INTELLEKT VA KREATIVLIK TUSHUNCHALARI, ULARNING MAZMUNI HAMDA O'ZARO BOG'LIQLIGI
Full text
49 INTELLEKT VA KREATIVLIK TUSHUNCHALARI, ULARNING MAZMUNI HAMDA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Xudayberdiyeva Shahina Zafarjonovna Chirchiq davlat pedogogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 25/3 guruh talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17879649 Annotatsiya: Ushbu maqolada intellekt va kreativlik tushunchalari, ularning mazmuni hamda o‘zaro bog‘liqligi psixologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Intellekt insonning aqlan rivojlanish darajasini bildirsa, kreativlik uning yangicha fikrlash va noodatiy yechimlar topish qobiliyatini anglatadi. Maqolada ushbu ikki omilning shaxs rivojidagi o‘rni, ularning bir-biriga ta’siri va ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, talaba va o‘quvchilarda intellekt va kreativlikni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Mavzu zamonaviy ta’lim tizimi uchun dolzarb hisoblanadi. Kalit so‘zlar:Intellekt, kreativlik, tafakkur, ijodkorlik, aqliy rivojlanish, innovatsion fikrlash, shaxs rivoji, ta’lim jarayoni. Annotation: This article analyzes the concepts of intelligence and creativity, their content and interrelation from a psychological and pedagogical perspective. While intelligence indicates the level of intellectual development of a person, creativity refers to his ability to think in new ways and find unusual solutions. The article highlights the role of these two factors in personal development, their influence on each other and their importance in the educational process. It also shows ways to develop intelligence and creativity in students and pupils. The topic is relevant for the modern education system. Keywords: Intellect, creativity, thinking, creativity, mental development, innovative thinking, personal development, educational process. KIRISH: Intellekt - bu insonning aqliy qobiliyati bo'lib, u atrof-muhitni tushunish, o'rganish, muammolarni hal qilish va qobiliyatli qarorlar qabul qilishni o'z ichiga oladi. U idrok, xotira, mantiqiy fikrlash, nutq kabi psixik jarayonlardan tashkil topgan. Intellekt rivojlanishida tug'ma qobiliyat, miya imkoniyatlari, faollik va ijtimoiy tajriba muhim rol o'ynaydi. Intellekt insonning aqliy salohiyatini, dunyoni tushunish, o'rganish va o'zgartirish qobiliyatini bildiradi.Intellekt qismlariga koʻra idrok etish, xotira, fikrlash, nutq va boshqa psixik jarayonlar kiradi.Intellektni rivojlantirishga tug'ma iste'dod, miya imkoniyatlari, faol hayotiy faoliyat va ijtimoiy tajriba ta'sir ko'rsatadi. Intellektni psixologik testlar orqali ham aniqlanish mumkin. Psixologiyada intellekt quyidagicha talqin qilinadi:hal qilish qobiliyati, fikrlash imkoniyati, o‘zgaruvchan sharoitlarga muammolarni moslashish qobiliyati, mustaqil bilim olish layoqati/ Intellekt inson shaxsining rivojlanishida muhim o‘rin tutib, ta’lim va tarbiya jarayonida faollikni ta’minlaydi. Kreativlik yaratuvchanlik, ijodkorlik va yangilik yaratish qobiliyatini anglatadi. Bu, shuningdek, odatiy fikrlashdan chetga chiqib, yangi yondashuvlar va gʻoyalar bilan ishlash
50 qobiliyatidir. Kreativlik muvaffaqiyatga erishishning muhim omili hisoblanadi, chunki u insonni boshqalardan ajratib turadigan noyob fikrlar va usullarni taklif qilish imkonini beradi. Kreativlik zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatga erishishning muhim omili boʻlib, insonni boshqalardan ajratib turadi. Kretivlikka quyidagi xususiyatlar xos: mustaqil fikrlash, original (o‘ziga xos) g‘oyalar yaratish, muammoga turli nuqtai nazardan qaray olish,yangilikka ochiqlik. Kreativlik insonda tug‘ma bo‘lishi ham mumkin, lekin uni ta’lim-tarbiya orqali rivojlantirish ham mumkin. Intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligi.Intellekt va kreativlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsada, ular bir xil tushuncha emas. Ularning umumiy jihatlari: ikkalasi ham tafakkur faoliyati bilan bog‘liq, ikkalasi ham muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega, shaxs rivojida muhim rol o‘ynaydi Farqli jihatlari: intellekt kreativlik, mantiqiy fikrlashga asoslanadi noan’anaviy fikrlashni talab qiladi, aniq yechimlarni topishga yo‘naltirilgan bir nechta yechimlarni izlashga yo‘naltirilgan, bilimni qo‘llashni ta’minlaydi yangi g‘oyalar yaratilishini ta’minlaydi. Intellekt va kreativlik o‘rtasidagi yangi yondashuvlar: Yangi tadqiqotlar, intellekt va kreativlikning faqat aniq muammolarni hal qilishga doir bo‘lgan qobiliyatlar emas, balki ular murakkab ijodiy jarayonlar va miya faoliyatining ko‘plab tarmoqlari bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Masalan, ilgari divergent va konvergent fikrlashni alohida qaragan bo‘lsak, so‘nggi yillarda ular o‘zaro integratsiyalangan deb topildi. Bu esa ijodiy yondashuvning o‘zgaruvchan va moslashuvchan ekanligini ko‘rsatadi. Kreativlikni ta’limda qo‘llash:O‘qitish tizimi uchun yangi yondashuvlar ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda an’anaviy ta’lim metodlariga qaraganda samaraliroq ekanligini isbotladi. Bu yondashuvlar o‘quvchilarga ko‘proq erkin fikrlash, muammolarni noan’anaviy tarzda hal qilish va yangi yechimlar ishlab chiqishga imkon beradi.Shuningdek, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning innovatsion usullari - masalan, "fikr jarayonlari" (thinking processes) metodikasi - shaxsning ijodiy potentsialini yaxshilashga xizmat qiladi. XULOSA: Xulosa qilib aytganda maqolada intellekt va kreativlikning psixologik jihatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishi muhokama qilindi. Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi faqat kognitiv jarayonlar bilan cheklanmay, balki shaxsiy xususiyatlar, muhit va ijtimoiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liq ekanligi ko‘rsatildi. O‘rganilgan nazariyalar va yangi tadqiqotlar, kreativlikni rivojlantirish uchun intellektual salohiyatdan foydalanishning samarali usullarini taqdim etdi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Xudoyberganov, A. (2016). Intellekt va kreativlikning psixologik asoslari. 2. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. 3. Tursunov, B. (2017). Kreativlik va intellekt: O‘zbekiston ta’lim tizimida yangi 4. yondashuvlar. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti. 5. Karimova V.M. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: Fan, 2017. 6. Rahimov S. Ijodiy fikrlash asoslari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020 7. Qodirova F. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2019.
51 8. Xolmatova Z. Zamonaviy pedagogika. – Toshkent: Ma’naviyat, 2021.