SHAXS PSIXOLOGIYASI (TEMPERAMENT VA HARAKTER)
Full text
32 SHAXS PSIXOLOGIYASI (TEMPERAMENT VA HARAKTER) Jaloliddinova Durdona G‘ulomjon qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 1-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17878922 Annotatsiya Ushbu mavzuda shaxs psixologiyasining ikki asosiy tushunchasi — temperament va harakterning mazmuni, ularning o‘zaro farqlari hamda o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy manbalar asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Temperament, sangvinik, flegmatik, xolerik, melanxolik, shaxsiyat, irodali, qobiliyat, temperament, odatiy xulq-atvor, pozitiv xarakter, negativ xarakter, xulq-atvor shakllanishi, motivatsiya. Temperament – odamning individual xatti-harakatlarini ifodalab turuvchi tug‘ma va turg‘un psixofiziologik xususiyatlar yig‘indisi. Temperament tug‘ma va o‘zgarmasdir. Inson qaysi temperament egasi bo‘lsa, umrbod o‘sha temperamentda qoladi. Temperament tafakkur darajasi yoki insoniylik fazilatlariga qarab ham bo‘linmaydi. Shu bois ham barcha temperament vakillari ichida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin. Temperament 4 tipga ajratib o‘rganiladi: 1.Sangvinik – quvnoq, chaqqon, tirishqoq va ta’sirchan odam. U tevarak-atrofga tez moslashadi, voqea-hodisalarga reaktsiyasi kuchli bo‘ladi. Odatda, sangvinik gapdon odam, har qanday inson bilan muloqotga oson kirishib ketadi va suhbat paytida quvnoq mimikani ko‘p ishga soladi. O‘ziga yoqqan ishga osongina berilib ketsa-da, muntazam davom etuvchi ishlarda qovun tushirib qo‘yadi. Sangvinikni kuldirish oson. Sangvinik kuchli tipga kiradi. 2.Flegmatik – vazmin, bosiq, kamharakat va hissiyotini jilovlab tura oladigan odam. Flegmatik odatda kamgap bo‘lib, har qanday ishni shoshmasdan boshlaydi, biroq oxiriga etkazib qo‘yadi, murakkab yoki janjalli vaziyatlarda ortiqcha hissiyotga berilmaydi. Agar sangvinik tez yonib, tez so‘nadigan alangaga o‘xshasa, flegmatik sekin olov olib, uzoq yonadigan alangadir. Tez javob berish zarur bo‘lgan vaziyatlarda flegmatik ko‘pincha vaqtni boy berib qo‘yadi. Bunda sangvinik ustun keladi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatik ustun. Flegmatikni kuldirish ham, jahlini chiqarish ham qiyin. Flegmatik kuchli tipga kiradi. 3.Xolerik – jizzaki, qiziqqon, chaqqon, beqaror, hissiy reaktsiyaga boy odam. U juda harakatchan. Juda katta ish qobiliyatiga ega xolerik biror ishni qiziqib tez boshlaydi-yu, oxiriga etkazmay tez orada tashlab qo‘yadi. Xolerik hech qachon bir maromda ishlay olmaydi, goh g‘ayrat bilan, goh imillab ishlaydi. Ehtiyotkorlik, matonat va chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xolerik qiyin ahvolga tushib qoladi. Xolerikning jahlini chiqarish juda oson. Xolerik ham kuchli tipga kiradi. 4.Melanxolik – g‘amgin, zaif, yig‘loqi va jur’atsiz odam. U salga xafa bo‘ladi, jiddiyroq ishlarga jur’at etolmaydi, o‘z fikriga ega emas. Melanxolik arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydi, ularga qarshi kurashdan voz kechadi. Sangvinik va flegmatik esa qiyinchiliklarni oson engishadi, xolerik esa ularni hatto yo‘q qilib yuboradi. Melanxolikda ijobiy his-tuyg‘udan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealarga qaraganda, noxush voqealar ularga ko‘proq ta’sir
33 qiladi. Shuning uchun ham melanxolik doimo tushkun kayfiyatda yuradi. Melanxolik – temperamentning kuchsiz tipi. Harakter – bu insonning ichki va tashqi xulq-atvorini belgilovchi barqaror psixologik xususiyatlar va fazilatlar yig‘indisidir. U shaxsning qanday fikrlashi, histuyg‘ularini boshqarishi va muayyan vaziyatlarda qanday munosabatda bo‘lishini aniqlaydi. Harakter insonni boshqalardan ajratib turuvchi individual belgi hisoblanadi va uning shaxsiyatining muhim qismidir.Harakter – shaxsning borliqqa,odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o’z-o’ziga munosabatini ifodalovchi psixologik, sub'ektiv munosabatlar majmui hisoblanadi. Munosabatlarning xarakterdagi o’rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning mazmunida ikki sohani ajaratadi: - emosional-kognitiv – borliq muhitning turli tomonlarni shaxs qanday emosional xis qilishi va o’zida shu olamning emosional manzarasini yaratishi; - motivasion-irodaviy – ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb etgan munosabatlar bo’lib, ularning har birida bizning xissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo’ladi. Mashhur rus olimi, psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L.Rubinshteyn shaxsning o’ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy tuzilmalarni ajratgan. Ularga munosabatlar va yo'nalish, qobiliyat va xarakter kiradi. Munosabat va yo‘nalish – insonning atrof-muhitga, jamiyatga, o‘ziga va turli hodisalarga nisbatan bildirgan ichki va tashqi qarashlari hamda harakatlarining maqsadga yo‘naltirilgan shakllaridir. Ushbu tushunchalar shaxsning psixologik va ijtimoiy xulq-atvori bilan chambarchas bog‘liqdir Qobiliyat – bu shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyat insonning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga va ularni qo‘llashga imkon beradi. Har bir insonning qobiliyati o‘ziga xos bo‘lib, ular tug‘ma imkoniyatlar va tajriba asosida shakllanadi va rivojlanadi. Harakter – bu insonning barqaror psixologik xususiyatlari va individual xulqatvorining o‘ziga xos jihatlari majmuasidir. U insonning ichki dunyosini, uning boshqalarga, o‘ziga va hayotiy hodisalarga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Harakter insonni boshqalardan ajratib turadigan psixologik ko‘rsatkichdi. Harakterning asosiy xususiyatlariga barqarorlik, Individuallik, ijtimoiylik va holatga moslashuvlar kiradi. • Barqarorlik: Harakter xususiyatlari odatda o‘zgaruvchan bo‘lmaydi, uzoq vaqt davomida bir xil bo‘lib qoladi. • Individuallik: Har bir insonning harakteri o‘ziga xosdir va boshqa kishilarnikidan farq qiladi. • Ijtimoiylik: Harakter ko‘p jihatdan ijtimoiy munosabatlar va atrof-muhit ta’sirida shakllanadi. • Holatga moslashuv: Harakter insonning turli vaziyatlarga qanday munosabat bildirishini aniqlaydi. Harakterning tuzilishiga ko'ra to'rt xil turi mavjud. Ularga iroda xususiyatlari, hissiy xususiyatlar, aqliy xususiyatlar, axloqiy hususiyatlarni kiritamiz. • Iroda xususiyatlari: Qat’iyatlilik, jasorat, intizomlilik, sabr-toqat kabi xususiyatlar. • Hissiy xususiyatlar: Mehribonlik, o‘ziga ishonch, qo‘rqoqlik, o‘jarlik. • Aqliy xususiyatlar: Mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik. • Axloqiy xususiyatlar: Halollik, adolatparvarlik, mas’uliyatlilik. Harakter turlari ikki xil bo'lib, ularga ijobiy va salbiy harakter turlari kiradi. • Ijobiy harakter: Bu fazilatlar jamiyat va inson uchun foydali bo‘lgan xulqatvorni ifodalaydi (mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik, samimiylik).
34 • Salbiy harakter: Inson va jamiyatga zarar keltiruvchi yoki noqulay fazilatlar (dangasalik, agressivlik, yolg‘onchilik). Harakterning temperament bilan bog‘liqlikgi: Harakter ko‘pincha temperamentga asoslanadi, ammo uning xususiyatlari hayotiy tajriba va tarbiya jarayonida shakllanadi. Harakterni shakllantiruvchi omillarga ijtimoiy muhit, hayotiy tajriba, genetik omillar va madaniyatni kiritishimiz mumkin. 1. Ijtimoiy muhit: Jamiyat, oilaviy tarbiya va do‘stlar ta’siri. 2. Hayotiy tajriba: O‘ziga xos voqealar va holatlar natijasida rivojlanadi. 3. Genetik omillar: Tug‘ma xususiyatlar harakter shakllanishiga ta’sir qiladi. 4. Madaniyat: Shaxsning madaniy qadriyatlari va axloqiy tamoyillari. Harakterning ahamiyati asosan insonning xulq-atvorini boshqaradi va uning jamiyatdagi rolini belgilaydi Hayotiy maqsadlarga erishishda va muammolarni hal qilishda yordam beradi. Shaxsning boshqalar bilan o‘zaro munosabatini aniqlaydi. Harakterni anglash va rivojlantirish insonning o‘ziga va boshqalarga nisbatan samarali munosabatini shakllantirishda muhimdir.Xarakter xususiyatlari kelib chiqishining fiziologik sharoitlaridan biri – bu ko‘chish mexanizmi aasosida turli dinamik stereotiplarning hosil bo‘lishidir. Temperament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xususiyatlarining paydo bo‘lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri. Inson xarakterini ayrim xususiyatlarining o‘zaro bog‘liq, bir-biriga tobe yaxlit organizmi uning tuzilmasi (strukturasi) deyiladi. Ruhiy xususiyatlarning o‘zaro bog‘langan tizim simptomokomplekslar yoki faktorlar deb ataladi.Xarakter tuzilishining xususiyatlariga ularning chuqurlik darajasi; faolligi, kuchi;barqarorligi o‘zgarmasligi; ma’lum darajada plastikligi kabilar kiradi. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar uning xislatlari deb nomlanib, ma’naviy va irodaviy turkumlardan iborat. Xususiyat tug‘ma,o‘zgarmaydigan bo‘lmaydi, shuning uchun u insonning turmush sharoitiga bog‘liq holda tarkib topib, o‘zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Modomiki shunday ekan,psixikaning individual sifat xususiyatlar shaxsning ijtimoiy tipik munosabatlari bilan birga qo‘shilgandagina xarakter xislatlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Goziyev.E "Psixologiya" Toshkent 1994 2. Karimova.V "Psixologiya" Toshkent 2002 3. Goziyev. E "Oliy maktab psixologiyasi" Toshkent 1997 4. G. Allport. Shaxsiyatning psixologik aspektlari (1937) – Harakterning shakllanishi va shaxsiyat tahlili. 5. Z. Freud. Psixoanaliz asoslari (1899) – Harakter shakllanishining chuqur ichki omillarini ochib beradi. 6. L. Vygotskiy. Bolalar psixologiyasi – Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi va tarbiya jarayonida harakter shakllanishi.