MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI O'YIN MUHITINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK TALABLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o‘yin faoliyatining ahamiyati, shaxs rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri va ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni, ayniqsa multimedia vositalarini tatbiq etishning afzalliklari yoritilgan. Interaktiv o‘yinlar, elektron didaktik vositalar va muallif tomonidan taklif etilgan “multimedia hujumi” metodi orqali bolalarning kognitiv jarayonlari, qiziqishi, diqqatning barqarorligi va nutq rivoji samarali shakllanishi tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan o‘yin faoliyatini tashkil etish, tarbiyachilarning professional tayyorgarligi va innovatsion metodlarni qo‘llash zarurati ilmiy asosda yoritiladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 451 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN MUHITINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK TALABLARI Abdurahimova Malika Ilhamjanovna Namangan viloyati Chortoq tumani 24-maktabgacha ta’lim tashkilot direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17877622 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida o‘yin faoliyatining ahamiyati, shaxs rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri va ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni, ayniqsa multimedia vositalarini tatbiq etishning afzalliklari yoritilgan. Interaktiv o‘yinlar, elektron didaktik vositalar va muallif tomonidan taklif etilgan “multimedia hujumi” metodi orqali bolalarning kognitiv jarayonlari, qiziqishi, diqqatning barqarorligi va nutq rivoji samarali shakllanishi tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan o‘yin faoliyatini tashkil etish, tarbiyachilarning professional tayyorgarligi va innovatsion metodlarni qo‘llash zarurati ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, inson resurslari, inson resurslari, kadrlar boshqaruvi, ta’lim tizimi, samarali boshqaruv, tarbiyachi malakasi, pedagogik kompetensiya, kasbiy rivojlanish, strategik rejalashtirish, motivatsiya tizimi Bugungi ta’lim islohotlari sharoitida maktabgacha ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish eng dolzarb vazifalardan biridir. O‘zbekistonda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim jarayonining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Multimedia texnologiyalarimatn, grafik, ovoz, video va animatsiya kabi turli axborot kanallari orqali ta’limiy materialning bolaga ko‘p yo‘nalishli ta’sirini ta’minlaydi. Muallif tomonidan taklif etilgan “multimedia hujumi” metodi aynan shu jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bola uchun yetakchi faoliyat hisoblanadi. Uning yordamida bolalar hayotiy tajriba orttiradi, bilim va ko‘nikmalarni egallaydi, axloqiy me’yorlarni o‘zlashtiradi, o‘z faoliyat usullarini shakllantiradi, muloqot qilishni o‘rganadi, emotsional tajribaga ega bo‘ladi. Psixologlarning ta’kidlashicha, o‘yin faoliyati bolaning aqliy, ijtimoiy, ruhiy va jismoniy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. O‘yin jarayonida bola tengdoshlari bilan hamkorlik qiladi, rollarni taqsimlaydi, o‘zini jamoada tutishni, mas’uliyatni his qilishni o‘rganadi. Shuningdek, o‘yin mehnat tarbiyasi vazifalarini ham bajaradi — bola kattalarning faoliyatiga taqlid qiladi, mehnatga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi. Bugungi kunda ta’lim sohasida multimedia asosidagi elektron darsliklar, qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari keng yaratilmoqda. Biroq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimedia texnologiyalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatlari hali yetarli darajada shakllanmagan. Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni topish, rivojlantirish va joriy etish dolzarb vazifalardan biridir. Multimedia texnologiyasi quyidagi elementlardan iborat: matn, jadval, grafika, musiqiy bezak, animatsiya, audio,video.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 452 Muallif o‘yin va ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish usullarini “multimedia hujumi” deb ataydi. Bu usulda ta’limiy material bolaga bir vaqtning o‘zida matn, ovoz, video, grafika va animatsiya orqali yetkaziladi. Bu esa: ma’lumotning esda qolishi, diqqatning mustahkamlanishi, bilish jarayonlarining faollashuvi, o‘quv materialining tez va ishonchli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. “Multimedia hujumi” yangi mavzuni tushuntirish bosqichida qo‘llaniladi. Bu metodning asosiy ustunliklari: a) Ko‘pkanalli (multikanalli) ta’sirbolaning ikki yarim sharida jarayonlar faollashadi, b)Qiziqarli, jonli va dinamik muhit yaratadi, c)Diqqatning barqarorligi oshadi, d) Guruh bilan ishlash samaradorligi kuchayadi. e)Vaqt tejaladi va bolaga qo‘shimcha ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘ladi f)O‘quv jarayoni vizual, eshitish va hissiy kanallar orqali boyitiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun multimedia texnologiyalaridan foydalanishda quyidagi psixologik omillar hisobga olinadi: yosh xususiyatlari (6–7 yosh), kompyuter bilan ishlash vaqti (15 daqiqa), materialning soddaligi, yarim soatlik material yuklamasi, faoliyatning turli darajalari. Texnologiya bolaga ta’lim materialini turli bo‘laklarga bo‘lib, izchil tarzda qabul qilish imkonini beradi. Materialning audio, video va animatsiya orqali berilishi bola ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Multimedia darslarining vazifalari: bolalarning fikrlashini rivojlantirish, bilish faolligini oshirish, diqqatni barqarorlashtirish, idrok jarayonlarini faollashtirish, tabiatga mehr uyg‘otish, ekologik tarbiya berish. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi: innovatsion texnologiyalarni bilishi, ulardan to‘g‘ri foydalana olishi, interfaol metodlarning mohiyatini tushunishi, ta’lim jarayonini samarali tashkil eta olishi kerak. Afsuski, ba’zi tarbiyachilar interfaol metodlarni to‘liq anglamagan holda ularni qo‘llashga harakat qilishadi. Shu bois malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarni bevosita interfaol muhitda ishtirok etish orqali o‘qitish muhimdir. Syujetli-rolli o‘yinlar. Bu o‘yinlarda bolalar turli rollarni bajaradi — shifokor, sotuvchi, o‘qituvchi, haydovchi va boshqalar. Syujet boyigan sari: bolaning tashabbusi oshadi, hamkorlik ko‘nikmalari rivojlanadi, mustaqillik shakllanadi. Didaktik o‘yinlar. Bilim berish va o‘rgatish maqsadida qo‘llanadi. Ularning asosiy tarkibiy qismiqoidalar. Qoidalarga rioya qilish bolani intizomga o‘rgatadi. Harakatli o‘yinlar. Jismoniy rivojlanish, harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, sog‘lomlashtirish vazifalarini bajaradi. Bu o‘yinlar quvnoqlik, hissiy ko‘tarinkilikni oshiradi. Qurilish–konstruktiv o‘yinlar. Bola turli predmetlardan foydalanib yangi shakllar yaratadi. Bu o‘yinlar: tasavvur, ijodkorlik, qo‘l mehnati ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘yin
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 453 jarayonida bola olgan bilimini mustahkamlaydi, mustaqil fikrlaydi, axloqiy sifatlarni egallaydi, jamoadagi munosabatlarni o‘rganadi, irodaviy sifatlari rivojlanadi, nutqi, xotirasi, diqqat va tasavvuri shakllanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin psixologik jihatdan puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Chunki o‘yin bolaning butun shaxsiy rivojiga ta’sir qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda o‘yin eng samarali vosita hisoblanadi. Interfaol o‘yinlar, didaktik o‘yinlar, syujetli-rolli o‘yinlar orqali bolalar bilish faoliyatini, nutqini, ijtimoiy xulq-atvorini, jismoniy sifatlarini, ijodkorligini yaxshilaydi. Innovatsion texnologiyalar, ayniqsa multimedia vositalari: ta’lim jarayonining sifatini oshiradi, bolalarning diqqatini jalb qiladi, materialning o‘zlashtirilishini tezlashtiradi, tarbiyachi ishini yengillashtiradi. “Multimedia hujumi” metodi bolalarning bilimni tez, samarali va barqaror qabul qilishiga xizmat qiladi. Zamonaviy tarbiyachidan innovatsiyalarga ochiqlik, doimiy kasbiy o‘sish va multimedia vositalarini o‘yin jarayoni bilan uyg‘unlashtira olish talab etiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin va multimedia texnologiyalarining uyg‘unligi maktabgacha yoshdagi bolalarda mustahkam bilim, ijtimoiy ko‘nikmalar, ijodiy fikrlash va hayotiy malakalar shakllanishining muhim omilidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hasanboeva O., Yo‘ldoshev Q. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. 2. G‘ofurov I. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2020. 3. Soliyeva M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatini tashkil etish metodikasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022. 4. Nurboyeva S. Multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik asoslari. – Toshkent: TDPU, 2021.