MASHRAB SHE'RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI
Abstract
Ushbu maqolada Boborahim Mashrab she’riyatida ilohiy ishqning poetik talqini, uning badiiyi fodalanish vositalari va tasavvufiy mazmun kasb etgan ramzlar tizimi tahlil qilinadi.Mashrabning g‘azal va she’rlarida Alloh ishqi, uning vasfi, ruhiy poklanish, ma’arifat yo‘lida komillikka yetish asosiy manba sigatida ko‘rsatiladi.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 95 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17871133 MASHRAB SHE’RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI Hamroyeva Sevinch Tursunali qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversteti magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Boborahim Mashrab she’riyatida ilohiy ishqning poetik talqini, uning badiiyi fodalanish vositalari va tasavvufiy mazmun kasb etgan ramzlar tizimi tahlil qilinadi.Mashrabning g‘azal va she’rlarida Alloh ishqi, uning vasfi, ruhiy poklanish, ma’arifat yo‘lida komillikka yetish asosiy manba sigatida ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: g‘azal, ishq, tasavvuf, yor, darvesh. ABSTRACT This article analyzes the poetic interpretation of divine love in the poetry of Boborahim Mashrab, its artistic means of use, and the system of symbols that have acquired mystical content. Mashrab’s ghazals and poems show the love of Allah, his description, spiritual purification, and the achievement of perfection on the path of enlightenment as the main source. Keywords: ghazal, love, mysticism, lover, dervish. АННОТАЦИЯ В статье анализируется поэтическая интерпретация божественного произведения «Ошик» в поэзии Боборахима Машраба и использование в его произведениях и творчестве символических систем мистического значения. Ключевые слова: газель, любовь, мистицизм, любовь, дервиш.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 96 Boborahim Mashrab o‘zbek mumtoz adabiyotining eng porloq, betakror ijodkorlaridan biridir. Uning she’rlari va g‘azallaridan Allohga bo‘lgan ishqini, haq yo‘lida yurishini, ruhiy kamolotga yetganini ko‘ramiz. Mashrab o‘z she’rlarida ilohiy ishqni faqat tasavvufiy g‘oya sifatida emas, balki ichki kechinma ruhiy holat va badiiy obrazllar orqali jonlantiradi. Mashrab bizga hayotimiz yo‘lida kerak bo‘ladigan xazinani tashab ketgan. Mashrab hayotini o‘rganar ekanmiz uning ilm yo‘lida chekkan azob-u uqubatlarining guvohi bo‘lamiz.Mashrabning ilohiy ishq haqidagi qarashlari Yassaviy, Jomiy, Navoiy an’anasining davomidir. Lekin Mashrabda ishq faqat tasavvufiy yo‘l emas, balki o‘z mavjudligini aniqlashning yagona mezoniga aylandi. Shoir uchun ishq Haqqa eltuvchi yo‘l, qalbni poklovchi nur, ruhiy oziqdir. Mashrab uchun ilohiy ishq insonni kibrdan uzoqlatadigan, oddiy insonga aylantiradigan mo‘jizaviy kuchdir, va shu jumlalar bilan isbotlaydi: Ishq eliga tushgan banda boqmas aslo jahon bo‘ston, Yuragida ishq bo‘lgan banda topmas dunyodin nishon. Bunda shoir aytmoqchiki bir inson boshiga ishq tushsa uni dunyo tashvishi boyliklaridan uzoqda tutadi, yani dunyo manfaatlarida yiroqlashtiradi. Mashrab junusifat shoir, shunday bo‘lsa ham uning tafakkuri juda keng. U sarson sargardonlikda yurt kezishi va shularning hammasi Xaqning tajalliysini, zuhirini izlashdir. Shuning uchun u chuqur tafakkur qilib insonga, agarki xaq uchun, xaqiqat uchun yashamoqchi bo‘lsang nafsga berilma, g‘ofil bo‘lma deydi. Alloh nomini yodingda tut shunda sen balolarga giriftor bo‘lmaysan, jabr-u javo chekmaysan, to‘g‘ri yursang el va haq oldida komil inson degan nomga loyiq bo‘lasan deydi. Mashrabning dunyo qarash va uning tafakkurini ishg‘ol etgan rux ruxiyat toza edi: “O‘zbek adabiyoti tarixi”da aytiladiku,“Mashrab musofirchilik va moddiy mubtojlikda og‘ir mashaqqat chekishining asl sababi ham uning Ofoqxo‘ja dargohining quliga aylanishi emas, balki o‘sha xonadan xojasi ilohiy qudratini o‘z jismiga ham qabil qilib olish ishtiyoqi lozimligi uchungina Xoja uyida ilohiy va dunyoviy ilinlarni o‘rganish uchun yetti yil sabrbardosh bilan o‘zida kuch topaolgani edi.” Mashrab o‘zida tug‘ma ilohiy kuchni avaylashi, asrashi lozim edi. U Ofoqxo‘jani o‘zi uchun piri komil deb bildi. “Xazratim
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 97 aydilarki, Ey so‘fiylar, sizlar guvoh bo‘linglarki, bu devonaning otini Mashrab qo‘ydum”.Mashrab uvhun xayot va sevgi jondosh edi. Mashrabning ko‘p ijodkorlardan ajratib turadigan farqi shunda ediki, u sevgi tushunchasini, ishq falsafasini chegaralamasdan inson umrining o‘tkinchiligi, o‘lim va boqiylik masalalari bilan uyg‘un bir biriga chuqur aloqador oxanglarda tadqiq va taxlil qilib beradi. “Mo‘minning qalbi - xudoning uyi” degan aqidani Mashrab o‘z tasavvurida rivojlantirib, insonning qalbi muqaddas, va insonni eng miqaddas zot deb bilishga tavof qilishga chaqiradi. Inson dilini og‘ritmaslik, uni asrashlikka chaqiradi. U inson dilini yuzlab Ka’badan ulug‘roq deb ta’riflaydi: Tavofi olami dil qil jahonda xar bashardin sen, Agar bir dilni og‘ritsang, yuzar Ka’ba buzulmasmu?. Boborahim Mashrab dono faylasuflardan biridir. U ham dunyoning xatolarini, armonlardan, yolg‘onlardan ibiratligini biladi. Lekin qahramonni tushkunlikka tushurmaydi. Chunki ana shu xatolar zaminida ishonsa va suyansa bo‘ladigan birgina haqiqat borligini biladi u ham Allohdir. Xulosa qilib aytsak, Mashrab she’riyati bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Dunyoning o‘tkinchi ekanligini bizga sig‘dirishga urinadi. Insoniyatni g‘aflatdan, mudroqlikdan ogoh etadi. Ko‘ngillarni tiriklikka, uyg‘oqlikka da’vat etadi. Mashrab she’rlari bilan tanishgan har bir inson o‘zida paydo bo‘lgan g‘ayrat kuch quvvatni sezadi. Atrofga tiyrakroq nazar tashlay boshlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Iqboloy Adizova“O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” 2009 2. Mo‘min Xoshimxonov“ Mashrabi mo‘tabar o‘zim” 2008