RAQOBAT SHAROITIDA QURILISH SANOATI KORXONALARINI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA ULARNING ECHIMI
Abstract
Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish masalalari ko'rib chiqilgan bo’lib, unda raqobatbardoshlikni boshqarishga sifat orqali erishish yo’llariga e'tibor qaratilgan. Raqobatbardoshlikni boshqarishda baholash funktsiyalari va mintaqaviy qurilish korxonalari uchun sifat menejmentining yaxlit tizimi taklif etilgan. Xuddi shuningdek maqolada qurilish korxonalarida mahalliy sifat menejmenti tizimlari uchun metodologiya ishlab chiqilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 4 RAQOBAT SHAROITIDA QURILISH SANOATI KORXONALARINI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA ULARNING ECHIMI Buriyev Xakim Toshimovich i.f.n., professor.v.b. Usmanov Ilxom Achilovich i.f.n., professor.v.b. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17882102 Annotasiya. Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish masalalari ko'rib chiqilgan bo’lib, unda raqobatbardoshlikni boshqarishga sifat orqali erishish yo’llariga e'tibor qaratilgan. Raqobatbardoshlikni boshqarishda baholash funktsiyalari va mintaqaviy qurilish korxonalari uchun sifat menejmentining yaxlit tizimi taklif etilgan. Xuddi shuningdek maqolada qurilish korxonalarida mahalliy sifat menejmenti tizimlari uchun metodologiya ishlab chiqilgan. Kalitli so’zlar: raqobatbardoshlik, qurilish sanoati, sifat menejmenti, boshqarish, baholash Аннотация. В статье рассматриваются вопросы управления конкурентоспособностью предприятий строительной отрасли, особое внимание уделяется способам достижения конкурентоспособности через управление качеством. Предложены оценочные функции в управлении конкурентоспособностью и интегрированная система менеджмента качества для региональных строительных предприятий. Также разработана методология построения локальных систем менеджмента качества на строительных предприятиях. Ключевые слова: конкурентоспособность, строительная отрасль, управление качеством, менеджмент, оценка Abstract. This article examines the issues of managing the competitiveness of construction industry enterprises, focusing on ways to achieve competitiveness management through quality. Evaluation functions in competitiveness management and an integrated quality management system for regional construction enterprises are proposed. The article also develops a methodology for local quality management systems in construction enterprises. Keywords: competitiveness, construction industry, quality management, management, evaluation. Kirish. Jahonda global raqobat kuchlarining tezkor oʻzgarishi, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarning keskinlashuvi xalqaro raqobatbardoshlik masalalariga boʻlgan e’tiborni yanada oshirmoqda. Ayniqsa, qurilish sanoati bozorida talabning koʻpayishi muammoning keskinlashuviga sabab boʻlmoqda. 2021 yilda jaxon qurilish bozorining xajmi 11521,4 mlrd. AQSh dollariga teng boʻlsa, 2028 yilga borib unig xajmi 17248 mlrd. AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda [1]. Raqobatbardoshlik muammosining yechimlaridan biri qurilish sanoati tarmogʻining raqobatda ustunlik omillarini ragʻbatlantirish, jumladan sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirishdan iborat. “Raqobatbardoshlik” kategoriyasining mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda, “sifat” va “narx” kategoriyalarining ahamiyatining oshib borishi ularga boʻlgan e’tiborni koʻrsatib beradi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 5 Jahonda hozirgi kunda raqobatbardoshlik samaradorlikni oshirishning vositasi boʻlib, qurilish sanoati tarmogʻi sifatini oshirish, tarmoq korxonalarida sifatni boshqarish prinsiplari va mexanizmlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga qurilish sanoati korxonalarida nuqsonlarni oldini olish, sifat xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Bu borada xorij mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, raqobat muhitini tartibga solish, davlat va korxona raqobatbardoshligini oshirish, qurilish majmuasida sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalish boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz investision-qurilish sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 mlrd. dollar investisiya kiritildi [2]. 2030 yilgacha boʻlgan davrda “Asosiy kapitalga kiritiladigan investisiyalar hajmining yillik oʻrtacha 7 foiz atrofida oʻsishini ta’minlash” vazifasini bajarish sohada izchil islohotlar olib borilishini talab qiladi [3]. Bunda raqobatning huquqiy ta’minlanishini hisobga olgan holda 2025 yilda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻiga doir me’yoriy va texnik hujjatlarning 50 foizi xalqaro normalarga muvofiqlashtiriladi [4]. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Qurilish sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish hamda sifatni boshqarish muammolari A.Shreyber, M.Porter, A.Striklend, K.Makkonnell, V.Asaul, M.Babarin, V.Buzыrev, N.Verstina, A.Peregudov, A.Vavilov, V.Makarov [7,10,12] kabi xorijiy olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Ularda investision-qurilish jarayonida qurilish mahsuloti sifatini shakllantirish, nuqsonsiz ishlab chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sifat menejmenti tamoyillarini joriy qilish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yoʻllari aniqlashtirilgan. Oʻzbekistonda qurilish sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish hamda sifatni boshqarish masalalari: Gulomov, M.Ikramov, G.Allayeva, A.Djabriyev, M.Ziyayev, R.Nurimbetov, I.Usmanov [5,6,8,10,11 ] va boshqa iqtisodchi olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Muallifning ishlanmalari ham aynan qurilish sohasidagi sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirishga bagʻishlangan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ma’lumotlarni guruhlash, tizimli, axborot mantiqiy va iqtisodiy-matematik modellashtirish, tahlil va sintez, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi. Asosiy qism. Raqobatning mazmun-mohiyati subyektlarda raqobatda ustunlikning ma’lum belgisi boʻlmish raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriyasiga asos soladi. Ayniqsa, M.Porter va Y.Shumpeterlarning izlanishlari raqobatbardoshlik mazmunini aniq ifodalash hamda nazariy jihatdan asoslanishiga muhim ahamiyat kasb etdi. Ularning raqobatda ustunlik va raqobatbardoshlikning obyektiv bozor hodisalari sifatida izohlashlari zamonaviy bozor mexanizmlarining nazariy asoslarini shakllantirishga yordam berdi. Ushbu atamalarning farqi shundaki, raqobatda ustunlik ma’lum obyektning boshqasidan aniq belgilar asosida yuqori turishini ifodalasa, raqobatbardoshlik ushbu obyektning boshqa potensial obyektlarga nisbatan ustunlikka ega boʻlish imkoniyatlarini anglatadi. Bizning ta’rifimiz boʻyicha raqobatbardoshlik bu - qurilish sanoati korxonasining ma’lum bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatish hamda koʻzlangan maqsadlarga erishish boʻyicha mavjud ichki va tashqi imkonlar majmuasidir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 6 Demak, raqobatbardoshlik xoʻjalik subyektlarida doimo mavjud boʻlib ma’lum vaziyatlarda namoyon boʻladi. Raqobatbardoshlikning olimlar tomonidan oʻrganilishi shuni koʻrsatdiki, ushbu atama koʻplab obyektlarga nisbatan qoʻllanishi mumkinligini keltirib chiqaradi. Ushbu holat raqobatbardoshlikni tasnif qilishning belgilarini ajratish zaruratini keltirib chiqaradi (1-rasm). Masalan, raqobat geografiyasi belgisi boʻyicha raqobatbardoshlik lokal, mintaqaviy, mamlakat miqyosida, xalqaro va umumjahon boʻlishi mumkin. 1-rasm. Korxona raqobatbardoshligi belgilarining tasnifi 1 . Korxona raqobatbardoshligini boshqarish menejmentning tamoyillari va metodologiyasiga tayanadigan boʻlsada, obyekt va predmetning oʻziga xosligi jarayonning alohida tadqiq qilinishini talab qiladi. Olimlarning fikricha, iqtisodiy jarayonlarga qoʻllashda raqobatbardoshlikni boshqarish deganda korxona xoʻjalik faoliyatini tegishli yoʻnaltirish va istalgan natijaga erishish maqsadida obyekt va jarayonlarga ongli ta’sir oʻtkazish tushuniladi. Raqobatbardoshlikni boshqarish xususiyatiga korxonaning raqobatda ustunlik strategiyasi hamda baholash funksiyasining alohida ahamiyat kasb etishini kiritish mumkin (2-rasm). Buning sababi shundaki, raqobatbardoshlikni umumiy holatini aniqlash bozordagi ma’lum holatlarni modellashtirishni talab qiladi. 2rasm. Raqobatbardoshlikni boshqarishda baholash funksiyasi 2 . Raqobatbardoshlikni baholash koʻrsatkichlari faoliyat yoʻnalishlari va baholash maqsadining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qancha turlarga ajratilishi mumkin. Shu munosabat bilan raqobatbardoshlikni baholash uni boshqarishning dastlabki bosqichiga aylanadi. 1 Mualliflar ishlanmasi 2 Mualliflar ishlanmasi Raqobatbardoshlik Liderlik belgilari Raqobat geografiyasi Tartibga solinishi Ishlab chiqarish Marketing Faoliyat jabhalari Rejalilik darajasi Missiya Maqsad Vazifalar Baholash mezonlari Baholash ko’rsatkichlari Baholash usullari Raqobatbardoshlikning ob’ektiv holati Rejalashtirish Tashkillashtirish Muvofiqlashtirish Nazorat Raqobatda ustunlik strategiyasi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 7 Oʻzbekiston qurilish sanoatining raqobatbardoshligi izchil olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar sharoitida rivojlanib kelmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qurilish sanoatiga qaratayotgan e’tibori islohotlarning natijaviyligiga katta ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda. Qabul qilingan farmon va qarorlar Oʻzbekistonda qurilish sanoatini jahon standartlari darajasiga koʻtarish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Qurilish sanoatining raqobatbardoshligini investisiya-qurilish sohasining iqtisodiyotdagi oʻrni oshib borishida kuzatishimiz mumkin (3-rasm). 3-rasm. 2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi YaIMda investisiya va qurilishning ulushi,% 2020-2022 yillarda asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investisiyalar hajmi kamayib borgan va 2022-2024 yillar davomida barqaror oʻsib borganligini ko’rishimiz mumkin. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan bajarilgan qurilish ishlari hajmlarining ulushi 2020 yildagi 15,13 foizdan 2024 yilda 16,07 foizga oshdi. Shu bilan birga, qurilish ishlarining oʻsish sur’ati investisiyalarning oʻsish sur’atlaridan sezilarli darajada ortda qolayotganini ta’kidlash lozim. Qurilish sanoatida raqobatbardoshlik omilaridan biri – bu bajarilagan qurilish ishlarining korxona turlari boʻyicha barajarilganligidir (4-rasm). Qurilish sanoatida norasmiy sektorning ulushini kuzatganimizda 2020-2023 yillarda faoliyat bir maromda davom etib, 2024 yilga kelib keskin o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Yani, 2020 yildagi 19,6 % dan 2024 yilda 30,3% ni tashkil etgan. Yirik qurilish kompaniyalari atrofida noaniq vaziyat shakllanmoqda. 2020-2022 yillarda yirik pudrat tashkilotlari bir maromda faoliyat olib borgan bolsa, biz ushbu tashkilotlar ulushining 2024 yilga borib keskin pasayganligini koʻrishimiz mumkin, ya’ni 2020 yildagi 27,6 % dan 2024 yilda 23,5% ga kamaygan. 2022-2023 yillarda qurilish sanoatida kichik biznesning ustunligi yaqqol namoyon boʻlmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 8 4-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida 2016-2023 yillarda tashkilotlar turlari boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari tuzilishi Olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatadiki, qurilish sanoatida alohida korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari koʻp jihatdan cheklangan boʻlib, mintaqaviy qurilish sanoati raqobatbardoshligi haqida soʻz yuritish maqsadga muvofiq boʻladi. Bunda sifat raqobatbardoshligi qurilish sanoat korxonalarining barchasini yagona tartib boʻyicha uygʻunlashgan sifat menejmenti tizimiga bogʻlashga asoslanadi. Bizning fikrimizcha mintaqaviy qurilish tarmogʻining sifat menejmenti tizimiga investor (uning vakili), buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, foydalanuvchi va yetkazib beruvchilarning lokal tizimlari kiritiladi. Buning uchun mintaqadagi barcha korxonalarda sifat menejmenti tizimlari bir xil tamoyillarga va talablarga javob berishi lozim (5-rasm). 5-rasm. Mintaqaviy sanoat tarmogʻining uygʻunlashgan sifat menejmenti tizimi 3 . Ushbu tizimlarni oʻzaro bogʻlash uchun korxonalarni qurilish obyektlaridagi vazifalar va vakolatlarini aniqlashtirish hamda ularni uzatish mexanizmi zarur boʻladi. Mexanizmning asosini investision-qurilish jarayonidagi qaror qabul qilish (nazorat) nuqtalari tashkil qiladi. 3 Mualliflar ishlanmasi Qurilish sanoati mahsulotining shakllanishi Texnik - iqtisodiy asosnoma Tayyor qurilish obyekti Foydalanuvchi SMT Qurilish SMT Loyiha-qidiruv SMT Qurilish materiallari va konstruksiyalari SMT Buyurtmachi SMT Investitsion qurilish jarayoni Sifat menejmenti local tizimlari
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 9 Ushbu nuqtalarning muhim xususiyati shundaki, jarayonning ma’lum bosqichiga yakun yasab, keyingi bosqich boshlanishini koʻrsatadi. Investision-qurilish jarayonida mahsulot sifatini shakllanishi doirasida korxonalarning mas’uliyatini oʻzaro uzatish nuqtalari ushbu mexanizmda muhim oʻrin egallaydi. Bizning fikrimizcha, mas’uliyatni uzatish nuqtalarga tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asosnoma (ya’ni mas’uliyat investordan buyurtmachiga oʻtadi), loyihalash topshirigʻi (buyurtmachi-loyiha korxonasi), tender hujjatlari (buyurtmachi va loyihalovchi-tender komissiyasi), qurilish pudrat shartnomasi (buyurtmachi-pudratchi quruvchi), tugallangan obyektni ishga tushirish (pudratchi, loyihachi-buyurtmachi, foydalanuvchi), kafolat muddati (buyurtmachi-foydalanuvchi). Xulosa. Zamonaviy raqobatbardoshlikning asosiy xususiyati uning doimo oshirishga boʻlgan zaruratidadir. Qurilish sanoati korxonalaridagi lokal sifat menejmenti tizimlari uslubiyati faqat loyiha, qurilish va sanoat korxonalarida rivojlantirilishi qurilish ishtirokchilarining bir qismida tarmoq raqobatbardoshligiga manfaatlilik yetarli boʻlmaydi. Mamlakatimizda qurilish sanoatining jadal rivojlanish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida investision-qurilish jarayoni ishtirokchilari barchasining faoliyatida sifat menejment uslubiyatini qoʻllash takliflari, hamda barcha xoʻjalik subyektlar manfaatlarini boshqarish mexanizmi ishlab chiqildi. Adabiyotlar ro’yxati 1. https://exactitudeconsultancy.com/ru/reports/3028/construction-industry-market/ 2. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishi. 2024 yil 23 sentabr. https://president.uz/uz/lists/view/7564 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2023 yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-6119-son Farmoni 5. Buriyev X.T. Qurilish sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni baholash istiqbollari // “Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish” jurnali 10-jild, №4 (oktabr) 2024. 143-149 betlar 6. Nurimbetov R.I., Normurodov S.N., Ibrohimov B.R. Zamonaviy sifat menejmenti tizimi va uni joriy etish masalalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali. № 3, 2021. 7. Бузырев В.В. Управление качеством в строительстве: учебное пособие для прикладного бакалавриата / В. В. Бузырев, М.Н. Юденко; под общей редакцией М.Н.Юденко. — 2-е изд., перераб. и доп. – Москва: Издательство Юрайт, 2018. – 198 с. 8. Буриев Х.Т., Усманов И.А. Пути повышения конкурентоспособности строительных организаций // Архитектура и строительство Республики Узбекистан. 2022. № 1. С. 25–31 9. Верстина Н.Г., Еленева ЮЛ. Обеспечение конкурентоспособности строительных предприятий на основе стоимостного подхода // Экономика строительства. 2004. № 4. С. 4.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 10 10. Джабриев А.Н., Буриев Х.Т. Пути внедрения систем менеджмента качества. Экономика и финансы (Узбекистан) 1 -2 (2010): 25-29 11. Икрамов, М.А. Инновационная деятельность промышленных предприятий и её совершенствование // Экономика и управление промышленностью: проблемы и решения: IV Международная научно-практическая конференция. Ташкент: ТГТУ, 2024. С. 34–38. 12. Портер М. Международная конкуренция: пер. с англ. / под ред. В.Д. Щетинина. М.: Международные отношения, 1993. С. 143.