scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTELLEK TUSHUNCHASI VA MAZMUNI

Oltiboyeva Mohiniso Tolibjonovna; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

63 INTELLEK TUSHUNCHASI VA MAZMUNI Oltiboyeva Mohiniso Tolibjonovna Chirchiq davlat pedogogika universiteti Mabtabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1 - kurs talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafidra o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li ol[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17879866 Annotatsiya: Ushbu maqolada intellekt tushunchasining mazmuni va mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishning psixologik - pedagogik xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan Kalit so‘zlar: intellekt, aql, aqliy faoliyat, tafakkur, intellektual operatsiyalar, malaka, ko‘nikmalar, falsafa, psixologiya, pedagogika. Annotation: This article explores the meaning and essence of the concept of intelligence. It also discusses the psychological and pedagogical features of students’ intellectual development. Keywords: intelligence, mind, cognitive activity, thinking, intellectual operations, competence, skills, philosophy, psychology, pedagogy. KIRISH Intellekt inson aqliy faoliyatining, aql - zakovatini, ongli hatti - harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Intellekt tevarak - atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko‘lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. Chindan ham intellektual salohiyatni yuksaltirish bugungi kunda milliy taraqqiyotning asosiy sharti va mezoniga aylanmoqda. Chunki intellektual jihatdan qoloq xalq hech qachon rivojlanmaydi. Dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar eksport qiladigan mahsulotlarining ko‘pchiligi intellektual mulk hisoblanadi. Odamning intellekti ancha murakkab tuzilishga ega bo‘ladi va faqat ko‘plab fikrlash turlarini emas, balki har xil intellektual operatsiyalar, malaka va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Intellekt individning ma’lum darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari tuzilishidan iboratdir. Intellektning mohiyati va taraqqiyotini tushuntirishda psixologiyada ikki xil qarash mavjud: Intellekt - nasliy xususiyat, ya’ni avloddan avlodga o‘tuvchi tug‘ma xususiyat sifatida. Intellekt - organizm imkoniyatlari va maqsadga muvofiq ta’lim tarbiya ta’sirida shakllanuvchi xususiyat sifatida. Intellekt atamasi kundalik hayotimizda juda ko‘p ma’noda qo‘llanadi, turlicha izoh beriladi. Intellektni mustaqil reallik sifatida ajratishni asosiy mezoni uning xulq atvorini boshqarish funksiyasi hisoblanadi. Intellekt to‘g‘risida qandaydir qobiliyat sifatida gapirgan vaqtlarida birinchi navbatda uning inson va oliy hayvonlar uchun uning adaptatsiya (ko‘nikuvchanlik, moslashish) ahamiyatiga tayanadilar. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o‘z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, ana shularning barchasini amalga oshirish, nihoyasiga yetkazishda, yechimini qidirishda usul va vositalarning shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli qo‘shimcha belgi va alomatlarning keltirilishidan iborat bosqichlarning bo‘lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni tez 64 izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda trafaretga aylangan usul, eski yo‘l va usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. E.G‘oziyev aqliy taraqqiyotning o‘sishini maktabda olinadigan bilimlar ta’minlaydi, deb hisoblaydi. Aqliy faoliyat insonning muayyan bilimlarni o‘zlashtirish yoki yangiliklarni ochish bilan bog‘liq psixik faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashtirgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Mazkur muammoni V.M.Karimova qo‘yidagicha talqin etadi. qobiliyatlar masalasi eng avvalo inson aql-zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning birligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ilm fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aql sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatkichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning verbal, miqdoriy, fazoviy ko‘rsatkichlarini aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘laydilar. Qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, unga va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi. Oila muhitining aql o‘sishiga ta’sirini hech kim inkor etmaydi. Intellekt tabiatiga qobiliyat sifatida qarashda jon bor. Mazkur muamoga inson psixikasida onglilik va ongsizlikning nisbati nazaridan qaralsa, u yaqqol ko‘zga tashlanadi. Muammoning hal etilishi turli darajalarda yetakchi rol o‘ynaydi. Agar masalani qo‘yilishi va hal qilinishi bosqichida ong yetakchilik qilsa, “g‘oyalar inkubatsiyasi” bosqichida va gipotezaning tug‘ilishi davrida ongsizlikning faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Insoniyat kutilmagan kashfiyot, bashorat qilish vaqtida g‘oya “kalit - qulf prinsipi” prinsipi bo‘yicha “qisqacha to‘xtab qolish” g‘oya ong ichiga yorib kiradi, ana shu paytda yorqin emotsional kechinmalar yuz beradi. Gipotezalarni tanlash, tekshirish bosqichida esa yana ong yetakchi mavqeni egallaydi. XULOSA Shunday xulosa qilish mumkinki, intellektual akt vaqtida ong yetakchilik qiladi va muammoning hal etilishini boshqaradi, ongsizlik esa boshqarish obekti sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni subdominant holatida bo‘ladi. Intellektual xulq-atvor o‘yin qoidalarini qabul qilishdan boshlanadi, buni esa psixikaga ega bo‘lgan sistemadan intellekt muhit talab qiladi. Intellektual xulq mezoni esa muhitni o‘zgartirishi emas, balki individning muhitga moslashishi uchun muhit imkoniyatlarni ochishdir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. E.G‘oziev. Tafakkur psixologiyasi. T.: “O‘qituvchi”, 1991, 122–123-b. 2. V.M.Karimova, “Psixologiya” o‘quv qo‘llanma. T. A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 121 - b. 3. V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, R.N.Tojiboeva. Mustaqil fikrlash. “Sharq”, T.: 2000, 50 - bet. 4. P.Ivanov, M.E.Zufarova, “Umumiy psixologiya”. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, T.: 2009, 376-b. 5. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv 65 jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079.