scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMASHUNOSLIKDA MASHINA TARJIMASI VA UNING AHAMIYATI

Dildora ABDUSODIQOVA ToshDO'TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti – ingliz tili yo'nalishi talabasi

Abstract

Ushbu maqolada mashina tarjimasi tushunchasiga ta’rif beriladi. Mashina yoki avtomatik, kompyuter tarjimasi maxsus kompyuter dasturi yordamida matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishdir. Maqolada mashina tarjimasining amaliy ahamiyati, afzalliklari, shu bilan birgalikda, bir qator kamchiliklari haqida so‘z boradi, ilmiy asosda dalillanadi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 TARJIMASHUNOSLIKDA MASHINA TARJIMASI VA UNING AHAMIYATI Dildora ABDUSODIQOVA ToshDO‘TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti – ingliz tili yo‘nalishi talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada mashina tarjimasi tushunchasiga ta’rif beriladi. Mashina yoki avtomatik, kompyuter tarjimasi maxsus kompyuter dasturi yordamida matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishdir. Maqolada mashina tarjimasining amaliy ahamiyati, afzalliklari, shu bilan birgalikda, bir qator kamchiliklari haqida so‘z boradi, ilmiy asosda dalillanadi. Kalit so‘zlar: mashina tarjimasi, statistik mashina tarjima, neyron tarmoqlarga asoslangan mashina tarjimasi, tizim xotira, kirish xabari, chiqish xabari. Abstract: This article defines the concept of machine translation. Machine or automatic, computer translation is the translation of texts from one language to another using a special computer program. The article discusses the practical importance of machine translation, its advantages, as well as a number of disadvantages, and provides scientific evidence. Keywords: machine translation, statistical machine translation, neural networkbased machine translation, system memory, input message, output message. Аннотация: В данной статье дается определение понятия машинного перевода. Машинный, или автоматический, компьютерный перевод — это перевод текстов с одного языка на другой с помощью специальной компьютерной программы. В статье рассматривается практическое значение машинного перевода, его преимущества, а также ряд недостатков, а также приводятся научные доказательства. Ключевые слова: машинный перевод, статистический машинный перевод, машинный перевод на основе нейронных сетей, системная память, входное сообщение, выходное сообщение. newjournal.org zenodo.org 2 Insoniyat hamisha o‘z qulayligi va vaqtini tejash uchun turli ixtirolar qilib kelgan. Mashina tarjimasi tushunchasi ham fanga insoniyatning mana shu qulaylikka intilishi natijasida kirib kelgan. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida mashina tarjimasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Mashina tarjimasi – bir tabiiy tildan ikkinchi tilga matnni raqamli hisoblash mashinalari va kompyuterlar yordamida tarjima qilish. EHM va kompyuterlar uchun dasturlar tuzish, matematik lingvistika va amaliy lingvistika kabi yoʻnalishlar bilan chambarchas bogʻliq. Mashina tarjimasi tizimini yaratish ilmiy tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi. Mashina tarjimasi gʻoyasini birinchi boʻlib fransuz ixtirochisi J. Arsruni va undan mustaqil ravishda rus ixtirochisi P. P. Smirnov-Troyanskiylar 1933-yil ilgari surishgan. Lekin u, asosan, XX asr 40-50yillarida rivojlangan. Mashina tarjimasi jarayoni matnni tarjima qilish uchun uni tahlil etish, yaʼni morfologik, sintaktik nuqtai nazaridan oʻrganib chiqishni taqozo qiladi”. (1. 678) Mashina tarjimasi tizimi uchun maʼlumotlar bilan taʼminlashning ushbu 5 turi zarur: - lingvistik taʼminot (matnni taxlil va sintez qilish uchun grammatik hamda semantik maʼlumotlarni beruvchi avtomatik lugʻatlar); - matematik-algoritmik taʼminot (matnga ishlov berish algoritmlari va maʼlumotlar va algoritmlarni qayd qilish uchun qoidalar tizimi), - dasturiy taʼminot (tarjima algoritmini amalga oshiruvchi va qoʻshimcha dasturlar), - informatsion taʼminot (tegishli fan sohalariga doir maʼlumotlar bazasi) hamda mantiqiy taʼminot (matnni fan sohasiga doir maʼlumotlar bilan taqqoslash uchun mantikiy xulosalar usullari) zarur boʻladi. Mashina tarjimasi tizimida qaysi tildan qaysi tilga tarjima qilinsa, oʻsha tillarning ham grammatik, ham semantik, imloviy xususiyatlarini aks ettiradigan maxsus dastur tuzib olish kerak boʻladi. Ammo zarur bo‘lganda, mashina tarjimasi ishiga inson, ya’ni muharrir ham aralashishi mumkin. newjournal.org zenodo.org 3 Olimlar kompyuter fanlari va sun’iy intellektdan foydalangan holda mashina tarjimasini qo‘llashning bir qancha afzalliklarini sanab o‘tishgan. Ulardan biri – bu mashinaning ishlash tezligi hisoblanadi. Albatta, natija yuz foiz to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, lekin aniq faktlarga asoslangan, qolipli jumlalarda foydalanilsa dolzarblikni to‘liq qondira oladi. Masalan, xarid qilish saytlari, ob-havo ma’lumotlari kabi. Shuningdek, sayohat, ma’muriy hujjatlar va davlatning ish yuritish hujjatlari kabi standart jumlalar bor bo‘lgan matnlarni mashina tarjimasi yordamida tezda tarjima qilish mumkin bo‘ladi. Ikkinchisi afzallik esa – ko‘p tilli muvofiqlik hisoblanadi. Cheklangan elektron lug‘atlardan farqli o‘laroq tillar soni, eng zamonaviy avtomatik tarjima ilovalari bir necha tillar bilan ishlashi mumkin. Jumladan, Google tarjimoni bir tildan koʻp tillarga tarjima qilishi va chiqish tilini tezda o‘zgartirish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Uchinchi, eng muhim afzallik esa – makon va zamonda qulaylikning mavjudligi. Bizning bugungi texnika asrimizda foydalanuvchilar uchun zarur narsa ham aynan qulaylikdir. Mashina tarjimasidan har qanday vaziyatda, murakkab dasturiy qurilmalar bo‘lmagan taqdirda ham oddiy qo‘l smartfoni yordamida osonlik bilan foydalanish mumkin. Uning tezligi va ko‘p tilli ekanligi cho‘ntak lug‘atlardan samaraliroq ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, zamonaviy mashina tarjimon dasturlarining ko‘pchiligi nutqni aniqlash va matnga aylantirish tizimiga egaligi har qanday makon va zamonda foydalanish imkonini beradi. “Avtomatik tarjima tizimlarining katta afzalligi – to‘g‘ri tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni, shuningdek, ularni qidirish va boshqa tilga tarjima qilish uchun minimal vaqt sarflaydigan jumlalarni qidirish ko‘nikmalarini shakllantirilganligidir”. (2.11) Ammo shuncha afzalliklarga qaramasdan, mexanik tarjima hali ham kamchiliklarga ega. Ular quyidagilar: mexanik tarjima paytida matnning holati va foydalanuvchining ichki istagi noma’lum, har qanday tilda talaffuzi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan omonim so‘zlar mavjud. Shu sababdan tarjima qilingan versiyada xatolar uchrashi tabiiy holat. Qolaversa, mexanik tarjima dasturlari ba’zi shevalardagi so‘zlarni “tushuna olmaydi”. Masalan, o‘zbek tilida shevalar ko‘p, o‘qish newjournal.org zenodo.org 4 va yozish bir-biridan farq qiladi, mashina tarjimasida bu muammolar keltirib chiqaradi. Misol uchun “shoti” yoki “paqir” so‘zlarining adabiy tildagi sinonimi ishlatilmasa, tarjima dasturlari ularni “anglamasligi” ehtimoli yuqori. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mashina tarjimasidan rasmiy, ilmiy uslublarda foydalanish samarali bo‘ladi. Publitsistik uslub qisman tahrirlashni talab etadi. Badiiy va so‘zlashuv uslublarida mashina tarjimasi hozirda ancha samarasiz. Har qanday tarjima dasturlari amalga oshirgan tarjimani inson tomonidan tahrir qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ushbu jarayonda inson omili chekingan bo‘lishi mumkin, ammo bu butkul inson tafakkuriga ehtiyoj qolmadi degani emas. Adabiyotlar: 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Кузнецов П. С., Ляпунов А. А., Реформатский А. А. Основные проблемы машинного перевода // Вопр. языкознания. 1956. № 5. С. 40–44. 3. Леонтьева Н. Н. Автоматическое понимание текстов: системы, модели, ресурсы : учеб. пособие. М. : Академия, 2006. 303 с. 4. Дроздова К. А. Машинный перевод: история, классификация, методы. Журнал СЛОВО МОЛОДЫМ, Москва, 2015.