scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURILISH SANOATI KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH IZIMINI NAZORAT FUNKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Suyunov A.S.; Karjavov Z.; Ibrahimova N.A.

Abstract

Ushbu maqolada qurilish va qurilish industriyasi korxonalarida mahsulot sifatini oshirish muammolarini tahlili hamda sifatni tezkor nazorat qilish tizimini yaratish usullari yoritib berilgan. Shuningdek, unda tizimni joriy qilish uchun tayyorgarlik ishlarini turlari, nazorat tizimini yakuniy natijalarini tavsifi, xulosa va tavsiyalar berilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 17 УДК:624:658.56 QURILISH SANOATI KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH IZIMINI NAZORAT FUNKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Suyunov A.S. SamDU professori. Karjavov Z. SamDAQU dotsenti. Ibrahimova N.A. SamDU dotsenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17882637 Annotatsiya. Ushbu maqolada qurilish va qurilish industriyasi korxonalarida mahsulot sifatini oshirish muammolarini tahlili hamda sifatni tezkor nazorat qilish tizimini yaratish usullari yoritib berilgan. Shuningdek, unda tizimni joriy qilish uchun tayyorgarlik ishlarini turlari, nazorat tizimini yakuniy natijalarini tavsifi, xulosa va tavsiyalar berilgan. Tayanch iboralar: bozor iqtisodiyoti, sifat, sifat tizimi, nuqson, sifat darajasi, tannarx, material, konstruksiya va boshqalar. Аннотация. В статье представлен анализ проблем повышения качества продукции на предприятиях строительной и строительной индустрии и методы создания системы оперативного контроля качества. Также представлены виды подготовительных работ к внедрению системы, описание конечных результатов работы системы контроля, выводы и рекомендации. Ключевые слова: Рыночная экономика, качества, система качества,дефект, уровень качества, себестоимость, тендер, материал, конструкция, показатели качества и др. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi o’zida bozor iqtisodiyotini joriy etar ekan, bu birinchi navbatda korxonalarda ishlab chiqarishga yangicha yondoshishni, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni, ishchi xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifatini talab darajasida bo’lishiga erishishni, hamda mahsulot tan narxini pasaytirishni talab etadi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan qurilish, muxandislik qurilish korxonalarida va sanoat korxonalarida mahsulot sifatini oshirishga oxirgi paytda katta e’tibor berilmoqda, ayniqsa qurilish tashkilotlari tenderlarda qatnashib, raqobatda yutib chiqishi uchun albatta asosiy ko’rsatgichlaridan biri, birinchi o’rinda sifatli mahsulot yetkazib berishi bo‘lsa , ikkinchisi qurilishda muxandislik kommunikatsiya tarmoqlarini sifatli bajarishdir, chunki kishilarni yashash sharoiti qulay (komfortnost), zamonaviy talab darajasida bo‘lishi, mijozlarni ko’nglini topish ana shu ishlarga bog‘liq. Sifatli mahsulot chiqarish uchun nihoyatda ko‘p omillarni ta’sirini yengib o‘tish zarur, masalan, ishchilarni malakasi yaxshi bo‘lishi, xom-ashyo sifatli bo‘lishi, nazorat o’z vaqtida, to‘gri bo‘lishi, texnologiya bo‘zilmasligi va rahbarlarni tashkilotchiligi kabi omillarni ta’sirini yaxshi bilish zarur. Asosiy qism. Hozirgi kunda ham qurilish va muxandislik kommunikatsiyalar tizimida mahsulot sifati talab darajasida emas, ayniqsa bu uy-joy qurilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 18 Hozirgi paytda ham 20-30% binolar nuqsonlar bilan ishga tushirilmoqda. Muxandislik kommunikatsiyalar qurilishi xom-ashyo, yarim fabrikatlar, konstruksiyalar va materiallarni talab qiladi. Ammo bu materiallarning sifati ham talab darajasida emas. Zavodlar ishlab chiqarayotgan mahsulot ancha kamchiliklarga ega, nuqsonlari ko’p, ba’zan zavodlarda nuqsonlarni yo‘qtish uchun ishchilar asosiy ishidan voz kechib remont (ta’mirlash) bilan shug’llanishiga to’gri keladi, Shuning uchun xarajatlar 1-3% oshishi, ish haqi fondi 2% gacha zarar ko’rishiga olib kelmoqda. Qurilish sanoati korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish izimini nazorat funksiyasini takomillashtirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim: birinchidan, nazorat tizimini modernizatsiya qilish; ikkinchidan, xodimlarning malakasini oshirish; uchinchidan, texnik nazoratni qat'iylashtirish va to'rtinchidan, raqamli texnologiyalarni joriy etish kerak. 1)Nazorat tizimini modernizatsiya qilish *Standartlarni qat'iy joriy etish: Xalqaro va milliy standartlarga javob beruvchi sifat menejmenti tizimini (SISO) joriy etish. *Nazorat punktlarining o'zgarishi: Nazoratni loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlashdan tortib, tayyor mahsulotni topshirishgacha bo'lgan har bir bosqichda amalga oshirish. *Qayta ishlash va tuzatish: Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun samarali mexanizmlarni yaratish. 2)Xodimlarning malakasini oshirish *Treninglar o'tkazish: Zamonaviy sifat nazorati usullari va standartlari bo'yicha doimiy ravishda treninglar o'tkazish. *Tajriba almashish: Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganish va qo'llash. 3)Texnik nazoratni qat'iylashtirish *Avtomatlashtirilgan nazorat usullari: Nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish va nazoratni avtomatik usullarda olib borish uchun uskunalar o'rnatish. *Moddiy-texnik bazani yangilash: O'lchov va sinov vositalarini yangilash va ularni muntazam kalibrlash. 4)Raqamli texnologiyalarni joriy etish *Raqamli nazorat platformalari: Qaydnomalarni yuritish va nazorat ma'lumotlarini saqlash uchun raqamli platformalardan foydalanish. *Dronlar va sensorlar: Qurilish maydonlarini nazorat qilish uchun dronlar va sensorlardan foydalanish. *Ma'lumotlar tahlili: Nazoratdan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va sifatni oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish. Qurilish mahsuloti sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar mahsulot yoki xizmatga bo’lgan talablardan va iste’molchining talablaridan iborat bo’ladi. Bundan kelib chiqib, sifatni boshqarish tizimi ushbu talablarni sifat faoliyati natijasini va uni nazorat qilish jarayonini ta’minlashi zarur. Qurilish mahsuloti sifatini nazorat qilishni tashkil etish – bu barcha belgilangan me’yor va talablarga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash bo’yicha harakatlar majmuidir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 19 Shu sababli muxandislik kommunikatsiyalar qurilishiga konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi zavodlarda maxsus xizmat, ya’ni mahsulot sifatini boshqarish tizimi joriy qilinmoqda. Sifatni boshqarish tizimi, nazorat, reja tuzish, attestatsiya, rag’batlantirish kabi ishlarni yo’lga qo‘ymoqda. Ammo bu hali yetarlicha emas. Kamchilik ko‘p. Oxirgi yillarda mahsulot sifatini oshish muammolari sifatini baholash, attestatsiya qilish, nazorat etish va qurilishda sifatni boshqarish tizimini joriy etish sohasida o‘qituvchi xodimlari va talabalari ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishmoqda. Bu sohada bizni kafedrada ham katta tajriba to‘plangan. Talabalar bilan hamkorlikda o’tkazilgan tahlillar shuni ko’rsatadiki, hozirgi paytda har bir tashkilot sifatni boshqarish tizimi deb bu tizimni alohida elementlarini o’zida joriy qilishmoqda, to‘liq tizimini joriy etishga hali ancha ish qilish lozim. Qurilish va muxandislik kommunikatsiyalar qurilishiga konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi zavodlarda asosan mahsulotni nuqsonlarsiz tayyerlash va topshirishni Saratov tizimi elementlari ko‘prok joriy qilingan. Hozirgi paytda zavodlarda joriy etilishi mumkin bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini soni nihoyatda ko‘p-100 tadan ortiq, ammo bari har xil sohalarga qaratilgan, muxandislik kommunikatsiya qurilishi sohasiga juda kam tadbiq qilingan. Samarqand regionida ishlab turgan zavodlarida joriy etilgan sifatni boshqarish, nazorat qilish bo’yicha ish yuritayotgan ba’zi tizimlarni ko’rib chiqamiz. Korxonalarda "standart" lar joriy etish keng tarqalgan. Standart va texnologik kartalarda meyorga mos holda mahsulot chiqarish belgilab ko’yilgan. Standartlar faqat sifatni yo’nalishini, maqsadi va vazifalarini, ishlab chiqarish jarayoniga qo’yilgan talablarni qamrab olgan. Masalan, Samarqand kommunikatsiya qurilishi materiallari va konstruksiyalari zavodida mahsus standart joriy qilingan, sifatni baholash bo’yicha ham maxsus standartlar bor. Qurilish industriyasi zavodlarida sifatni boshqarish tizimini ishlatishda har bir operatsiyani (texnologik jarayonni) nazorat qilish har turkum mahsulotdan ayrimlarini (saylab olib) nazorat qilish bilan almashtirilgan. Bu esa nazoratni tezkorligini, samarasini pasaytiradi, ishdagi xato va kamchiliklar keyingi bosqichga o‘tib ketishi uchun sharoit yaratiladi, nuqson va kamchiliklar vaqtida bartaraf etilmaydi, bu esa nuqsonni ba’zan to’grilash qiyinligiga, hatto iqtisodiy jihatdan maqsadga mos kelmasligiga olib keladi, ya’ni brak bo‘lishiga olib keladi, bu esa mahsulotni sifatini boshqarish tizimini harakatini, samaradorligini pasaytirishga olib keladi. Bu kamchiliklarni tugatish va sifatni boshqarish tizimini oddiy va ko‘p mehnat talab qilmaydigan kompleks tizimni yaratish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Yaratilgan tizim iqtisodiy, tashkiliy, texnik, ijtimoiy chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali texnologik jarayonga yaxshi ta’sir o‘tkazishi, nuqsonlarni paydo qiladigan sabab va omillarga o‘zining ta’sirini o‘tkaza olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Kuzatishlar va maxsus statistik manbaalarni o’rganish orqali ma’lum bo‘ldiki, ko‘pgina kommunikatsiya konstruksiyalari zavodlarida, qurilish sanoati zavodlarida joriy qilingan sifatni boshqarish tizimi va xizmati asosan quyidagi vazifalarni bajarish bilan mashg’ul: - texnik nazorat va mahsulot sifatini baholash; - metrologik xizmat ko’rsatish; - laboratoriya nazoratini o’tkazish. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 20 Tahlillar ko’rsatadiki bu joriy qilingan tizim va bajarilayotgan ishlar har xolda mahsulot sifatini oshishiga olib kelmoqda. Ammo ko‘pgina zavodlarda brak mahsulot chiqishiga sabab, asbob-uskuna, qoliplarning eskiligi va ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni buzilishi sabab bo‘lmoqda, meyordagi va standartga mos kelmaydigan xom-ashyolarni ishlatish ham sifatni pasaytirmoqda. Biz ko’rib chiqqan va faoliyatini o’rgangan zavodlarda, jumladan aksionerlik korxonasida ham sifatni boshqarish tiziimni to’liqsiz, ayrim elementlari joriy qilingan, bu sistema asosan axborot to’plash xarakteriga ega, ishlab chiqarish jarayonlariga o’z ta’sirini o’tkazish qobiliyati juda past. Bu zavodlarda texnik nazorat bo’limi xodimlari sifatni nazorat qilib borishadi, ammo ularning soni yetarli emas, ish hajmi katta, ish vaqtini katta qismi har xil jurnallar va hujjatlarni to‘ldirishga sarf bo‘ladi, asosiy ishi, ya’ni har bir mahsulotni sifati paydo bo’lish jarayonini kuzatishga vaqti bo‘lmaydi, ko‘pchilik tahlil qilingan, kuzatilgan ishlab chiqarish korxonalarida hatto yuqorida aytib o’tilgan ishlar ham yo’lga qo’yilmagan. Taklifimiz ushbu zavodlarda sifatini ta’minlaydigan, tezkor, operativ sifatni boshqarish tizimini joriy etish va amalda qullash lozim. Xulosa, yuqoridagi aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki ushbu ishda zavod mahsulotini sifatini ta’minlaydigan, tezkor, operativ, amaliy yechimlar beradigan boshqarish tizimini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish va tafsiyanomalar berish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu yo‘nalishda mualliflar tomonidan qator amaliy ishlar bajarilgan, ularning natijalari asosida: -qurilish va injenerlik-kommunikatsiya qurilishi tarmog‘ida ko’p uchraydigan va katta qo‘shimcha xarajatlarga olib keladigan nuqsonlarni aniqlashga sharoit yaratiladi; -texnik nazorat utkazish va mahsulot sifatini baholash, texnologik jarayon qatnashchilari, ishchi-xodimlarni faoliyatini baholash, sifat koeffitsentlarini aniqlashda yordam beradi; -sifatsiz mahsulotni ta’mirlash,to‘g‘rilash natijasida paydo bo‘ladigan shartli yo‘qotishlarni (material,mehnat xarajatlari,ish haqqi yo‘qotishlari) miqdorini aniqlashda qo‘l keladi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.- T.:O‘zbekiston. 2017 y. 2. Suyunov A. Modernizatsiya sistem upravleniya kachestvom produksii v stroitelnom komplekse Uzbekistana. Monografiya. – T.: «Fan va texnologiya», 2011. - 124s. 3. Suyunov A.S., Karjavov Z.,Suyunova Y.M.,Jumanov Sh.N., Mirzayev Z.A. Qurilishni rejalashtirish,tahkil etish va boshqarish.Darslik-T. ”Impress Media” nashriyoti, -2025 y. 288 b.