TILSHUNOSLIKDA ANAFORA TALQINI
Abstract
Ushbu maqolada anaforaning matnning yaxlitligi va bog‘liqligini ta’minlashdagi o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqot ingliz va o‘zbek tillaridagi anaforik vositalarning grammatik, semantik, pragmatik hamda uslubiy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilgan holda o‘rganadi. Anafora nutqdagi referensiya, takrorning oldini olish, mantiqiy izchillikni ta’minlash va matnning kommunikativ samaradorligini oshirishda muhim vosita ekanligi isbotlanadi. Shuningdek, anaforaning kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt va avtomatik matn tahlilidagi qo‘llanilishi haqida ham fikr yuritiladi.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 119 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17871435 TILSHUNOSLIKDA ANAFORA TALQINI Azimova Xurshida Zohidjon qizi Farg‘ona davlat universiteti 1-kurs tayanch doktoranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada anaforaning matnning yaxlitligi va bog‘liqligini ta’minlashdagi o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqot ingliz va o‘zbek tillaridagi anaforik vositalarning grammatik, semantik, pragmatik hamda uslubiy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilgan holda o‘rganadi. Anafora nutqdagi referensiya, takrorning oldini olish, mantiqiy izchillikni ta’minlash va matnning kommunikativ samaradorligini oshirishda muhim vosita ekanligi isbotlanadi. Shuningdek, anaforaning kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt va avtomatik matn tahlilidagi qo‘llanilishi haqida ham fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: anafora, referensiya, anaforik vosita, olmoshlar, koreferensiya, antetsedent, katafora, diskurs tahlili, bog‘liqlik, yaxlitlik, pragmatika, kompyuter lingvistikasi. ANNOTATION This article provides an expanded analysis of the role of anaphora in ensuring textual cohesion and coherence. It examines the grammatical, semantic, pragmatic, and stylistic features of anaphoric expressions in English and Uzbek through a comparative perspective. The study demonstrates that anaphora is a key discourse mechanism that facilitates reference tracking, prevents redundancy, enhances logical flow, and improves overall communicative efficiency. The article also highlights the relevance of anaphora in computational linguistics, artificial intelligence, and automatic text processing.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 120 Key words: anaphora, reference, anaphoric device, pronouns, coreference, antecedent, cataphora, discourse analysis, cohesion, coherence, pragmatics, computational linguistics. АННОТАЦИЯ В данной статье представлен расширенный анализ рои анафоры в обеспечении связности и когерентности текста. Исследование рассматривает грамматические, семантические, прагматические и стилистические особенности анафорических выражений в английском и узбекском языках на основе сравнительного подхода. Показано, что анафора является важным дискурсивным механизмом, который обеспечивает отслеживание референтов, предотвращает избыточность, способствует логической последовательности и повышает коммуникативную эффективность текста. Ключевые слова: анафора, референция, анафорическое средство, местоимения, кореференция, антецедент, катафора, дискурсивный анализ, связность, когерентность, прагматика, компьютерная лингвистика. Kirish. Anafora - tilshunoslikdagi asosiy hodisalardan biri bo‘lib, nutqni tashkil etishda, ma’no ifodasida va matnni talqin qilishda muhim o‘rin tutadi. Atama yunoncha “orqaga qaytarish” ma’nosidan kelib chiqqan bo‘lib, bu uning vazifasini aniq aks ettiradi: anafora matnda avval tilga olingan birlikka qayta murojaat qilish jarayonidir. Agar anafora bo‘lmasa, muloqot takroriy, bo‘lak-bo‘lak va samarasiz bo‘lib qolgan bo‘lardi. Anafora nutqqa izchillik baxsh etadi, shu orqali matnning mantiqiy va semantik yaxlitligini ta’minlaydi. Tarixiy jihatdan, anafora qadimgi ritorikadanoq o‘rganib kelingan bo‘lib, u grammatik va uslubiy vosita sifatida e’tirof etilgan. Zamonaviy tilshunoslikda esa bu hodisaga turli nuqtai nazarlardan yondashiladi: sintaksis (Chomsky, 1981), semantika (Lyons, 1995), pragmatika (Levinson, 1983), hamda diskurs tahlili (Halliday & Hasan,
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 121 1976). Bundan tashqari, anafora faqat til mexanizmi emas-u inson idroki, madaniy aloqa va muloqot amaliyotlari bilan chambarchas bog‘langan. Tadqiqotning dolzarbligi yana shunda-ki, anaforani o‘rganish kompyuter lingvistikasi va sun’iy intellektda ham muhim ahamiyatga ega. Anafora aniqlash - ya’ni olmosh yoki boshqa anaforik ifodaning qaysi birlikka tegishli ekanini avtomatik aniqlash - tabiiy tilni qayta ishlashning eng murakkab masalalaridan biridir. Demak, anafora nafaqat nazariy tilshunoslikda, balki texnologik amaliyotda ham muhimdir. Bugungi kunda anafora kompyuter lingvistikasida ham o‘ta dolzarb bo‘lgan masala - automatlashgan anafora aniqlashning asosiy obyekti sifatida o‘rganilmoqda. Mashina tarjimasi, chatbotlar, matn tahlili, axborot izlash tizimlarining muvaffaqiyati anaforik bog‘lanishlarni to‘g‘ri aniqlashga bevosita bog‘liq. Shuningdek, anafora badiiy adabiyotda ritm, ta’kid, emotsional kuch beruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shekspir, Abdulla Qodiriy, Shavkat Rahmon kabi adiblar ijodida anafora nutqning estetik qiymatini oshiruvchi kuchli stilistik figura sifatida namoyon bo‘ladi. Metodologiya Tadqiqotda bir necha o‘zaro to‘ldiruvchi metodlar qo‘llandi. Birinchidan, tavsifiy metod yordamida anaforaning turli shakllari — shaxs olmoshlari, ko‘rsatkich olmoshlar, qaytar olmoshlar, leksik takror va almashtirish usullari tasniflandi hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi grammatik-semantik xususiyatlari bayon qilindi. Ikkinchidan, qiyosiy metod orqali ikki til o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar tahlil qilindi. Uchinchidan, diskurs tahlili yordamida badiiy, ilmiy va publitsistik matnlardagi anaforaning tabiiy nutq sharoitlaridagi funksiyalari o‘rganildi. Tahlil materiali sifatida ingliz adabiyotidan (masalan, Shekspir, Dikkens), o‘zbek adabiyotidan (masalan, Abdulla Qodiriy) hamda zamonaviy jurnalistik matnlar olindi. Shuningdek, ingliz, rus va o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Materiallar xilma-xilligi natijalar umumlashmasini ta’minladi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 122 Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy va diskurs tahlili metodlari qo‘llandi. Anaforaning grammatik va semantik xususiyatlari tavsiflandi, ingliz, rus va o‘zbek tillari qiyosiy tahlil qilindi. Badiiy, ilmiy va publitsistik matnlardan namunalar o‘rganildi. Adabiyotlar tahlili. Matnning bog‘liqligi va izchilligini ta’minlovchi vosita sifatida anafora tilshunoslikda keng o‘rganilgan. Halliday va Hasan (1976)ning “Cohesion in English” asari diskursdagi bog‘liqlik nazariyasiga asos solib, anaforani markaziy koheziv mexanizm sifatida ta’riflagan. Ularning nazariyasida anafora ishtirokchilarni matn davomida kuzatib borish imkonini beruvchi semantik ko‘prik sifatida qaraladi. Sintaktik yo‘nalishdagi tadqiqotlar, xususan Chomsky (1981)ning Bog‘lanish Nazariyasi, anaforalar, olmoshlar va referensial birliklarning qanday sharoitlarda o‘z antetsedentlariga bog‘lana olishi yoki Matnning bog‘liqligi va izchilligini ta’minlovchi vosita sifatida anafora tilshunoslikda keng o‘rganilgan. Halliday va Hasan (1976)ning “Cohesion in English” asari diskursdagi bog‘liqlik nazariyasiga asos solib, anaforani markaziy koheziv mexanizm sifatida ta’riflagan. Ularning nazariyasida anafora ishtirokchilarni matn davomida kuzatib borish imkonini beruvchi semantik ko‘prik sifatida qaraladi. Halliday va Hasan anaforani matn bog‘liqligining markaziy vositasi deb ta’riflaydi. Chomsky bog‘lanish nazariyasi orqali anaforaning sintaktik chegaralarini tushuntiradi. Levinson kontekstning ahamiyatini ko‘rsatadi. Stilistik yondashuvda anafora badiiy takror sifatida ham o‘rganiladi. Kompyuter lingvistikasida anafora aniqlash mashina tarjimasi va matn tahlilida muhim rol o‘ynaydi. Natijalar va muhokama Anafora tilning turli vositalari orqali namoyon bo‘ladi: shaxs olmoshlari (he, she, it), ko‘rsatkichlar (this, that), qaytar olmoshlar (himself, herself), leksik takrorlash va boshqalar. Ingliz tilida pronominal anafora ko‘p qo‘llanadi, chunki takroriylikdan qochish uslubiy me’yordir. O‘zbek tilida esa takror -tabiiy va ba’zan uslubiy jihatdan afzal variant hisoblanadi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 123 Halliday va Hasan anaforani ingliz tilidagi asosiy bog‘lovchi vositalardan biri deb belgilagan. Chomsky esa anaforaning sintaktik chegaralarini aniqlab beruvchi qoidalarni taklif qilgan. Pragmatik yondashuvda Jakobson (1960) anaforaning talqini umumiy kontekstga bog‘liqligini ta’kidlaydi. O‘zbek tilida ko‘pincha madaniy referenslar - qarindoshlik atamalari, ijtimoiy rollar -anaforik ma’noda ishlatilishi mumkin. Badiiy uslubda anafora ko‘pincha takrorning ritorik kuchi orqali estetik ta’sir yaratadi. Shekspirning ko‘plab sahnalarida yoki o‘zbek she’riyatida misra boshidagi takroriy birliklar hissiy kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Kognitiv yondashuvda, Gundel va boshqalar (1993) anaforik ifodaning shakli tinglovchi ongida referentning qay daraja faol ekani bilan belgilanadi, deya ta’kidlaydi. Ingliz tilida pronominal anafora ko‘proq qo‘llanadi: he, she, it, they. O‘zbek tilida esa leksik takror tabiiyroq hisoblanadi. Masalan: John entered the room. He sat down quietly. Jon xonaga kirdi. Jon sekin o‘tirdi. Bu ikki tilning uslubiy farqlarini ko‘rsatadi. Anafora badiiy adabiyotda ritmik va emotsional ta’sir kuchini oshiruvchi vosita sifatida ham qo‘llanadi. Xulosa Anaforatil, idrok va madaniyat kesishgan nuqtadagi murakkab hodisa bo‘lib, matnning bog‘liqligi va izchilligini ta’minlaydi. Ingliz tili iqtisodiy ifodaga intilsa, o‘zbek tilida takror ba’zan tabiiy va uslubiy kuchga ega. Tadqiqot natijalari kompyuter lingvistikasi, tarjima va madaniyatlararo muloqot uchun ahamiyatlidir. Turli tilshunoslik maktablari anaforani sintaktik, semantik, pragmatik, stilistik va kognitiv rakurslardan o‘rgangan. Ingliz tilida pronominal qisqartirish ustun bo‘lsa, o‘zbek tilida leksik takror ba’zan yanada tabiiyroq vosita hisoblanadi. Demak, anafora ham universal, ham tilga xos xususiyatlarga ega. Tadqiqot natijalari amaliy jihatdan ham ahamiyatga ega:
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 12 124 1. kompyuter lingvistikasida mashina tarjimasi va matn tahlilini takomillashtiradi; 2. madaniyatlararo muloqotda turli anaforik strategiyalarni tushunishga yordam beradi. Kelajakdagi tadqiqotlar ko‘p tilli matnlar, raqamli diskurs va sun’iy intellektda anafora masalalarini chuqurroq yoritishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Halliday, M.A.K.; Hasan, R. Cohesion in English. – London: Longman, 1976. – 374 p. 2. Chomsky, N. Lectures on Government and Binding. – Dordrecht: Foris, 1981. – 371 p. 3. Jakobson, R. Linguistics and Poetics // Style in Language. – Cambridge, MA: MIT Press, 1960. – P. 350–377. 4. Madvaliyev, A. Zamirlar va ularning uslubiy xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 1985. – 140 b. 5. Lyons, J. Linguistic Semantics: An Introduction. – Cambridge: Cambridge University Press, 1995. – 376 p. 6. Levinson, S. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 420 p. 7. Ariel, M. Accessing Noun-Phrase Antecedents. – London: Routledge, 1990. – 318 p. 8. Cornish, F. Anaphora, Discourse, and Understanding. – Oxford: Clarendon Press, 1999. – 280 p. 9. Gundel, J.K.; Hedberg, N.; Zacharski, R. Cognitive Status and the Form of Referring Expressions // Language. – 1993. – Vol. 69. – P. 274–307. 10. Brown, G.; Yule, G. Discourse Analysis. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 288 p.