scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TUTASHTIRUVCHI INSHOATLARNING GIDRAVLIK HISOBI

Nuriddinov Sardor Boboyarovich,Olmaliq davlat texnika insituti dotsenti. Mamasoliyev Mamarashid Mamasharif o'g'li, Olmaliq davlat texnika insituti, 13-24 EM 2-bosqich talabasi. Erkinov Jasurbek Dilmurot o'g'li, Olmaliq davlat texnika insituti, 13-24 EM 2

Abstract

Tutashtiruvchi inshootlarning gidravlik hisobi - ularning konstruksiyasini to‘g‘ri tanlash, suv oqimini xavfsiz va samarali o‘tkazish, hamda inshootning uzoq muddatli va ishonchli ishlashini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Hisoblash jarayonida suv oqimining tezligi, sarfi, bosim yo‘qotilishi va inshoot elementlarining o‘lchamlari aniqlanadi. Gidravlik hisobning asosiy maqsadi — inshoot orqali o‘tadigan hisobiy suv sarfini (Q), oqim tezligini (v) va energiya yo‘qotilishini aniqlab, suv oqimini xavfsiz sharoitda o‘tkazishdir

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 TUTASHTIRUVCHI INSHOATLARNING GIDRAVLIK HISOBI Nuriddinov Sardor Boboyarovich,Olmaliq davlat texnika insituti dotsenti. Mamasoliyev Mamarashid Mamasharif o’g’li, Olmaliq davlat texnika insituti, 1324 EM 2-bosqich talabasi. Erkinov Jasurbek Dilmurot o’g’li, Olmaliq davlat texnika insituti, 13-24 EM 2-bosqich talabasi. (O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri) Tutashtiruvchi inshootlarning gidravlik hisobi - ularning konstruksiyasini to‘g‘ri tanlash, suv oqimini xavfsiz va samarali o‘tkazish, hamda inshootning uzoq muddatli va ishonchli ishlashini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Hisoblash jarayonida suv oqimining tezligi, sarfi, bosim yo‘qotilishi va inshoot elementlarining o‘lchamlari aniqlanadi. Gidravlik hisobning asosiy maqsadi — inshoot orqali o‘tadigan hisobiy suv sarfini (Q), oqim tezligini (v) va energiya yo‘qotilishini aniqlab, suv oqimini xavfsiz sharoitda o‘tkazishdir. Shuningdek, inshoot elementlarining optimal o‘lchamlari tanlanadi va quyidagi shartlar bajarilishi kerak[1,2]. Tutashtiruvchi inshootlar gidravlik hisoblari uchun quyidagi ma’lumotlar beriladi - ularning suv sarflari Q, tezoqar yoki konsolli sharshara uchun tubining nishabliklarini , ularning novlari uzunliklari L , keluvchi kanaldan suv tezligi 3 , keluvchi va ketuvchi kanallardagi suv chuqurliklari. To‘g‘ri burchakli kesimli tezoqar hisobi. Tezoqar kirish qismining kengligi (1-rasm) keng ostonali vodosliv formulasi bo'yicha aniqlanadi: (1) bunda: m - sarfi koeffitsiyenti, m =0,36...0,38; H0 - tezlikni hisobga olganda tezoqar kirish qismi ostonasidagi bosim, H0 = H + 2ϑ2/2g: - yon tomondan siqilish koeffitsiyenti, ε =0,95...0,97. Tezoqar boshlanishda suvning kritik chuqurligi (2) newjournal.org zenodo.org 2 1-rasm. Tezoqar gidravlik hisobi sxemasi: a~silliq suv urilma; b-quduqli. Tezoqardagi oqimning normal chuqurligi barqaror harakat formulalari bo'yicha aniqlanadi. Buning uchun oqim chuqurligi h1 ga bir necha qiymatlar beriladi va Shezi formulasi bo'yicha bu chuqurliklarga mos suv Q1 sarflari hisoblab topiladi. Hisob natijlari asosida Q1 - f(h) bog'lanish grafigi quriladi va grafikdan berilgan Q bo'yicha hn qiymati o'rnatiladi. Novdagi barqarorlashgan erkin sirt egri chizig'ini qurish uchun nov boshidagi h1 = hkr ga teng miqdorda, novning keyingi kesimidagi h2 chuqurlik h1 < h2 < hkr oraliqda qabul qilinadi. So'ngra ho’r=(h1<h2)/2 va hn ga mos Кo’r . va Kn sarf xarakteristikalari quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi[3,4]: (3) bunda: ω - jonli kesim yuzasi; С - Shezi koeffitsiyenti; R - gidravlik radius. Suvning notekis harakat formulasi (4) va o'zanning gidravlik ko‘rsatkichi (5) dan foydalanib tezoqar novidagi erkin sirt egri chizig'i quriladi. (4) form ulada L - tezoqar novining uzunligi; η2 = h2/hn va η1 = h1/hn - nisbiy chuqurliklar; φ(η2) va φ(η1) - nisbiy chuqurliklar: h2 chuqurlikka turli qiymatlar berilib, (4) formula bo'yicha erkin sirt egri chizig‘ining boshlang'ich kesimdan ko‘tarilayotgan kesimgacha bo‘lgan newjournal.org zenodo.org 3 uzunligi aniqlanadi. Shuningdek, (4) ifoda bo'yicha tezoqar etak qismidagi chuqurligi h2 ni tanlash yo'li bilan aniqlanadi. Birinchi tutash chuqurlikni ho’r = h2 ga teng deb qabul qilib, tezoqar qudug'idagi suvning ikkinchi tutash chuqurligini aniqlaymiz: (6) bunda, α - kinetik energiya koeffitsiyenti, α =1,1. Agar > h bo'lsa, bunda h - ketuvchi kanaldagi suv chuqurligi, gidravlik sakrash pastki byefda ko'milmagan deb qaraladi va suv qudug'i loyhalanadi, agar < h bo'lsa - suv qudug'i kerak bo'lmaydi. Suv qudug'i chuqurligini aniqlash uchun (1.b-rasmga qarang) tezoqar novidan keyin siqilgan kesimdagi suv chuqurligi ketma-ket yaqinlashuv usuli bilan quyidagi formuladan aniqlanadi[6,4,8]: (7) bunda, - tezoqar novi oxiridagi tezlik bosimi; - tezlik koeffitsiyenti, = 0,95. Odatda, gidravlik sakrash h + d > hc ko‘milish sharoitlari bajarilguncha suv qudug'i chuqurligi d ga bir nechta qiymatlar beriladi. Suv urilma qudug‘ining uzunligi lk = l1 +0.8 lsak (8) bunda, l1 - oqimning otilish uzunligi (9) lsak - gidravlik sakrash uzunligi lsak =2.5(1.9 hc –h0) (10) Agar tezoqar novidagi suv tezligi, yuvilishiga ruxsat etiladigan tezlikdan katta bo'lsa, sun’iy g'adir-budirlik loyihalanadi. G'adir-budirlik o'lchamlari Ye.A.Zamarin formulasi bo'yicha aniqlanadi: C(A-Eα±Dβ)=1000 (11) bunda, C - Shezi koeffitsiyenti; a - h ! A; P = b l h ; h - g'adir budirlik ustidagi suv chuqurligi; A, E, D - g'adir-budirlik turiga bog'liq sonli raqamlar: shashkalar uchun A newjournal.org zenodo.org 4 =52, E = -5,1, D = -0,8; ikki qatorli egribugriliklar uchun A =116,1, E = -6,1, D = - 1,2. Odatda, novning uzunligi bo'yicha sun’iy g'adir-budirlik oqim tezligi yuvilishiga ruxsat etilgan qiymatdan katta bo'lgan kesimdan boshlab qabul qilinadi. Bu kesimdagi suv chuqurligi (12) Tezoqar novi yon devorlari zaxira balandligi suv sathi ustidan belgilanadi va uning qiymati undan oqib o'tadigan suv sarfiga ko'ra qabul qilinadi: Sarf, m3/s 1 1..10 10..30 30..50 50..100 Suv sathi ustidan zaxira balandligi, m 0.2 0.3 0.4 0.5 0.6 Kesimi trapetsiyali tezoqarlar nov yon devorlari zaxira balandligi qiymati 15% ga oshadi. To‘g‘ri burchakli kesimli ko‘p pog'onali sharshara hisobi. Sharshara trassasi bo'ylama kesimi bo'yicha sharshara umumiy tushish balandligi P aniqlanadi. So'ngra har bir pog'ona balandligi topiladi: p = P/n + d, (13) bunda, n - pog'onalar soni; d - suv urilma qudug'ining chuqurligi. Kirish qismi kengligi (3.1) formula bo'yicha hisoblanadi. So'ngra sharshara birinchi va ikkinchi pog'onalar hisoblanadi. Birinchi pog'onadagi birinchi tutash chuqurlik quyidagi formuladan aniqlanadi: (p+ ) (14) bunda: φ - tezlik koeffitsiyenti, pog'ona balandligiga ko'ra qabul qilinadi (Ye.A.Zamarin tavsiyalari) p, m 1 2 3 4 5 φ 1.00…0.95 0.95…0.91 0.91…0.88 0.88…0.86 0.86…0.85 Ikkinchi tutash chuqurlik h[ (3.6) form ula bo'yicha aniqlanadi[3,5,7]. newjournal.org zenodo.org 5 Birinchi pog'ona suv urilma devori ustidagi suv chuqurligi (15) bunda, m - yupqa devorli vodosliv uchun sarf koeffitsiyenti, m =0,42. Birinchi pog‘onadagi suv urilma qudug‘ining chuqurligi (16) Oqimning quyilib tushish uzunligi quyidagi ifodadan topiladi: (17) Sakrash uzunligi esa quyidagi formula yordamida aniqlanadi: lsak = 3.15 (18) Birinchi pog‘ona uzunligi l=lT+lsak (19) Ikkinchi pog'ona hisobi birinchi pog‘ona singari bajariladi, faqat bosim H0 o‘rniga birinchi pog‘onadagi suv qudug‘iga oqim tezligi kelishini hisobga olib Hf bosimi qabul qilinadi: (20) Barcha keyingi pog'onalar o'lchamlari ikkinchi pog‘ona o‘lchamlariga teng bo'ladi, chunki ularning gidravlik sharoitlari bir xildir. Sharshara bilan kanal kengayuvchi ko'rinishda birlashtirilsa, tutash chuqurliklar sakrash funksiyasi tenglamasidan aniqlanadi: (21) bunda: ,va - sakrashdan oldin va keyingi jonli kesim yuzalari; va mos ravishda tutash kesimlar yuzalarining og'irlik markazigacha bo'lgan masofalar. Xulosa.Tutashtiruvchi gidrotexnik tizimlarning ajralmas qismi bo'lib, suvni boshqarish, xavfsiz va boshqariladigan holda o'tkazishni ta'minlash. Ular milliy suv obyektlarini o'zaro bog'lash, balki gidroenergetika, sug'orish, suv transporti va ekologik sohalarida ham muhim rol o'ynaydi. Tutashtiruvchi omilning to'g'ri hisoblanishi, aniq va konstruksion yechimlarning optimal tanlanishi inshootning mustahkam, uzoq barqarorligi hamda barqarorligi belgilovchi asosiy omildandir. Buning uchun har bir narsada suv sarfi, ishlab chiqarish va energiya yo'qotilishini newjournal.org zenodo.org 6 to'g'ridan-to'g'ri to'g'ri parametr, inshootning kabiravlik rejimini saqlash, suv sathining keskin o'chirishga yo'l qo'ymaslik va materiallarning yemirilishining olinishini talab qilish. suv resurslaridan foydalanish, suv ta'minoti tizimlarining xavfsizligini ta'minlash va tabiiy muhitni saqlash. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Хасанов А.А., Тўхтамишев Б.Б. “Qurilish konstruksiyalari asoslari”, Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018. 2. Абдуллаев Р.М. “Inshootlar va binolarning poydevorlari”, Toshkent: TMI nashriyoti, 2020. 3. Мирзаев А.Ш., Сидиқов Х.Х. “Qurilish mexanikasi va konstruktiv tizimlar”, Toshkent: TTYMI, 2017. 4. Норматив hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish me’yorlari va qoidalari (O‘RQMQ) 2.02.01-21 — Binolar va inshootlarning poydevorlari. 5. Халилов Ф.Р. “Inshootlar barqarorligini ta’minlash usullari”, Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 6. Tokyay, M. “Fundamentals of Building Construction: Materials and Methods”, John Wiley & Sons, 2020. 7. Das, B.M. “Principles of Foundation Engineering”, Cengage Learning, 2019. 8. Bowles, J.E. “Foundation Analysis and Design”, McGraw-Hill, 2017