INDIVID VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARINING MAZMUNI
Full text
46 INDIVID VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARINING MAZMUNI Xayrullayeva Gulsuma Elmurodovna Chirchiq davlat pedogogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs, 25/3-guruh talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17879613 Annotatsiya: Mazkur maqolada individ va individuallik tushunchalarining mazmuni, mohiyati hamda ularning psixologiya va pedagogika fanidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayonida bu ikki tushunchaning tutgan o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, individ va individuallikning o‘zaro farqli va umumiy jihatlari ochib beriladi. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individualligini hisobga olish masalalari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari talabalarning psixologik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi Kalit so‘zlar:Individ, individuallik, shaxs, psixologik xususiyatlar, temperament, xarakter, qobiliyat, rivojlanish, shaxs shakllanishi. Annotation: This article analyzes the content, essence of the concepts of individual and individuality, as well as their significance in psychology and pedagogy. The role of these two concepts in the process of forming a person as a person is highlighted. Also, the differences and common aspects of individual and individuality are revealed. The article also analyzes the issues of taking into account the individuality of students in the process of primary education. The results of the study serve to enrich the psychological knowledge of students. Keywords: Individual, individuality, personality, psychological characteristics, temperament, character, abilities, development, personality formation. KIRISH: Bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Asosan muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev “Bizning maqsadimiz – Yangi O‘zbekiston yoshlarini dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor barkamol shaxslar sifatida voyaga yetkazish.” U ta’lim va tarbiya - yoshlarning kampolatga (ya’ni kamol-shaxs bo‘lib yetuklashiga) erishishida eng asosiy vosita deb biladilar. Bu yondashuv har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. Shu o‘rinda “individ” va “individuallik” tushunchalarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Individ deganda insonning biologik mavjudot sifatidagi jihatlari tushunilsa, individuallik uning o‘ziga xos psixologik va shaxsiy xususiyatlarini ifodalaydi. Har bir bola tug‘ilgan paytidan individuallikka ega bo‘lsa-da, uning to‘laqonli rivojlanishi ta’lim va tarbiya jarayoni bilan bog‘liq. Individ - bu „umuman odam“. „Individuallik“ triadasi sotsiologiya, ijtimoiy falsafa va falsafa tomonidan inson mavjudligining turli tomonlarini tasvirlash va aks ettirish uchun ishlatiladi.Individ – bu insonning biologik mavjudot sifatidagi umumiy xususiyatlariga ega bo‘lgan vakili hisoblanadi. Har bir tug‘ilgan bola individ hisoblanadi. Individ sifatida inson quyidagi jihatlarga ega bo‘ladi:Anatomik-fiziologik xususiyatlar,nerv tizimi,Irsiy belgilar,biologik ehtiyojlar. Individ tushunchasi insonning tabiiy, biologik tomonlarini ifodalaydi. Lekin individ hali to‘liq shaxs bo‘lib shakllanmagan bo‘ladi, chunki shaxs ijtimoiy muhit ta’siri orqali rivojlanadi.Har
47 bir individ tug’ilgandan shaxs bo’lib qolmaydi,chunki unda dunyoqarash rivojlanmagan bo’ladi va u ijtimoiy atrof muhit ta’sirida o’sib ulg’ayib shaxs kamoliga yetadi. Individuallik – bu insonning boshqalardan farqlanib turadigan o‘ziga xos psixologik xususiyatlari majmuidir. Har bir insonning individualligi qaytarilmas va betakrordir.Insonning boshqalardan ajralib turuvchi belgilari: xarakter, temperament, qobiliyat, qiziqishlar, dunyoqarash, emotsional holatlar. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilaridan bir bola serharakat, faol bo‘lsa, boshqasi sokin va mulohazali bo‘lishi mumkin. Bu ularning individualligidan dalolat beradi. Individ va individuallikning farqli va umumiy jihatlari shundaki, insonning biologik jihati va insonning o‘ziga xos psixologik jihatlari har bir insonda mavjud va har bir insonda turlicha.Tug‘ma xususiyatlar ustun va taraqqiyot jarayonida shakllanadi.Umumiy jihatlari esa shundaki, ikkalasi ham inson shaxsini o‘rganishda muhim tushunchalardir.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh jihatdan, qobiliyati, xarakteri va qiziqishlari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Shu sababli o‘qituvchi har bir o‘quvchining individualligini hisobga olib, ta’lim jarayonini tashkil etishi zarur.Chunki bitta bola xarakteri og’ir bo’lishi yoki boshqasi unga nisbatan quvnoq va qiziquvchan bo’lishi mumkin.Bunda esa o’qituvchi har bir bola vaziyatidan kelib chiqib darslarni tashkil qilishi kerak.Bunda quyidagi yondashuvlar talab e’tiladi. Bu yondashuvlar: Differensial yondashuv: Har bir o'quvchining ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda o'qitish. Individual topshiriqlar: O'quvchilarga ularning darajasiga mos keladigan alohida vazifalar berish. O'quvchining qiziqishlarini inobatga olish: Ta'lim jarayonini o'quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etish. Rag'batlantirish va motivatsiya berish: O'quvchilarni o'qishga undash va ularning ishonchini mustahkamlash. Bu usullar o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga,bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. XULOSA: Xulosa qilib shuni aytish kerakki, individ va individuallik tushunchalari shaxs psixologiyasining asosiy kategoriyalaridan hisoblanadi va ayniqsa ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda juda muhim. Individ insonning biologik asosini bildirsa, individuallik uning o‘ziga xos va betakror tomonlarini ifodalaydi. Har bir bola o‘ziga xos individuallikka ega bo‘lib, uni rivojlantirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim vazifalaridan biridir. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning individualligini hisobga olish ularning qiziqishi va o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Shuning uchun o‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini chuqur o‘rganishi lozim.Hozirgi kunda ayniqsa bolalarning ta’lim olishi uchun juda ham ko’p shart-sharoitlar yaratilmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 2. Karimova V.M. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: Fan, 2018. 3. Sodiqova Sh. Pedagogik psixologiya asoslari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020.
48 4. Qodirova F. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Universitet, 2019. 5. Yo‘ldoshev J. Zamonaviy pedagogika. – Toshkent: Ma’naviyat, 2021. 6. https://hikmatlar.uz