scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HAJMIY NASOSLARNI TANLASH

Nuriddinov Sardor Boboyarovich, Olmaliq davlat texnika insituti dotsenti Keldiyorov Otabek Alisher o'g'li, Olmaliq davlat texnika instituti 15-24 EM 2-bosqich talabasi Ochilov Abdulatif Yodgor oʻgʻli, Olmaliq davlat texnika instituti 15-24 EM 2-bosqich t

Abstract

Maqolada hajmiy nasoslarning konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy turlari, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari va amaliy qo‘llanish sohalari tahlil qilingan. Shuningdek, nasos tanlash jarayonida hisob-kitob bosqichlari. Maqola muhandislik amaliyotida qo‘llaniladigan hajmiy nasoslarni optimal tanlash mezonlarini aniqlashga qaratilgan.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 HAJMIY NASOSLARNI TANLASH Nuriddinov Sardor Boboyarovich, Olmaliq davlat texnika insituti dotsenti Keldiyorov Otabek Alisher o’g’li, Olmaliq davlat texnika instituti 15-24 EM 2-bosqich talabasi Ochilov Abdulatif Yodgor oʻgʻli, Olmaliq davlat texnika instituti 15-24 EM 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Maqolada hajmiy nasoslarning konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy turlari, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari va amaliy qo‘llanish sohalari tahlil qilingan. Shuningdek, nasos tanlash jarayonida hisob-kitob bosqichlari. Maqola muhandislik amaliyotida qo‘llaniladigan hajmiy nasoslarni optimal tanlash mezonlarini aniqlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: hajmiy nasos, pistonli nasos, vintli nasos, gidravlik tizim, samaradorlik, foydali ish koeffitsienti, gidrostatik uzatma. Zamonaviy texnika va sanoat tarmoqlarida energiyani bir shakldan ikkinchisiga samarali uzatish texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Gidravlik tizimlar bu borada yuqori quvvat, ixchamlik va boshqaruv aniqligi bilan ajralib turadi. Ularning markaziy elementi bo‘lgan hajmiy nasoslar mexanik energiyani suyuqlik energiyasiga aylantirib, tizimda bosim va oqim hosil qiladi. 1-rasm. ikki harakatli porshenli nasosning prinspial sxemasi Hajmiy nasoslarning ahamiyati shundaki, ular o‘zgaruvchan yuklama va tezlik sharoitlarida ham yuqori foydali ish koeffitsientini (80–95%) saqlab qoladi. Shu bilan birga, ular energiya tejovchan, ishonchli va aniqligi yuqori bo‘lgan tizimlar yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda hajmiy nasoslar mashinasozlik, gidrostatik uzatmalar, newjournal.org zenodo.org 2 press-mashinalar, issiqlik texnikasi, gidroenergetika hamda neft-gaz sanoatida keng qo‘llanilmoqda. Hajmiy nasoslarning turlari va konstruktiv xususiyatlari Hajmiy nasoslar suyuqlikni o‘zgaruvchan hajmli ishchi kameralarda siqish va chiqarish orqali uzatadi. Ular ishchi organining turi, harakat yo‘nalishi, konstruktiv yechim va boshqaruv usuliga ko‘ra tasniflanadi[1]. Ishchi organi konstruksiyasiga ko‘ra tasnifi: A)Pistonsimon nasoslar. Bu turdagi nasoslarda energiya uzatish pistonlarning ilgarilanma harakati orqali amalga oshiriladi.Aksial-pistonli nasoslarda pistonlar silindr blokida aylanish o‘qi bo‘ylab harakatlanadi. Ularning ikki asosiy turi mavjud: 1.Qiyalik diskli— pistonlarning siljishi qiyalik diskining burchagi bilan boshqariladi. Burchak o‘zgarishi natijasida nasosning ishchi hajmi ham o‘zgaradi. 2.Qiyalik blokli— silindr bloki aylanish o‘qiga nisbatan burchak ostida joylashadi. Burchak qancha katta bo‘lsa, uzatiladigan hajm shuncha ortadi. Radial-pistonli nasoslarda pistonlar aylanish o‘qiga perpendikulyar joylashgan bo‘lib, ekssentrik val orqali harakatlanadi. Ular yuqori bosimlarda (400–500 bar) ishlashga mo‘ljallangan. B) Rotorli nasoslar. Rotor va stator ekssentrik joylashgan bo‘lib, rotor aylanish jarayonida palchalar chiqib-kirib, ishchi kameralar hajmini o‘zgartiradi. Ular ixcham va o‘rta bosimli tizimlar uchun mos keladi. C) Vintli nasoslar. Bir yoki bir nechta vint korpus ichida aylanib, suyuqlikni vint yo‘nalishi bo‘ylab uzatadi. Bunday nasoslarning afzalligi — tebranish va shovqinning kamligi, pulsatsiyasiz oqim hosil qilishi hamda uzoq xizmat muddati[3,2]. D) Shesternli nasoslar. Ular tishli g‘ildiraklar jufti orqali suyuqlikni uzatadi. Asosan doimiy hajmli, oddiy va ishonchli konstruksiyaga ega. Kamdan-kam hollarda o‘zgaruvchan hajmli shaklda ishlab chiqiladi. Boshqaruv usuliga ko‘ra tasnifi[2,3]: 1.Qo‘lda boshqaruv:mexanik burchak o‘zgartirish mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. 2.Gidravlik boshqaruv:gidrosilindrlar yoki gidrodistribyutorlar orqali ishchi organ holatini o‘zgartiradi. newjournal.org zenodo.org 3 3.Elektromexanik boshqaruv:servo yoki qadamli motorlar yordamida avtomatik tarzda nazorat qilinadi. 4.Proportsional va servoboshqaruv tizimlari:elektromagnit solenoidlar orqali tezkor va aniq javob berish imkonini yaratadi. 3. Ishlash prinsipi va asosiy hisob parametrlar Hajmiy nasosning ishlash prinsipi: Ishchi kameraning hajmini o‘zgarishi orqali suyuqlikni siqish va chiqarish jarayoniga asoslanadi. Aylanish paytida kameralar navbatma-navbat suyuqlik bilan to‘ldiriladi va bo‘shatiladi, natijada uzluksiz oqim hosil bo‘ladi[3,4]. Asosiy parametrlar:1-jadval Parametr Belgilanish O‘lchov birligi Tavsif Ishchi hajm sm³/ayl Bir aylanishda uzatiladigan suyuqlik hajmi Aylanish tezligi N ayl/min Valning aylanish chastotasi Nazariy oqim =( * /1000 l/min Ideal sharoitdagi oqim Haqiqiy oqim l/min Real oqim miqdori Bosim P bar yoki MPa Ishchi bosim Umumiy FIK – Hajmiy va mexanik samaradorlik ko‘paytmasi Kavitatsiya jarayonlarini oldini olish uchun kirish liniyasidagi bosim 0.8–1.5 bar dan past bo‘lmasligi kerak. Kavitatsiya natijasida nasos detallarining tez yeyilishi va gidravlik samaradorlikning pasayishi kuzatiladi. 4. Hajmiy nasoslarni tanlash usullari Hajmiy nasosni tanlashda tizimning texnologik talablari,suyuqlikning fizik xossalari va ekspluatatsiya sharoitlari inobatga olinadi Tanlash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar: 1.Ishchi suyuqlikning turi, zichligi va yopishqoqligi newjournal.org zenodo.org 4 2.Tizim bosimi 3.Zarur oqim miqdori 4.Aylanish tezligi n 5.Ish rejimi va ekspluatatsiya sharoitlari (harorat, changlilik, vibratsiya) Hisoblash bosqichlari[4]: 1.Ishchi hajmni aniqlash: 2.Nominal bosimni tekshirish: 3.Dvigatel quvvatini hisoblash: N= 4.Kavitatsiyani tekshirish nq= 5. Amaliy tanlash misollari Misol 1. Press-mashina uchun aksial-pistonli nasos tanlanadi: =300bar, = 100 l/min, n =1500 ayl/min. Hisob natijasi: /ayl. Standart bo‘yicha 80 sm³/ayl nasos tanlanadi. Dvigatel quvvati N≈60 kVt bo‘ladi. Proportsional boshqaruvli nasos energiya tejovchan variant hisoblanadi. Misol 2. Gidrostatik uzatma (traktor yoki ekskavator) uchun radial-pistonli nasos: =400 bar, =60 l/min. Hisob: =36.2 sm³/ayl. 40 sm³/ayl li radial-pistonli nasos tanlanadi. U yuqori bosim va iflos sharoitlarda ishonchli ishlaydi. Misol 3. Aniq dastgohlar uchun vintli nasos: P=150 bar. newjournal.org zenodo.org 5 Vintli nasos pulsatsiya darajasi pastligi va sokin ishlashi tufayli avtomatlashtirilgan gidravlik tizimlar uchun qulay hisoblanadi. 6. Energetika va issiqlik texnikasidagi ahamiyati Hajmiy nasoslar bevosita energiya ishlab chiqaruvchi agregat sifatida emas, balki yordamchi tizimlarda muhim funksiyalarni bajaradi. Gidroenergetikada: gidroakkumulyator stansiyalarida, turbinaning boshqaruv tizimlarida, moylash va sovitish tizimlarida ishlatiladi. Issiqlik texnikasida: issiqlik almashinish tizimlarida, sovutish agentlarini (freon, suv, moy) aylantirishda, yoqilg‘ini uzatishda va issiqlik nasoslarida qo‘llaniladi. Xulosa Hajmiy nasoslar har qanday gidravlik tizimning yuragi hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri tanlanishi tizimning energiya samaradorligini, ishonchliligini va xizmat muddatini belgilab beradi. Optimal nasos tanlashda quyidagi omillar muhim: 1.Tizimning oqim va bosim talablarini aniq aniqlash; 2.Ishlash sharoitlarini (harorat, suyuqlik turi, ifloslanish) hisobga olish; 3.Nasos turining afzalliklarini tahlil qilish; 4.Boshqaruv tizimining avtomatlashtirish darajasini belgilash; 5.Energiya tejamkorlik va texnik xizmat qulayligini ta’minlash. Shu tamoyillarga asoslanib tanlangan hajmiy nasoslar yuqori samaradorlik, barqarorlik va uzoq muddatli ishlashni kafolatlaydi. Adabiyotlar 1. Ivanov V.P., Gidravlik mashinalar va ularning konstruksiyasi. Moskva: Mashinostroenie, 2018. 2. Qodirov S.R., Gidravlika va gidromashinalar asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2022. 3. ISO 4409:2019 — Hydraulic fluid power — Positive-displacement pumps and motors — Methods of testing and presenting basic steady-state performance. 4. Esanov B.X., Gidravlik tizimlarni boshqarish texnologiyalari. Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021