklidan so‘ng teatr repertuari yildan-yilga boyib, shakllanib bordi.Masalan, 1979 yilga nazar tashlaylik. Bu yilda rejissyori N.Ańsatbaev J.Mahmudovning «Yalonǵoch korol» spektakli yosh tomoshabinlarga namoyish etdi. Undan so‘ng shu yilda Babaxanov va J.Agamurzaev qalamiga mansub bo‘lgan «Yulbaris bilan uchirashganda» pyesasini rejissyor R.To‘reniyazov, N.Ansatbaevlar sahnalashtirdi. Yosh tomoshabinlarga mo‘ljallangan mazmundor spektakllarning qatori birin-ketin uzilmadi. 1979 yilda yana Yuzeevning «O‘yindan o‘ymoq» dramasini rejissyor N.Ańsatbaev sahnalashtirib, tomoshabinlarning qalbidan joy oldi. Shu yilda I.Shtokning «Yaratganning dalkagi» pyesasini rejissyor A.Efremov sahnalashtirib, teatr iqlosmandlariga taqdim eta oldi. Shunday qilib, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri repertuari spektakllar bilan boyib, o‘sib bordi. Teatrning shakllanish davrlarini kuzatar ekanbiz, eng dastlabki yilda taqdim etilgan spektakllarni bilganimizdan so‘ng 1980 yilga nazar solamiz. Teatrning bosh rejissyori N.Ańsatbaev Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatriga bosh rejissyor bo‘lib tayinlanadi. Shu munosabat bilan yosh tomoshabinlar teatriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan, Qoraqalpoǵiston xalq artisti R.To‘reniyazov bosh rejissyor etib tayinlanadi. Teatr jamoasi uchun 1980 yil eng samaradorli va ajoyib yil bo‘ladi. Chunki dramaturg K.Raxmanov o‘zining «To‘qqiz to‘nkildoq va bir chinqildoq» nomli ijodiy ishini yaratdi. Ijodiy asarni rejissyor R.To‘reniyazov sahnaga moslab tayyorladi va rassom I.Alibekov spektaklga mos ravishta sahna dekoraciyasini ishlab chiqdi. Komedik voqealarga asoslangan, ertak asosida yozilgan «To‘qqiz to‘nkildoq va bir chinqildoq» komediyasi kulguli va mazmundor voqealarga to‘la bo‘lganligi sababli barcha tomoshabinlarning olqichlariga sazavor bo‘ldi. Ayniqsa, bu spektakl ertak asosida yozilganligi sababli bolalarning sevimli spektakliga aylanib ulgurdi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 80 Teatr jamoasi o‘zbek, qoraqalpoq, qardosh xalqlar va G‘arbiy Yevropa xalqlarining turli janr va mavzulardagi asarlarini sahnalashtirib, o‘z tomoshabinlariga taqdim etdi. Bu davrda qoraqalpoq yoshlari rus dramaturgi I.Shtokning "Ilohiy komediya," tatar dramaturgi I.Yuzeevning "G‘azablanishga erk bermang," A.Tolstoyning "Buratino," italyan dramaturgi K.Goldoniyning "Ikki boyga bir malay," Sh.Perroning ertagi asosida "Etikli mushuk," o‘zbek dramaturglaridan M.Agamirzayev va A.Boboxonovlarning "Yo‘lbars va ovchi," J.Mahmudovning "Yalang‘och qirol", N.Ro‘zimuhamedovning "Kapitanga rahmat," G‘.G‘ulomning "Shum bola" dramatik asarlari teatr repertuaridan o‘rin oldi. Bu pyesalarning qahramonlariga teatr sahnasida rejissyorlardan R.To‘reniyazov, O.Efremov, N.Ansatbayev, Q.Abdireymovlar jon bergan. Shuningdek K.Raxmanovning «Kechikkan bahor», "To‘qqiz to‘ng‘ildoq, bir chingildoq," T.Seytjanovning "Nukus afsonasi" va P.Tilegenovning "Dutorli askar" pyesalarining nomiga ko‘zimiz tushadi. K.Raxmanov, T.Seytjanov, P.Tilegenovlar boshlagan sharafli ishni yosh dramaturglardan G.Tursunova, A.O‘tepbergenov, K.Qurbonova, E.Sobirov, P.Aytmuratov, J.Xojanov, Q.Matmuratov, S.Jumag‘ulov, K.Musayev, M.Xojanovalar davom ettirdi. Teatr jamoasining so‘nggi yillardagi faoliyatiga nazar tashlasak, teatr rahbarlarining mahalliy dramaturglarga e’tiboridan ko‘zimiz quvonadi. Dramaturglardan G.Tursunovaning "Tentak maymun," Q.Qurbonovaning "Hazil kerak," I.Aybatovning "Afsona," "Yalqovning hiylalari," E.Sobirovning "Qo‘pol qo‘chqor," J.Xo‘janovning "Kosmosdan kelgan mehmonlar," "Mardlik bilan yovuzlik," P.Aytmuratovning "Shaytonning nolasi," "Suyunchi," K.Raxmanovning "Ayol qismati," M.Xo‘janovaning "Parizodning tashvishi" kabi spektakllar yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasining so‘nggi yillarda qoraqalpoq dramaturglari pyesalari asosida yaratilgan sahna asarlari hisoblanadi. Teatr jamoasi o‘zbek dramaturglaridan R.Yoriyevning "Fermer Nurim ota" pyesasini muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. Drama va shu asosda yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi mehnatining mahsuli bo‘lgan spektaklda jami ikki kishi ishtirok etadi. Fermer Nurim ota va uning kampiri Ma’rifat ona. Asardagi voqealar
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 81 klassitsizmning qonun-qoidalari asosida yaratilgan, deyish mumkin. Voqealar bir joyda, bir kunda va qisqa vaqt ichida yakuniga yetadi. "Fermer Nurim ota" spektaklining rejissyori I.Aybatovning muvaffaqiyati sahnaviy obrazlilik ortiqcha dabdabali, xatti-harakatlar, intonatsiyalar, ko‘tarinki, tantanavor ovozlar, kinoyali ekstentriklar bilan emas, balki dramatik mavzuning asosiy mazmunini sahnaviy ko‘rinish vositalari orqali ta’minlaganda, qahramonning histuyg‘ulari, ichki dunyosi to‘liqroq ochilganda, sahnaviy xatti-harakat umumlashganda erishilishini tushunganda va bu sahna qonunlarini o‘z spektaklida muvaffaqiyatli amalga oshirganidadir. Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasining "Fermer Nurim ota" spektaklida erishgan yana bir katta ijodiy muvaffaqiyatini ta’kidlashni o‘rinli deb hisoblaymiz. "Fermer Nurim ota" spektaklining muvaffaqiyati Nurim ota rolini ijro etgan yosh aktyor Salamat Arziyev va Ma’rifat ona rolini ijro etgan aktrisa Hurziya Ibragimovalarning o‘z qahramonlari xarakteri, ichki kechinmalari olamini katta mahorat bilan ochib bera olganligida ko‘rinadi. Spektakldagi Ma’rifat ona rolini ijro etgan aktrisa Hurziya Ibragimovaning mehnati, ijro madaniyati, janr talablariga mos sahnaviy harakati ham tahsinga loyiq. Aktrisa sahnaviy vaziyatdan kelib chiqqan holda onaning tabiatiga xos tempda harakat qilish, fikrlash va muammo madaniyatini unutmaydi, ba’zan xafa bo‘lib, vaqti kelganda cholga hasad, o‘yinga tushib cholning kayfiyatini ko‘tarishning ham yo‘lini topadi. Aktyorlik mahorati qanchalik kuchli, ta’sirchan, ko‘p qirrali va universal bo‘lsa, uning imkoniyatlari turli yo‘nalish va janrlardagi spektakllarda ham o‘zining professional darajasini namoyon eta oladi. Rejissyor I.Aybatov "Fermer Nurim ota" spektaklida aktyorlar Salamat Arziyev va Hurziya Ibragimovalarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalangan. Rejissyor va aktyorlarning birgalikda fikr almashishi spektaklning muvaffaqiyatini ta’minlagan. So‘nggi yillar ichida teatr professional ijodiy jamoa sifatida kamol topdi, ijod so‘qmoqlaridan qiynalib bo‘lsa-da, ravon yo‘lga chiqib oldi. Shu bilan birga yosh
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 82 tomoshabinlar teatrining tabiatini, tilini tushunadigan iste’dodli yosh dramaturglar bilan ijodiy yo‘lga qo‘yildi, teatr atrofida uning dardini o‘zining dardi deb biladigan jamoa bilan hamkorlik qilishga tayyor dramaturglar guruhi yetishdi, teatrning do‘stlari, muxlislari, jamoaning atrofiga to‘plandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. B.Sayfullaev, T.Bayandiyev “Qoraqalpoq teatri tarixi”. T., Fan ziyosi, 2022. 2. F.Sulaimonova «Shekspir Uzbekistonda». T., FAN, 1978.