MINTAQAVIY IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHDA INFRATUZILMA LOYIHALARINING AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbekiston hududlarida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda infratuzilma loyihalarining ahamiyati va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport, energetika, kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi mintaqaviy iqtisodiy faollikka ko‘rsatadigan ta’siri iqtisodiy tahlil usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 32 MINTAQAVIY IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA INFRATUZILMA LOYIHALARINING AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI Jumanov Sherzod Norboyevich Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, “Biznesni boshqarish” kafedrasi mudiri. ORCID: 0009-0007-8977-0894 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17883189 Annotasiya. Mazkur maqolada o‘zbekiston hududlarida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda infratuzilma loyihalarining ahamiyati va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport, energetika, kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi mintaqaviy iqtisodiy faollikka ko‘rsatadigan ta’siri iqtisodiy tahlil usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: Mintaqaviy iqtisodiyot, infratuzilma loyihalari, iqtisodiy o‘sish, samaradorlik, investitsiya, davlat-xususiy sheriklik. Аннотация. В данной статье анализируется значение инфраструктурных проектов в ускорении экономического роста регионов Узбекистана и пути повышения их эффективности. В исследовании представлены практические рекомендации по экономическому анализу влияния развития транспортной, энергетической, коммуникационной и социальной инфраструктуры на региональную экономическую активность. Ключевые слова: Региональная экономика, инфраструктурные проекты, экономический рост, эффективность, инвестиции, государственно-частное партнерство. Annotation. This article analyzes the importance of infrastructure projects in accelerating the economic growth of Uzbekistan’s regions and ways to enhance their efficiency. The study provides practical recommendations for the economic analysis of the impact of the development of transport, energy, communication, and social infrastructure on regional economic activity. Keywords: Regional economy, infrastructure projects, economic growth, efficiency, investment, public-private partnership. KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish va aholi hayot darajasini yaxshilash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda infratuzilma loyihalari alohida ahamiyatga ega. Transport, energetika, kommunikatsiya, ijtimoiy hamda muhandislik infratuzilmasining rivojlanishi hududlarda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etishda muhim omil bo‘ladi. Infratuzilmaning rivojlanish darajasi mintaqaviy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasi va biznes muhitiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi, “Harakatlar strategiyasi” hamda 2030-yilgacha mo‘ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlarida infratuzilmani modernizatsiya
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 33 qilish, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish hamda energetik xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Biroq, ayrim hududlarda infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmagani, investitsion resurslarning notekis taqsimlanishi va loyihalarni boshqarish samaradorligining pastligi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sekinlashtiruvchi omillar sifatida qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, infratuzilma loyihalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va ularni mintaqaviy rivojlanish strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish bugungi kunda muhim masala hisoblanadi. ADABIYOTLAR SHARHI Mintaqaviy iqtisodiy o‘sish va infratuzilma rivojlanishi masalalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ko‘plab olimlar e’tiborida bo‘lgan. Jahon iqtisodiy adabiyotida infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga ta’siri dastlab A. Xirshman (Hirschman, 1958) tomonidan “iqtisodiy rivojlanishning nomutanosib o‘sish nazariyasi”da asoslab berilgan bo‘lib, u infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish iqtisodiy faollikni jadallashtiruvchi asosiy drayver ekanini ta’kidlagan. P. Rosenstein-Rodan esa hududiy iqtisodiy o‘sishda “katta turtki nazariyasi” orqali infratuzilma investitsiyalari boshqa tarmoqlarda multiplikativ samara keltirishini ko‘rsatib bergan. So‘nggi yillarda V. Henderson (2003), R. Barro (2015) va E. Gramlich (1994) kabi olimlarning tadqiqotlarida infratuzilma sifati va uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Ularning fikricha, transport va energetika infratuzilmasining rivojlanishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi, mintaqaviy integratsiyani kuchaytiradi hamda hududlarning investitsion jozibadorligini oshiradi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilardan A. Vahobov, B. Xodiev, Sh. Abdurahmonov, I. Tuxliyevlarning ishlanmalarida mintaqaviy iqtisodiy o‘sishda infratuzilma tarmoqlarini modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni moliyalashtirish va investitsion muhitni yaxshilash masalalari yoritilgan. Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Statistika agentligi tomonidan e’lon qilingan tahliliy hisobotlarda hududiy infratuzilma rivojining hozirgi holati, muammolari va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ko‘plab manbalarda ta’kidlanishicha, samarali infratuzilma loyihalarini amalga oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki ijtimoiy barqarorlik, bandlik va aholi turmush darajasining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, ayrim tadqiqotchilar infratuzilma loyihalarini rejalashtirishda iqtisodiy samaradorlikdan tashqari ekologik va ijtimoiy barqarorlik mezonlarini ham inobatga olish zarurligini ta’kidlashgan (Masalan, World Bank, 2020; UNDP, 2022). METODOLOGIYASI Mazkur tadqiqotda mintaqaviy iqtisodiy o‘sish va infratuzilma loyihalarining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, shuningdek, ularning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun tizimli yondashuv, tahliliy va taqqoslama usullar qo‘llanildi. Birinchidan, tizimli yondashuv asosida infratuzilma tarmoqlari — transport, energetika, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni o‘zaro bog‘liq elementlar sifatida o‘rganildi. Ushbu yondashuv yordamida infratuzilma holatining mintaqaviy ishlab chiqarish, xizmatlar sohasi va bandlik darajasiga ta’siri tahlil qilindi. Ikkinchidan, iqtisodiy-statistik tahlil usuli yordamida O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Jahon banki ma’lumotlari asosida
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 34 mintaqalar kesimida infratuzilma ko‘rsatkichlari (transport tarmoqlari uzunligi, elektr ta’minoti quvvatlari, investitsiyalar hajmi, bandlik darajasi va boshqalar) o‘rganildi. Ma’lumotlar dinamikasi asosida so‘nggi yillarda infratuzilma loyihalarining iqtisodiy faollikka ta’siri aniqlashga harakat qilindi. Uchinchidan, taqqoslama tahlil usuli orqali O‘zbekistonning ayrim mintaqalari hamda xorijiy davlatlar tajribasi solishtirilib, infratuzilma rivojlanishining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri bo‘yicha farqlar aniqlangan. Shuningdek, ekspert baholash va sotsiologik yondashuv elementlaridan foydalanilib, mintaqalarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi muammolar, ularning moliyalashtirish manbalari hamda boshqaruvdagi kamchiliklar aniqlashga qaratilgan ma’lumotlar tahlil qilindi. TAHLIL VA NATIJALAR O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda hududiy infratuzilma tizimining holati va rivojlanish darajasi muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda infratuzilma sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2020–2024-yillar davomida transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan investitsiyalar hajmi 1,8 baravarga oshgani, ularning 60 foizi mintaqaviy loyihalarga to‘g‘ri kelgani kuzatilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil yakunida respublika bo‘yicha avtomobil yo‘llarining 75 foizi ta’mirlangan, ichimlik suvi bilan ta’minlangan aholi ulushi 85 foizga, elektr tarmoqlarining yangilanish darajasi esa 68 foizga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichlar infratuzilma tizimining yangilanishi mintaqalarda iqtisodiy faollikni oshirayotganini ko‘rsatadi. Masalan, Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlarida so‘nggi uch yilda infratuzilma loyihalari hisobiga sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 10–12 foizga o‘sdi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, infratuzilma rivojlangan mintaqalarda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi, logistika imkoniyatlari kengayadi va investorlar uchun qulay muhit yaratiladi. Bunda transport tarmoqlarining rivojlanishi mintaqalar o‘rtasidagi savdo hajmini oshiradi, energetika tarmog‘ining barqarorligi esa ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaydi. Tahlillar natijasida aniqlanishicha: 1. Infratuzilma investitsiyalarining 1 foizga oshirilishi hududiy YAIM o‘sishiga o‘rtacha 0,3– 0,5 foiz ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2. DXSh asosida amalga oshirilgan loyihalar davlat budjetiga yukni kamaytirib, loyihalarning iqtisodiy qaytimini 15–20 foizga oshirgan. 3. Infratuzilma loyihalarining samaradorligini oshirish uchun mintaqaviy rejalashtirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va loyiha boshqaruv tizimini raqamlashtirish zarur. Umuman olganda, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, infratuzilma loyihalari mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lib, ularning samarali rejalashtirilishi va boshqarilishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. XULOSA Infratuzilma tarmoqlarining holati mintaqaviy iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ichki bozor sig‘imini kengaytirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish orqali iqtisodiy faollikni kuchaytiradi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 35 Shu bilan birga, ayrim hududlarda infratuzilma loyihalarining yetarli moliyalashtirilmagani, boshqaruvdagi nomutanosibliklar va loyihalarni amalga oshirishdagi kechikishlar ularning samaradorligini pasaytirayotganini ta’kidlash lozim. FOYDLANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to’g’risidagi PF-60 sonli farmoni 2. Granberg A.G. "Regionalnaya ekonomika i upravleniye", 2000 3. SamuelsonP., Nordxaus U.Ekonomika. M.:Vilyams, 2014. S. 55.1360 s.ISBN 978-58459-1714-0 4. Demchenko S. K., Melnikova T. A.Problemы sovremennoy ekonomiki, N 3 (47), 2013 Str:136139. 5. Jean-Baptiste Say. Treatise on economic policy. 2003. 6. Ye. N. Kiseleva, M. V. Shatoxin, N. V. Jaxov. Vliyaniye razvitiya stroitelnogo rыnka na funksionirovaniye sosialnoekonomicheskoy sistemы regiona. Ekonomika, professiya, biznes, 2023. № 1s.42-51 7. Soffi Westin, Maung K. Sein. Improving Data Quality in Construction Engineering Projects: An Action Design Research Approach DOI: 10.1061/(ASCE)ME.19435479.0000202. © 2014 American Society of Civil Engineers. 8. Quality in construction management: an exploratory study. Luai Jraisat, Lana Jreisat, Christine Hattar. International Journal of Quality & Reliability Management Vol. 33 No. 7, 2016 pp. 920-941 ©Emerald Group Publishing Limited 0265-671X DOI 10.1108/IJQRM07-2014-0099.